Asalari haqida noyob faktlar
Admin
Mohigul Diyorxo'jayeva
-
15.03.2019, 16:30
0
Mittigina jonzot – asalari Alloh taoloning ulkan mo''jizalaridan biridir.
U Zot Qur'oni Karimda shunday degan:
وَأَوْحَى رَبُّكَ إِلَى النَّحْلِ أَنِ اتَّخِذِي مِنَ الْجِبَالِ بُيُوتاً وَمِنَ الشَّجَرِ وَمِمَّا يَعْرِشُونَ ثُمَّ كُلِي مِن كُلِّ الثَّمَرَاتِ فَاسْلُكِي سُبُلَ رَبِّكِ ذُلُلاً يَخْرُجُ مِن بُطُونِهَا شَرَابٌ مُّخْتَلِفٌ أَلْوَانُهُ فِيهِ شِفَاء لِلنَّاسِ إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَةً لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ
“Robbing asalariga: “Tog'lardan, daraxtlardan va ko'tarilgan so'ritoklardan uy tutgin. So'ngra hamma mevalardan yegin. Bas, Robbing oson qilib qo'ygan yo'llardan yurgin”, deb vahiy qildi. Ularning qorinlaridan turli rangdagi sharob chiqar. Unda odamlar uchun shifo bordir. Albatta, bunda tafakkur qiluvchilar uchun oyat-belgi bordir”.(Alloh taoloning hayvonotlarga, jumladan, asalariga vahiy qilishi unga ilhom berishi hisoblanadi. Alloh taolo asalarini yaratganda unga his-tuyg'u va ilhomni qo'shib yaratgani uchun u ko'pgina aqlli insonlar ham qila olmaydigan aniqlik bilan o'ziga topshirilgan ishni bajaradi.) (Nahl surasi, 68-69-oyatlar).
Agar tafakkur qilmoqchi bo'lsangiz, ushbu oyat borasida tafakkur qiling! Chunki, u ham boshqa oyatlar kabi tafakkurga chorlovchidir.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam asaldan tayyorlangan sharbat ichar edilar.
Asalari hasharotlar ichida ozuqa uchun gul shirasi (nektar) yig'adigan yagona jonzotdir. Asalarini ko'pchilik faqat asal ishlab chiqaradi deb o'ylaydi. Aslida asal ishlab chiqarish uning vazifalaridan biridir. Bundan tashqari u gullarni, o'simliklarni changlatuvchi ham hisoblanadi. Asalarining ishtirokisiz ko'plab o'simliklar meva bermaydi.
Asalari xuddi chumoliga o'xshab ijtimoiy hasharotdir. Uning tuzilishi, ish faoliyati va mehnatining mahsuli aqlni lol qoldiradigan darajadadir.
Hayvonlardagi tabiiy sezgi juda murakkab holatdir. Lekin bu kasbiy emas. Ya'ni bu sezgi hayvonlarning o'z kuchi, mehnati evaziga shakllangan emas, balki Alloh taolo tarafidan in'om etilgan vahbiy holatdir.
Asalari bir tomchi shira yig'ish maqsadida mingdan ortiq gullarga qo'nadi. U gulga qo'nib nektarni so'rib bo'lgach, o'zidan bir belgi qoldiradi. Toki uning sheriklari o'sha gulga qo'nib, nektar izlab vaqtlari ketmasin.
Asalari yuz gramm nektar yig'ish uchun milliontacha gulga qo'nadi. Bir kilogramm asal to'plash uchun esa asalari taxminan bir necha yuz ming kilometr masofani bosib o'tadi. Bu esa Yer shari atrofini taxminan o'n marta aylanib chiqishga tengdir.
Yuksiz asalari uchayotgan paytda tezligi soatiga 65 kilometrga yetadi. Agar nektarni ko'tarib olgan bo'lsa, u holda uning tezligi soatiga 30 kilometrga pasayadi. Asalari olib ketayotgan nektarning og'irligi tanasining uchdan biriga teng keladi. Bu bir tonnalik mashina 300 kilogramlik yukni olib ketyapti deganidir.
Yuqorida aytganimizdek, bir kilogram asal ishlab chiqarish uchun kichik va mehnatkash hasharot – asalari bir necha yuz minglab, taxminan 400 ming kilometr masofani bosib o'tadi.
Ba'zi sanoat sohasida rivojlangan mamlakatlar homashyolarni boshqa qit'alardan oladi. Kemalar ortga qaytayotganda, shu kemaning o'zida mazkur homashyoni qayta ishlash jarayoni o'tkaziladi. Men Yaponiya haqida bir maqola o'qigandim. Unda aytilishicha, Yaponiya zanglamaydigan po'lat eksporti bo'yicha yetakchi mamlakatlardan biri bo'lishiga qaramay, ularda mutlaqo homashyo yo'q ekan. Ular homashyoni Avstradiyadan olib, ortga qaytayotgan kemalarda homashyoni qayta ishlash bo'yicha murakkab jarayonlar o'tkazar ekanlar. Keyin ushbu qayta ishlangan mahsulot sanoat korxonalariga topshirilar ekan.
Asalari nektarni olib, iniga qaytar ekan, yo'lda nektarni asalga aylantirish bo'yicha o'ta murakkab kimyoviy amaliyotlarni bajarar ekan. Iniga yetib borgach, qayta ishlov berilgan mahsulot yana qayta ishlanib, sof asal holiga keltiriladi.
Bahor kelib, gullar qiyg'os ochilgan paytlarda nektar yig'uvchi arilar o'zidagi yukni boshqa ariga topshirib, yana darhol nektar yig'ishga jo'nab ketar ekan. Asalarilar orasida uzoqqa ucholmaydigan zaiflari bo'ladi. Ular mehnatkash do'stlarining yiqqan nektarlarini qabul qilib olib, inga yetkazar, uni inga olib kirib, munosib joyga joylashtirar ekan.
Asalarilar oilasida malika ari bo'ladi. U boshqalardan hajmining kattaligi bilan ajralib turadi. Malika asalari bahor faslida har kuni mingtadan to ikkimingtagacha tuxum qo'yadi. Aqlni lol qoldiradigan hodisalardan yana biri shuki, ushbu malika ari malika arichalarni bir joyga, erkak arichalarni yana bir o'ringa, urg'ochi arichalarni esa boshqa joyga tuxum shaklida qo'yar ekan.
Urg'ochi arilar orasida malikaga xizmat qiladigan, unga taom keltirib turadigan “oqsoch” arilar ham bor ekan. Ba'zi arilar malikalariga shohona taom sifatida gul changi yig'ib keladilar. Agar malika ari o'lsa, inda tartibsizlik va zaiflik yuzaga keladi. Malika asalari insonni chaqmaydi. Erkak asalarilarning vazifasi – malikalarni urug'lantirish, urg'ochi asalarilarning vazifasi xizmat qilish, malikaning vazifasi tuxum qo'yishdir.
Bularning hammasi Alloh taoloning azamatiga dalolat qiluvchi mo''jizalardir. Alloh taolo asalarilarni yuksak darajada o'zaro yordamlashib, tartibli, samarali mehnat qilib yashaydigan jamoa etib yaratdi. Shuning uchun asalarilar jamoasida buzg'unchilik, talofot yetkazish degan narsalar kuzatilmaydi. Bu jamoa bir maqsad yo'lida birlashgan, jips jamoadir. Jamoa rahbari bo'lgan malika asalari bilan biror masalada hech kim tortishmaydi. Jamoadagi har bir asalari malikaning maxsus moddasidan uning shu yerdaligi his qilib turadilar. Chunki ushbu moddani maxsus xizmatchilar har bir uyaga yetkazib turadilar.
Yuqorida aytganimizdek, agar malika o'lsa, uyada tartib-intizom buzilishi sodir bo'lib, bekorchilik tarqaladi va ishlar to'xtaydi. Ba'zi paytlarda malika yo'q bo'lsa, o'rniga uning o'rinbosari yoki “valiahdi” jamoani boshqarib turadi.
Urg'ochi asalarilar juda ko'p vazifalarni bajaradilar. Ularning umriga, jismoniy tuzilishiga qarab ish taqsimlanadi. Ular orasida yosh arichalarga qaraydigan “enaga”lar, “tarbiyachi”lar, uyaga suv tashib keladigan urg'ochilar, uyani yoz fasliga tayyorlaydigan, qishda uyani ilitadigan, in quruqshab qolsa, namlantiradigan, uyani tozalaydigan, uning devorlarini maxsus moddalar bilan yaltiratadigan arilar ham bo'ladi.
Shuningdek, uyani dushmandan himoya qiladigan qo'riqchi arilar ham bo'lib, ular inga kirmoqchi bo'lgan asalaridan maxfiy so'z (parol)ni so'rar ekanlar. Agar aytsa, uyaga kirishga ruxsat berar, aytmasa, uni o'ldirar ekanlar. Zarurat tug'ilgan paytda maxfiy so'z boshqasiga almashtirilar ekan.
Ba'zi asalarilar mumni olti burchakli qilib yasash ishlari bilan shug'ullanadilar. Bu shakl mukammal hisoblanib, orasida bo'sh, g'ovak joylar qolmaydi. Asalarilar mumni olti burchak qilishda shu darajada aniqlik bilan ish olib boradilarki, kataklarning biri ikkinchisidan millimetrning o'ndan birichalik ham farq qilmaydi.
Yana shunday asalarilar borki, ularning vazifasi – gullar joylashgan makonlarni aniqlashdir. Gullar makonini topishgach, darhol uyaga qaytib, tanalarining orqa tarafini qimirlatib, maxsus raqsga tushishadi. Bu raqs boshqa ishchi asalarilarga gullargacha qancha masofa borligini, ularning miqdorini va yo'nalish qaysi tarafdaligini ko'rsatadi. Agar “razvedkachi” asalari dum tarafini tezroq qimirlatsa, u bepoyon gulzor topganidan dalolatdir.
Uyadagi ichshi asalarilar olib keladigan nektar asal uchun homashyodir. Nektar yig'ish uchun o'nlab kilometr uzoqliklarga uchib ketgan asalari yana uyasini aniq topib qaytib kelishining siri haligacha aniqlanmagan.
Asalarilar imkon qadar qisqa vaqt ichida ko'proq nektarni tashib keltirish va saqlash bo'yicha eng samarali hasharotlardir. Shuningdek, o'simliklarni changlatish bo'yicha ham eng ko'p xizmat qiladigan jonzotlar shulardir.
Alloh taolo yuqoridagi oyatda “Unda odamlar uchun shifo bordir” deb marhamat qilgan.
Asalda shifo uchun yetmish to'rttadan ko'proq turdagi kerakli moddalar bor.
Damashqda ishlaydigan bir jarrohni bilaman. U har safar jarrohlik amaliyotini yakunlagach, tikilgan joy tezroq bitishi uchun jarohat ustiga asaldan ip qo'yadi.
Bugungi kunda do'konlarda sotilayotgan turli ichimliklarning ko'pida zarracha tabiiy modda yo'q. Hammasi kimyoviy moddalar bilan to'lgan.
Ba'zi asal yetishtiruvchilar uya yoniga quyoq shinni qo'yadilar. Asalari uni shimib, o'shandan asal tayyorlaydi. Ammo bu asalning ozuqaviy va tibbiy foydasi u qadar ko'p emas. Insonga har tomonlama foydasi ko'proq bo'lgani gul nektari asosida olingan asaldir.
Asal insoniyat uchun ham ozuqa, ham shifodir.
Bir guldan nektar so'rib bo'lgach, sheriklari ovvora bo'lmasligi uchun unga belgi qo'yishni asalariga kim o'rgatdi?! Uzoq masofaga uchib ketgan jonzotga yana adashmay o'z inini topib kelishni kim ta'lim berdi?! Albatta, Buyuk Musavvir bo'lgan Alloh taolo o'rgatgandir!
So'zimizni ushbu oyat bilan yakunlasak:
هَذَا خَلْقُ اللَّهِ فَأَرُونِي مَاذَا خَلَقَ الَّذِينَ مِن دُونِهِ بَلِ الظَّالِمُونَ فِي ضَلَالٍ مُّبِينٍ
“Bu Allohning yaratganidir. Qani menga ko'rsating-chi, Undan boshqalar nimani yaratdilar. Yo'q! Zolimlar ochiq-oydin adashuvdadirlar” (Luqmon surasi, 11-oyat).
Alloh taolo barchamizni Qur'on oyatlarini o'qib, tadabbur qilib, yaratgan maxluqotlari xususida tafakkur qilishimizni va iymonimiz nuri yanada ziyoda bo'lishini nasib etsin, omin!
Qadim zamonlardan beri odamlar sog'lom va tabiiy mahsulotlarni olish uchun asal asalarilarini ko'paytirdilar. Birozdan so'ng, odamlar asalarilarning changlanishi yordamida o'simliklar yaxshiroq va tezroq o'sib borishini angladilar. Butun oilani boqish uchun ishchilar kun bo'yi ishlashadi, oxir-oqibat o'zlari uchib ketishadi. Bunday asalaridan ko'p asal to'plashingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |