Arxitektura qurilish instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Temuriylar tarixi davlat muzeyi



Download 1,11 Mb.
bet103/225
Sana03.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#314225
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   225
Bog'liq
2 5316758196314969476

Temuriylar tarixi davlat muzeyi — Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni yaqinida bunyod etilgan tarix muzeyi (1996). Muzey binosi oʻrta asr meʼmorligi anʼanalari asosida aylana tarxli, tomi gumbazli qilib, maxsus temirbetondan yaxlit supa ustiga qurilgan. Bino 3 qavatli, bal. 31 m (diametri — tashqi tomoni 70 m, ichkisi 50 m), uni qurishda temir ustun, gʻisht, turli beton blok va yengil tayyorlangan sunʼiy qurilish uskunalari qoʻllanilgan. Devor yuzasini pardozlashda ganch, marmar va sopol koshinlar ishlatilgan. Qurilishda Toshkent sh. hokimiyati, "Turon" firmasi, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish. birlashmasi, "Oniks" korxonasi (30 dan ortiq katta-kichik hajmdagi billur qandillar, 500 ta yoritgichli, ogʻirligi 2 t, balandligi 8 m "Zumrad" qandil ishlab bergan), "Usto" birlashmasi qatnashgan.

M uzeyga marmar zinalar orqali bosh tarzi (Amir Temur xiyobonidan) dagi 3 eshikdan kiriladi. 14 ta yogʻoch oʻymakorligidagi eshik oʻziga xos. Atrofi peshayvonli, qator ustunli (20 ta, bal. 10 m, muqarnas boshali, poyustuni kulrang marmardan ishlangan), turunjlari sirkori sopol bilan bezatilgan, binoning tashqi devori yuzasida "suls" uslubida insonni yaxshilikka undovchi soʻzlar bitilgan. Bino asosida foye, magazinlar, maʼmuriyat, vestibyul, kassa, axborotmaʼruza zali va boshqa texnik xizmat xonalari joylashgan. 1qavatda koʻrgazma va kinoleksiya zali (200 oʻrindiqli) bor. 2qavatdagi koʻrgazma zali 8 boʻlimdan iborat. Koʻrgazma zalidagi Temuriylar tarixiga oid noyob eksponatlar Oʻzbekiston viloyatlaridagi yirik muzeylardan keltirilgan, shuningdek, 1996 yilda Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan koʻrgazmadagi eksponatlar ham muzeyga oʻtkazilgan. Muzeyda arxeologiya, etnografiya, numizmatika yodgorliklari, qoʻlyozmalar, tasviriy sanʼat namunalari bor. Shuningdek, I. Karimovning Amir Temurga boʻlgan hurmatini ifodalovchi dil soʻzlari va "Temur tuzuklari"dan keltirilgan iboralar eksponatlarni mazmunan boyitgan.

Koʻrgazma zalining markazidagi devoriy tasvirdan "Buyuk Sohibqiron — buyuk bunyodkor" nomli 3 qismdan iborat asar oʻrin olgan. Birinchisi — "Tugʻilish" qismida Sohibqironning tugʻilishi bilan bogʻliq urfodatlar ramziy tasvirlarda ifodalangan. Ikkinchisi — "Yuksalish"da "Rosti—rasti" ("Toʻgʻrilik najotdir") degan shior oltin harflar bilan bitilgan. Bu qismning markazida taxtda oʻtirgan Sohibqironning vazir, ulamo, harbiy aʼyonlar davrasidagi mashvaratlari aks ettirilgan. Pastroqda esa Sohibqironning nabira va abiralari (Muhammad Sulton, Ulugʻbek, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur) bobolaridan meros qolgan tuzuklarni mutolaa qilayotganlari va Amir Temur yaratgan meʼmoriy obidalar tasvirlangan. Uchinchisi — "Faxrlanish" boʻlimida merosning avloddanavlodga oʻtib kelayotganlik gʻoyasi oʻz aksini topgan. Muzeyga har yili 100 mingdan ziyod tomoshabin kiradi.


Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish