Arxitektura qurilish instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Ma’naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar



Download 2,14 Mb.
bet75/235
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#256492
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   235
Bog'liq
O'zbekistonning eng yangi tarixi 2020-2021 (1)

3.Ma’naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim tizimi va undagi islohotlar.

Ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklashda Qoraqalpog’iston Respublikasi bayramlarini tashkil etish muhim rol o’ynadi: 21-mart Navro’z, 1 yanvar - Yangi yil, 8-mart - Xotin-qizlar kuni, 9-aprel - Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, 9-may - Xotira kuni, 1-sentyabr - Mustaqillik kuni, 1-oktyabr - Ustozlar kuni, 8-dekabr - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, Ro’za hayiti, Qurbon hayiti.

Mustaqillik yillarida Nukus shahrining 60 va 70 yilligi, To’rtko’l shahrining 120 yilligi, Ajiniyoz Kosiboy o’g’li va Berdaq Qarg’abay  o’g’lining 170 yilligi, Nukus pedagogika institutining 60 va 70 yilligi, Qoraqalpoq universitetining 25 yilligi,  Allayor Dustnazarovning 100 yilligi, Yernazar Alako’zning 200 yilligi, I.Yusupov va T.Kaipbergenovlarning 70 yilligi keng nishonlandi. Nukus pedagogika institutiga Ajiniyoz shoir nomi, Qoraqalpoq universitetiga Berdaq nomi berildi. Berdaq va Ajiniyoz, Ulug’bek haykallari o’rnatildi, Berdaq muzeyi, Amet va Aimxon Shamuratovlar muzeyi tashkil etildi.

1994 yili Qoraqalpog’istonda madaniyat va ma’rifat markazi tashkil etildi. Markaz raisi - Ibroxim Yusupov, hozir Ulmambet Xujanazarov. Shuningdek “Oltin meros”, “Amir Temur”, “Nuraniy”, “Navro’z” fondlari tashkil etildi.

Qoraqalpog’iston Respublikasining fidoyi farzandlari Allaniyoz Uteniyozov, Agitoy Adilov, Onesya Saitova, Tulepbergen Kaipbergenov, Ibroxim Yusupovlar “O’zbekiston Qahramoni” unvonini oldilar.

1993 yili respublika Ministrlar Kengashi  qoraqalpoq tilida yangi lotin yozuviga o’tish hakida qaror qabul qildi. Bilim nashriyotidan 1996-1997 yillarning o’zida 65 otamada darsliklar lotin yozuvi asosida chop etildi. 1993 yili Nukusda turk-qoraqalpoq litseyi tashkil etildi. 1996 yili respublikada 743 ta umumta’lim maktabi faoliyat ko’rsatdi. Hozir Qoraqalpog’istonda 6 gimnaziya, 13 litsey, 19 kollej, 18 maktab-litsey, 6 bank-klass va biznes -maktablar faoliyat ko’rsatmoqda. Respublikadagi 22 ta o’rta maxsus o’quv yurtlarining kunduzgi bo’limlarida 11,8 ming o’quvchi ta’lim olmoqda.

1990 yili Qoraqalpoq universiteti uchta fakulteti va ikkita bo’limi asosida Nukus davlat pedagogika instituti qayta tashkil etildi. 1991 yili universitetning tibbiyot fakulteti asosida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali tashkil etildi. Unda talabalar soni 2001-yili 1000 ga yetdi. 1995 yili yanada universitetning qishloq xo’jaligi va iqtisodiyot fakultetlari  asosida Toshkent agrar universiteti Nukus filiali, Toshkent arxitektura-qurilish instituti Nukus filiallari tashkil etildi. 2005 yili Toshkent informatsion texnologiyalar universiteti Nukus filiali tashkil etildi. Beshta oliy o’quv yurtlarida 9 ming nafar talaba o’qimoqda.

1991 yili O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston filiali bo’lim statusiga ega bo’ldi. Bo’lim tarkibida tarix, arxeologiya va etnografiya instituti, Bioekologiya, Orol bo’yi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar instituti tashkil etilib, mustaqillikdan oldin uchta institut  bo’lgan bo’lsa, endilikda 6 ta institut tashkil etildi. Bo’limni akademik S.Kamalovdan keyin akademiklar Ch.Abdirov, T.Yeshanovlar boshqardilar. Hozirgi vaqtda bo’lim raisi bo’lib professor Nagmet Aimbetov  ishlaydi.

Shuningdek, O’zbekiston qishloq xo’jaligi ilmiy markazi Qoraqalpog’iston bo’limi tashkil etilib, tarkibiga Shamurat Musayev nomidagi Chimboy dehqonchilik instituti, “Sholi” uyushmasi, Oltinko’l stansiyasi, molchilik, bog’dorchilik, o’zumchilik muassalari kiradi. Qishloq xo’jaligi va iqtisodiyot sohalari bo’yicha J.Mambetullayev va B.Mambetnazarov kabi akademiklarimiz mavjud.

Bugungi kuni Qoraqalpog’istonda 65 fan doktori, 600 dan ortiq fan nomzodi faoliyat  ko’rsatmoqda, shu jumladan 60 foiz fan doktori va 40 foiz fan nomzodlari mustaqillik davrida ilmiy unvonga ega bo’ldi. Ilgari O’zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga saylangan S.Kamalov (1979), Ch.Abdirovlar (1989) qatoriga 1994-2000 yillari J.Bazarbayev, A.Baxiyev, T.Yeщanov, A.Dauletov, X.Hamidov ham qabul qilindilar. 1997 yili esa ikki nafar rassom J.Izentayev va J.Kuttimuratov O’zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akademikligiga saylandi.

Tilshunos olimlar M.Kalenderov, R.Yesemuratova, A.Turabayev, K.Dauletbayevlar, faylasuf Polat Seitov O’zbekiston Respublikasi Beruniy nomidagi davlat mukofotini oldilar. Qoraqalpog’iston Respublikasi Berdaq nomidagi davlat mukofotini A.Baxiyev, R.Reimov, L.Konstantinova, J.Bazarbayev, K.Dauletova, M.Ametov, J.Sapar-niyazov, T.Yeщanov, M.Ajibekov, S.Kamalov, K.Allambergenovlar qo’lga kiritdilar.  Ginekolog Oral Ataniyazova xalqaro “Goldman” nomidagi ekologik mukofoti egasi bo’ldi.

Qoraqalpoq davlat universiteti yonida qoraqalpoq tili va adabiyoti bo’yicha doktorlik va nomzodlik, UzFA Qoraqalpog’iston bo’limi tarix, arxeologiya va enografiya instituti yonida tarix bo’yicha nomzodlik dissertatsiyalarni himoya qiluvchi ixtisoslashgan kengashlar tashkil etilib fan doktorlari va nomzodlari o’zimizda himoya qiladigan bo’ldi. Tarix fanidan hozirgacha 51 fan nomzodi himoya qildilar.

Respublika olimlari mustaqillik yillarida chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bioekologiya instituti olimlari Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993 yildan beri Orolbo’yi ekologiyasi muammolari bo’yicha tadqiqotlar olib borishmoqda. 1995 yili Mo’ynoqda Germaniya yordamida bioekologiya institutining  xalqaro ekologiya stansiyasi ochildi. Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti olimlari Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari va fransuz arxeologlari bilan birgalikda ekspeditsiyalar tashkil etmoqda. Tarixchilarimiz Qoraqalpog’iston hududida turizmli  targ’ibot qilish maqsadida “Oltin marshrut”-ni ishlab chiqib, unga Mizdahkon, Ellikqal’a yodgorliklarini kirgizdilar. 1997 yili sentyabrda Nukusda “Qirq-qiz” dastani va turkiy folklorni tadqiq etish muammolariga bagishlangan xalqaro ilmiy anjuman bo’lib o’tdi

Mustaqil O’zbekiston va Qoraqalpog’istonning dolzarb masalalari respublika shoir va yozuvchilari ijodida katta o’rin eg’allaydi. O’zbekiston qahramonlari, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq shoiri Ibroxim Yusupov, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi Tulepbergan Kaipbergenovlar qatoriga Tolibay Kabulov, Xalmurat Saparov, Gulaysha Yesemuratova, Kengesbay Raxmonov, Uzakbay Abduraxmanov, Murotbay Nizonov, Kengesbay Reimov, Saginbay Ibroximov, Kengesbay Karimov, Xalila Dauletnazarov, Jiyanbay Izbaskanov, Baktiyar Genjemuratov, Sharapatdin Ayapov, Gulistan Matyakupova, Nabiyra Toreshova, Munayxan Jumanazarova, Gulnara Nurlepesova, Abdimurat Atajanov, Xurliman Utemuratova, Sharigul Payzullayeva, Saylaubay Jumagulov, Bazarbay Kazakbayev va boshqalar kelib qo’shildi.

1993 yili yanvarda Toshkentda Qoraqalpog’iston madaniyati kunlari, noyabrda esa Qoraqalpog’istonda Toshkent madaniyati kunlari   o’tkazildi. 1993 yili Toshkent konservatoriyasida milliy “Ajiniyoz” operasi ijro etildi. 1996 yili qoraqalpoq xoreografiyasi tarixida birinchi marta “Oyjamol” nomli balet sahnalashtirildi. Kompozitorlardan N.Muhammaddinov, K.Zaretdinov, G.Amaniyazov, Sh.Paxratdinov, T.Yesirkepov va boshqalar keyingi yillarda yaxshi faoliyat ko’rsatmoqda. Muyassar Razzakova, Kegesbay Serjanov, Mirzagul Sapayeva, Gulxatiysha Aimbetova, Roza Kutekeyeva, Makset Xujaniyozov, Makset Utemuratov, Gulnara Utepova, Eleonora Kutlipulatova, Anifa Artikova, Gulnara Allambergenova va boshqa qo’shiqchilarimiz butun O’zbekiston va Markaziy Osiyoga taniqli bo’ldi. Jumabay Bazarov, Baxtiyar Yesemuratov kabi baxshilar Turganbay Kurbanov, Ziyada Sharipova, Zulfiya Arzimbetova,  Jarilkagan Yeshanov, Tenel Kalliyev va boshqalar Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlarda qoraqalpoq dostonlari va she’rlarini ijro etib, butun dunyoga tanildi. Qoraqalpoq  universiteti  “Xurliman” ansambli 2000 yili  Toshkentda “O’zbekiston - Vatanim manim” ko’rik-tanlovida 1-o’rinni eg’alladi.

Mustaqillik yillari Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq milliy san’at muzeyi va Qoraqalpoq o’lkashunoslik muzeyi, Berdaq muzeyi milliy o’zligimizni targibot qilishda katta faoliyat ko’rsatmoqda.

2002 yil may oyidan boshlab milliy televideniyede “Assalam Qoraqalpog’iston” tonggi ko’rsatuvi tashkil etildi. Shuningdek, “Maurit”, “Tarix va taqdir”, “Bayterek”, “Shanarak”, Yoshlar kanali” ko’rsatuvlari tashkil etildi. Xalqimiz Yerkin Kutibayev, Alisher Auyezbayev, Baxtiyar Nurullayev, Muratbay Baltaniyazov, F.Orazimbetov va boshqalarning sport sohasidagi jasoratlarini tan oldi.

Mustaqillikning o’tgan davri - tarix uchun bir lavhadir. Lekin shu muddatda Qoraqalpog’istonda amalga oshirilgan ishlar salmog’i va ko’lami bilan bir necha o’n yilliklarga teng keladi. Tarixan qisqa davrda mamlakatimiz hayotida ham, odamlar turmushida ham keskin burilish yasaldi. Tafakkurimiz tobora kengaydi. O’zligimizni anglay boshladik.




Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish