Arxitektura



Download 2,84 Mb.
bet57/98
Sana30.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#91943
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   98
Bog'liq
shaharsozlik nazariyasi asoslari

Havo transporti.

Aeroportlar yo'lovchilarni tashish soniga va uchishning intensivligiga asosan 5 ta texnik kategoriyaga bo'linadi. Birkunda 100 tadan ortiq nchilsa yoki bir yilda 4 milliondan ortiq yo'lovchi tashilsa — bu sinfdan (ashqari aeroport hisoblanadi. Bir kunda 50— 100 marotaba uchish va yiliga 2—4 million yo'lovchi tashilsa — 1- sinf aeroporti hisoblanadi.

Aeroport majmuasiga quyidagilar kiradi: aerodrom - samolyotlar uchish va qo'nish maydoni; aerovokzal - yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish majmuasi; uchishni tashkil qilishda texnik xizmat va samolyotlarga xizmat ko'rsatish.

Aerodrom — uchish maydoni, uchish va qo'nish yo'lagi (1-5 km), qayrilish yo'laklari, samolyotlar to'xtash joylari. VPP soni: sinfdan tashqari 2 asosiy, 1 ta yordamchi, qolganlari 1 ta asosiy, 1 ta yordamchi. Aerodromlar aholi punktlaridan tashqarida joylashtiriladi, sinfdan tashqarilari ularning chegarasidan kamida 30 km narida bo'ladi. Sanitar himoya chiziqlari qurilmalatigacha - 5 km, uylargacha 30 km. Shahar tomonga uchish va qo'nish bo'lmasligi kerak, uchish va qo'nish yo'nalishlari bo'yicha yo'laklar har bir tomondan 2 km, uzunligi 30 km. Ushbu yo'lakka to'g'ri kelib qolgan qurilmalar maxsus qoidaga bo'ysunadi. (400 m gacha har qanday qurilish man etiladi, ularning balandligi chegaralanadi) Aeroportlar joylashuvidagi asosiy vazifa aholini shovqindan va noqulay ta'sirlardan himoyalash hamda vaqtni tejashdan iborat. Vertolyotlar bilan tashish qimmatga tushadi, keyin shovqin-suroni ham ko'p, unga alohida maydon ajratilishi lozim bo'lgani uchun ko'p tarqalmagan»

Shaharda aerovokzallarni joylashtirish mumkin, aerodrom alohida bo'ladi. Aerodromni joylashtirishda tabiiy sharoitlar hisobga olinadi.

Suv transporti — o'tirish, tushish va yuklarni qayta ishlash portlarda olib boriladi. Tashqi qism reyd deb ataladi, ichkisi gavan, kemalarning to'xtashi pirsda amalga oshadi.

Temir yo’l transporti. Temir yo'llar yuklarning hajmi, poyezdlar soni va yo'llarning ahamiyatiga qarab 4 kategoriyaga bo'linadi. Hisobiy tezlik 120 dan 500 km/soatgacha. Ajratish yo'lagi temir yo'l yoqasi bo'ylab eni 50 m bo'lgan va boshqa tashkilotlar joylashishi mumkin

bo'lmagan yo'laklar ko'kalamzorlashtiriladi yoki transport inshootlari uchun foydalaniladi.

Temir yo'l stansiyalari:

  • razyezdlar (yo'llar soni 1-2);

  • saralash stansiyalari - uzunligi 5,5 km, eni 0,9 km;

  • yuk tashuvchi (omborlar, kelish yo'llari, yuklash qurilmalari);

  • yo'lovchi;

  • sanoat (vagonlarni har bir korxonaga alohida bo'lish);

  • texmk stansiyalarning oralig'i 30 km dan kam.

Qoidaga asosan bevosita shaharga yuk tashish bilan bog'liq bo'lmagan barcha stansiyalar shahar tashqarisidajoylashtiriladi. Tranzit yuk oqimini olib o'tish uchun aylanma yo'llar quriladi. Yuk stansiyalari turar-joy qurilmalaridan chetroqda joylashadi. Yo'lovchi stansiyalar va to'xtash punktlari ommaviy yo'lovchi transporti tarmog'i bilan bog’lanishi lozim. Bu masalalar shahar bosh tarxida hal qilinadi.

Avtomobil yo'llari.



Tashqi yo'llarning muhimligi doim yuqori bo'lgan. Avtomobil paydo bo'lishi bilan yo'llar birinchi darajali ahamiyat kasb etdilar. Avtomobilning konstruksiya va ekspluatatsiya sharoitlaridan kelib chiqib, yo'l elementlarining texnik holatiga bo'lgan talab paydo bo'ldi. Hozirgi paytda yuqori texnik kategoriyali yo'llar murakkab inshootlar qatorida sanaladi.

Texnik parametrlari va ahamiyatiga ko'ra avtomobil yo'llarini 5 ta texmk kategoriyalarga bo'linadi.

12 kategoriyalar-umumshahar miqyosidagi, hisobiy tezlik 150 km/soatgacha, boshqa xil yo'llar bilan har xil pog'onada kesishadi. 5- texnik yo'llar uchun hisobiy tezlik 60 km/soat. Avtomobil yo'llarining ko ndalang kesimi: harakat qismi, chekkasi, ajratish yo'lagi, kyuvetlar. Yo’1 elementlari bor yer yo'lagiga yer polotnosi deyiladi. U texnik kategoriya uchun - 28,5m; 5-texnik kategoriya uchun -8 m.

Aholi yashash punktlarini avtomobil yo'llari kesib o'tishi. Hozirgi vaqtda avtomobil yo'llari aholi yashash punktlaridan o'tayotib, transport oqimlarini o'tkaza olmayotgan ko'chalarga aylanmoqda.

1- va 2-kategoriyalarda avtomobil yo'llari qurilmalar bo'lmagan joydagma o'tkazilishi mumkin, qurilmalar faqat bir tomonlama, harakat qismi chetidan kamida 200 m uzoqlikda bo'lishi mumkin. Yo'l va qurilmalar orasidagi yo'lak qishloq xo'jalik texnik ekinlarini ekishga ishlatiladi.

Avtomobil yo'llarining shaharga yondoshishi mumkin bo'lgan sxemalar:

  • avtomobil yo'li aylanma yo'lga yondoshadi;

  • avtomobil yo'li shahar ichiga kiritiladi va markaz yadrosiga urinma qilib o'tkaziladi. Bunday holda u to'xtovsiz harakatdagi magistral ko'chalar me'yorlari bo'yicha quriladi.

Avtomobil yo'llari shahar tashqi qismidan o'tkaziladi va u bilan 2 ta yo'l orqali birlashtiriladi. Yondoshuv sxemalar aholi punkti kattaligi, harakat intensivligi va tranzit kattaligiga bog'liq. Texnik xizmat ko'rsatish stansiyalari, benzin kolonkalari shaharning chekka qismlarida joylashtiriladi, avtovokzallar shahar yo'lovchi transportlari bilan yaxshi ta'minlanishi lozim.

Shahar oldi qismi transporti.



Xuddi shahar transport tarmog'iga yondoshgan hududlar faol o'zlashtirilganidek, eng yirik shaharlaiga yondoshgan hududlarda asosiy transport yo'llari bo'ylab urbanizatsiyalashgan hududlarning o'sishi kuzatilmoqda.

Yirik shaharlar o'z ta'sir doirasida aglomeratsiya hosil etib, o'zaro bir-biriga bog'liq aholi joylashuvi markazlariga aylanmoqda. Bu qismda aloqalar odamlarning harakatlanishida (mayatnikli migratsiya) ko'rinadi. Asosiy shahar qatnovning 90-95 % i uning markazidan 2 soatlik masofa doirasida yuz beradi. Bundan ma'lumki, o'zaro bog'liq aholi joylashuvi tizimi chegarasi shahar oldi qismi transport tizimi sifati bilan belgilanadi. Bu qismning kengayishiga, unda aholi yashash darajasining yaxshilanishiga maxsus shahar oldi qism transport tizimini tashkil etish orqali erishiladi.


Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish