ASINXRON MOTORDAGI ELEKTROMAGNIT PROTSESSLAR
Asinxron motorda sodir buladigan elektromagnit protsesslar transformatordagiga o’xshashdir. Agar faza rotorli motorning rotor chulg’ami ishga tushirish qarshiligiga ulanmay, uzuq qoldirilsa, u holda stator chulg’amidagi uch fazali tokdan paydo bo’lgan aylanuvchi magnit maydoni stator va rotor chulg’amlarida trapsformatordagi singari E1, va E2 e. yu. k. larni hosil qiladi. Bu e. yu. k. qiymatlari quyidagicha aniqlanadi:
E1 = 4,44 W1 f1 k1 ФM
E2 = 4,44 W2 f2 k2 ФM
Agar tormozlangan rotordagi chulg’amni qisqa tutashtirib, stator chulg’amiga nominal tok hosil qiluvchi kichik qiymatli kuchlanish berilsa, u holda asinxron motorning transformatordagi singari qisqatutashish rejimi olinadi. Bunda stator chulg’ami bilangina ilashuvchi induktiv magnit oqimi ko’proq bo’lgani uchun stisqa tutashish kuchlannshi transformatordagiga nisbatan kattaroq bo’ladi. Agar tormozlanmagan rotor chulg’amini qisqa tutashtirib, stator chulg’amiga nominal kuchlanish berilsa, u holda qisqa tutashish tokining boshlang’ich qiymati nominal tokka nisbatan 4--7 marta katta bo’lib, motor aylana boshlaydi. Motor aylanishi bilan bu tokning qiymati keskin ravishda kamayib boradi. Demak, qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorga nominal kuchlanish berilsa, ishga tushirishning boshlang’ich paytida u qisqa tutashish rejimida bo’ladi. Asinxron motorning salt ish rejimidagi quvvat isrofi transformatordagi singari po’lat o’zaklarning qizishiga sarflansa, qisqa tutashish rejimidagisi gsa, chulg’am mis simlarining qizishiga sarflanadi.
Normal rejimda ishga tushirilgan motor statoridagi aylanuvchi magnit maydoni otorga nisbatan n = n1 – n2 tezlikda undan o’zgan holda aylanadn. Demak, statordagi aylanuvchi magnit oqimi rotor chulg’amini n tezlikda kesib o’tib, unda e. yu. k. va tok hosil qiladi. Bu e. yu. k. va tokning chastotasi f2 bo’lib, uni sirpanish chastotasi deyiladi. Agar f2=pn/60 ning surat va maxrajini n, ga kupaitirib va bo’linsa, sirpanish chastotasining quyidagi ifodasi olinadi
Demak, rotor va statordagi aylanuvchi magnit maydonlari bir xil tezlik va bir xil yo’nalishga ega bo’ladi. Asinxron motorning m. yu. k. larining vektor diagrammasi ham transformatorniki singari quriladi. Ammo m. yu. k. lar yig’indisidan hosil bo’lgan umumiy m. yu. k. I0 W1, va undan hosil bo’lgan Фm vektorlari aylanuvchi xarakterga ega bo’lib, o’larning aylanish tezligi ham n ga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |