Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika
Instituti San’atshunoslik fakulteti
Musiqa ta’limi yo’nalishi
Musiqiy asar tahlili: “Украинская
сонатина”
Bajardi:
Tekshirdi:
.
Chirchiq-2021
Asar tahlili
Asar nomi: “Украинская сонатина”
Asar muallifi: V. Kikta
Asar tempi: Allegretto
Asar o’lchovi: 2/4(O’zgaruvchan o’lchovlar: ¾, 4/4)
Asar tonalligi: G dur
Alteratsiyalanish holatlari: IV#(DD), IIb (parallel frigiy), IIIb,
Asarda nota cho’zimini uzaytirish uchun qo’llanilgan belgilar: Nuqta, liga, fermatto
Asarda qo’llanilgan nota cho’zimlari:Butun, Yarim, CHorak, nimchorak nota
Asar muallifi haqida:
Valeriy Grigoryevich Kikta 1941-yil 22-oktabr sanasida USSR Donetsk viloyati, Vladimirovka tumanida tavallud topgan. Kompozitor, kinokompozitor, musiqashunos sifatida tanilgan. 1960-yilda Moskva Xor musiqa tehnikumini bitirgan. 1965-yilda Moskva Konservatoriyasining Kompozitorlik bo’limini bitirgan. Konservatoriyada S.S.Bogatiryev va T.N.Xrennikov sinfida tahsil olgan. 1967-yilda T.N.Xrennikov rahbarligi ostida assistenturani bitiradi. 1967-1993 yillarda “Sovet Kompozitori” nashriyotida musiqiy muharrir sifatida faoliyat yuritgan. 1968-yildan SSSR Kompozitorlar uyushmasi a’zosi,1989-yildan Moskva Kompozitorlar uyushmasi boshqarmasi a’zosi va Moskva Kompozitorlar uyushmasi qoshidagi musiqiy teatr kommisiyasi rahbari, 2006-yildan Rossiya Kompozitorlar Uyushmasining kotibi. 1989-yildan “Balet”jurnalining tahririy jamoasining a’zosi.
2002-yilda Jenevada “Rossiyadagi Arfa uchun yaratilgan asarlar” mavzusida o’tkazilgan arfistlarning Xalqaro Kongressida ishtirok etadi. 2004-yildan Londondagi Ingliz Arfistlar uyushmasi boshqaruv kommisiyasi raisi sifatida faoliyat yuritib kelgan. V.G.Kikta
11 balet, (“Vladimir-Cho’qintiruvchi”, “Dubrovskiy”)
Simfonik asarlar ( “Украинские колядки, щедривки и веснянки”, “Фрески Св,Софии Киевской”)
oratoriyalar va kantatalar,
Klassik konsertlar,
xor uchun yozilgan asarlar,
organ,arfa uchun yozilgan asarlar
Bolalar uchun yozilgan asarlar va boshqalar muallifidir.
Asar tempi
Temp musiqa harakatining tezligidir. Temp bir daqiqada metr hisssalari pulsatsiyasi tezligi bilan o’lchanadi. Eskicha musiqada tempni aniqlaydigan maxsus belgilardan foydalanilmas edi. O’sha zamon musiqa amamliyoti uchun odatiy holat bo’lib qolgan tovushning yangrash uzunligini unga biriktirilgan nota cho’zimi bildirib turardi. XVII asrdan boshlab, cholg’u musiqasi rivojlanishi va uning obrazlar doirasi kengayishi bilan bogliq holda tempni so’zlar orqali belgilash amalga oshgan. Tempga oid atamalar asosan italyan tilida yozilib, asrning boshida ko’rsatiladi. Ba’zi kompozitorlar (R.Shuman, K.Debyussi, G.Maler, A.Shyonberg, M.Ravel va boshqalar) asarlarining tempini o’z ona tilida belgilaydi.
Asosiy Templar vazmin, o’rtacha, tez templarga ajratiladi. Asosiy temp atamalaridan hosil bo’lgan atamalar asosiy tempni sustlashtiradi yoki tezlashtiradi. Allegretto Allegrodan sustroq, Andantino Andantedan tezroq, Largetto Largodan tezroq.
Mazkur asar tempi Allegretto bo’lib, Allegro tempidan tezroq chalinishini bildiradi. Melsel metronomi bo’yicha 89-92 tempda chalinadi.
Strukturaviy tahlil
Asar reprizali 2 qismli oddiy shaklda yozilgan bo’lib, 79 ta taktdan iborat. Bu asarning birinchi qismida asosiy mavzu bir nechta davriya shaklida yozilgan bo’lib, 2-qismida birinchi qismidagi mavzu rivojlantirilib, bayon etilgan.
Asarning birinchi qismi 6 ta kvadrat davriyadan iborat. Birinchi qismining 3 va 4-davriyalarida o’lchovlar 2/4, ¾, 4/4 ga o’zgaradi. Asarning ikkinchi qismi asosiy mavzuning D tonalligida davom ettirilib, jami 4 ta davriyadan tashkil topgan. 2-qismning 2. 3 va 4-davriyasi (10+8) kvadrat davriya hisoblanadi va asosiy mavzuning aynan takroridir.
Asar taktoldi strukturasida yozilgan. Asarning birinchi qismi va ikkinchi qismi repriza belgisi orqali takrorlanib chalinadi.
Asarning 4-davriyasida asar asosiy tonnalligiga parallel minor tonalligida (e moll) yozilgan bo’lib, aynan shu faktura asar 2-qismining 4-davriyasida asar asosiy mavzu tonalligiga nomdosh tonallikda (g moll) yozilgan. Asarning koda qismi 1 va 2-qismlardagi fakturalarni o’zida jamlagan.
Fakturaviy tahlil
Asarning birinchi qismi:
1-davriya: Гаммообразный
2-davriya: Гаммообразный
3-davriya: Гаммообразный
4-davriya: Intervalli
5-davriya: Гаммообразный
6-davriya: Гаммообразный
Asarning 2-qismi:
1-davriya: Гаммообразный
2-davriya: Гаммообразный
3-davriya: Гаммообразный
4-davriya: Intervalli
Koda: Гаммообразный
Garmonik tahlil
I-qism:
1-davriya: D₆₄-D₇-T₆-K₆₄- D₄₃-T;
2-davriya: D₆₄-D₇-T₆-K₆₄- D₄₃-T;
3-davriya: II₄₃-IV₇-D₆--D-T-D₆-S-VI-T₆;
4-davriya: (e-moll) T-IV2-T-IV2-D₆₄-VII-T₆-S-T-D₄₃-T₆;
5-davriya: DD-DT III-VII-D2-T₆-VII₆₄-T₆-T-I₇-I2-S₆₄-D₆;
6-davriya: S₆-VII2-T₆₄-VII₆₅-VII-VII₇-T;
II-qism:
1-davriya: D₆₄-D₇-T₆-K₆₄- D₄₃-T;
2-davriya: D₆₄-D₇-T₆-K₆₄- D₄₃-T;
3-davriya: II₄₃-IV₇-D₆--D-T-D₆-S-VI-T₆;
4-davriya: (g-moll) T-IV2-T-IV2-D₆₄-VII-T₆-S-T-D₄₃-T₆;
5-davriya: DD--VII-D2-T₆-VII₆₄-T₆-T-I₇-I2-S₆₄-D;
Koda: D₄₃-T-D-T-DD-T;
Dinamik tahlil
1-qism:mf, mp, cresc, dim;
2-qism: f, mp, cresc, dim, mf;
Qo’llanilgan shtrixlar: legato, stakkato, tenuto;
Do'stlaringiz bilan baham: |