Asalari, bolari



Download 1 Mb.
bet1/28
Sana23.01.2022
Hajmi1 Mb.
#404615
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Asalari


Asalaribolari (Apis mellifera L.) — arilar oilasining bir turi. Asalari vatani Janubiy Osiyo hisoblanadi. Hozirgidavrda janubiy kengliklardan Chekka Shimolgacha tarqalgan. Asalarilar, asosan, oila boʻlib yashaydi. Bir oila bir ona (xalq tilida „podshosi“ deb ham yuritiladi), bir necha ming ishchi va bir necha yuz erkak Asalaridan iborat. Ona asalari tanasi uzunligi 20 — 25 mm, vazni 200 — 250 mg, bahordan kuzga qadar tuxum qoʻyish va oilani boshqalari vazifasini bajaradi. Qanoti tanasining yarmini qoplaydi, nektar, gul changini yigʻuvchi apparatining yukligi bilan farq qiladi. Ona asalarining jinsiy aʼzolari rivojlangan. 5 yilgacha yashaydi (tajribali asalarichilar onalari har ikki yilda yangilab turadilar). Bir sutkada 2 — 2,5 mingtagacha tuxum qoʻyadi. Otalangan tuxumlardan 21 kunda ishchi asalari, otalanmagan tuxumlardan 24 kunda erkak asalari chiqadi. Agar lichinkalarni ishchi asalarilar asalari suti bilan oziqlantirib tursa 16 kunda ona asalari chiqadi. Tuxumdan chiqqan ona asalari 7—8 kunda jinsiy balogʻatta yetadi. Erkak asalari tanasi uzunligi 15—17 mm, vazni 200 mg, qorin qismi toʻmtoq boʻlib, oldingi qanotlari uzun, gul changi va nektar yig‘uvchi apparati, nayzasi yoʻq, koʻkragi keng, hartumi qisqa. Bir oilada 80—100 tagacha erkak asalari boʻladi. Asosiy vazifasi ona Aaalarini urugʻlantirish (asosan, havoda juftlashadi, urugʻlantirganidan keyin halok boʻladi). Ular uyada faqat yozda boʻladi, kuzda oilada urchish ishlari toʻxtashi bilan ularni ishchi asalarilar uyadan quvib chiqaradi. Ishchi asalari tanasi uzunligi 11—15 mm, vazni oʻrtacha 100 mg, jinsiy aʼzolari rivojlanmagan, urg‘ochi asalarilar boʻlib, yozda 35 — 40 kun, qishda 3 oy yashaydi. Bir oilada yozda 60 — 80 ming, qishda 10-15 ming ishchi Asalari boʻladi, soatiga 60 km tezlikda ucha oladi, oiladan 2 — 3 km va undan ortiq masofaga uchib borib, nektar va gul changini yigʻish, nektarni asalga aylantirish, mum ishlash, lichinkalarni boqish, katak qurish, uyani qoʻriqlash kabi ishlarni bajaradi. Asalarilar qadimdan qimmatbaho mahsulotlar boʻlgan asal, propolis, mum, ona asalAsalari suti, asalAsalari zahAsalari va boshqalarni olish, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlarini mevali bogʻlarni changlatish uchun boqiladi. Asalari oilasi bir mavsumda 683140 — 150 kg asal toʻplaydi, bundan 100 kg Asalari taʼminotiga sarflansa, 40 — 50 kg asal ajratib olinadi. Asalari oila aʼzolarining xizmat faoliyati oʻzaro bogʻliq boʻlganidan ularning birortasi ham oʻzicha mustaqil hayot kechira olmaydi. Zotlari: Oʻrta Rossiya oʻrmon (qoramtir) Asalari zoti (Asalari millifera) — eng koʻp tarqalgan zotlarga kiradi. Asalarilari yirik, asaldorligi yuqori, sovuqqa chidamli, har bir oiladan 100 kg gacha asal olish mumkin. Kavkaz (Gruziya) togʻ-qoʻngʻir Asalari zoti (Asalari cavcasica) — asosan, Zakavkaze, Oʻrta Osiyoda tarkal-gan. Karpat Asalari zoti — Gʻarbiy Ukrai-naning togʻli rayonlAsalari va Karpat ortida koʻp uchraydi. Rangi qoramtir, tabiati yumshoq, hartumi uzun. Italiya sariq asalari zoti (Asalari ligustuca) ning kelib chiqishi Italiya hisoblanib, Kanada, AQSh, Avstraliya va Yangi Zelandiyada tarqalgan. Keyinchalik Finlandiya, Yaponiya, Xitoy va Hindistonga ham keltirilgan. 1964—70-yillarda Oʻzbekistonga keltirib sinalgan. Paxta ekiladigan yerlarda yuqori mahsuldorlikka erishildi. Uzoq Sharq asalari zoti — Uzoq Sharq (Primore, Xabarovsk)da koʻp tarqalgan. Zot Ukraina, Oʻrta Rossiya, Italiya va Kavkaz asalarilari ishtirokida yetishtirilgan, mahsuldorligi oʻrtachalari Kraina kulrang Asalari zoti (Asalari carnica) — Yugoslaviya, Avstriya togʻlarida keng tarqalgan. Tashqi koʻrinishdan Kavkaz togʻ-qoʻngʻir asalarisiga oʻxshaydi, mahsuldorligi oʻrtachalari Oʻzbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot institutida asalarilar boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.[1]

Asalari qishda dam olib koʻklamda ochiqlikka chiqadigan foydali hasharot hisoblanadi. Undan asosan qishloq hoʻjaligida keng foydalaniladi va natijasi oʻlaroq juda shirin va foydali boʻlgan asal moddasi olinadi.


Asalarilarning hayoti nihoyatda murakkab oilani tashkil etadi va har bir individ ma’lum bir vazifani bajaradi. Shuning uchun oilada nasl beradigan ona ari, naslsiz urg'ochi ari, ya’ni ishchi ari va erkak arilar (trutenlar) paydo bo’lib, ular tuzilishi va fiziologik xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi va bu polimarfizm deyiladi. Polimorfizm, odatda har bir individ oilada ma’lum bir vazifani bajarishidan kelib chiqadi ya'ni bajariladigan ishning taqsimlanishi bevosita ularning morfologik farqiga bog'liq.

Arixonalarda yetishtirilib ko'paytiriladigan kuchli arilar oilasida yoz mavsumining o’rtalarida 60-70 rining, duragay zot ari oilasida 80-90 riningtagacha arisi bo'ladi. Oilada ishchi arilarning soni ko'p bo‘lishi evaziga ular qisqa vaqt, yani 20-30 kun ichida keyingi yilgi sharbat tashish davrigacha yetadigan oziq to’play oladilar. Ko’p sonli arilar jamoa bo’lib yashashi natijasida asalarilar qishki sovuq kunlarda uyalarida zarur muhitni, kerakli issiqni ushlab turadilar.

Oilaning kuchi arilar to'liq qoplab olgan mumkatak inchali romlar soniga qarab aniqlanadi. Arilar 5-6 ta inchali romda bo’lsa, bunday oila to‘la kuchli oila bo'ladi.

Lichinkalar soni mumkatak inchali romlardagi usti berkitilgan lichinkalar soniga qarab aniqlanadi. Agar ona ari inchalarga bir tekisda tuxum qo'yayotgan bo‘lsa, u holda sifatli, agarda inchalarga onda-sonda tuxum qo'yayotgan bo’lsa, sifatsiz ona ari bo'ladi.

Oziqaning miqdori mumkatak inchali romlardagi asalga qa­rab chamalab aniqlanadi. Katta hajmdagi 435x300 millimetrli mumkatak romlarda 3,5-4 kg gacha, kop qavatli uyalarning 435 x 250 mm inchali romlarida esa 3 kg gacha asal bo’lishi kerak.

Oilaning ichidagi inchali romlarning sifati ona arining tuxum qoyishga yaroqliligiga qarab aniqlanib, mog’or bosgan, sichqon kemirgan, hajmi kichrayib, qorayib ketgan va erkak ari inchalari ko’p bo’lgan sifatsiz mumkatak romlar olib tashlanadi.

Agarda oilada bahorda oziq modda bo’lmasa, u holda ona arining tuxum qo’yishi kamayadi. Chunki oziq bo’lmasa, lichinkalarning rivojlanishi susayadi. Harorat ko’tarilishiga dosh bera olmaydi 10-12 kg gacha oziqasi bo’lgan oila yaxshi rivojlanadi. Har bir ari oilasining 1 ta kuchiga 1 kg oziq kerak bo’ladi.

Ari oilasi me'yorida yaxslii rivojlanayotgan davrda 30 kg asal iste'mol qiladi. Shundan 8-10 kg oziqni asalarichi uyaga solib qo’yadi. 18-20 kg ni asalarilarning o zi erta gullaydigan o’simlik gullaridan olib keladi.

Bahor kelishi bilan oilani isitish maqsadida bo'sh romlar olib qoyiladi. Asalarilar nechta romni qoplab turgan bo’lsa, shuncha rom qoldiriladi. Oilaning icliki hajmi qancha qisqartirilsa, oila shuncha tez rivojlanadi.

Bahorda oila sun’iy, ya’ni yostiqchalar yordamida isitiladi. Asalarilar ko‘chirish paytida, iloji bo’lsa, yuqori yostiqchalarni olib tashlab, o’rniga bo’sh romlar qo'yish kerak.

Ari oilasining ahvoli aniqlanayotgan bir vaqtda uning ichki hajmi ham tartibga keltiriladi. Ya’ni ari oilasini jadal rivojlantirish uchun sharoit yaratiladi. Buning uchun uyaning ichki hajmini tartibga keltirishda oilada yetarli oziq va ona arisi tuxum qo’yishiga yaroqli toza hamda sifatli mumkatak inchali romlar bo’lishi ta'minlanadi: ortiqcha va yaroqsiz mumkatak inchali romlar olib qo'yiladi, uyaning ichki hajmi kerakligicha qisqartirilib, isitgich yostiqchalar yordamida o’rab qo'yiladi. Ayniqsa, kuchsiz ari oilalarida bo’sh mumkatak inchali romlar ajratib olinib, kerakli oziq bilan ta’minlanadi.

Bahorgi taftish natijalari alohida ro'yxatga yozib qo'yiladi.

Asalarichi ari oilasini to’liq tekshirib taftish qilish bilan har qaysi ari oilalarining ahvoli haqida to'liq tushunchaga ega bo’ladi


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish