Presslangan yassi shiferlar
Qurilishning
barcha
sohalarida ishlatiladi, uy-joy
qurilishi,qiliq
uylari.Presslangan
yassi
shifer
kuchli
va
bardoshli,sovqinbardosh va
yonmaydigan xususiyatlarga
ega. Iqtisodiy jihatdan arzon
va qulay.
To’lqinsimon shifer
Tom yopish shlati,barcha tomli
materiallar ichida eng arzon va
ko’p tarqalgan turidir..
Bu qattiq va kuchli issiqqa
chidamli,metal plitkadan farqli
o’laroq yonuvchan bo’lmagan
elektr izolyatsiyasiga ega.Bugungi
kunda ,turli xil rangdagi
to’lqinsimon shiferlar keng
tarqalgan bo’lib,ularni o’rnatish
oson va estetik jihatdan chiroyli
ko’rinish beradi.
Asbest.
Asbest tabiiy tolasimon material bo‘lib, suvli va suvsiz magniy silikati, ba’zi
turlarida kalsiy silikati va natriy silikatidan iborat bo‘ladi.
Asbotsement materiallar ishlab chiqarishda xrizotil-asbest (3 MgO
.
2SiO
2
x2H
2
O) ishlatiladi.
Asbestning bu turi umumiy asbest ishlab chiqarishning 95% tashkil qiladi. Asbest tolasining
diametri 1 mkm, lekin asbest toshi gidromexanik usulda ezg‘ilanganda o‘rtacha 0,02 mm
tolalari hosil bo‘ladi. Asbest tolalari 600-800 MPa mustahkamlikka, egiluvchanlik
xususiyatlariga ega. sement toshi tarkibiga 10-20% asbest tolalari kiritilsa, uning egilishidagi
cho‘zilish mustahkamligi 3-5 marta yuqori bo‘ladi va zarbiy mustahkamligi oshadi.
Asbest 8 navda (0 dan 7 gacha) va 42 markada tovar holida ishlab chiqariladi. Yuqori navli
asbestlarning tolasi uzun bo‘ladi. Asbosement buyumlar ishlab chiqarishda qisqa tolali asbest-
3,4,5 va 6 navli, tola uzunligi 0,3-10mm bo‘lgan turlari ishlatiladi.
Asbosement buyumlar olishda asbest (10-15%), qisman bazalt shisha yoki shlak mineral
paxtasi bilan almashtiriladi. Xususiy hollarda nebelenli sellyuloza, ikkilamchi kraft-
sellyuloza, qog‘oz makulaturasi, yog‘och tolasi va boshqa sintetik tolalar ishlatilishi mumkin.
Suv. Asbosement ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan suv tarkibida organik moddalar,
loysimon aralashmalar, tuz eritmalari bo‘lmasligi kerak. Sizot, botqoq, dengiz suvlarini
ishlatish mumkin emas.
Asbotsement buyumlar
Asbotsement sement, asbest (sement massasiga ko‘ra 10-20%) va suv aralashmasining qotishidan hosil
bo‘lgan sun’iy kompozitsion qurilish materialidir. Asbotsement tarkibida sement bog‘lovchi matritsa,
asbest esa dispers tolasimon armatura karkasi vazifasini bajaradi. Hosil bo‘lgan kompozit yuqori
mustahkamlik, olovbardoshlik, suv o‘tkazmaslik, issiqlik izolyatsiyasi, elektr o‘tkazmaslik va atmosfera
muhitiga chidamlilik xususiyatlariga ega bo‘ladi.
Oxirgi vaqtda asbest tolasi konserogenlik xususiyatiga ega degan taxminlarga asoslanib ba’zi rivojlangan
mamlakatlarda ular asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish ta’qiqlab qo‘yildi. Ikkinchi taxminga ko‘ra
bu ovozalar raqobatli firmalar orasidagi dunyo bozorini egallash yo‘lidagi tadbir deb qaraladi. Bu ikki
qarama-qarshi fikrlar yuzasidan muayyan tadbirlar olib borilmoqda.
Asbosement xom ashyo materiallari
Portlandsement. Asbosement buyumlar ishlab chiqarishda M400 va M500 markali portlandsement, bezak
materiallar olishda oq va rangli sementlar, buyumlar avtoklavda ishlov berilganda portlandsement va kvars
kukuni aralashmasi ishlatiladi. Buyum tayyorlashda alitli sementlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Sement tarkibida uch kalsiyli silikat 52% kam bo‘lmasligi uch kalsiyli alyuminat 8% ko‘p bo‘lmasligi
kerak. Sementning maydalik darajasi 2900-3200 sm
2
g disperslikda bo‘lishi zarur. Qum kukunli
portlandsement, portlandsement klinkeri, kvars qumi (45% gacha) va gips aralashmasini kukun xolatigacha
maydalab tayyorlanadi.
Qum kukunli portlandsement bog‘lovchisining maydalik darajasi 3200-3600 sm
2
g bo‘lishi kerak. Sement
tarkibida tez eriydigan ishqorlar miqdori 0,3% oshmasligi shart.
Asbotsement buyumlarning turlari
Asbotsement buyumlarning asosiy turlariga tombop, devorbop, bezak, pogonajli quvurlar
va maxsus buyumlar kiradi.
Tombop buyumlar. Tombop asbotsement buyumlarga quyidagilar kiradi: turli profildagi
to‘lqinsimon listlar va ular uchun fason qismlar, yirik o‘lchamdagi yopma yassi plitalar,
armaturalangan konstruktiv yopma (nastil), ekstruziya usulida tayyorlangan panellar, kam
qavatli binolar uchun tombop plitkalar va boshqalar.
To‘lqinsimon profillangan listlar (9.8, a-rasm) oddiy, o‘rtacha, yuqori va unifitsirlangan
profillarda tayyorlanadi. Profillangan listlar uzunligi 1200-3300 mm, to‘lqin qadami 115-
350 mm bo‘ladi. Buyumning massasi 9-98 kg, egilishdagi mustahkamlik chegarasi esa 16-
24 MPa ni tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda profillangan listlar 1750 mm uzunlikda, 40150 va 54200-6 (to‘lqin
balandligito‘lqin uzunligi-qalinligi) tiplarda turarjoy va qishloq xo‘jaligi binolari tomlarini
yopish uchun; 54200-7,5 tipi esa sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish bino va
inshootlari tomlarini yopish uchun ishlab chiqarilmoqda. Uzunligi 1250mm, 30130 va
40150 tiplardagi to‘lqinsimon listlar kam qavatli va xususiy binolar qurilishida tombop
material sifatida ishlatilmoqda. Sanoat binolarini yopish uchun uzunligi 3300 mm, 145350
tipdagi VK listlari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |