Arxitektura qurilish instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


-Mavzu: Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi



Download 2,14 Mb.
bet73/235
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#256492
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   235
Bog'liq
O'zbekistonning eng yangi tarixi 2020-2021 (1)

10-Mavzu: Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi

REJA:

  1. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar.

  2. Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar.

  3. Ma’naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim tizimi va undagi islohotlar.

  4. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.


1.Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar.

Tarixiy manbalarda hozirgi Qoraqalpo­g’iston hududida odamlar neolit davridayoq yashaganligi qayd etiladi.  XII asr rus yilnomalarida "Черные клобуки", mo’g’illar tarixida "qora malaqayli", sharq manbalarida esa "qora bo’rkli" deb atalgan qavm haqida ma’lumotlar bor. Bu nomlar qoraqalpoqlarga tegishlidir. "Qoraqalpoq" so’zi qoraqalpoqlilar so’zidan kelilb chiqqan. Oltin O’rda zaiflashgach, uning tarkibidan qator mustaqil davlatlar ajralib chiqqan. Bu davlatlarning biri-XIV asr oxirida tashkil topgan No’g’ay (Mang’it) xonligi edi. Uning chegarasi Volga daryosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizi bo’ylaridan Kama daryosigacha bo’lgan hududlarni o’z ichiga olgan. Binobarin, qoraqalpoqlar ko’chib borib joylashgan hududlar XV-XVI asrlarda No’g’ay xonligi hududiga kirgan. No’g’ay va qoraqalpoq xalqlari o’zaro siyosiy hamkorlikda, birlashmada yashaganlar. No’g’ay tili tarkibi, fonetikasi va grammatik qurilishi jihatidan qoraqalpoq tiliga juda yaqin. Shu tariqa XVI asrga kelib bir necha urug’lardan iborat qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan. Bu xalq olti qabila (xitoy, qipchoq, kenagas, mang’it, qo’ng’irot va mo’yten) negizida shakllangan. Qoraqalpaq davlatchiligi no’g’ay (mang’it)lar yetakchisi Idigu (Edigey) boshchiligida XIV asr oxirlarida tashkil etilgan No’g’ay xonligidan (O’rdasidan) boshlanadi. XVIII asr boshlariga kelib Sirdaryo bo’yida yashovchi qoraqalpoqlar birlashishga harakat qilganlar. Ularning birlashish jarayonida Sig’noq singari qadimiy qo’rg’on-shaharlar tayanch bo’lgan. 1811 yilda qoraqalpoqlar Xiva xonligiga tobe boʻldi. 1873 yilda rus podsho qoʻshinlarining Xivaga qilgan yurishidan soʻng va Gandimiyon shartnomasi tuzilgach, Amudaryoning oʻng sohilidagi qoraqalpoqlar yashaydigan hudud Rossiyaga qoʻshib olingan va bu yerda Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati Amudaryo boʻlimi tashkil etilgan. Amudaryo boʻlimi 2 uyezd: markazi Toʻrtkoʻl qalʼasi boʻlgan Shoʻraxon va markazi Chimboy boʻlgan Chimboy uyezdiga ajratildi. Shunday qilib, qoraqalpoqlar yashaydigan hudud 2 ga ajratib tashlandi. Chap sohil qismi Xiva xonligi tarkibida qoldi. Bu esa qoraqalpoqlarning siyosiy va milliy birlashuviga gʻov boʻldi. XX asming boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o'zgarishlar yuz berdi. 1917 yilda podsho hukumati agʻdarilgach, oʻng sohil qismi Turkiston ASSR tarkibiga kirdi, 1918 yilda bu yerda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. 1919 yilda Chimboy volostida xalq qoʻzgʻolonlari boshlandi. 1920 yilda Amudaryo boʻlimi Turkiston ASSRning Amudaryo viloyatiga aylantirildi. 1920 yil aprelda Xiva xonligi hududida Xorazm Xalq Sovet respublikasi tuzildi va uning tarkibiga qoraqalpoqlar yashaydigan joylar ham kiritildi.

1924- yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo'jayli hamda Qo'ng‘irot tumanlari hududida Qozog‘iston ASSR tarkibida Qoraqalpog'iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930- yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932-yilda Qoraqalpog'iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi. Qoraqalpoqlar tarixida 1936-yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoladi. Chunki, shu yili ular o'z taqdirlarini Ouzbékistan SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va o'z tanlagan yoiining istiqbolli ekanligini ko'rsata oldi. SSSR tarq^lib ketganidan so'ng mustaqil O'zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabiiy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan o'zbek xalqi o‘rtasida do‘stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orolbo'yi kengliklarida qadimiy o‘zbek va qoraqalpoq ajdodlan birgalikda yashab, mehnat qilishdi. O'zlarining mushtarak taraqqiyot yo'llarini bosib o‘tishdi. 1990 yili 14 dekabrda Qoraqolpog’iston Respublikasi Oliy Kengashi o’zining IV sessiyasida “O’zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpogiston Respublikasi Davlat suvereniteti to’g’risidagi” Deklaratsiyani qabul qildi. Mazkur Deklaratsiya 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan  “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to’grisidagi” Qonunda o’zining huquqiy asosini topib, 1- va 17- moddalarida Qoraqalpog’istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e’tirof etildi. Har ikki respublika o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasida (70-75 moddalar) o’z aksini topdi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashi o’zining XI sessiyasida (1993 yil, 9 aprel) Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o’z taraqqiyoti tarixida birinchi marta insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo’ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha atributlariga ega. Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Majlisining 1992 yil 14 dekabrda bo’lib o’tgan X1 sessiyasida Qoraqalpog’iston Davlat bayrog’i, 1993 yil 9 aprelda bo’lib o’tgan XI sessiyasida Davlat tamg’asi, 1993 yil 4 dekabrda bo’lib o’tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.

Parlament - Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorg’i Kengesi hisoblanadi. 86 deputatdan iborat. Quyidagi davlat arboblari Parlament raislari bo’lib ishladi: Dauletbay Shamshetov (1991-1992), Ubbiniyaz Ashirbekov (1992-1997), Timur Kamalov (1997-2002). 2002 yili 2 may kuni bu lavozimga Musa Tajetdinovich Yerniyozov saylandi.

Avvalgi Oliy Kengashdan farqi Juqorg’i Kengashga savlov ko’ppartiyaviylik asosida o’tkaziladi. Avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllantirish jarayonida ishchilar sinfi, kolxozchi dexkonlar, xalq ziyolilarining o’rni va soni oldindan belgilab qo’yilar edi. Buning ustiga Parlamentda vazifasi bo’yicha albatta deputat buluvchi urinlar ham mavjud edi. Keyingi saylovlarda bunday yondoshuvdan voz kechildi. Deputatlarning o’z saylovchilari bilan kundalik munosabati, yaqin muloqoti yo’lga qo’yildi. Avvalgi parlamentda bu masalaga uncha e’tibor berilmagan edi.

Ijroiya organi - Ministrlar Kengashi hisoblanadi.  Quyidagi davlat arboblari Ministrlar Kengashi raislari bo’lib ishladi: Amin Tojiyev (1989-1992), Radjapboy Yo’ldashev (1992-1995),  Baxram Jumaniyazov (1995-1996), Saparbay Avezmatov (1996-1998), Amin Tojiyev (1998-2002), Tursunbay Tangirbergenov (2002-2006). Hozirgi kunda Ministrlar Kengashi raisi bo’lib Baxadir Yangibayev ishlaydi.

Bugungi kunda O’zbekiston markaziy budjetidan Qoraqalpog’istonga berilayotgan subvensiya, ya’ni moliyaviy yordam miqdori 9 milliarddan oshiq so’mni, yoki butun Qoraqalpog’iston budjeti xarajatlarining 75 foizini tashkil etmoqda. O’zbekiston hukumatining amaliy yordami qoraqalpoq xalqining fidoiy mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog’istonda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yo’lida mehnat qilishga sharoit yaratildi.

Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo’la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorning hissai oshib bordi. Sanoat, qishloq xo’jaligi va savdoda nodavlat sektori hissasi 80-90 foizni tashkil etmoqda. Respublika iqtisodiyotining boshqa yo’nalishlarida ham islohotlar izchil amalga oshirila boshlandi.

Jumladan, bank tizimida ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Bu yerda davlat banklar bilan birga tijorat va xususiy banklari ham faoliyat ko’rsatmoqda. Agrosanoat bank va sanoat-qurilish bank ixtisoslashtirilgan hissadorlik tijorat banklariga aylantirildi. “Tadbirkorbank”, “Asakabank”, “Alokabank”, “Sabzavotbank”, “Zaminbank”, “Turanbank”, “Savdogarbank”, “G’allabank” Qoraqalpog’iston bo’limlari tashkil etildi. Qoraqalpog’iston tarixida birinchi marta tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi.

Qoraqalpog’istonda ulgurji va birja savdosi bilan shug’ullanuvchi hissadorlik uyushmalari keng faoliyat ko’rsatmoqda. Tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va ishbilarmonlarning butun imkoniyatlarini ishga solish maqsadida ularning erkinligi va teng huquqligini ta’minlash choralari ko’rildi.

Qoraqalpog’istonda 51 ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan 4-ta savdo uyi, 35-ta mayda ulgurji savdo do’konlari va omborlar, 32 ta ko’tara savdo bazasi hamda O’zbekiston tovar xom ashyo birjasi Qoraqalpog’iston  bo’limi, 19 ta supermarket do’konlari faoliyat ko’rsatdi. 1999 yilning birinchi yanvarigacha bo’lgan ma’lumotlarga qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablag’larning umumiy hajmi 650 million so’mni tashkil etdi. Uning 20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50 foizi esa tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. Shu bilan birga Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish qo’mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million so’m kredit ajratdi. 2000 yilga kelib 2932 korxona xususiylashtirildi.

Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 2000 yilga kelib respublika fond birjalari  filiallarida 958 million so’mlik aksiyalar sotildi. Respublikada 7807 kichik va urta ishbilarmon korxonalari, 8977 yakka tartibdagi tadbirkorlar ruyxatga olindi. 1996 yil yakuniga kura ishlab chiqarilgan maxsulot hajmi 10 mlrd 355,7 mln so’mni tashkil etdi. Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga o’sdi. Respublikada 1996 yilda amaldagi narxlarda 10 mlrd 754,4 mln so’mlik sanoat maxsuloti ishlab chiqarildi.

Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, iste’mol maxsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish ko’paydi. Yig’ma temir-beton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, kandolatchilik maxsulotlari, o’simlik yog’i, uzum vinosi, salqin ichimliklar,  osh tuzi ishlab chiqarish o’sdi.

Sanoatda bir qator ijobiy o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995 yilda Xo’jayli shahrida shisha idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi. 1996 yilda Qo’ng’irotda “Urga” gaz sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz qazib chiqarilishi boshlab yuborildi. Aholini gaz bilan ta’minlash darajasi 83 foizga yetdi. “Qoraqalpoqqurilish” aksionerlik jamiyatida  Italiya firmalarining yuqori sifatli jihozlari iblan jihozlangan, yiliga 60 ming kv.m. marmar bloklari va plitalari ishlab chiqaradigan yangi marmar sexi ochildi. “Nukusun” zavodida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi.

Yengil sanoat ishlab chiqarishning bazasi kengaya bordi. 1993 yili Nukusda “Kateks” to’qimachilik majmuasi, 1995 yili Ellikqal’a tumanida “Elteks” to’qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi.

Nukus va Qo’ng’irot un kombinatlari, To’rtko’lda 3 mln shartli banka konserva maxsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikkal’a tumanida esa shunday quvvatga ega konserva sexi foydalanishga topshirildi.

1995 yilda Qo’ng’irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan yiliga 190 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Zavod tarkibida kimyoviy yo’l bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish ham ko’zda tutilgan. Bu zavod 600 mln dollarga qurilib bitkazilgan.

Qo’ng’irot-Beyneu avtomobil trassasi, Navoi-Uchquduq-Nukus temir yo’li qurildi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida 144-ta sanoat korxonasidan 113-tasi mulkchilikning turli shakllariga o’tib ishlay boshladi. Lekin ko’p sanoat korxonalarining asosiy ishlab chiqarish fondlari (dastgohlar, mexanizmlar) ma’naviy va jismoniy jihatdan eskirgani sezilib qoldi. Ularning eskirish darajasi 35 foizdan yuqori edi. Eng avvalo yigiruv-tukuv fabrikalari, go’sht-sut va oziq-ovqat sanoati korxonalari (konserva zavodi, vino zavodi) ishlab chiqarish parklarini yangilash talab etildi.


Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish