9.8-rasm. tombop asbotsement buyumlar.
a) oddiy profilli to‘lqinsimon list; b) armaturalangan
konstruktiv yopma (nastil).
Ekstruziya usulida tayyorlangan asbotsement panellar cherdaksiz sanoat binolari tomlarini yopish uchun
ishlab chiqariladi. Bunday panellar ustidan tom o‘rama gidroizolyatsiya materiallari bilan qoplanadi.
Balandligi 120-180 mm panellar tom qoplamalarida, balandligi 80 mm ligi esa osma shiplar uchun
ishlatiladi. Panellar eni 595 mm (asosiy) va 295 mm (yordamchi) qilib ishlab chiqariladi.
Cherdaksiz yopmalar uchun panellar ikki turda tayyorlanadi:korobka tipida, ichiga issiqlik izolyatsiyasi
qatlami qo‘yilgan alohida yassi va to‘lqinsimon listlardan yig‘ilgan uch qatlamli panellar. Ishlatilish joyiga
ko‘ra panellar ikki tipga bo‘linadi: oddiy qatorga teriladigan AP va burchaklarga teriladigan APK. Plitalar
Do'stlaringiz bilan baham: |