ASAL BERUVCHI O‘SIMLIKLAR
Piyoz – issiq kunlarda, ayniqsa iyul oylarida ko‘proq shira ajratadi.
Asalarilar kunning issiq vaqtida 1300 – 1600 gacha piyoz shirasini to‘playdilar.
Bir gektar piyoz poyadan asalarilar 70 kg gacha asal to‘playdilar. Asal rangi sariq bo‘lib, piyoz gulchangni oz miqdorda beradi.
Tarvuz – bir yillik o‘simlik bo‘lib, iyun-iyul oylarida gullaydi, bir gektaridan 13 kg asal beradi. Tarvuzga asalarilar kamroq qatnaydi. Asalarilar tarvuz ekinidan gulshira bilan birga yorilgan tarvuzlarning shirasini ham oladi. Boshqa o‘simliklarda gulshirasi bo‘lmagan davrda, asalarilar tarvuzga ko‘p qatnaydi. Asalining rangi sariqroq tez kristallanadi. Gulchang ham beradi. Lekin asalni qishga qoldirish tavsiya yetilmaydi.
Bodring – iyul va avgust oylarida sershira bo‘ladi va unga asalari oilalari zavq bilan qatnaydi. Bodring ekinlarining bir gektaridan asalarilar 30 kg gacha asal to‘playdi, ammo bodringning gulchangidan deyarli foydalanmaydilar. Asalining rangi tiniq sarg‘ish, tami taxir bo‘ladi.
Kungaboqar – kimmatbaho moyli ekin bo‘lishi bilan birga eng ko‘p asal beradigan o‘simliklardan hisoblanadi. Kungaboqar iyul oyida gullaydi, gullash davri 2 haftadan uzoqroq davom etadi. Asalarilar kungaboqardan gulchangi va shira oladi. Gulchangining rangi tilla sariq. Har gektaridan asalarilar 30 kg asal oladi. Asalining rangi och sariq ba’zida yashil tusda bo‘lib, ta’mi taxir, tez kristallanadi. Bu asalni qishlovga qoldirish tavsiya qilinmaydi yoki yarmini ajratib olib, o‘rniga har bir asalari oilasiga 10 kg dan shakar sharbati berish kerak.
Qovoq – iyul, sentyabr oylarida gullaydi. Gullash davri 60 kun. Bir gektaridan 40 kg gacha asal beradi. Ammo qovoqning gulchangidan asalarilar deyarli foydalanmaydi. Asalining rangi sariq ta’mli va xushbo‘y xidli, tez gulchangini rangi qizg‘ish.
Raps – aprel va may oylarida gullaydi. Gullash davri 25 kun. Bir gektaridan 50 kg gacha asal beradi. Gulchangining rangi sariq bo‘ladi. Asalining rangi oq ayrim holatlarda sariq rangda bo‘lib, asali o‘ta shirindir.
G‘o‘za – ekilganidan so‘ng 70 kundan keyin iyun oyining oxiridan – sentyabr oyigacha gullaydi. Gullash davri 2 oy. Har bir gektaridan 200 kg dan ko‘proq asal beradi. Asalarilar gulchang ham yig’ib keladilar. Asali suyuq holatda rangsiz bo‘lib, kristallanganidan keyin oq rangga aylanadi. Bu asalni qishlovga qoldirish tavsiya qilinmaydi.
O‘rik – mart-aprel oylarida gullaydi va erta ko‘klamda asalarilarga gulchangi hamda shira beradi. Gulchangining rangi qizil. O‘rikning bir tupi 7-8 kg gacha gulshira beradi. Asalining rangi oq sariq.
Loviya – iyun oyidan sentyabrgacha gullaydi. Asali rangsiz.
Olma – aprel oyidan iyungacha gullaydi. Bir tupidan 5-7 kg gacha gulshira va gulchang beradi. Gulchangining rangi sarg‘ish. Asali juda tez kristallanadi, rangi och sariq.
Do'stlaringiz bilan baham: |