xumdonlarda, suv bug£li xona va yuqori bosimli bug‘
qozonlarida
(avtokiavlarda) kuydiriladi.
Hozirgi vaqtda gipsli bogiovchilami aylanma o‘choqlarda
pishirish iqtisodiy samaradodikni oshirmoqda. Bunday usul bilan
nafaqat qurilish gipsi, shuningdek, yuqori haroratda pishiriladigan
boshqa turdagi gips bogMovchilarni ham pishirish imkoniyati
tug‘iladi.
Amalda gipsni bosimsiz bug‘
qozonlarda olish usuli keng
tarqalgan. Po‘lat silindr va tikka o‘qqa o'matilgan qorgichdan
iborat bolgan qozonga gipsni kukun qilib tuyilgan holatda solinadi.
Qozonning diametri bo‘ylab to‘rtta isitgich quvur o‘rnat:ilgan. Ular
sohnayotgan xomashyo gipsni 120— 180°C gacha kuydiradi va
tayyor mahsulot qozon tagidagi g‘alvir orqali gips yig‘uvchi xonaga
tushadi.
Ikki molekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfatini 120—180°C da
qizdirganda, u o‘z xususiyatini o‘zgartiradi va tarkibidagi suv asta-
sekin yo‘qolib, degidratsiyalanadi. Bunda gips toshi 1,5
molekula
suvni yo'qotib, yarim molekula suvli gipsga aylanadi, bu esa
quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi.
C a S 0 4-2H20=C aS 04" 0,5H 20 + l ,5 H 20
Kuydirish jarayonining davri
va haroratiga qarab har xil
kuydirilgan gips boladi:
ß — gipsi yarim gidrat (quruq muhitda 120—180°C
haroratda
hosil boMadi, odatda, aylanma xumdonlarda va katta qozonlarda
kuydirib olinadi, markasi G-2—G-7);
a — gipsi yarim gidrat (suvli muhitda 80— 180°C haroratda
hosil boMadi, odatda, avtoklavda pishiriladi, markasi G —10—
G —25).
150°C dan yuqori haroratda quruq muhitda kuydirilganda
kristallsimon ß — yarimgidrat gipsi hosil bo‘ladi.
Qurilishda
ishlatiladigan gips bog£lovchi moddalar, asosan, ß — gips yarim
gidratdan iborat bo‘ladi, tarkibida og‘irligi bo£yicha 1%
gacha suv
bo£lishi mumkin.
U tez suvni shimisb va qotish xususiyatiga ega. Gips toshini
tuygandan keyin 185°C haroratda kuydirilganda ham undagi suv
239
to‘la yo‘qolmaydi. Bunday gipsni kimyoviy
analiz qilib nazariy
tomondan o‘rganilganda undagi suv miqdorida 0,5 molekula emas,
balki 1 molekula N 20 borligi isbotlandi. Demak, Ca2CO + 1N20
ning namligi 6,2% ekanligi aniqlandi.
Gipsni suv bilan qorishtirgandan keyin gips zarrachalari gel
deb ataluvchi yelimsimon holatga aylanadi. Natijada,
kolloid
holatdagi juda tnayda zarrachalardan tashkil topgan gips xamiri
hosil bo‘ladi va tez sur’atda kristallana boshlaydi.
BogMovchi moddaning suv bilan birikishi — bu ekzotermik
(issiqlik ajralib chiqish) jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: