Qizil chiziq - magistrallar, ko'chalar, maydonlar hududini qurilishga mo'ljallangan hududdan ajratib turuvchi shartli chcgara.
Turar-joy tumanlari va kichik tumanlarni shakllanlirishning umumiy tainoyillari turli tabiiy-iqlim sharoitidagi shaharlar ucliun o'z kuchini saqlaydi. Shu bilan bir qatorda, O'zbekistonning ayrim tumanlari, viloyatlari o'ziga xos tabiiy-iqlim, demografik, ijtimoiy turmush xususiyatlariga egadir va ularni turar-joy tumanlarini shakllantirishda hisobga olish maqsadga muvofiq. Bu aholi uchun yanada qulayroq yashash sharoitini yaratishga, turli viloyatlarda o'ziga xos bo'lgan turar-joy qurilishini shakllantirishga yordam beradi.
Aholi demografik tarkibida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar sonining ko'p boiishi turar-joy binolari va jamoat binolarining qurilishiga ta'sir ko'rsatadi. Bu bolalar bog'chalari va umumta'lim maktablaridagi o'rinlarning sonini oshirishni taqozo etadi. Bu, o'z navbatida, turar-joy tumani va kichik tumanlardagi turar-joy binolar sahni zichligining kamayishiga olib keladi.
O'zbekiston o'zining geografik joylashishi bo'yicha qadimdan odamlar o'zlashtirgan vohalarni, qumliklarni va tog'li yerlarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari kontinental iqlimga egadir. Bularning hammasi aholiga qulay yashash sharoiti yaratish uchun turli tadbirlarni ko'zda tutishni taqozo etadi.
Tabiiy-iqlimiy sharoitlari. Respublikamizda yozning issiq kunlari 5—6 oy, o'ta issiq davri esa 2—4 oy davom etadi. Bunday davrlarda ma'lum darajada yashash uchun noqulay bo'lgan sharoit vujudga keladi. Bunday davrlarda aholi turmush jarayonlarning bir qismi salqin joylarda, ochiq havoda o'tkaziladi. Shu tufayli turar-joy tumanlari va kichik tumanlarni shakllantirishda aholi turmush tarzining ana shu o'ziga xos tomonlarini hisobga olish zarurdir. Quyosh radiatsiyasining kuchliligi, havoning quruqligi va haroratining yuqoriligi, yoz oylarida d^yarli yog'ingarchilik bo'lmasligi turar-jby tumanlari va kichik tumanlarni ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo'yicha maxsus tadbirlar ishlab chiqishini taqozo etadi. Bulardan tashqari, Respublikamiz hududlari turli shamol sharoitlari bilan ham farqlanadi, ya'ni ba'zi viloyatlarda shamol tezligi kam bo'lsa, ba'zi tumanlarda kuchli shamol esadi. Bu esa aholi yashash joylarini shamollatish tadbirlarini, ayrim hollarda shamoldan asrash choralarini qurishni talab qiladi.
Muhandislik-qurilish sharoitlari nuqtayi nazaridan O'zbekiston avvalo yuqori seysmik zonaga kiradi, zamini esa ko'p ycriarda cho'kuvchan hisoblanadi. Shahar aholisining 80 % i seysmik tumanlarda joylashgan. Yuqori seysmik sharoitda bino qismlariga katta talablar qo'yiladi. Shu bilan turar-joy binolarining balandligini kamaytirish kabi shaharsozlik talablari hal qilinadi.
Hozirgi vaqtda shaharsozlik sharoitlarining eng muhimi, bu O'zbekiston shaharlarining kengayishi uchun zaxira hududlarining cheklanganligidir. Shaharlarning kengayishi hozirgi kunda qimmatbaho qishloq xo'jaligi yerlari hisobiga yuz bermoqda.
Shaharlarning kengayishi uchun yerlarning yetishmasligi shaharlar aholisi tez ko'payayotgan bir sharoitda shahar hududlaridan, jumladan turar-joy tumanlari va kichik tumanlar hududlaridan foydalanish samaradorligini oshirish va ularni tejashni muhim shaharsozlik muammosiga aylantiradi.
O'zbekistonning tabiiy-iqlim, demografik, muhandislik-qurilish va boshqa o'ziga xos sharoitlari turar-joy tumanlari va kichik tumanlarning funksional-rejaviy tuzilishiga kuchli ta'sir ko'rsatuvchi omillar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |