Asab tizimi oliy bo’limlarining vazifalari. Shartli reflekslar. Onfning tiplari. Organizmning signal tizimlari



Download 71,5 Kb.
Sana08.07.2021
Hajmi71,5 Kb.
#112992
Bog'liq
17-Asab tizimi oliy bo’limlarining vazifalari. Shartli reflekslar. ONFning tiplari. Organizmning signal tizimlari.


Asab tizimi oliy bo’limlarining vazifalari. Shartli reflekslar. ONFning tiplari. Organizmning signal tizimlari.
Bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘i (neokorteks) va uning asosiy (bazal) yadrolari filogenezning keyingi bosqichlarida paydo boigan. Katta yarim sharlar ilk bor baliqlarda paydo boigan boisa ham, uning po'stlog'i sut emizuvchi hayvonlarda va eng muhimi odamda juda murakkab shakllari rivojlangan. Buyuk rus olimi - evolutsion fiziologiyasining asoschisi L.A.Orbelining fikrlariga ko'ra, organizm qancha murakkab tuzilgan bo'lsa, uning funksional faoliyati qancha serqirra bo'lsa, katta yarim sharlar po'stlog'i o'shancha ko'prog' rivojlangan va murakkab tuzilgan bo'ladi. Dastlabki boblarda aytib o'tganimizdek, neokorteks bir necha milliard asab hujayralar (neyronlar) dan tashkil topgan, ular po'stloqning 6 qavatida turli kombinasiyalarda joylashgan. Bu neyronlaming hammasi ham o'siqli bo'ladi, bu o'siqlar turli tomonga qarab ketadi. Ba’zilari katta yarim sharlar po'stlog'ining turli boiimlarini bir-biriga bogiasa, boshqalari bosh miya po'stlog'ini markaziy asab tizimining pastdagi bo'limlari bilan bog'laydi. Bu yerda so'z proyeksion, assotsiativ va komissural asab tolalari haqida borayapti. Shunday qilib, bosh miya yarim sharlar po'stlog'i bosh miyaning boshqa bo'limlariga qaraganda evolutsion nuqtai nazardan kechroq rivojlangan, ammo tuzilishi va funksiyalari jihatidan juda murakkab bo'limdir. Bosh miya po'stlog'i paydo bo'lishi bilan funksiyalar kortikalizatsiyasi voqe boiadi, ya’ni organizm funksiyalarini boshqarish asab tizimining quyi boiimlaridan bosh miya po‘stlog‘;ga o'tadi. Bosh miya po‘stlog‘i organizmdagi hamma jarayonlarni, shuningdek odamning butun faoliyatini nazorat qila boshlaydi. Neokorteks va unga yaqin joylashgan tuzilmalar paleokorteks va arxikorteks tuzilmalari) markaziy asab tizimining oliy bo‘limi bo'lib,

organzmning xulq-atvori bu boiimning faoliyatiga bog'liq. Organizm xulq- atvori (raftori) oliy asab faoliyati hisoblanadi, shu faoliyat orqali organizm va tashqi muhit orasida ikki tomonlama hayotiy aloqa o'rnatiladi. Odamning xulq-idroki, fikrlashi, ongi va barcha ruhiy xususiyatlari oliy asab faoliyati bo'lib, u bosh miya yarim sharlari va ular po'stlog'ida

joylashgan asab markazlarining me’yoriy funksiyasiga bog'liq. Odamning oliy asab faoliyati murakkab reflekslar orqali namoyon boiadi. Bu reflekslarning tashqi muhit bilan bogianishi, uning har xil sharoitda moslashuvini ta’minlaydi. Odamning barcha ixtiyoriy harakatlari, fikrlashi va ruhiy holatlari reflekslar orqali sodir bo'lishini mashhur rus fiziologi I.M.Sechenov 1863 yilda “Bosh miya reflekslari” degan kitobida birinchi bo'lib ko'rsatdi. Uning reflekslar haqidagi fikrlarini taniqli olim l.P.Pavlov yana rivojlantirib, shartli reflekslar haqidagi taiimotni yaratdi. l.P.Pavlov odam oliy asab faoliyati

shartli reflekslar orqali namoyon bo'lishini ko'rsatib berdi. I.P.Pavlovning bu ta’limoti nafaqat biologiya, tibbiyot, pedagogika va falsafa uchun, balki jismoniy tarbiya nazariyasi uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Jismoniy tarbiya tadbirlari tizimining ta’siri bilan voqea bo‘luvchi murakkab jarayonlar va funksiyalarining qayta qurilishini I.P.PavIovning oliy asab faoliyati to‘g‘risidagi reflektor nazariyasi asosidagina to‘g‘ri tahlil qilish mumkin.

Oliy asab faoliyati haqida I.P.Pavlov yaratgan buyuk ta’limot jismoniy hodisalar bilan ruhiy (psixik) hodisalarning birligini shak-shubhasiz isbot etadi. Oliy asab faoliyati haqidagi ta’limot juda ko‘p eksperimental ma’lumotlarga asoslanib, ruhiy faoliyatning moddiy negizi bor deb isbot etadi. Oliy asab faoliyati haqidagi ta’limot tashqi obyektiv olamning odam ongida aks etishiga taaliuqli juda murakkab jarayonlarning fiziologik

mexanizmlarini ochib va ilmiy jihatdan asoslab berdi, shu bilan in’ikos nazariyasiga tabbiiy-ilmiy asos soldi. Markaziy asab tizimi reflekslar asosida ishlaydi degan I.P.Pavlov

ta’limoti uchta asosiy tamoilga asoslanadi: birinchi - determinizm (sababiyat) tamoyili, ya’ni har bir hodisaning sababi bor degan fikr, ikkinchi - analiz va sintez tamoili, uchinchi - tuzilish, ya’ni tuzilma tamoili. Shu tamoyillarning har birini ko‘zdan kechiraylik.

1. Determinizm (sababiyat) tamoili. Bu tamoil shundan iboratki, organizmda hyech narsa sababsiz sodir bo‘lmaydi. Har bir refleksning yuzaga chiqishi uchun muqarar sababi bor.

2. Analiz (tahlil) va sintez (birlashtirish) tamoili. Bu tamoilga ko'ra, markaziy asab tizimi o'z faoliyati natijasida retseptorlarimizga ta’sir ko'rsatuvchi murakkab ta’sirlovchilarni oddiyroq tarkibiy qismlarga parchalab tashlaydi (analiz) va ularni shu onda bir tizim qilib birlashtiradi (sintez). 3. Tuzilish (tuzilmalik) tamoili. Bu tamoilga ko'ra, har bir refleks

muayyan morfologik tuzilmaga bog'liq. Miyada, shuningdek butun organizmda ro'y eruvchi hamma jarayonlar moddiydir, ya’ni ular asab tizimining muayyan qismlarida voqye bo'luvchi moddiy jarayonlarga asoslanadi. Shartli va shartsiz reflekslarning tafovuti

1. Shartsiz reflekslarning anatomik yo'Ilari, ya’ni reflektor yoy va ayniqsa, markaziy asab tizimida qo'zg'alish markazga intiluvchi toladan markazdan qochuvchi tolaga o'tadigan yo'llar, shuningdek miya po'stlog'iga boradigan yo'l (shartsiz refleksning miya po'slog'idagi qismi) hayvon yoki odam tug'ilguncha mavjud bo'ladi: yangi tug'ilgan bolada dastlabki

kunlardayoq ovqatlanishga taaliuqli bir qancha shartsiz reflekslar paydo bo'ladi (emish, so'lak oqish va hokazo). Shartsiz reflekslar tug‘ma bo'lib, nasldan naslga o'tadi. Shartli refleklar tug'ma bo'lmaydi. Shartli refleksning yoyi hayvon yoki odam tug'iladigan paytgacha mavjud bo'lmaydi. Shartli reflekslar organizmning individual taraqqiyot jarayonida “turmush tajribasi” asosida kasb etadigan reaksiyalardir. Shartli reflekslar hayot davomida paydo bo'ladi, mustahkamlanadi, so'nadi va yo'qolib ketadi. Misol uchun quyidagi tajribani olaylik. Kuchuk bolalari avval boshda faqat sut bilan boqib turiladi. Bora-bora ular sutning o'zini ko'rish bilan so Magi oqadigan bo'lib qoldi. Bu so'lak shartli refieks hosil bo'lishi natijasida oqadi. Ilgari biron marta ham go'shtni tatib ko'rmagan shu kuchuk bolalariga go'sht ko'rsatilganda ularning so'lagi oqmaydi, shundan keyin kuchuk bolasiga bir- ikki marta go'sht yedirilsa, go'shtni ko'rish yoki hidi burniga kirishi bilan

so'lagi oqa boshlaydi. Shunga o'xshash hodisalarni odam bolasida ham ko'rish mumkin. Bir marta ham limonni tatib ko'rmagan bolaga limonni ko'rsatilsa, limonning rang va shakli bolaning e’tiborini o'ziga tortadiyu, ovqatlanishga taalluqli reaksiyaga, ya’ni so'lak oqishiga sabab boimaydi. Ammo bola limonni tatib ko'rgandan keyin shu mevani ko'rishi bilanoq og'zidan so'lagi keladi. Katta yoshli kishilarga limon haqida gapirilganda yoki ular limonni xayoliga keltirilganida og'zidan soiak keladi.

2. Shartsiz reflekslar turga taalluqli, ya’ni shu turning hamma

vakillariga xosdir. Shartli reflekslar individual boiadi: bir turning ba’zi

vakillarida bo'lishi, boshqalarida esa bo'lmasligi mumkin.

3. Shartsiz reflekslar birmuncha doimiy; shartli reflekslar doimiy

bo‘lmay, muayyan sharoitga qarab hosil bo'lishi, mustahkamlanishi yoki

yo'qolishi mumkin; ularning bu xossasi nomidan ham ko'rinib turibdi.

4. Shartsiz reflekslar muayyan bir retseptiv maydonga qo'yilgan

adekvat ta’sirlovchilarga javoban yuzaga chiqadi. Shartli reflekslar esa

turli retseptiv maydonlarga qo'yilgan turli-tuman ta’sirotlarga javoban

yuzaga chiqa oladi.

Katta yarim sharlar po'stlog'i juda rivojlangan hayvonlarda shartli reflekslar miya po‘stlog‘ining funksiyalaridir. Miya po'stlog'i olib tashlangach shartli reflekslar yo'qolib, faqat shartsiz reflekslar qoladi. Bundan ma’lum bo'ladiki, shartli reflekslarga qarama-qarshi oiaroq shartsiz reflekslarning yuzaga chiqishiga markaziy asab tizimining quyi bo'limlari- po'stloq ostidagi yadrolar, miya ustuni va orqa miya yetakchi rol o'ynaydi. Ammo, funksiyalar yuksak darajada po'stlog'lashtirilgan odam va maymunlarda ko'pgina murakkab shartsiz reflekslar katta yarim sharlar po'stlog'ining muqarar ishtirokida yuzaga chiqishini qayd qilib o'tmoq kerak. Maymunlarda bosh miya po'stlog'ining zararlanishi natijasida shartsiz reflekslarning patologik ravishda buzilishi va ba’zilarining yo'qolib ketishi shundan guvohlik beradi. Shartsiz reflekslarning hammasi ham darrov tug'ilish paytigacha hozir boiavermasligini ta’kidlab o'tmoq kerak. Ko'pgina shartsiz reflekslar, masalan, harakat (lokomotsiya) jinsiy jarayonga taalluqli reflekslar odam va hayvon tug'ilgandan keyin uzoq vaqt o'tgach yuzaga chiqadi, lekin ular asab tizimi normal taraqqiy etgandagina namoyon boiadi. Shartsiz reflekslar filogenez davomida mustahkamlangan va irsiyat yo'li bilan o'tadig reflektor reaksiyalari fondiga qo'shiladi. 5. Shartli reflekslar shartsiz reflekslar asosida vujudga keladi. Shartli reflekslar hosil bo'lishi uchun tashqi muhit yoki organizm ichki holatining biror o'zgarishi katta yarim sharlar po'stlog'iga sezilib, biron shartsiz refleksning yuzaga chiqishi bilan bir vaqtga to'g'ri kelishi kerak. Faqat shundagina tashqi muhit yoki organizmning ichki holati o'zgarishi, shartli refleksning ta’sirlovchisi-shartli ta’sirlovchi, yoki shartli signal bo'lib qoladi. Shartsiz refleksga sabab bo'luvchi ta’sirot-shartsiz ta’sirot shartli refleksning vujudga kelishida shartli ta’sirotga yo'ldosh bo'lishi, uni mustahkamlashi kerak.

6. Shartli reflekslar hosil qilish uchun vaqtincha aloqa vujudga kelishi zarur. Boshqacha aytganda, shartli tasirotni sezuvchi po'stloq neyronlari shartsiz refleks yoyini tarkibiga kiruvchi po'stloq neyronlariga vaqtincha bog‘lanishi kerak. Shartli va shartsiz ta’sirotlar bir vaqtga to'g'ri keiganda turli neyronlar (po'stloq va po'stloq osti neyronlar) bir-biri bilan

bog'lanadi, ya’ni funksional vaqtincha aloqa hosil bo'ladi. Shartli reflekslarni hosil qilish qoidalariHar qanday ta’sirlovchiga javoban shartli refleks hosil qilmoq uchun shu indifferent (ya’ni begona, befarq) ta’sirlovchi shartsiz ta’sirlovchidan oldin ta’sir qilishi shart. Masalan, so'lak ajratish shartli refleksini qanday bo'lmasin indifferent ta’sirlovchi, masalan, qo'ng'iroq tovushi bilan hosil qilmoq uchun itga ovqat berishdan 5-30 soniya ilgari qo'ng'iroq chalishi va keyin ovqat (shartsiz ta’sirlovchi) berishi kerak. Agar har bir ta’sirlovchi ovqatdan oldin yoki ovqat bilan birga ta’sir etsa (bizning misolimizda qo'ng'iroq chalib ovqat berish), ilgari befarq (indifferent) bo'lgan shu ta’sirlovchiga javoban tez orada shartli refleks hosil bo'ladi. Yuqorida kcitirilgan misolda it tez orada shunday ahvolga keladiki, unga ovqat bermasdan turib, qo'ng'iroq tovushini eshittirishning o'zidayoq so'lagi oqa boshlaydi. Bu shartli refleksdir. Shartli va shartsiz ta’sirotlar boshqacha qo'llanilsa, ya’ni ikkala ta’sirlovchi bir vaqtda berilsa yoki shartsiz ta’sirot boshlangani holda shartli signal qo'shilsa shartli refleks vujudga kelmaydi, bordi-yu vujudga kelgan

bo'lsa, juda zaif bo'lib, tez so'nib qoladi. I.P.PavIovning keyingi tadqiqotlari bu qoidani bir muncha oydinlashtirishga imkon berdi. Shartli signalni shartsiz ta’sirotdan bir qadar

minimal vaqt ilgari bera boshlash kerak ekan. Masalan, himoyalanish harakat shartli reflekslari uchun bu minimal vaqt 0.1 soniyaga teng. Interval bundan kaltaroq bo'lsa, shartli refleks hosil bo'lmaydi. Shartli reflekslar hosil qilishning muqarar sharti shuki, miya katta yarim sharlari normal faol holatda bo'lishi, organizmda patologik jarayonlar

rv'linasligi, tekshirilayotgan shartli va shartsiz reflekslardan tashqari mo'ljal olish refleksini yoki visseral reflekslarni vujudga keltiruvchi qandaydir yosh ta’sirotlar ham boimasligi kerak. Yuqorida keltirilgan misollar bir ta’sirlovchining o'zi turli shartli reflekslarga signal bo'la olishini ko'rsatadi. Bir gal so'lak oqishiga sabab bo'lgan, ya’ni ovqatlanishga taalluqli shartli refleksning vujudga kelishig sabab bo'lgan qo'ng'iroq tovushi ikkinchi gal mudofaa refleksini keltirib chiqaradi. Buning sababi shuki, shartli refleksning xarakteri uni mustahkamlovchi shartsiz refleksga bog'liq. Yuqorida aytib o'tganimizdek, shartli reflekslar shartsiz reflekslar asosida hosil bo'ladi. Ammo l.P.Pavlov laboratoriyalarida yana bir muhim dalil aniqlandi. Agar shartli refieks vujudga keltirilib mustahkamlansa, bunday refieks o'z navbatida yangi shartli refleksning kelib chiqishiga asos bo'ladi. Buni misol bilan tushuntiraylik. Chirog' yoqish va ovqat berish bir necha marta takrorlangandan keyin itda chirog' yoqishga javoban shartli refieks hosil bo'ladi. Bunday it chirog' yoqilishini ko'rgach hamona so'lagi oqa boshlaydi. Shartsiz refieks asosida hosil bo'lgan shartli refieks

birlamchi refieks deyiladi. Keyinchalik, befarq (indifferent) ta’sirlovchi birlamchi shartli refieks bilan bir vaqtga to'g'ri keltiriladi. Masalan, itning terisini qashlash bilan bir vaqtda chirog' yoqiladi, ayni vaqtda shartsiz ta’sirlovchi (ovqat) berilmaydi. Shu ish bir necha marta takrorlangandan keyin itda terining qashlanishiga javoban yangi shartli refieks hosil bo'ladi. Endi itning terisini qashlash bilanoq so'lagi oqa boshlaydi. Shartli ta’sirlovchi asosida kelib chiqqan shunday shartli refieks ikkilamchi shartli refleks deyiladi.

Indifferent (befarq) signalni ikkinchi tartibdagi shartli signal (ta’sirlovchi) bilan birga qo'llanib, itda uchinchi tartibdagi shartli refleksni vujudga keltirishi mumkin. Itda to'rtinchi tartibdagi shartli refleksni hosil qilish mumkin emas. Bolalarda oltinchi tartibdagi shartli reflekslar hosil qilish mumkin. Shunday qilib, oliy asab faoliyati bosh miya po'stlog'ida sodir boiuvehi ko‘pddan-ko‘p o'zaro bog'liq asab jarayonlarining yig'indisidir. Bu jarayonlar yuqori darajada rivojlangan hayvonlar va odam xulq-atvorining tevarak-atrofidagi muhitning doimiy ravishda o'zgarib turuvchi sharoitga moslashib belgilab beradi. Organizm o‘zining hayoti mobaynida orttirgan va befarq ta’sirlovchilar bilan shartsiz ta’sirlovchilarining navbatlashishi natijasida hosil bo'lgan reflekslarni l.P.Pavlov shartli reflekslar deb ataladi.

Shartli refleks ta’sirlovchilari Turli ta’sirlovchilar-tovushlar, yorugiik, geometrik figuralar, ranglar, hidlar, ta’mli moddalar, teriga tegish, bosim, issiq va sovuq ta’siri, mushaklarning taranglanish darajasi, qisqarishi va bo'shashuvi, tananing fazodagi vaziyati, ichki a’zolar holati, shilliq pardasining ta’sirlanishi, shuningdek organizmda modda va energiya almashinuvchining o'zgarishlari shartsiz ta’sirotlar bilan birga qo'llanilganda ular shartli reflekslarning signallari (ta’sirlovchilari)ga aylanadi. Eksteroseptiv, interoseptiv va proprioseptiv ta’sirotlarning hammasi shartli refleks signallari bo'lib qolishi mumkin.

Dastlab indifferent (befarq) bo'lgan ta’sirotlargina emas, odatda organizmning biron bir reaksiyalarini, jumladan shartsiz reflekslami yuzaga chiqaradigan ta’sirotlar ham shartli signallarga aylanishi mumkin. I.P.Pavlov laboratoriyasida o'tkazilgan tajribalarida kuchli himoyalanish shartsiz refleksini vujudga keltiradigan ta’sirotlar ovqatlanish refleksining shartli signallariga aylantirilgan edi. Shu maqsadda hayvonning oyoq panjasidan elektr toki o'tkazish bilan bir vaqtda ovqat ham berib turildi. Himoyalanish shartsiz reficksi-oyoq bukish refleksi sekin-asta susayib, ovqatlanish shartli refleksi mustahkamlandigan paytgacha butunlay yo'qoladi, tormozlanadi. Bu holda asab jarayoni bir shartsiz refleks markazidan boshqa asab vaqtincha shartsiz refleksini yuzaga chiqaruvchi ta’sirot ovqatlanish shartli

refleksning signaliga aylanadi. Vaqtincha aioqaning hosil bo‘lishi Bosh miya po'stlog'ining ikki guruh neyronlar: shartsiz va shartli ta’sirotni qabul qilib oluvchi neyronlar o'rtasida vaqtincha funksional aloqa paydo bo'lishi asosida shartli refleks hosil bo'ladi. I.P. avlovning bu tasavvurini hozir dunyo miqsida ko'pchilik e’tibor etadi Bundan oldingi bobda katta yarim sharlar po'stlog'ining tuzilishi va funksiyalari haqida batafsil aytib o'tgan edik. Endi esa, miya po'stlog'ining qaysi mintaqalarida, qaysi qavatlarida va qanday qilib xulq-atvorimizning neyrobiologik mexani/.mlaming tashkil tcpishi haqida so'z yuritamiz. Ma’lumki, neokorteks ichidan va oq moddasidan o'tuvchi gorizontal asab tolalari (proyeksion, assotsiativ va komissural asab tolalar) polisensor qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarni o'tkazadi. Retseptorlardan organizmning turli-tuman nuqtalaridan keluvchi afferent impulslar talamusning ko'chiruvchi yadrolari orqali bosh miya po'stlog'ining turli proyeksion mintaqalariga yetib boradi. Lekin bu turli xarakterga ega bo'lgan impulslarning sifati, biologik ahamiyati va efferent javoblarining shakllanishi bosh miyaning qaysi tizimlariga o'tadi? Bu muammoni chuqur o'rganish uchun ontogenetik va qiyosiy fiziologik izlanishlar o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Masalan, turli yoshdagi bolalarda neyronlaming rivojlanishi turli darajada bo'lishi sababli ulaming oliy asab jarayonlari turlicha rivojlanadi Agar po'stloqdagi turli sohalarining o'zaro funksional konstelasiyasi (bir joyda dominant markazi hosil bo'lishi) uning assotsiativ mintaqalarida birlamchi va ikklamchi afferent sintezlash tarzida o'tadigan bo'lsa, po'stloq va po'stloq osti yadrolarning funksional qayta bog'lanishi (P.K.Anoxinning qayar bog'lanish tamoyili) refleksining amalga oshirishi uchun qanday o'rin tutadi? Hozirgi kunda bu savollarga javob qaytarish oson emas. Faqat shuni qayd qilib o'tish zarurki, neokorteksdagi turli sohalarning o'zaro ta’sir etish mexanizmlarida po'stloq-po'stloq osti yadrolari-po'stloq yo'llari ham

bevosita muhim rol o'ynaydi. Shartli qo'zg’alishning o'tishi uchun bu yo'llarning qanday ahamiyati borligini quyidagi dalillar bilan izohlash mumkin: it miyasining kulrang moddasini kesib, neokorteksning turli qismlari ajratib qo'yilsa, shu qismlardagi neyronlar o'rtasida vaqtincha funksional aloqa vujudga kelaveradi (Б.A.Asratyan). Odam miyasining birinchi somatosensor mintaqalari (markaziy pushtadan keyin) harakat mintaqasi (4,6 maydonlar) dan ajratib qo'yilsa, shu sohalar o'rtasidagi barcha gorizontal asab aloqalari batamom uzulganiga qaramay, harakat malaklari buzilmaydi. Qadoqsimon tana qirqib qo'yilganda ham, odamning harakat malakalari jiddiy ravishda buzilmaydi. Oxirgi yillarda ko'p tadqiqotchilar shartli refleksning vujudga kelish mexanizmida dominant hodisasi muhim rol o'ynaydi, deb faraz qilishadi. Eslatib o'tamiz, dominanta qo'zg'aluvning asosiy o'chog'i hisoblanib, bu qo'zg'alish o'choqlari boshqa hamma asab markazlar faoliyatini o'zgartiradi va go'yo o'ziga bo'ysundiradi. Jumladan, P.K.Anoxin va uning shogirdlari

(K.V.Sudakov, A.Zilov va boshqalar) sharth refleksni yuzaga chiqaruvchi asosiy omil-funksional tizimi va ta’sirlovchilar ta’sirida ularda paydo bo'Iadigan dominant o'chog'i hisoblanadi, deb fikrni oldin surganlar. Shartli ta'sirot vaqtida tegishli funksional tizimning po'stloqdagi markazida neyronlar qo'zg'aluvchanligi keskin darajada oshib ketadi, shu tufayli bu neyronlar neokorteksdagi boshqa sohalarning qo'zg'alishiga reaksiya ko'rsatadigan bo'ladi. Natijada indifferent va shartsiz ta’sirotlar birga qo'llanilsa, ular yuzaga hiqaradigan qo'zg'alishlar o'zaro qo'shiladi, I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda, reflekslarning summatsiyasi ro‘y beradi. Shunday qilib, shartli refleksning hosil bo'lishida vaqtincha funksional aioqaning paydo bo'lishi asosiy fiziologik mexanizm hisoblanadi. Ammo uning hosil bo'lishida konvergensiya, dominanta, summatsiya degan miyaning asosiy ishchi tamoillari katta rol o'ynaydi. Har bir funksional lizim markazida sanoqsiz vaqtincha aloqalar hosil bo'lishi mumkin va harakat analizatori bu yerda doimiy komponent bo'lib turadi. Vaqtincha funksional aioqaning hosil bo'lishida bir qator kimyoviy moddalar, - jumladan eyropeptidalar ham hal qiluvchi rol o'ynaydi. R.l.Kruglikovning fikriga ko'ra, bu jarayonda enkefalinlar, endorfinlar, adrenokortikotrop gormon (AKTG) muhim o'rin tutadi. Bu moddalar neokorteksning peptidergik neyronlariga ta’sir qilib ularning qo'zg'aluvchanligini oshiradi. Qiziqi shundaki, bosh miyaning neyronlarida bu moddalar xotira jarayonlarida ham ishtirok etishadi. Zamonaviy g‘oyalarga ko‘ra vaqtincha aloqaning hosil boiishi quyidagi mexanizmlar orqali amalga oshiriladi:

I - koiu v va so'lak ajratish shartsiz reflekslar o'rtasida vaqtincha

aloqaning hosil bo'lishi (E.A.Asratyan bo'yicha); 1-po‘stlog‘ning kulrang

moddasi orqali aloqa; 2-po‘stloqning oq moddasi orqali aloqa; 3-po‘stlog‘

osti yadrolar orqali aloqa.

II - ikki a’zoli harakat shartli refleks (L.G.Voronin bo'yicha): A-

eshituv retseptorlari; B,V-eshituv proyeksion mintaqasi; D-ovqatlanish

markazi; Ye-po‘stlog‘ining harakat elementlari; J-po‘stlog‘ osti harakat

yadrolari.

III - shartli refleksning funksional tizimi (P.K.Anoxin bo'yicha): UR-

shartli ta’sirlovchi; a-nospetsifik va a2-spesifik afferentlar; o-muhit

ta’sirlovchilari; A, A 1, A2 -analizatorlar; AS-afferent sintezi apparati; AD-

ta’sir akseptori; RD-reflektor ta’sir; OA-qayta afferentatsiya;

IV - harakat-oziqlanish shartli refleks (A.B.Kotlyar bo'yicha):

himoyalovchi, ovqatlanish va oriyentirovchi shartli reflekslarning hosil



bo'lish mexanizmlari.

Shartsiz so'lak ajratish refleks yoyi (149-rasm, A,B,V,G) ni ko'rib orqali so'lak bezlari (3) ga borishini, ammo shu bilan bir vaqtda qo'zg'alish bosh miyaning o'tkazuvchi yo'llari bo'ylab miya po'stlog'ining ovqatlanish markazi (4) deb ataladigan qismiga ham borishini ko'rish mumkin. Shunday qilib, shartsiz refleks yo'li bilan so'lak ajralishi katta yarim sharlar po'stlog'ining ovqatlanish markazi qo'zg'alishi bilan bog'liq bo'ladi. Elektr lampochkasining yonishi (B) itning ko'z retseptorlarini (5)qo'zg'atadi. Retseptorlardan qo'zg'alish ko'rish asab orqali (6 ) miya yarim sharlari po'stlog'ining ko'rish mintaqasidagi ensa guruh hujaylarga (7) o'tkaziladi. Yorug'lik bilan ta’sir etish itga ovqat berish bilan bir vaqtda (V) to'g'ri kelganda miya po'stlog'ida ham ovqatlanish markazi (4), ham ko'rish mintaqasining ma’lum qismi (7) bir vaqtda qo'zg'aladi. Yorug'lik ta’sirlovchisi bilan shartsiz ovqat ta’sirlovchisi (G) bir necha marta birgalikda ta’sir etganda miya o'stlog'ning qo'zg'algan bo'limlari orasida vaqtincha funksional aloqa (8) paydo bo'ladi.
Download 71,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish