Asalari, bolari



Download 1 Mb.
bet28/28
Sana23.01.2022
Hajmi1 Mb.
#404615
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Asalari

Behi – kichikroq daraxt bo‘lib, may oyida gullab, bir tupidan 4-5 kg ga­cha gulshira beradi. Gulchangining ran­gi oq asaliniki esa och sariq bo‘ladi.

Bodom – mart, aprel oylari gul­lab, bir tupidan 5-7 kg gacha gulshira beradi. Asalining rangi och sariq gul­changining rangi qizilroq bo‘ladi.

Xurmo – baland daraxt bo‘lib, may, iyun oylarida gullaydi. Bir tupidan 10 kg gacha gulshira hamda gulchang beradi.

Hamma xurmo navlarining asali sariq rangda bo‘lib, ozgina taxir, lekin shi­rin va quyuqdir, tez kristallanadi.

Nok – aprel oyida gullaydi. Har bir tupidan 5-6 kg gacha gulshira be­radi. Asalarilar nokdan gulchangi ham oladilar. Asalining rangi och sariq.

Yantoq – iyul-sentyabr oylari­da gullaydi. Har bir gektaridan 150 kg gacha asal beradi. Gulchangining rangi och sariq. Asalining rangi och kulrang bo‘lib, tez kristallanadi, kristallari mayda.

Ok akasiya balandligi 10-12 m daraxt. May-iyun oylarida gullaydi. Gullarining rangi oq. Har gektaridan 300 kg dan 500 kg gacha gulshira bera­di. Oq akasiya asali eng yaxshi asallardan hisoblanadi. Asalining rangi oq bo‘lib, mayda kristallanadi.

Qizil beda – may oyining oxiridan iyul oyining o‘rtasigacha gullaydi. Har bir gektaridan o‘rtacha 50 kg gacha gulshirasi hamda gulchang beradi. Gul­changining rangi to‘q jigarrang. Asali­ning rangi qizg‘ish-sariq bo‘lib, sekin kristallanadi.

Olcha – aprel, may oylarida gul­laydi. Gullash davri 10 kun. Asalining rangi och sariq. Gulshira va gulchang be­radi. Har bir tupidan 5-7 kg gacha gul­shira beradi.

Siren may oyining oxirida gul­laydi. Bir gektardan 15 kg gacha asal beradi. Ta’mi xushbo‘y bo‘ladi.

Maymunchaq – ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, iyun, iyul oylarida gullaydi. Iliq yomg‘ir vaqtida ham asalarilar maymunchaq guliga qatnaydi. Gullash davri 40 kun. Asal va gulchang beradi.

Gulchangining rangi och kulrang. Har bir gektardan 100 kg gacha asal beradi.

Asalining rangi och sariq.



Qovun – yozning ikkinchi yarmida gul­laydi. Gullash davri 30 kun. Har bir gektaridan 30 kg gacha asal beradi. Gulchangi oz miqdorda bo‘ladi. Qovun asali revmatizmga qarshi qo‘llaniladi.

Makkajo‘xori – iyun, iyul oyla­rida gullab, ko‘p miqdorda gulchangi be­radi. Asal bermaydi.

Shaftoli – 6-7 m daraxt bo‘lib mart, aprel oylarida gullaydi. Gul­changining rangi qizil. Shaftoli bir tupidan 6-7 kg gacha gulshira beradi.

Asalining rangi och sariq.

Esparset – yem-xashak ekinlari ichida eng ko‘p gulshira beradigan o‘simliklardan biri. Bir gektaridan 100 kg gacha asal beradi. Asali yuqori sifatli, o‘ta tiniq tusda va xushbo‘y bo‘ladi.

Sholi – iyul-sentyabr oylarida gullaydi. Asal bermaydi, lekin gul­changi beradi.

Momaqaymoq (oduvanchik) – erta bahordan kuzning oxirigacha gullay­di. Asalarilar ko‘p miqdorda gulchan­gi to‘playdi. Gulshira ham beradi. Asa­li juda ham quyuq va yopishqoq bo‘ladi.

Asalining rangi to‘q sariq. Tez kris­tallanadi.

Arslonquyruq (pustirnik) – iyun, avgust oylarida gullaydi. Gulchang ham beradi. Bir gektaridan 300 kilograiningacha asal beradi. Asali och somon rangida bo‘lib, o‘tkir ta’mli emas.

Bo‘tako‘z (vasilyok) arpa ekinlari orasida uchraydi. Bo‘tako‘z – yozda va kuzda sovuq tushgunicha gullaydi. Shira va gulchang beradi. Asalarilar zo‘r berib ishlaydilar. Asalining rangi yashil-sariq bo‘ladi. Asali quyuq bo‘lib, bodomning hidi kelib turadi. Boshida ta’mi ozgina achchiqroq bo‘ladi.

Qari qiz (lopux) – iyun, iyul oy­larida gullaydi. Bir gektaridan 100 kg gacha asal beradi. Asalining rangi to‘q-zaytun tusda bo‘lib, asali xushbo‘y va cho‘ziluvchari bo‘ladi.

Olxo‘ri – balandligi 10 m daraxt bo‘lib, may oyida 1-2 kun olchadan oldin gullaydi va un kun davom etadi. Gul­chang ham beradi. Kuchli oilalar kuniga 1,8 kg gacha gulshira to‘plashlari mum­kin. Bir tupidan 4-5 kg gacha gulshira beradi. Asalning rangi och sariq.

Yapon saforasi – iyun, iyul oyla­rida gullaydi. Gullash davrida asala­rilar zo‘r berib ishlaydilar. Asali­ning rangi qaymoq rang.

Kashnich (koriandr) – iyun oyidan iyulgacha gullaydi, gulchangi bera­di. Bir gektaridan 500 kg gacha asal be­radi. Asali o‘tkir ta’mli bo‘lib, rangi och sariq tusda.

Majnuntol – mart, aprel oylari­da gullaydi, har bir tupidan 20-25 kg gacha gulshira va gulchang beradi. Asali­ning rangi tilla sariq.

Qora zira – ikki yillik o‘simlik bo‘lib, iyun oyida gullaydi. Gullash davri 30 kun. Asalarilar bir gekta­ridan 60 kg gacha asal yig‘ib oladilar. Asalining rangi och sariq.

Terak – erta bahorda gullaydi. Terakdan asalarilar pad (qiyom) asali, gulchang va propolis to‘playdilar.

Rayxon – bir yillik dori o‘simligi bo‘lib, balandligi 40 sm gacha o‘sadi. Bir gektaridan 100 kg gacha asal hamda gulchan­gi beradi. Asalining rangi och sariq.

Lyuserna – yem-xashak ekinlari ichida ko‘p gulshira beradigan o‘simliklardan biri. Iyun oyida gullaydi. Bir gek­taridan 100 kg gacha asal beradi. Asali­ning rangi och sariq ayrim xollarda oq bo‘ladi. Ta’mi xushbo‘y. Asalini qishlovga qoldirish tavsiya qilinadi.

Tog‘jambil o‘ti (chabres) – may, iyun oylarida gullaydi. Bir gektaridan 180 kg gacha gulshira beradi.

Zarang (klyon) – 25 m daraxt bo‘lib aprel, may oylarida gullaydi. Juda ko‘p gulchang hamda gektaridan 120-150 kg gacha asal beradi. Asalining rangi och sariq.

Oq quray – may oyidan iyulgacha gul­laydi. Ko‘p gulshira ajratadi. Bir oi­la kuniga 8 kg gacha asal to‘playdi.

Ivari choyi (matryoshka) – iyun oyi­ning oxiri va iyulning boshlarida gul­laydi. Bir gektaridan 250-300 kg ga­cha asal beradi. Asalining rangi tiniq ta’mi yoqimli. Tez kristallanadi. Asa­li suyuq kristallari mayda.

Lolaqizgaldoq –  aprel, may oy­larida gullaydi. Gulchangining rangi to‘q-qora bo‘ladi. Asal bermaydi.

Kanop (kendir) – buyi to‘rt metrgacha o‘sadigan, t’qimachilikda ishlatiladigan o‘simlikdir. Iyul, avgust, sen­tyabr oylarida gullaydi. Gullash davri 50 kun. Bir gektaridan 12 kg asal bera­di. Asali tez kristallanadi, qishlovga qoldirishga tavsiya qilinmaydi. Asa­lining rangi och sariq.

Tog‘rayhon (dushisa) – o‘t o‘simligi bo‘lib, iyun oyida gullaydi. Gullash davri bir oy. Bir gektaridan 100 kg gacha asal hamda gulchangi beradi. Asali xushbo‘y bo‘lib, sariq – ko‘k tusda bo‘ladi. Kristallanganida oq mayda donga aylanib qoladi.

Krushina – may, iyun oylarida gullaydi. Bir gektaridan 40 kg gacha asal beradi. Asalining rangi och sariq.

Qamchigul (gechixa) – iyul, avgust oylarida gullaydi. Gullash davri 40-45 kun. Bir gektaridan 150 kg gacha asal, gulchang beradi. Asalining rangi qoramtir qizgish tusda.

Emari – mart, aprel oylarida gul­laydi. Ko‘p gulchang va pad asali beradi. Barglaridan asalarilar shudring yig‘adi. Asalini qishlovga qoldirish tavsiya etilmaydi.

Yalpiz – iyul, avgust oylarida gul­laydi. Asalarilar osonlik bilan asal to‘plab oladi. Bir gektaridan 200 kg ga­cha gulshirasi beradi.

Ilon boshi (zmeegolovnik) – iyun oyida gullaydi. Gullash davri 45-50 kungacha davom etadi. Bir gektaridan 200 kg gacha asal be­radi. Asalining rangi oq bo‘ladi.

Ekinlarni asalarilar yordamida changlatish va hosildorligini oshirishning quyidagi usullari mavjud:



  • Asalarilarning xohlagan o'smilikka borishini ta'minlash uchun qo’llaniladigan usullardan biri bu ularni o’rgatishdir, ya’ni ularda ma’lum bir o'simlikka borishi refleksini shakllantirish. Buning uchun tayyorlangan siropga (1 qism qand, 2 qism suv) belgilangan o'simlikning changidan olingan gulini solish kerak va run bo’yi shu siropda qoldirish kerak. Ertalab asalarilar hali uchib chiqmaslaridan oldin har oilaga 200 g hisobida shu siropdan oxurlarga quyiladi.

  • Asalarilarni ma’lum bir joydan asal yig'ishga o’rgatish. Kechqurun oxurga tayyorlangan ivitma quyiladi, eitalab qolgan ivitma bilan ichidagi asalarilar changlatish uchun belgilangan maydon o'rtasiga ustiga doka yopib olib borib qo'yiladi va yana ivitma quyiladi Asalarilar oxurdan o’z uyalariga qaytib kelganida u yerdagilarga oxurning turgan joyi qayerdaligini «aytadilar». Bu ivitma bilan bir necha kun uyada ham oziqlantirib turilsa, asalarilar o'rgatilgan joyga boradigan bo'ladilar.

  • Qiziqarli usullardan biri - chang ushlab qoladigan asbob bilan asalarilarning changini tortib olish. Bunday vaqtda asalarilar yana chang yig’ishga ketadi.

  • Changlanuvchi ekinning maydon birligida asalarilar sonining ko’p bolishi.

  • Asalarilarda o’simliklarga qatnash uchun turg’in refleks hosil qilish.

  • Ghanglatuvchi asalarilardan foydalanishning optimal muddatlarini ishlab chiqish. Bunda o'smiliklarning biologik va fiziologik xususiyatlari ularni o'stirish texnikasi o’sish mavsumi, harorat faktori va hokazolar hisobga olinadi.

  • Changlatuvchi arilar oilalari joyini har 5-7 kunda almashtirib turish.

Respublikamizda jami bo’lib 143 mingta asalari oilasi bo’lib, bu mavjud ekilayotgan 1,5 million gektar g'oza maydonlarini, 540 ming gektar bedazor, 482 ming gektar bog', poliz, sabzavotni, 387 ming gektar makkajo’xori va boshqa ekinlar gulini changlatishga yetmaydi. Ana shu maydondagi ekinlar gulini changlatish uchun qo’shimcha ravishda yana 1,5-2 millionta asalari oilasini tashkil etishni talab qiladi

Mutaxassis olimlarining fikncha, bir gektar bedazor gulini changlatish uchun 2-3 ta asalari oilasi kifoya ekan. 1 gektar g'o'za maydoni uchun 2-4 ta, mevazorlar uchun 2-4 ta, poliz ekinlari uchun 0,5-1 ta, sabzavot, uzumzor, perga, raps kabi ekinlar uchun 1-2 ta arilari oilasi talab qilinadi.

Hozirgi kunda mavjud arilari oilasi bilan faqatgina 200 ming gektardan ziyodroq g’o’za maydonlarini changlatish mumkin.

Asalari bir daqiqada o’ndan ortiq, bir kunda esa 72 mingga yaqin g'o'za gulini changlatishga ko'maklashadi. O'z vaqtida yaxshi changlanish esa hosildorlikning oshishida katta ahamiyatga ega. Bu ayniqsa, beda urug'i hosilini oshirishda yaqqol seziladi.

Respublikamizda asalarichilikni rivojlantirishning va uni ozuqa bilan ta'minlashning yana bir yo’li shuki, chorvachilik uchun takroriy ekiladigan ozuqabop ekinlardan hisoblangan kuzgi raps va perga kabi servitamin ekinlarni javdar o’smiligi bilan birga xo'jaliklarda bo’shab qolgan yerlarga ekishni tashkil etishdir. Bu ozu­qabop ekinlar bahorda chorva mollari uchun juda to’yimli, shirali ozuqa bo'lishi bilan birga, asalarilarning bahorgi rivoji uchun ham juda yaxshi gulshira va gulchangi beruvchi o’similiklardan hisoblanadi. Shuningdek, Bug’doydan bo'shab qolgan yerlarga uch oylik kungaboqar o'simligi navlarini ekish ham yoz oxirida asalari oilasini ko’plab gulchangi va gul shirasi bilan ta’minlab, ularning rivojalanishiga salmoqli hissa qo’shadi.

Asalarilar – ekinlar hosilini oshirish va urug’chilikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

Dalazordagi o‘simliklarning hosil berishlari uchun chang bir o‘simlik gulidagi ikkinchi o‘simlik guliga o‘tmogi kerak. Bu vazifani har xil hasharotlar, ayniqsa asala­rilar bajaradi. Ekinlar gullagan vaqtda, asalarilarni ularga yaqinroq olib borishadi. Agar aksi bo‘lsa, ulardan mo‘l hosil olib bo‘lmaydi, chunki gulli o‘simliklarning 70% qismi asalarilar bilan changlanadi. Asalarilar ko‘p miqdorda oziqa qidirib turli xil gullarga qo‘nadilar va shu bilan birga bu gullarni changlantirib ham ketadi. Asalarilarning tanasi yetarli darajada sertukli bo‘ladi va bu tuklarga ko‘p miqdorda gulchangi ilashib qoladi.

O‘simliklarni changlatish uchun asalarilarga o‘rgatish sharbati beriladi. Agar arixonaga birorta gulning hidi kelib turgan oziqa solingan oxurcha qo‘yilsa, asalarilar bu oziqni olib mumkatakchalariga eltadi. Bu oziqani topib olgan asalarilar o‘z katakchalariga qaytib kelganidan so‘ng dalada birorta oziqa manbai topgan darakchi asal­arilar kabi, doyra shaklida tez-tez yura boshlaydilar, ya’ni boshqa asalarilarni shu oziqani keltirish uchun qiziqtirishga urinadilar. Asalarilarning bir qismi oxurchadagi oziqani arixonaga keltiradi, va boshqa asal­arilarni xuddi shu kabi oziqa manbalarini izlab topish uchun arixonadan uchib ketishga majbur etadi. Agar asalariga g‘o‘za guli hidi kelib to‘rgan shakar sharbati berilsa, bu holda ular g‘o‘za usimligini qidirib topish uchun uchadilar. Asalarilar bu o‘simliklarni shirasidan kelib to‘rgan hidiga qarab topib oladilar. Demak asalarilar­ga o‘simlik gulining hidi kelib to‘rgan oziqa berib, kerakli o‘simlikni changlatish mumkin.

O‘simliklarni changlatish uchun 1/1 issiq suvda sharbat tayyorlab, bu sharbat sovuganidan keyin unga mo‘ljallangan o‘simlikning gullari botirilib ikki so­at ushlab turiladi. Gulning miqdori sharbat hajmining to‘rtdan bir qismiga baravar bo‘lishi kerak. Solinayotgan gullar sershira bo‘lishi uchun, ularni bir necha kun oldin doka bilan o‘rab, hasharotlar qo‘na olmaydigan joyga qo‘yish kerak. O‘rgatish sharbati ertalab asalarilar ucha boshlaguncha berilishi kerak.

Paxta hosilini oshirish qishloq ho‘jalik hodimlari oldida birinchi masaladir. Ko‘p sonli tekshirishlarga asosari asalarilar yordamida o‘simliklarni chetdan changlatish katta ahamiyatga ega ekanligi tasdiqdangan. G‘o‘zani changlatuvchi sifatida asalarilar bilan asrning boshidayoq qiziqa boshlandi, chunki xalqaro bozorda paxta mahsulotiga talab oshganligi bu o‘simlikning hosildorligini oshirish yo‘llarini izlashga majbur etar edi. Ma’lumotlarga ko‘ra asalarilar yordami­da changlatilgan g‘o‘zadan, asalarilar bo‘lmagan joylarga nisbatari har gektardan 2,6 s ko‘p paxta yig‘ib olingan. Ko‘pchilik olimlar paxtani eng yaxshi changga boy o‘simliklar qatoriga kiritib, unga asalarilar bajonu-dil qatnashini aniqlaganlar.

Iqlim va tuproq sharoitlarining xilma-xilligi, yovvoyi va madaniy o‘simlik turlarining ko‘pligi bilan farq qiladigan O‘zbekistonda asalarilar yordamida o‘simliklarni changlatish usuli keng qo‘llanmoqda.

Changlatishda asalarilardan muvaffaqiyatli foydalanish shartlari: sog‘lom, kuchli asalari oilasini changlatish kerak bo‘lgan joyga olib chiqishdan 12 kun oldin, oilada 5-6 qurtchali ramka bo‘lib, undagi qurtchalarni boqishga yetadigan asalari bo‘lishi kerak. Yuqori darajada changlatish uchun arizorni changlatiladigan maydonga yaqin qo‘yish va asalari­ning bu yerga uchib keladigan yo‘lidagi to‘siqlarning kamroq bo‘lishidir. O‘zbekiston sharoitida paxta, poliz ekinlari, sholi dalalarida changlatuvchi arizor­ni maydaroq qismlarga bo‘lib (40–50 oiladan) ularni bir-biridan 500 m uzoqlikda joylashtiriladi.

Bog‘larda bu masofa 200 m gacha qisqartiriladi. Agar changlatiladigan joy to‘rtburchak yoki aylana shaklda bo‘lsa arizorlarni ekinlar markaziga joylashtirish yaxshiroqdir. Agarda u cho‘zilgan bo‘lsa arizorlarni 1000 m oraligi bilan birin-ketin qo‘yiladi. Shuni hisobga olish kerakki, changlatiladigan ekinlarning atrofida asalarilar diqqatini jalb qiladigan o‘simliklar bo‘lmasligi kerak aks holda ularda asal­arilarning bir qismi qolib ketadi. Asalarilar­ni xohlagan o‘simlikka borishini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan usullardan biri – bu ularga o‘rgatish sharbatini berishdir.

Bodring va boshqa o‘simliklar issiqxonalarda etishtirilganda, asalarilar kul hizmatini ancha engillashtiradi. Yaqin-yaqingacha issiqxonalarda o‘stirilayotgan bodringlarni qo‘lda changlatilar edi; buning uchun bodringlarning erkak gullarini yulib olib undagi gulchangini urg‘ochi gul ustiga o‘tkazar edilar. Bu ish juda ko‘p mehnat talab qilar edi. Endi bu changlatish uchun asalarilardan foydalanadilar. Asalari yordamida changlatish hisobiga, bodring hosili 10% ga oshadi. Bo­dring va boshqa o‘simliklarni issiqxonada changlatish uchun, asalari oilasini oldin boshqa issiqxonaga olib kirib, ularni uchib chiqib ichlarini axlatdan tozalab olishlariga imkon berish kerak. Bunday qilinmasa, asalarilar bodringlarni o‘z axlatlari bilan ifloslab qo‘yadi.

Ari oilasi issiqxonada turgan vaqtida ularga qo‘shimcha ikki ramka perga quyilishi zarur.


O‘zbekistonda o‘simliklarning gullashi, odatda erta ko‘klamda boshlanib, kech kuzgacha davom etadi. Asalari­lar asalning ko‘proq qismini qisqa vaqt ichida, shu joydagi asosiy serasal o‘simliklar gullagan davrida yig‘ib oladilar. Agar asalarilar to‘g‘ri parvarish qilinsa, bun­day o‘simliklarning gullash vaqtigacha oiladagi asalarilarning soni 50000-70000 gacha yetadi. Shuncha asalarilar har kuni 4 kg cha asal keltirishlari mumkin. Bu paytni asalarichilar «asosiy asal yig‘ish payti» deydilar. Asalarichilik uchun mos keladigan serasal davrlar mavsumda 2-3 marta takrorlanadi.

Ayni asal yig‘ish davri kelganda, yangi chiqqari yosh arilar 7 kunlik bo‘lishlari bilan ucha oladigan holatga keladilar. Bu davrda oiladagi hamma asalari­lar mumkin qadar ko‘proq asal to‘plab qolishga urinadilar. Ari qurtchalaridan bo‘shagan katakchalariga darrov asal to‘ldiradilar, ularning soni ancha kamayadi. Qurtchalarini boqishdan bo‘shagan va xali ucha olmaydigan yosh arilar, uchadigan asalarilarning keltirgan shirasini ulardan qabul qilib oladilar. Bu shirani qayta ishlab asal qiladilar, katakchalarga joylaydilar, katakchalarning ustini mum bilan berkitadilar, zo‘r berib arixonaning havosini almashtirib turadilar va hokazo. Asosiy asal topish vaqtida arixonaga qo‘shimcha mumka­takli ramkalar qo‘yib, arixonani kengaytirishga to‘g‘ri keladi. Asosiy asal topishning oxiriga borib ari uyasida ko‘p miqdorda asal to‘planadi, ammo asalarilarning soni ancha kamayadi, chunki asal to‘plash vaqtida ko‘p asal­arilar nobud bo‘ladi.



Asosiy asal to‘plash vaqtidan keyin oilada qishlash uchun asalarini yetishtirish ishi boshlanadi.
Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish