Birinchi yo‘nalishda davlat va jamiyat tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari alohida belgilab berildi. Unda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, shu orqali qonun ustuvorligiga eri- shish asnosida jamiyatda boshqaruvning erkin va xalq hokimiyatchiligi tamoyillarini chuqurlashtirishga erishiladi. Davlat boshqaruvi tizimini liberallashtirish, turli byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, davlat boshqaruvida keng jamoatchilikning faol ishtirokini ta’minlash choralarini ko‘rish bo‘yicha aniq g‘oyalar ilgari suriladi. Ochiq jamiyat qurish, davlat va fuqaro munosabatlarini mustahkamlash va natijada O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida muhrlab qo‘yilganidek, davlatning yagona va birdan-bir manbai xalq ekani, davlat xalq manfaatlarini himoya qilishi, ayni paytda xalq o‘z maqsad va intilishlarini, orzu-umidlarini davlat timsolida ko‘rishi kabi prinsip va qoidalarni to‘liq amalga oshirish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |