Loyiha doirasida o’z yechimini topuvchi, muammo: 8-sinf o’quvchilari Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot mavzusini turli manba va adabiyotlar asosida o’rganib tasavvur hosil qilgach, ijtimoiy-iqtisodiy hayot haqida ma’ruza, hikoya, intervyu, va fotolavha namunalarini o’zlari tayyorlab, tarixiy davr haqida batafsil ko’nikma va malakaga ega bo’lish
Loyiha maqsadi: Mavzuni loyiha metodi asosida yoritib, yangi bilim va ko’nikmalarni hosil qilish
Yakuniy natija: “Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot” mavzusini yoritib beruvchi manbalar to’plami, mavzuga oid ma’ruza, Ashtarxoniylar davri ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida intervyu tayyorlash , ijtimoiy hayotni tasvirlovchi foto lavha tayyorlash, hikoyadan iborat ko’rgazmali axborotlar majmuasi.
Foydalanuvchilar: umumta’lim maktablari tarix fani o’qituvchilari, tarix o’qitish metodikasi yo’nalishi talabalari va o’quvchilar
Loyiha doirasi:
bajarish muddati: 1 oy
ishtirokchilar soni: sakkizta
Loyiha tuzilishi va mazmuni
Kirish – ma’lumotli axborotning mohiyati va vazifasi ochib beriladi.
Loyiha mavzusini yoritib beruvchi, axborot.
Foydalanilgan manbalar ro’yxati.
Bo’lajak tarix o’qituvchisi ushbu mavzuni guruh bilan ishlashga kelishib olinadi.Laboratoriya mashg’uloti guruh a’zolari ishtirokida Kirish suhbatini o’tkazish bilan boshlanadi.Kirish suhbati “Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot” mavzusida bo’lib, bu suhbat jarayonida mavzu orqali loyiha faoliyatiga cho’mishga hozirlaydi.Kirish suhbatida o’quvchilarning mavzu bo’yicha qanchalik ma’lumotlarga egaligi , mavzuni qay tarzda qiziqarli o’rganish mumkinligini aniqlashtirib oladi. Bo’lajak tarix o’qituvchisi “Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot” mavzusi orqali Ashtarxoniylar davrida O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilikning o’ziga xos ravishda rivojlanishini xalning moddiy turmush sharoitini kabi muhim omillarni mazmun, mohiyatini muammo tarzida qo’yadi.O’quvchilar bu muammoni o’rganish uchun loyiha rejalashtiradilar. Loyiha rejasini tub mazmuni mavzuni darslik mavzusiga qaraganda yanada yorqin, batafsil, qiziqarli va chuqur tarzda o’rganishni taqozo etadi. Muhokama jarayonida bo’lajak tarix o’qituvchisi o’quvchilarga “Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot” mavzusiga oid ushbu adabiyotlarni tavsiya etadi:
1.8 sinf “O’zbekiston tarixi”. T.:O’qituvchi. 2011
2. Shamsutddinov R , Karimov Sh, Ubaydullayev O’.Vatan tarixi.
Ikkinchi kitob. T.: «O’qituvchi», 2009
3. Ahmedov B.A. O’zbekiston xalqdari tarixi manbalari.T.: «O’qituvchi», 1991
4. Saidqulov T. O’rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar. (1-qism). Toshkent 1993
5. O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi. «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi». Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent, 2001, I-X jild.
Bo’lajak tarix o’qituvchisi “Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot ” mavzusini o’quvchilardagi qiziqishni yanada orttirish uchun adabiyotlardan parchalar keltiradi: 1601 yildan boshlab hokimyat tepasiga Ashtarxoniylar keldilar. Yangi sulolaga Shayboniylardan og`ir meros nasib etadi. Amir Temur vafotidan keyin 200 yil o`tib, Movarounnahr hududi siyosiy tarqoqliq o`zaro qirg`inbarot urushlar natijasida xalq xo`jaligi va ishlab chiqarish butunlay izdan chiqib inqiroz sari yo`l tutgan edi. Ashtarxoniylar siyosiy tarqoqlikni va o`zaro qirg`inbarot urushlarni to`xtata olmaydilar. Ashtarxoniylar davrida soliqlarning qirqdan ortiq turi joriy qilingan. Bu hol ommaning qashshoqlanishiga olib keldi. Ubaydullaxon hukmronligi davrida pul tizimi inqirozga uchradi va xalqni talash avjiga mindi. Bitta kumush tangadan to`rtta tanga zarb ettirila boshlangan, bunday tangalarning qudrati to`rt barovar pasayib ketgan. Soliqlar amalda to`rt barobar oshirilgan. Bularning oqibatida mamlakat xalq ho`jaligi batamom inqirozga yuz tutdi, ochlik-yalang`ochlik oddiy bir narsa bo`lib qoldi: «Oddiy xalq va kambag`allar, deyiladi «Ubaydullanoma»da Mushkul ahvolda qoldilar, kundalik yeyish-ichishdan mahrum bo`ldilar, hatto kafan uchun mato topolmay, jonlarini xudoga topshirdiilar».1 Chorasiz qolgan xalq ommasi Ubaydullaxon zulmiga qarshi Buxoroda, Kech, Urgut va Termizda qo`zg`olonlar ko`tardilar. Bu qo`zg`olonlar shafqatsizlik bilan bostirilgan. Ashtarxoniylar xalq ommasi ustidan o`z hukmronliklarini o`tkazishda ruhoniylarning qo`llab-quvvatlashi va madadiga tayanganlar. Hukmdor zodagonlar bilan diniy mahkamalar o`rtasida to`la hamkorlik vujudga kelgan. Har bir hukmdor taxtga o`tirishdan oldin muqaddas joylarga, avliyo-anbiyolar qabrlariga borib qurbonliklar, nazr-niyozlar qilib, kechalari bilan uhlamasdan qur`on oyatlaridan o`qitib chiqqanlar va ularning arvohlaridan hukmronlikka fatvolar so`raganlar.
Reja muhokamasi jarayonida “Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot ” ga oid quyidagi jihatlar ajratib olinadi:
- Ashtarxoniylar davrida O’rta Osiyodagi yer egaligi,
- Ashtarxoniylar davrida dehqonchilik,chorvachilik,hunarmandchilik va savdoning rivoji,
- Xalqning turmush-tarzi va iqtisodiy zulmga qarshi qo’zg’olonlar
Ushbu holatda o’quvchilar Ashtarxoniylar davridagi ijtimoiy hayotni turli sohalari bo’yicha tasavvur qilishga harakat qilib,o’sha davr shaharlari,aholisi ,ularning kiyinishi, mehnat qurollari, buyumlari haqida madaniyat vakillarini o’zaro munosabatlari ,o’y-fikrlari haqida tasavvurga ega bo’lishadi.Shu tariqa loyiha ustida asosiy ish – izlanish tadqiqot faoliyati boshlandi. Faoliyat boshidayoq o’quvchilar yangi ma’lumotlarni to’plash, uni tahlil qilish, tuzilmalarga bo’lish, rasmiylashtirish, asosiysi izlanishlar davomida o’z imkoniyatlarini anglay boshlaydilar. Ushbu kichik guruh o’zlariga sardor saylaydi. Har bir ishtirokchining ishi taqsimlanib, o’qituvchi va konsultant bilan maslahat uchun uchrashuv vaqti kelishib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |