bog‘liq boMgan holda 150MPa gacha (1500kg/sm2, po‘lat-3 ning
markasi esa 2100 kg/sm2ga teng) bolishi isbotlandi. Muzlashga
chidamliligi — 1000 sikl (sementning yaxshi turlari esa 300 sikl).
Uni metal 1 qoliplarga havo harorati —40°C da ham mustahkamli-
gini yo‘qotmagan holda qoliplash mumkin. Boshqa barcha xossalari
ushbu sementning Davlat standartlariga mos keladi. Xo‘sh, bu
toshqol-ishqorli boglovchi nimadan qilinadi? Uni ishlab chiqarish
uchun, asosan, metallurgiya va kimyo sanoati chiqindilari ishlatila-
di. Ishqoriy
boglovchilarga kalsiyli soda, potash, natriy flor,
eriydigan ishqorli silikatlar (suyultirilgan shisha, disilikat natriy,
metasilikat natriy), shuningdek, birikmalarning suyuq chiqindilari,
ishqor eritmalari va h.k. kiradi.
Toshqol-ishqorli bog‘lovchilami olish texnologiyasi quyida-
gicha: granulangan metallurgiya toshqoli
sementning maydalik
darajasigacha tuyiladi va keyinchalik ishlatish uchun siloslarga
yuklanadi. Parallel ravishda kerakli zichhkda ishqorli metall birik-
masi qorishmasi tayyorlanadi. Bu kalsiy sodasi yoki yuqorida
keltirilgan birikmalardan biri bo‘lishi mumkin, Bog'lovclnning
o ‘zi — bu maydalangan toshqolning ishqorli boglovchi bilan
aralashmasidir. U lar kerakli beton tayyorlashda qorgichlarda
aralashtiriladi. Ishlab chiqarish jarayonining
qolgan qismi oddiy
sementli beton texnologiyasidan farq qilmaydi. Bunday boglov-
chidan barcha turdagi og‘ir, yengil, g‘ovakli, ko‘pikbetonlar tayyor-
lanishi mumkin: Bunday kuydirilmay olinadigan boglovchdni ishlab
chiqarish uchun kerakli xomashyo — sanoat chiqindilari yetarli.
Xomashyo sifatida vulqondan otilib chiqqan tog‘ jinslarini ham
ishlatish mumkin. Ishqorli bog‘lovchilar asosidagi ko‘pikbetondan
tashqari, og‘ir, yengil, g‘ovakli ko‘pikbeton konstruksiyalardan
«sendvich» panellar ham tayyorlash mumkin. Ular hozirda poleu-
retan asosidagilardan ham yengil va o‘tga chidamlidir.
Toshqol-
ishqorli betonlarning portlandsementli betonga nisbatan ba’zi
afzalliklari quyidagñardir:
• m ustahkam lik b o ‘yicha betonning markasi M300 dan
M l500 gacha kolarilishi;
® beton qorishmasi uchun suv talabchanligining 25—30%
kamayishi;
256
® sulfatga chidamliligining sulfatga chidamli boshqa sement--
larga nisbatan yuqoriligi;
• qotish jarayonida kam issiqlik ajralib chiqishi;
• portiandsem ent asosidagi
betonlarga nisbatan sovuqqa
chidamliligi betón tuzihshining mayda g‘ovakligi hisobiga
2—3 marta yuqoriligi;
® bunday betonning suv bug‘i vositasida tez qotishni hisobga
olganda, issiqlik ishlovi berishdan voz kechishga va 12—14
soatda yetarli mustahkamlikka yetgani uehun qolipdan chiqa-
rish imkoni paydo boladi.
Lipesk shahrida qurilgan dunyodagi birinehi toshqol-ishqorli
bog‘lovchilar asosidagi 20 qavatli quyma betonli turar joyni o' n
yil kuzatishda biron-bir nuqson aniqlanmagani bunday arzón se-
mentni amaliyotda qo‘llash mumkinligini isbotladi.
Do'stlaringiz bilan baham: