Arxitektura


MA’RUZA №6 Mavzu: Shahar rivojlanishi. Shaharlar tipologiyasi



Download 2,84 Mb.
bet21/98
Sana30.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#91943
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   98
Bog'liq
shaharsozlik nazariyasi asoslari

MA’RUZA №6
Mavzu: Shahar rivojlanishi. Shaharlar tipologiyasi
Ma’ruza rejasi:

1. Shaharlar tipologiyasi

2. Ko’p funksiyali shaharlar

3. Shaharlar aholisining soni

4. Shahar loyihasining asosiy prinsiplari va xususiyatlari
TAYANCH SO’ZLAR:

Tipologiya- bu umumlashtirishning yuqori darajasi bo’lib, shaharlarni har tomonlama to’la tavsiflash va shu asosda ularning rivojlanish strategiyasini belgilashdir.

Kichik shaharlar- asosan piyoda harakati orqali bog’langan shaharlar

Ko'p funksiyali shaharlarma'muriy-xo'jalik, madaniy va iqtisodiy funksiyalarni o'zida muvofiqlashtiruvchi hamda rivojlangan sanoat va transportga ega shaharlar.
Shaharlarning tipologiyasini belgilovchi eng muhim alomatlarni ko'rib chiqamiz:

  • xalq xo'jaligi sohasi;

  • aholi soni;

  • iqtisodiy-geografik o'rni;

  • paydo bo'lish va rivojlanish davrlari.

Shaharlarni xalq xo'jaligidagi vazifalariga qarab tasniflash va tipologiyasi ularning eng muhim xususiyatlarini aks ettiradi:

Ko'p funksiyali shaharlar — ma'muriy-xo'jalik, madaniy va iqtisodiy funksiyalarni o'zida muvofiqlashtiruvchi hamda rivojlangan sanoat va transportga ega shaharlar. Bular — poytaxtlar, viloyat markazlari va boshqa yirik shaharlar (ularda yuqoridagi sanab o'tilgan funksiyalarning har biri bor) shaharsozlik ahamiyatiga ega. Bu turdagi shaharlar muhim tumanlarni tashkil etuvchi markazlardan bo'lib, keng va xilma-xil aloqalarga, murakkab hudud tuzilishiga egadirlar.

Tumanlararo ahamiyatli sanoat va transport funksiyalari ustun bo'lgan shaharlar. Bu turdagi shaharlarni sanoat, transport va sanoat- transport shaharlarga ajratish mumkin.

Sanoat shaharlarining turlari xilma-xil. O'zida turli sanoat tarmoqlarini birlashtirgan shaharlar keng tarqalgan bo'lib, ular asosan rivojlangan sanoat tumanlarida paydo bo'ladilar, tez rivojlanadilar va murakkab hududiy tarkibga egadirlar.

Ko'pgina sanoat shaharlari tor sanoat ixtisosligiga ega bo'ladilar, masalan: metallurgiya sanoatining, mashinasozlik, kimyo sanoatlarining markaz-shaharlari.

Boshqa funksiyalar ustun bo'lgan shaharlar — asosan mahalliy markazlar vazifasini bajaruvchi kichik shahar joylari.

Kurort, ilmiy markaz, temir yo'l tugunlari vazifasini bajaruvchi shaharlar. Shaharning xalq xo'jalik profili uning tarxiy tarkibiga: funksional qsimlarning joylashuvi, shuningdek, sanoat va turar-joy tumanlariga, ularning orasidagi oraliqlarga, transport aloqalari xarakteriga va boshqalarga katta ta'sir ko'rsatadi.

Shaharlar aholisining soni- ham uning tipologik belgilaridan hisoblanadi. Shaharlarni aholisining soniga qarab quyidagi guruhlarga bo’lish qabul qilingan:

  • eng yirik shaharlar — 500—1000 minggacha va undan yuqori;

  • yirik shaharlar — 250—500 minggacha;

  • katta shaharlar — 100-250 minggacha;

  • o'rta shaharlar — 50-100 minggacha;

  • kichik shaharlar — 50 minggacha.

Shaharlar qancha katta va ularning aholisi qancha ko'p ba'lsa, ular egallagan hudud shuncha katta bo'ladi, tarxiy tarkibi shuncha murakkab bo'ladi, tarxning xarakteri o'zgaradi va boshqalar.

Kichik shaharlar — asosan piyoda harakati orqali bog'langan shaharlar. O'rta va katta shaharlarda shahar ichi aloqalari uchun relssiz transport lozim.

Eng yirik aholisi 1 mln. dan oshiq shaharlarda qoida bo'yicha tezyurar tashqi transport (metro) qo'llaniladi, u shahar tarxiy tarkibiga anchagina ta'sir ko'rsatadi.

Eng yirik shaharlarda murakkab funksional va tarxiy tarkib shunday shaharsozlik holatini keltirib chiqaradiki, unda erkin hududlarda yangi qurilishdan tortib, to shaharning eski qismini rekonstruksiya qilish va qayta qurishgacha, yer osti makonlarini o'zlashtirishdan, jamoat markazi shakllanishigacha bo'lgan masalalarni hal etish lozim bo'ladi.

Iqtisodiy-geografik o'rni: shaharlar bir qancha omillar ta'siri ostida vujudga kelgan. Masalan, tabiiy-iqlimiy omillar natijasida yuzaga kelishi mumkin, ya'ni suv havzalariga yaqin, vodiylarda, tog' yonbag'irlarida va shunga o'xshash yashash uchun qulay sharoitlar mavjud joylarda. Qadimda karvon yo'llari kesishgan joylarda ham shaharlar shakllangan.

Paydo bo'lish va rivojlanish davrlari: yangi yoki qadimiy shahar. Masalan, shaharsozlik nuqtai nazaridan yangi shaharlarning (Navoiy, Chirchiq, Bekobod va b.) tuzilishi qadimdan shakllanib, rivojlanib kelgan shaharlarga (Samarqand, Buxoro, Xiva va b.) nisbatan boshqacha bo'ladi. Chunki, qadimiy shaharlarni rivojlanishda zamonaviy shaharsozlik talablari bilan bir qatorda, tarixiv muhit va yodgorliklarni saqlab qolish ham asosiy ahamiyat kasb etadi.


Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish