Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot


LABORATORIYA ISHINI BAJARISH JARAYONI



Download 48,78 Kb.
bet3/6
Sana08.02.2023
Hajmi48,78 Kb.
#909395
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ashtarxoniylar davrida ijtimoiy iqti

LABORATORIYA ISHINI BAJARISH JARAYONI
Umumiy o’rta maktab o’quvchilaridan tuzilgan guruhlar avvalo, 8-sinf O’zbekiston tarixi darsligi “Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot” mavzusini o’qib chiqib, tarix o’qituvchisi tomonidan tavsiya etgan adabiyotlarni ARMlar bazasidan, internet saytlaridan ma’lumot yig’ib chiqadilar. O’quvchilar to’plagan ma’lumotlari asosida ma’ruza tayyorlashadi. Shu o’rinda o’quvchilarga ma’ruza tayyorlash o’qituvchi tomonidan tushuntiriladi. Ma’ruza hikoyadan farq qilib ma’ruzada bayon elementlari kamroq ulushini tashkil qiladi. Ma’ruza uzoq vaqtga mo’ljallanga bo’ladi va uni asosiy qismlarini o’quvchilar yozib olishlari ta’lab etiladi. Ma’ruza metodi o’quvchilarda notiqlik san’atini shakillantirishga imkon beradi. Bu esa kundalik hayotda zarur bo’ladi.
Ma’ruza o’quvchilarni qiziqishini oshirish uchun va uni o’zlashtirilishni osonlashtirish uchun quyidagilarga amal qilish lozim:
- ma’ruzani rejasini e’lon qilish yoki sinf taxtasiga yozib qo’yish;
- ma’ruza davomida mavzuga oid ko’rgazmali vositalardan foydalanish (Ashtarxoniylar davlati xaritasi, sulola hukmdorlari hukmronligining ketma-ket jadvali, yer egaligi turlarining chizmalari, rasmlar);
- ma’ruzani eng muhim joylarini baland ovozda, alohida urg’u berib o’qish;
- ma’ruzani o’qish davomida faqat ko’rgazma vositalardangina emas, balki sinf taxtasidan ham turli xil xomaki xaritalar va chizmalar chizishda keng foydalanish;
- o’quvchilarni faolligini oshirish maqsadida ma’ruzachi vaqti-vaqti bilan boshqa guruh a’zolariga mantiqiy savol bilan murojat qilishi va ma’lum bir vaqtdan so’ng unga o’zi javob berishi darkor:
- ma’ruzani so’ngida ma’ruzachi o’quvchilarning savollariga javob beradi.
Ma’ruza 7-8 minutga mo’ljallanad. O’quvchilar mavzuni yoritishda foto lavhalardan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. O’quvchilar Ashtarxoniylar davridagi dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik sohalarini ko’rinishlarini fotolavhalarda aks ettiradi. Buning uchun o’quvchilar davrga moslab kiyinadilar: dehqonning turmushi tasvirlashda ho’kizni omochga (omoch maktab muzeyidan olinadi) qo’shish vaqtida, poda boqayotgan cho’pon to'qimachilik dastgohida ip yigirayotgan to’quvchi, kashtado’z ish ustida,bozorda tayyor kiyimlarni, gilamlarni sotayotgan savdogar ko’rinishi kabi tasvirlarni fotoapparat yordamida fotolavhalar tayyorlaydi. Shuningdek, sopol va chinni idishlar, ko'za, kosa va boshqa tayyor kulolchilik mahsulotlaridan iborat fotolavhalar tayyorlashi mumkin. Bu jarayonda o’quvchilpar ob’ektlarni to’g’ri tanlashi va boshqalarning e’tiborini namoyish qilayotgan hodisaning muhim tomonlariga yo’naltira olishi lozim.bu orqali O’quvchilar davr muhitini yarata olibgina qolmay, o’zlarini ham xayolan o’sha davrga sayohat qilishadi. Foto lavhalar ostiga mavzuni ochib beruvchi sharh keltirilishi va u faktlar asosida bo’lishi talab etiladi. Mavzuga yanada kengroq yondoshish maqsadida tarixchi mutaxassis bilan mavzu yuzasidan suhbatlashib uni intervyu shaklida rasmiylashtirish kerak. Intervyuni ikki xilda-diktafonda ovozni yozib olish yoki kamerada tasvirga olish orqali tayyorlash mumkin.
Intervyu olish uchun quyidagi jihatlarga etibor qaratish lozim:

  • mavzu va o`rganilayotgan davr haqida umumiy ma’lumotga ega bo`lish kerak;

  • intevyu berayotgan shaxs mutaxassis yoki tarixchi bo`lishi lozim, chunki intervyu jarayonida ochib berilayotgan mavzu yanada tiniqlashadi;

  • intervyu olayotgan shaxs berayotgan savollarining aniq, tushunarli va konkretligiga e’tibor qilishi kerak;

  • intervyu olayotganda so`zlashuv uslubidan chikinib, adabiy til me’yorlarida gapirishi maqsadga muvofiq;

  • intervyu olish jarayonida mavzu yuzasidan barcha elementar narsalarni nazardan qochirmaslik lozim;

  • intervyu oluvchi shaxs javob berilayotgan vaqtda so`zlovchi nutqini bo`lmasligi lozim, aks holda uning fikridan chalg`itishi mumkin;

Intervyu berishda quyidagi jihatlarga etibor qaratish lozim:

  • eng avvalo intervyu oluvchi shaxs berayotgan savollarni to`g`ri tahlil qilib, ularga aniq va atroflicha javob berishi lozim;

  • hech qanday chalg`ituvchi va noaniq ma’lumotlarni bermasligi shart;

  • aytiladigan ma’lumotlari aniq va manbalarga tayangan bo`lishi kerak;

  • har bir aytilgan ma’lumot iloji boricha misollar orqali qiyosiy tarzda berilishi kerak;

  • berilgan savoldan chetga chiqmasdan, unga to`liq va konkret faktlarga asoslanib javob berish lozim.

Intervyu matnini quyidagicha ko’rinishda bo’ladi: o’quvchi mavzudan kelib chiqib, NavDPI dotsenti , t.f.n R.Tolibov bilan “Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot” mavzusida suhbatlashib olimdan intervyu oladi.
O’quvchi : Ro’ziqul Nasimovich! O’zbekiston tarixida Ashtarxoniylar davri alohida bir davr hisoblanadi. XVII asr tariximizda qanday davr hisoblanadi?
“Umumiy tarix ” kafedrasi dotsenti t.f.n R.Tolibov:
XVII asr boshlaridan boshlab Vatanimiz tarixida siyosiy kurashlar avj oldi.Yurtimizga turli tomondan bosqinchilarning kirib kelishi kuchayadi.Shayboniylar sulolasi inqirozga uchragach 1601 yilda hokimyat tepasiga Ashtarxoniylar keldilar. Yangi sulolaga Shayboniylardan og`ir meros nasib etadi. Amir Temur vafotidan keyin 200 yil o`tib, Movarounnahr hududi siyosiy tarqoqliq o`zaro qirg`inbarot urushlar natijasida xalq xo`jaligi va ishlab chiqarish butunlay izdan chiqib inqiroz sari yo`l tutgan edi. Ashtarxoniylar siyosiy tarqoqlikni va o`zaro qirg`inbarot urushlarni to`xtataolmaydilar. XVII asr boshlariga kelib o`zbek urug` va qabilalari soni 92 ta edi. Ularning har biri o`ziga xon, o`ziga bek–davlat ichida davlat edi, o`z ta`sir doirasini kengaytirishga harakat qiladi. Mang`itlar–Buxoroda, Qo`ng`irotlar-Xorazmda, minglar-Farg`onada, kenagaslar-Shahrisabzda, Afg`onistonning Shimoli, Amudaryoning ikkala sohilida-qatag`onlar hukmronlik mavqeini egallaydilar. Xonlarga qaysi qabila urug`ning ta`siri kuchli bo`lsa, yuqori mansab va lavozimlarni o`sha qabilaga ulashar edi. Mang`itlar vakillari eng yuqori amaldor lavozimi bo`lgan otaliq lavozimini, do`rmonlar parvonachi va Qarshi hokimi lavozimini, qatag`onlar Buxoro oliy yasovuli lavozimini egalladilar. Ana shu tariqa xalq va davlat boyligini talon-taroj qiluvchi mamlakatni xarob qiluvchi ulkan boshqaruv apparati va amaldorlarning katta bir guruhi tarkib topdi. Bularni faqat boylik va shaxsiy manfaat qiziqtirardi. Mamlakat, millat va xalq taqdiri, istiqboli ular uchun begona edi.
O’quvchi: Ro’ziqul Nasimovich! Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot qay darajada edi?
“Umumiy tarix ” kafedrasi dotsenti t.f.n R.Tolibov:
Ashtarxoniylar davrida soliqlarning qirqdan ortiq turi joriy qilingan. Bu hol ommaning qashshoqlanishiga olib keldi. Ubaydullaxon hukmronligi davrida pul tizimi inqirozga uchradi va xalqni talash avjiga mindi. Bitta kumush tangadan to`rtta tanga zarb ettirila boshlangan, bunday tangalarning qudrati to`rt barovar pasayib ketgan. Soliqlar amalda to`rt barobar oshirilgan. Bularning oqibatida mamlakat xalq ho`jaligi batamom inqirozga yuz tutdi, ochlik-yalang`ochlik oddiy bir narsa bo`lib qoldi: «Oddiy xalq va kambag`allar, deyiladi «Ubaydullanoma»da–mushkul ahvolda qoldilar, kundalik yeyish-ichishdan mahrum bo`ldilar, hatto kafan uchun mato topolmay, jonlarini xudoga topshirdiilar». Chorasiz qolgan xalq ommasi Ubaydullaxon zulmiga qarshi Buxoroda, Kech, Urgut va Termizda qo`zg`olonlar ko`tardilar. Bu qo`zg`olonlar shafqatsizlik bilan bostirilgan. Ashtarxoniylar xalq ommasi ustidan o`z hukmronliklarini o`tkazishda ruhoniylarning qo`llab-quvvatlashi va madadiga tayanganlar. Hukmdor zodagonlar bilan diniy mahkamalar o`rtasida to`la hamkorlik vujudga kelgan. Har bir hukmdor taxtga o`tirishdan oldin muqaddas joylarga, avliyo-anbiyolar qabrlariga borib qurbonliklar, nazr-niyozlar qilib, kechalari bilan uhlamasdan qur`on oyatlaridan o`qitib chiqqanlar va ularning arvohlaridan hukmronlikka fatvolar so`raganlar.
Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davriga kelib, Buxoro O’rta Osiyoda islom dinining tayanch markazi sifatida mavqe’ini saqlab qolgan.Bu yerga islom dinining bilimdonlari, mullalar, shayxlar, mudarrislar har tarafdan kelar edilar. «Ubaydullanoma»da bu haqda quyidagilarni o`qiymiz. «Go`zal Buxoro shahrida va uning atroflarida ilohiyotchilar, olimlar, taqvodor va avliyo kishilar shu qadar ko`p ediki, ularning sanog`iga yetib bo`lmasdi».Ular so`fiylik ta`limotini bilishda va karomatda go`yo o`z ilohiy qudratlarini namoyish qilar edilar. Bu davrda Xo`ja Ahror–Naqshbandiylar g`oyasining tarafdori so`fi dehqonga teng keladigan va u bilan bahslasha oladigan ulamo yo`q edi. Manbalarda ko`rsatilishicha, uning yer-mulklari va boyliklari juda ko`p va cheksiz bo`lgan.
Ashtarxoniylar davlatining eng ojiz va kuchsiz tomoni shunda ediki, ularda muntazam armiya bo`lmagan. Xon armiyasi asosan qabilalar lashkarlaridan tashkil topardi. Ular oddiy qurollar: qilich, nayza, kamon hamda uchli nayzalar bilan qurollangan edilar. O`t o’chuvchi qurollar kamdan-kam bo`lgan. Qo`shinda xizmat qiluvchi sipohlarga maosh berilmasdi, ularga bosib olingan yurtlar aholisini talash xuquqi berilardi. Albatta oddiy va qadimiy qurollarga tayanuvchi, tartib intizomi bo`lmagan qo`shin bilan uzoqqa borib bo`lmasdi.
O’quvchi :Ro’ziqul Nasimovich! Mazmunli suhbatingiz uchun rahmat.
“Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot ” mavzusini loyiha metodi asosida o’rganishda hikoyalardan foydalanish o’quvchilar dunyoqarashini o’stirishga yordam beradi. Hikoya deb tarixiy voqea va xodisalarni jonli tasvirlashga aytiladi, bunda o’quvchining jonli so’zi muhim o’rin tutadi. Hikoya metodi bilan o’quvchi tarixiy voqea va xodisalarni, davr muhitini o’quvchilar ongida jonli tasvirlarni shakillantirishda, o’quvchilar Ashtarxoniylar davridagi kishilarning shug’ullangan kasb kori, turmush tarzi, bilan tanishtirishda foydalanadi.
Hikoya metodi quyidagi talablarga javob berishi zarur:
-hikoya qilinishi lozim bo’lgan tarixiy davr oldindan tanlab olinishi lozim;
-hikoya o’quvchilar ongida o’rganilayotgan tarixiy muhit, voqea va xodisalar haqida aniq tasavvur xosil qilishi lozim;
- hikoya ishonchli bo’lishi lozim, asosiy ma’lumotlar ikkinchi darajali ma’lumotlardan ajralib turishi zarur;
- hikoya davomida turli xil ko’rgazmali qurollardan foydalanish kerak;
- hikoya g’oyaviy siyosiy jixatdan to’g’ri yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Unda tarixiy asarlar ma’lumotlaridan foydalanmog’i zarur.
Hikoyaning samaradorligi ko’p hollarda o’quv materialini tanlashga dalillar va umumlashmalarni to’g’ri nisbatiga bog’liq.
Hikoya davomida o’quvchi turli xil ma’lumotlarni bayon qilish davomida asosiy va eng muxim voqealarni, ya’ni tarixiy atama va tushunchalarni to’g’ri qo’llay olishi kerak. Beriladigan ma’lumotlar qancha ko’p va qiziqarli bo’lmasin agar ular bir tizimga solinmagan bo’lsa, ular orasidagi aloqalar va bog’liqliklar ochilmasa va tegishli xulosalar qilinmasa hikoya ko’zda tutilgan samarani bermaydi. Dalillar, xulosa va umumlashmalarni mustaxkamlashi va aniqlashtirish va o’quvchilarni o’zlashtirishini osonlashtirish lozim.
Hikoya yaxshi chiqishi va samarali bo’lishi uchun bayon davomida xarita, rasmlardan foydalanishi hikoyani yanada jonliroq chiqishiga yordam beradi. Hikoya 3-5 minut davom etishi maqsadga muvofiq .

Download 48,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish