uzunligi 1500-3000 mm, eni AP-700 mm, APK-347 mm, balandligi 120 mm.
Tombop asbosement yassi plitkalar (9.9-rasm) kam qavatli qishloq xo‘jalik binolari va xususiy qurilish
uchun mo‘ljallangan. O‘lchami 400x400 mm li plitka ko‘proq ishlatiladi. Plitkalar tomga yaxlit yoki oraliq
masofa qoldirib o‘rnatilgan yog‘och obreshetka (panjara) ustiga zanglamaydigan mixlar bilan qoqiladi.
Asbosement plitkaning egilishdagi mustahkamligi 24 MPa, sovuqqa chidamliligi bo‘yicha markasi /50
bo‘ladi.
9.9-rasm. Tombop asbotsement plitkalar. a) oddiy (qatorli); b) burchakli; v) konkali detal.
Do'stlaringiz bilan baham: |