Davlat arxivlar
O’zbekiston Respublikasining hozirgi zamon davlat arxiv tizimi respublikaning
siyosiy-ma’muriy tuzilishi negizida tashkil etilgan. Respublika davlat arxiv tizimiga
quyidagi arxivlar kiradi:
1. Qoraqalpog’iston Respublikasi markaziy davlat arxivi, viloyat davlat arxivlari
va ularning filiallari, Toshkent shahar davlat arxivi;
2. Respublika Markaziy davlat arxivlari
Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo,
Sirdaryo, Toshkent, Farg’ona, Xorazm viloyatlari davlat arxivlari hamda Toshkent
shahar davlat arxivi faoliyat ko’rsatmoqda. Joylarda ularning 55 filiali mavjud. Viloyat
arxivlarida asosan Oktyabr to’ntarishidan keyingi davrda joylardagi siyosiy ahvol,
mintaqalar hamda viloyatlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga oid hujjatlar
saqlanmoqda. Masalan, Farg’ona viloyat davlat arxivi fondlari Farg’ona viloyati va
Farg’ona shahri tarixini, qisman bir vaqtlar Farg’ona viloyat tarkibiga kirgan Andijon
va Namangan viloyatlari tarixini ham aks ettiradi. Farg’ona viloyat ishchi, soldat va
dehqon deputatlari Sovetining fondi (121-f.) vodiyda Sho’rolar hokimiyatining
o’rnatilishi, ocharqilik va ishsizlikka qarshi kurash, istiqlolchilik harakati, ayollarni
ozodlikka chiqarish kabi masalalarni yoritadi. Arxiv fondlaridagi hujjatlari viloyatda
sanoat korxonalarining bunyod etilishi, sug’orish shoxobchalari, jumladan, Katta
Farg’ona kanalining qurilishi, maorif va madaniyatning rivojlanishi haqida batafsil
ma’lumotlar beradi. Farg’ona viloyat davlat arxivida fotosuratlar fondi ham mavjud
bo’lib, bu rasmlarda ishga tushirilgan korxonalar, sug’orish inshootlari, bunyod etilgan
qasaba (posyolka) larning umumiy ko’rinishi aks ettirilgan. Deputatlar, faxriylar,
ishlab chiqarish ilg’orlarining ham suratlari saqlanadi. Marg’ilon va Qo’qon
shaharlarida Farg’ona viloyat davlat arxivining filiallari faoliyat ko’rsatmoqda.
Respublika markaziy davlat arxivlari tizimiga quyidagi arxivlar kiradi:
1. O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arixivi (O’zR MDA);
2. O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va medisina hujjatlari markaziy davlat
arxivi;
3. O’zbekiston Respublikasi kinofotofonohujjatlar markaziy davlat arxivi.
Shuningdek respublika arxiv tizimida Prezident Devoni arxivi va uning viloyatlardagi
filallari ham muhim o’rin tutadi.
Tarixiy hujjatlarni saqlashda O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi (O’zR
MDA) yetakchi rolp o’ynaydi. Mazkur arxivda Turkiston va O’zbekiston tarixiga oid
nodir hujjatlar jamlangan. Bu yerdagi hujjatlar asosan O’rta Osiyoning Rossiya
tomonidan istilo qilishidan to hozirgi kungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Turkiston viloyat harbiy gubernatori va qo’shin qo’mondoni fondi (336-f.) va Viloyat
markazi aholisini boshqaruvchisi fondida (450-f.) 1865-1868 yillarga mansub hujjatlar
jamlangan bo’lib, ularda Turkiston viloyatining chegaralari, ma’muriy tuzilishi va
aholisi xususida ma’lumotlar keltiriladi.
Turkiston general-gubernatori mahkamasi fondi (1-f.), Turkiston general-gubernatori
xuzuridagi diplomatik amaldor fondi (2-f.), Buxorodagi Rossiya siyosiy agentligi
fondida (3-f.), Rossiyaning G’arbiy Xitoy, Afg’oniston, Eron, Xiva va Buxoro bilan
diplomatik aloqalariga doir materiallar to’plangan. Hujjatlar Turkiston o’lkasi va
alohida mintaqalarning ma’muriy tuzilishi haqida, shaharlar boshqaruvi va shahar
nizomining joriy etilishi to’g’risida, madrasa va masjidlarning miqdori va ahvoli
haqida ma’lumot beradi.
Xiva xoni mahkamasi fondi (1874-1917 yy; 125-f) va Buxoro amiri Qushbegiisi
fondida (XIX asrning oxiri-1920 y; 126-f) xonliklarning siyosiy-iqtisodiy ahvoli,
milliy munosabatlar, O’rta Osiyo xalqlarining turmushi va madaniyati to’g’risidagi
ma’lumotlar mavjud.
Fevralp inqilobidan to Oktyabrg’ to’ntarishigacha bo’lgan davr Muvaqqat
hukumatning Turkiston komiteti hamda Ishchi soldat deputatlari O’lka Soveti
fondlarida yoritiladi.
Turkiston ASSR MIK, XKS va xalq komissarliklari fondlarida o’lkada sovet
hokimiyatining o’rnatilishi, istiqlolchilik harakati va fuqarolar urushi, milliy davlat
chegaralanishi va O’zbekiston SSR ning tashkil topishi bilan bog’liq voqyealar o’z
aksini topgan.
O’zR MDA da Buxoro va Xorazm xalq respublikalari markaziy va mahalliy
muassasalarining hujjatlari (1920-1924 yy) saqlanmoqda. Ular bu respublikalardagi
siyosiy, iqtisodiy va madaniy qurilish xususida ma’lumotlar beradi.
Arxivda O’zbekiston SSR sovetlari syezdlari hujjatlari, O’zSSR MIK va XKS
hujjatlari, boshqa sovet idora va muassasalarining hujjatlari ham saqlanmoqda. Bu
hujjatlar va undan keyingi davrga mansub hujjatli materiallar O’zbekistonning butun
sovet davridagi hayoti haqida batafsil ma’lumotlar beradi.
O’zR MDAda shaxsiy fondlar ham keng o’rin olgan. Bu yerda P. A. Kobozev, D.
I. Manjara, H. M. Abdullayev, J. I. Abdullaxonov, A. V. Almatinskaya, L. A.
Abdullayev va boshqa qator partiya va davlat arboblari, fan va madaniyat
arboblarining shaxsiy fondlari mavjud.
Markaziy Davlat Arxivida talay arxiv kolleksiyalari ham mavjud bo’lib, ular
orasida XIII-XVI asrlarga mansub vaqf hujjatlari kolleksiyasi diqqatga sazovordir.
Respublika ahamiyatiga molik arxivlardan yana biri – bu O’zbekiston Respublikasi
ilmiy-texnikaviy va medisina hujjatlari markaziy davlat arxivi bo’lib, u 1962 yilda
tashkil etilgan. Arxivda ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish, kostruktorlik muassasalarining
hujjatlari saqlanmoqda. Arxiv fondlarida O’zbekistonda turli davrlarda bunyod etilgan
sanoat korxonalari, sug’orish inshootlari, ma’muriy va grajdan binolarining loyihalari
mavjud. Kostruktorlik hujjatlari esa turli davrlarda yaratilgan paxta terish,
to’qimachilik mashinalari va uskunalari loyihalari va boshqa grafik materiallardan
iboratdir. Mazkur arxivda tibbiyot ilmiy-tekshirish institutlarida olib borilgan ilmiy
tadqiqotlar natijalari ham saqlanmoqda.
3.1
XULOSA
Har bir shaxsning hayoti va faoliyati davomida uning ixtiyorida ma’lum hujjatlar
to’planadi. Bu hujjat va materiallar o’sha fuqaroning shaxsiy arxivini tashkil etadi.
Unday arxivlar garchi fuqarolarning shaxsiy mulki bo’lsa-da, ularda davlat
ahamiyatiga molik hujjatlar ham saqlanishi ehtimoldan holi emas. Shuning uchun ham
bunday hujjatlar ekspertiza qilingandan so’ng O’zbekiston Milliy arxivi fondiga
kiritiladi va bu hujjatlarning egalarining saqlanishini ta’minlashlari zarur. Shaxsiy
arxivlardagi bunday hujjatlarni egasining roziligi bilan mulk huquqi saqlangan xolda
davlat arxivlari, muzey va kutubxonalarda shartnoma asosida doimiy yoki depozitar
(vaqtincha) asrovga olinishi mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi kunda O’zbekistonda davlat, idoraviy
va shaxsiy arxivla mavjud bo’lib, bu arxivlarda respublikamizning o’tmishi va hozirgi
kunini o’zida aks ettirgan bebaho hujjatli manbalar saqlanmoqda. Ularni nes-nobud
qilmasdan kelajak avlodlarga yetkazish arxiv xodimlari va barcha fuqarolarning
muqaddas burchidir
Do'stlaringiz bilan baham: |