Arxitekturaviy kompozitsiya asoslari


-rasm .  K o'chirilgan sim m etriya  44-rasm



Download 6,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/62
Sana14.06.2022
Hajmi6,43 Mb.
#667162
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62
Bog'liq
Arxitekturaviy kompozitsiya asoslari (X.Po\'latov va b.)

43-rasm . 
K o'chirilgan sim m etriya 
44-rasm. 
K o ‘chirilgan simmetriya.
(sxema). 
Q o‘sh hovuz masjidi.
A
^
A
^
A
V ¥ ¥
45-rasm . 
K om binatsiyalangan 
sim m etriya (sxem alar).
46-rasm. 
V intsim on simmetriya 
(sxem alar).
47-rasm . 
Kataklar. Panjaralar.
48-rasm . 
“ 0 ‘zbekiston” 
m ehm onxonasi oldidagi panjara.
www.ziyouz.com kutubxonasi


49-rasm. 
Buxorodagi A bdulazizxon madrasasi. 
Asosiy va yordam chi sim m ctriya o'qlari.
50-rasm . 
Sam arqanddagi 
“ R cgiston” majmuasi. 
K om pozitsiyada fazoviy 
m u h it yetakchilik qiladi.
51-rasm. 
Disim m etriya. Sxema.
52-rasm . 
Toshkcntdagi 
Q o ‘g ‘irch o q lar teatri. T arh 
d isim m e trik xususiyatga ega.
www.ziyouz.com kutubxonasi


www.ziyouz.com kutubxonasi


8-mavzu. B 0SH L A N G 4C H LOYIHA
M a’ruza rejasi. 
Arxitektura ta’rifi, unjng uch: funksiya, konstruksiya va cste-
tika jihatlari. Bino va inshootlarga q o ‘yiladigan m e’moriy talablar. Bu talablarning
o ‘zaro ziddiyati. «Arxitektura» so ‘zining ikki xil ma’nosi. Arxitekturaviy loyihalash.
Loyihaning tarkibiy qismlari.
M a’ruza. Arxitektura - inson faoliyati, maishati, um um an hayoti uchun 
fazoviy muhit yaratish san’atidir. “Arxitektor” so'zi bosh quruvchi, ya’ni 
qurilishning qanday olib borilishini belgilovchi, qurilishni rejalovchi mu- 
taxassisdir.
Arxitekturaning bir-biri bilan chambarchas bogMangan uch jihati mavjud. 
Bular: konstruksiyasi, funksiyasi va estetikasidir. Boshqacha qilib aytganda, 
arxitektura asariga quyidagi talablar qo ‘yiladi: birinchidan, arxitektura asari 
o ‘z vazifasini to ‘la ado etsin; ikkinchidan, asar o ‘z -o ‘zini ko‘tara oladigan, 
tashqi ta’sirlarga chidash beradigan bo‘Isin va uchinchidan, asar ko‘rinishi 
ta ’sirli, insonni jalb qiladigan b o ‘lishi kerak. Bu uch jihatni dastlab antik 
davr arxitektori Vitruviy anglagan edi. Uning ta’biricha “ har narsa (gap 
arxitektura asari to ‘g‘risida ketayapti- bizning izoh) m ustahkam likni, foy- 
dani, go‘zallikni nazarda tutgan holdaqilinishi kerak” . Bu yerda “mustahkam- 
lik” konstruktiv jihatni, “foyda” - funksiyani, “goV.allik” - estetik jihatni 
ifodalaydi. Mazkur uch jihatning o ‘zaro munosabati biri boshqasiga xalal 
bermaydigan darajada, uyg‘un b o ‘lishi kerak. M asalan, konstruktiv jihati 
uning funksiyasiga yoki estetikasiga zid bo‘lmas!igi lozim va hokazo.
Ba’zi tadqiqodchilar zikr qilingan uch jihatga to ‘rtinchisini- iqtisodni 
ham qo‘shadilar. Haqiqatan ham, iqtisodiy talab ham juda muhimdir. Lekin 
boshqa tadqiqotchilar ularga asosli ravishda e ’tiroz bildiradilar. Ularning 
fikricha, iqtisodiy talab o ‘sha uch talabning zaminida yotadi. Y a’ni arxitek­
tura asari, masalan bino, o ‘z vazifasini mukammal ado etishi uchun muhit 
ajratishda ortiqchalikka, isrofga yo‘l qo'yilmasligi lozim bo ‘ladi. Bino mus- 
tahkam bo'lsin deb konstruksiyalami, masalan devorni haddan tashqari 
qalin qilmaslik kerak. Bino chiroyli bo‘lsin degan maqsadda ortiqcha bezak- 
ka, bachkanalikka yo‘l qo'ymaslik zarur.
H ar qanday muhim ish avval rejani taqozo etadi. Qurilishning dastlab- 
ki bosqichi, rejasi — loyihasidir. Loyihada arxitektor o ‘z rejasini quruvchiga 
ayon etadi. Loyiha o‘ylangan rejani mumkin qadar to ‘la aks ettirishi lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Arxitekturaviy inshootning loyihasi, odatda chizmalardan va matndan (chiz- 
malarning yozma sharhidan) iborat bo ‘ladi. Chizmalar kichiklashtirilgan 
holda (masshtabda) bajariladi. Chizmalar ko'proq tarh, bosh tarh, tarz, 
qirqim, lavha va umumiy ko‘rinish shakllarida bo‘ladi. Inshootning tashqi 
tom onidan vertikal tekislikdagi izi (proyeksiyasi) «tarz», inshootni kesib 
o‘tgan vertikal tekislikdagi izi «qirqim» va gorizontal holatda kesib o'tgan 
tekislikdagi izi «tarh» deb ataladi. Bosh tarh inshootning gorizontal tekis­
likdagi izini ko'rsatadi. Bunda uning atrofi ham ko‘rsatiladi. Odatda, u tarh- 
ga qaraganda ko'proq marotaba kichiklashtirilgan tasvirini beradi. Umumiy 
ko‘rinish tasvirlarida (perspektivada) masshtab bo'lmaydi.

Download 6,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish