Arxitektura qurilish instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati



Download 2,14 Mb.
bet76/235
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#256492
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   235
Bog'liq
O'zbekistonning eng yangi tarixi 2020-2021 (1)

4.Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati. Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlanishiga e’tibor kuchaydi.  Respublika aholisi 1,5 mln kishiga ko’aydi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992 yili 2 sentyabrda “Qoraqalpog’iston Respublikasi hududidagi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik muammolarni yechishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’grisida” 405-sonli qaror qabul qildi. Qoraqalpog’iston Respublikasi aholi punktlarini elektrlashtirish to’la hal etildi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 59,5 foizga yetdi. 1992-1996 yillarda Tuyamuyin suv omboridan respublika aholi punktlariga   2 ming 885 km vodoprovod tarmog’i olib kelindi. 4057,5 km gaz tarmoqlari yetkizildi va tabiiy gaz bilan ta’minlash 85,4 foizni, shu jumladan shaharda 99,4 foizni, qishloqda 72,4 foizni  tashkil etdi. Ko’plab sog’liqni saqlash ob’ektlari, kasalxonalar, poliklinikalar, tug’ruqxonalar va turar-joy binolari qurildi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi xalqi Birinchi Prezident I.Karimovning BMT minbaridan turib dunyo mamlakatlarini Orol dengizini saqlab qolishga qarata chaqirig’ini katta xursandchilik bilan kutib oldi. Uning tashabbusi bilan 1994 yili 14 yanvarda Nukusda Markaziy Osiyoning beshta davlat Prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida o’tkazilgan uchrashuvda Orolga va Orolbo’yi  aholisiga amaliy yordam berish masalasi muhokama etildi.

1995 yili xalqaro konferensiyada Nukus Deklaratsiyasi qabul qilinib, unda butun dunyo jamoatchiligi e’tibori Orol muammosiga qaratildi. Deklaratsiyada ovul va o’rmon xo’jaliklarini ilmiy tizimga  otkazish, suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy usullari va texnologiyasini ishlab chiqish, hududning tabiiy resurslarini boshqarish tartibini ishlab chiqish, ushbu hududda yashovchi odamlarning turmush darajasini yaxshilash masalalari kun tartibiga qo’yildi.

1995 yili 24 oktyabrda BMTning 50 yilligiga bagishlangan Bosh Assambleyasida Birinchi Prezident I.A.Karimov “bugungi kuni xalqaro finans tizimlari bilan rivojlangan davlatlar qo’llab-quvvatlashisiz, BMTning tashkiliy rolisiz bu muammoni yechish mumkin emas” deb aytdilar.

Markaziy Osiyo davlatlari o’z kuchlari va chet el donorlari yordami bilan 2 mlrd 686 mln dollar investitsiya to’pladi. Shundan 856,25 ming dollar 1997 yili yuqoridagi ishlarga berildi. Orolni qutqarish fondi Nukus filiali tashkil etildi.

Qoraqalpog`istonning umumiy yer maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo`lib, u hududining kattaligi jihatdan O`zbekiston Respublikasi viloyatlari o`rtasida birinchi o`rinda turadi. Respublika aholisi 2018 yil 1 aprel holatiga 1 million 800 ming kishidan ziyoddir. Respublikaning ma`muriy-hududiy tuzilmasi 15 ta tuman va 1 ta shahardan iborat. Bular Amudaryo, Beruniy, Qorao`zak, Kegeyli, Qo`ng`irot, Qonliko`l, Mo`ynoq, Nukus, Taxtako`pir, To`rtko`l, Xo`jayli, Taxiyotosh, Chimboy, Sho`manoy, Ellikqal`a tumanlari va Nukus shahridir.

Bugun Qoraqalpoq xalqi shuni yaxshi biladiki, uning amaldagi suvereniteti, Mustaqilligi faqat 0‘zbekiston bilan birga bo‘lgandagina ta’minlanishi mumkin. Shuning uchun ham qoraqalpoq xalqi o‘z taqdirini o‘zbek xalqi va 0‘zbekiston bilan abadiy bog‘lagan. 0‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyalari buning yorqin kafolatidir.


Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish