Mavzu: Arxivshunoslik.
1.
Kirish
Arxivshunoslik fanining predmeti maqsad va vazifalari.
2.
Asosiy qism.
1.
Arxiv haqida umumiy tushuncha.
2.
Xonliklar davrida arxirlarning axvoli.
3.
O’zbekiston respublikasining xozrigi zamon arxiv tizimi.
3.Xulosa
1.
Kirish
Yangi zamonda arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar sonining keskin oshganligi
tufayli ularni saqlash va foydalanish bilan bog’liq ishlar tobora murakkablashib bordi.
Natijada, hujjatlarni hisobga olish, ularni bir tizimga solish va ro’yxatga olishning
yangi-yangi usullari ishlab chiqildi va amalda qo’llanildi. Shu tariqa arxivshunoslik
fani paydo bo’ldi.
Arxivshunoslik – muhim ijtimoiy ahamiyatga hujjat va materiallarni turkumlash,
ularni bir tizimga solish, saqlash, ulardan ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish
to’g’risidagi fandir. Mazkur ko’makchi tarix fani arxiv ishining umumiy
qonuniyatlarini, hujjat va materiallarni tanlab olish va saqlash, ulardan foydalanish
tamoyillarini ishlab chiqadi.
Hozirgi kunda hujjat va materiallarning umumiy miqdori va turlari nihoyatda ko’pdir.
Shuning uchun ham arxivshunoslik fanini rivojlantirmasdan, hujjatlarni saralash va
saqlashning zamonaviy usullarini egallamasdan turib arxiv ishini to’g’ri yo’lga qo’yish
amri maholdir. Arxivshunoslik asoslarini yaxshi bilish bo’lajak tarixchi uchun g’oyat
muhimdir. Arxiv hujjatlari bilan ishlash uslublarini egallash ilmiy-tadqiqotlar uchun
yo’l ochib beradi, bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarga yuqori
ilmiy saviyadagi bitiruv-malakaviy ishlar va magistrlik dissertasiyasi tayyorlash
imkonini beradi. Mazkur fanni o’rganish arxivshunos kadrlar tayyorlash nuqtai
nazaridan ham zarur. Hozirgi kunda ayrim kasb-hunar kollejlarida “Hujjatshunoslik,
arxivshunoslik” mutaxassisligi bo’yicha o’rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlashga
kirishildi. Lekin respublikamizning birorta universitet yoki institutida oliy ma’lumotli
arxivshunoslar tayyorlanmaydi. Shu boisdan bu fanni tarix fakulpteti talabalariga
o’rgatish arxivlarni oliy malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun ham muhimdir.
Arxivshunoslik kursini o’rganish jarayonida biz O’zbekistonda arxiv muassasalarining
vujudga kelishi, ularning rivojlanish bosqichlari, arxivlarning hozirgi ahvoli,
faoliyatining asosiy yo’nalishlari bilan tanishib boramiz. Shu bilan birga arxivlarning
maqsad va vazifalari, arxivlarga topshiriladigan hujjatlarni tanlash va saralash, ularni
saqlash va turkumlash, hisobga olish, ulardan foydalanish usullarini o’rganamiz.
2.1 Asosiy qism.
Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida xo’jalik va ijtimoiy munosabatlarning
rivojlanishi ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishiga hamda davlatchilikning vujudga
kelishiga olib keldi. Deyarli bir vaqtda ijtimoiy zarurat tufayli yozuv ham paydo
bo’ldi. Qadimiy davlatlar o’zlarining ijtimoiy funksiyalarini bajarish jarayonida turli
hujjatlar (qonunlar, farmonlar, mulk va soliq hisobotlari va h.) yaratish hamda ularni
saqlashga ehtiyoj sezdilar. Shu tariqa hujjatlarni saqlaydigan muassasalar – arxivlar
paydo bo’ldi. “Arxiv” atamasi lotincha “arxivum” so’zidan olingan bo’lib, o’zbek
tilida “mahkama”, “muassasa” degan ma’noni bildiradi. Lekin bu so’z hozirgi kunda
boshqacha ma’noda qo’llaniladi. Arxiv deganda biz odatda faqat hujjatlar
saqlanadigan muassasani tushunamiz. Arxivlarda turli idoralar, korxonalar,
tashkilotlar, shu-ningdek ayrim shaxslar faoliyati jarayonida yaratilgan va to’plangan
hujjatlar va materiallar saqlanadi
.
Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha,
arxivlar qadimgi zamonlarda, yozuv paydo bo’lishi bilan bir vaqtda vujudga kelgan.
Mesopotamiya, Misr va Kichik Osiyoda ibodatxonalar va quldorlar saroylarida
dastlabki arxivlar mavjud bo’lganligi aniqlandi. Bu arxivlarda o’sha davrdagi
qonunlar matni, sud hujjatlari, podsholarning farmoyishlari va boshqa hujjatlar
saqlanar edi. Mazkur hujjatlar sopol lavhlarga, randalangan taxtachalarga, papirus va
oshlangan charm (pergament) ga bitilgan.
Qadimgi Yunonistonning Knoss shahri xarobalarida (Krit oroli) yirik arxivning
qoldiqlari topildi. Antik davrda Afina shahridagi arxivlar, ayniqsa, Metroon
ibodatxonasi qoshidagi arxiv dong taratgan edi.
2.2
Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarining XIX asrgacha bo’lgan hujjatlari baxtga qarshi
bizgacha yetib kelmagan. Xonliklar hukmronligining so’nggi davri (asosan XIX asr
oxiri va XX asr boshlari) ga oid hujjatlar qisman saqlanib qolgan.
1873 yilda chor qo’shinlarining Xivaga qilgan yurishida qatnashgan sharqshunos A.
Kun xon saroyini tintuv qilish chog’ida 300 ga yaqin kitob (sharq qo’lyozmalari) va
har xil hujjatlarni yig’ib oladi. Hujjatlar asosan xonning kirim va chiqimlari haqida
ma’lumot beruvchi materiallar, diplomatik yozishmalar va bir qancha vaqfnoma
hamda mulkiy yorliqlardan iborat edi. Xiva xoni arxivini o’rgangan A. Kun o’z
vaqtida uning to’liq emasligini va hujjatlar asosan xonlik tarixining so’nggi davriga
oid ekanligini qayd qilgan edi.
Xiva xoni arxivi va kutubxonasini shoshilinch tarzda ko’rib chiqqan A. Kun ayrim
hujjatlarni Rossiya Fanlar Akademiyasining Osiyo muzeyiga topshirish uchun tanlab
oladi, qolganini esa general fon Kaufman imperatorning Sankt-Peterburgdagi Xalq
kutubxonasiga (hozirgi Saltikov-Shchedrin nomidagi Xalq kutubxonasi) ga sovg’a
qilib yuboradi. Shundan so’ng Xiva xonining arxivi hammaning esidan chiqdi. Ularni
1936 yilda eslatib o’tilgan kutubxonada tadqiqot ishlarini olib borgan sharqshunos
olim P. Ivanov topdi. Ayni paytda P. Ivanov kutubxonaning qo’lyozmalar fondida
saqlanayotgan hujjatlarning bir qismi Qo’qon xonligiga tegishli ekanligini ham
aniqladi. P. Ivanov tomonidan hammasi bo’lib turli kattalik va hajmdagi 120 ta daftar
topildi. Hujjatlar 1822-1872 yillarga tegishli edi. Qo’qon xonligi arxivining taqdiri
ham shunga o’xshashdir. Xudoyorxonning 1875 yilda Qo’qondan qochishi, yo’lda
uning karvonini talanishi, Qo’qondagi xon saroyini qo’zg’olonchilar tomonidan talon-
taroj qilinishi natijasida arxiv hujjatlarining asosiy qismi nobud bo’ldi. Uning saqlanib
qolgan qismi esa Qo’qonni zabt etgan ruslar qo’liga o’tadi. General fon Kaufman
Qo’qon xoni arxivining saqlanib qolgan hujjatlarini nomi yuqoriida zikr etilgan Sankt-
Peterburgdagi kutubxonaga va qisman Toshkentdagi Xalq kutubxonasiga taqdim etadi.
Keyinchalik Toshkent Xalq kutubxonasi ( hozirgi A. Navoiy nomli O’zbekiston milliy
kutubxonasi) dagi barcha sharq qo’lyozmalari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi
Sharqshunoslik instituti fondiga topshirilgan. Sankt-Peterburgdagi Saltikov Shchedrin
kutubxonasining qo’lyozmalar fondidagi Qo’qon va Xiva xonliklariga tegishli arxiv
hujjatlari 1962 yilda Toshkentga qaytarilgan va hozirgi kunda O’zbekiston
Respublikasi Markaziy arxivi fondlarida saqlanmoqda. Qo’qon xoni arxivi haqida
tarixchi olima A. L. Troiskaya 1968 yilda “Katalog arxiva kokandskix xanov XIX v.”
nomli kitobini e’lon qildi. Mazkur kitobda mingdan ko’proq hujjatlarning tavsifi
keltirilgan. Buxoro amirligi arxivi haqida uzoq vaqt hyech narsa ma’lum emas edi.
Faqatgina 1931 yilning dekabrida Buxoro arkidagi suvab tashlangan yerto’lada arab
alifbosida, fors-tojik tilida yozilgan nomalar betartib xolda topildi. Dastlab bu
materiallar Buxoro muzeyiga keltirilib, chek tarzida saralanadi va tartibga keltiriladi.
1937-1938 yillarda 77764 ta maktub O’zbekiston SSR Markaziy Davlat arxiviga
o’tkaziladi va bu majmuaga Buxoro amiri Qushbegiisi fondi deb nom beriladi.
Buxoro amiri Qushbegisi arxividagi hujjatlar XIX asr oxirlaridan to 1920 yilgacha
bo’lgan davrga taalluqlidir. Ular orasida Buxorodagi Rossiya siyosiy agentligi bilan
ichki va tashqi siyosiy masalalarga doir diplomatik yozishmalar, mansabdor
shaxslarning joylardagi ahvol haqidagi xabarlari, soliqlar, xalq sayillarini o’tkazish,
jinoyat-qidiruv, dehqonlar qo’zg’olonlari, amirlikka olimlar, harbiylar, chet
elliklarning kelishi, qo’shinlarning bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilishi, lavozimga
tayinlash haqidagi yorliqlar va boshqa hujjatlarni uchratish mumkin. Fond majmualari
orasida faqatgina Qushbegiga yuborilgan materiallar bo’lmay, qozikalon va amir
xazinasini yurituvchi devonbegiga oid rasmiy hujjatlar ham mavjud
.
2.3
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng xalqimizning haqiqiy tarixiga bo’lgan
qiziqishi beqiyos darajada o’sdi, ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklash hayotiy zaruratga
aylandi. Bu esa xalq tarixiy xotirasining ajralmas qismi bo’lmish arxivlar faoliyatini
tubdan yaxshilash vazifasini kun tartibiga qo’ymoqda.
Respublikamizda o’tgan davrlarda shakllangan va o’z samaradorligini amalda
isbotlagan arxiv tizimi asosan saqlanib qoldi. Bu urushdan keyin shakllanib, asosan
davlat arxivlari, idoraviy arxivlar va shaxsiy arxivlarni o’z ichiga olgan tizimdir.
Mustaqillik yillarida faqatgina sobiq partiya (KPSS) arxivlari qayta tuzildi.
Toshkentdagi sobiq O’zkompartiya Markaziy Komiteti arxivi va viloyatlar partiya
komitetlari arxivlari negizida Prezident Devoni arxivi va uning viloyatlardagi
bo’limlari tashkil etildi.
Mustaqillik yillarida respublika arxivlari faoliyatida chuqur sifat o’zgarishlari ro’y
berdi. Eng avvalo 1999 15 aprelda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan
qabul qilingan “Arxivlar to’g’risida”gi Qonunni eslab o’tish joizdir. Bu qonun arxivlar
faoliyatining huquqiy negizidir. Mazkur qonunda Dalvat arxiv fondi, hujjatlariga
bo’lgan mulkdorlik, hujjatlarni saqlash tartibi, davlat arxivlarini moliyalash, arxivlarni
yangi hujjatlar bilan to’ldirish, hujjatlardan foydalanish kabi masalalar o’z yechimini
topgan. Qonunda O’zbekiston Respublikasining hozirgi O’zbekistonning hozirgi
zamon arxiv tizimi idoraviy arxivlar, davlat arxivlari va shaxsiy arxivlardan iborat.
O’zbeiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar,
muassasalar va tashkilotlar qoshida hujjatlarni vaqtincha saqlash, ulardan xizmat,
ishlab chiqarish, ilmiy va boshqa maqsadlarda foydalanish maqsadida idoraviy arxivlar
tashkil etilgan. Qonunda belgilanganidek, zarurat tug’ilganda idoraviy arxiv o’rniga
birlashgan idoraviy yoki idoralararo arxivlar ham tuzilishi mumkin. Idoraviy
arxivlarda hujjatlar vaqtincha saqlanadi. Belgilangan muddatdan so’ng idoraviy
arxivlarning hujjatlari davlat arxiviga topshiriladi. Hujjatlarni idoraviy arxivlarda
saqlash, ulardan foydalanish va o’z vaqtida davlat arxivlariga topshirish uchun mazkur
idora yoki muassasa rahbarlari javobgardirlar. Idoraviy arxivlarning faoliyati,
hujjatlarni idoraviy arxivlardan davlat arxivlariga o’tkazish tartibi “Arxivlar
to’g’risida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh Arxiv boshqarmasi
tasdiqlagan nizomlar asosida amalga oshiriladi.
Idoraviy arxivlarda hujjatlar nizomlarda belgilangan muddat davomida saqlanadi. Bu
muddatning qancha davom etishi u yoki bu muassasaning ish faoliyati xususiyatlari
bilan bog’liqdir. Shahar, tuman va qishloqlar muassasalarning idoraviy arxivlarda
hujjatlar 5 yil davomida saqlanadi. Viloyat muassasalari va tashkilotlari hujjatlari
ularning arxivlarida 10 yil davomida saqlanishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi
oliy davlat va hokimiyat boshqaruv organlarining hujjatlari idoraviy arxivlarda 15 yil
davomida saqlanadi. Tashqi ishlar vazirligi hujjatlari 30 yil davomida, fuqarolik
holatlarini qayd etish (ZAGS) hujjatlari esa 75 yil davomida idoraviy arxivlarda
saqlanishi nazarda tutilgan. Mavjud nizomlarga binoan shaxsiy tarkibga doir hujjatlar
idoraviy arxivlarda 40 yil davomida saqlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |