1.O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi.
XX asrning oxirgi o‘n yilligi insoniyat tarixiga buyuk o‘zgarishlar davri bo‘lib kirdi, chunki er yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o‘zgarib, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan SSSR va AQSH etakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok barham topdi.
Xalqaro vaziyatning tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki tomonning o‘zaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda «sovuq urush» siyosati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi. Biroq sobiq Ittifoqning parchalanishi natijasida uning tarkibidagi 15 ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O‘zbekiston davlati vujudga keldi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi. XXI asr bo‘sag‘asida xalqaro vaziyatning o‘zgarishi jahon tapaqqiyotininr holatini ham tubdan o‘zgartirib yubordi. Endi dunyo ko‘p qutbli bo‘lib qoldi.
Dunyoning geosiyosiy holati yangi pallaga ko‘tarildi. Sotsialistik tuzum emirilishi bilvosita butun mamlakatlar taqdiriga ta’sir etdi.
Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o‘z taraqqiyot ko‘lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun harakat boshladi. SHular qatori O‘zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish maqsadida o‘zining ijtimoiy-siyosiy yangilanish dasturini ishlab chiqdi. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jo‘g‘rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun imkon berdi. Xususan, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘rni, bu hududda istiqomat qiladigan xalqlarning qadimdan hamfikr bo‘lib kelgani Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi siyosat yuritishda ijtimoiy zarurat hisoblanib kelinmoqda edi. O‘zbekistonning bu borada amalga oshirgan ulkan yutuqlari umumjahon sivilizasiyasi bilan mushtarak ekanligini alohida qayd etish bilan birga bu sermashaqqat yo‘lda Prezident I. A. Karimovning o‘rni beqiyosligini ham aytib o‘tmoq lozim.
Ma’lumki, sobiq ittifoq davrida O‘zbekiston tashqi siyosatda boshqa davlatlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa qilish imkonidan mahrum bo‘lib, respublikaning o‘rni faqat qog‘ozlarda federasiya sub’ekti sifatida mustahkamlangan edi, xolos. O‘zbekiston o‘z imkoniyatlarini dunyo miqyosida ko‘rsatishdan ajrab qolgan, xorij bilan xalqaro aloqalar faqat markazning ruxsati bilan amalga oshirilar edi.
Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekistonda xalqaro tashkilotlarning faoliyatini o‘rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik aloqalarni yo‘lga qo‘yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali milliy kadrlar etishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. SHuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi.
Mamlakatimiz tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy aloqalarining asosiy tamoyillari nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berildi. Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo‘lni belgilashda jahon tajribasidan foydalanildi, mamlakatimiz, xalqiimz xususiyatlari va manfaatlari hisobga olindi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo‘li asos qilib olindi.
“Xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq sub’ekti sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‘z hududini qurol-yarog‘lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘qotish, suveren davlatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslikdan iborat”,-deb 1991-yil 31-avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik haqidagi Bayonot”da o‘z tashqi siyosatining asosiy yo‘lini belgilab olgan O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 17-moddasida bu yo‘lni qonun bilan mustahkamladi.
O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy maqsad va yo‘nalishlarida O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan ko‘p tomonlama tashqi siyosatni amalga oshirish –davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va muhim vositasi ekanligi tashqi siyosatni amalga oshirish yo‘llarini belgilashda negiz qilib olindi:
mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahlsizligini hurmat qilish;
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
nizolarni tinch yo‘l bilin hal etish;
kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;
ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi;
davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida itttifoqlar to‘zish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;
tajovo‘zkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘ptomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqmaslik;
Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olishini ta’minladi.
O‘zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro huquqning umumjahon e’tirof etgan normalariga sodiqligini Konstitutsiya darajasida ham mustahkamladi. Xalqaro huquqning tamoyillari va normalarining butun bu majmui Konstitutsiyaga BMT Ustavidan, Inson huquqlari umumiy deklarasiyasidan, va inson huquqlariga oid boshqa xalqaro huquq bitimlardan, Xelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. SHuningdek, asosiy qonunga kiritilgan qonunlarni rivojlantirish maqsadida “Diplomatik munosabatlarni o‘rganish tartibi”, “O‘zbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish, ijro etish va bekor qilish” haqida aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi siyosatning har tomonlama asoslangan tamoyillari o‘z aksini topdi.
SHu o‘rinda aytib o‘tmoq lozimki, bu tamoyillar yosh suveren davlatning asosiy tashqi siyosiy doktarinasini ifoda etish bilan birga davlatlararo munosabatlar yo‘nalishlarining rivojlanishi va keng doiradagi tashqi muammolarni hal qilish imkonini berdi. Mamlakatimizni jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O‘zbekiston Respublikisi o‘zining tashqi siyosatdagi yo‘nalishlarini demokratik prinsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991-yil dekabrdan 1992-yil iyul oyigacha bo‘lgan davr ichida respublikani 111 davlat, hozirgi kunga qadar esa O‘zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi, Ularning 100 dan ortig‘i bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi. SHuningdek, O‘zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida O‘zbekistonning elchilari dunyodagi 20 dan ortiq yirik davlatlarda faoliyat ko‘rsatib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |