Asalarisimonlar (Apidae) -nashtarli pardaqanotlilar turkumining bitta oilasi (ayrim adabiyotlarda katta oilasi), 20 mingdan ortiqto‘rni o‘z ichiga oladi. Ko‘pchilik A. yopiq urug‘lilar gulidan nektar va gulchangi yigadi; ta-nasi gulchangini yig‘ishga moslashgan qalin tuklar bilan qoplangan; orqa oyog‘i panjasining birinchi bo‘g‘imi kengayib gul changini to‘plovchi chuqurcha-savatchani hosil qiladi. Og‘iz apparati pastki jag‘lar va pastki labning o‘zgarishidan hosil bo‘lgan hartumdan iborat, lekin kemiruvchi og‘iz apparati tuzilishiga xos belgilar – yuqori lab va yuqori jag‘larning saqlanib qolganligi tufay-li kemiruvchi-so‘ruvchi og‘iz apparati deb ataladi. De-yarli barcha A.ning nashta-ri bo‘ladi. Ayrim A. (mas, asalarilar, paxmoq arilar, galiktlar, qizil arilar, sariq arilar, barg kemiruvchilar) odamni chaqib olganida kuchli og‘riq paydo qiladi. Ko‘pchilik A.ning nashtari odam terisini teshib o‘ta olmaydi. A. hayot kechirishiga ko‘ra yakka yashovchilar, pa-razitlar va jamoa bo‘lib yashovchilarga bo‘linadi. Yakka yashovchi A. mustaqil in quradi, tuxumdan chiqqan qurtini gul ne-ktari va gul changi aralashmasidan iborat oziq bilan boqadi (kolletlar, andrenalar, galiktlar, melittalar, osmiyalar). Ay-rim yakka yashovchi A. tuproqqa, loy devorlarga, jarliklarga uya quradi, ba’zan yi-rik koloniya hosil qiladi (antoforalar). Mayda A. – seratinlar (Ceratina urug‘i) butalar shoxiga, malina va maymunjonga o‘xshash yumshoq o‘zakli o‘simliklarning qurigan shoxlariga uya quradi. Yirik arrakash ari (Xylocopa) qurigan yog‘ochlar (to‘nka, taxta)ga in quradi. Parazit A. (Anthophora)ning urg‘ochisi o‘z tuxumlarini boshqa arilar (andrenalar, kol-lektlar, galiktlar) uyasiga qo‘yadi. Jamoa bo‘lib yashovchi A. tuzilishi va bajaradi-gan vazifalariga binoan bir-biridan farq qiladigan individlardan tashkil topadigan oilani hosil qiladi (tukli arilar, asalarilar, kakku arilar). Tuk-li arilar va asalarilar oilasi bitta yirik ona ari, juda ko‘p voyaga yetmagan ishchi arilar, bir necha erkak arilardan iborat. Kakku arilar paxmoq arilar uya-siga kirib olib, onalarini o‘ldiradi va uning katakchalariga o‘z tuxumini qo‘yadi. A.ning hayoti yopiq urug‘lilar hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Evolyutsiya davomida o‘simliklar bilan A. bir-biriga katta ta’sir ko‘rsatgan. Arilarda gulni changla-tib, gul changi va nektarini yigishga im-kon beradigan moslashuv belgilari pay-686do bo‘lgan. O‘simliklarda esa changlatuvchi hasharotlarni jalb kiladigan belgilar (nektar ishlab chikaruvchi bezlar, gul ran-gi, hidi) rivojlangan. A. gullarni chan-glatib, o‘simliklarning hosildorligini oshirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |