Mustaqillik va ezgulik monumenti — Toshkent shahridagi Mustaqillik maydoniaa Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov gʻoyasi bilan bunyod etilgan meʼmoriybadiiy maj-mua. Oʻzbekiston istiqbolining dastlabki yillari (1992)da maydonda oʻrnatilgan obida Mustaqillik monumenti deb atalgan. Ramziy ravishdagi Yer sharida Oʻzbekiston Respublikasi xaritasi aks etgan ushbu obida jahon xaritasida mustaqil Oʻzbekiston mamlakati mustahkam oʻrin olganini ifodalaydi. 2005 yil 28 dek.da ushbu monument oldiga farzandini bagʻriga bosib turgan munis oʻzbek ayoli siymosi — Baxtiyor ona haykali oʻrnatildi (haykaltarosh I.Jabborov). Mustaqillik monumenti va Baxtiyor ona haykali Ezgulik arkasi, oq poyondoz shaklidagi keng yoʻlak bilan birga yaxlit ansamblni tashkil qiladi. Mustaqillik va ezgulik tushunchalarini ramziy tarzda uygʻun ifodalagan ushbu yodgorlik Mustaqillik va ezgulik monumenti deb ataldi.
2004—2005 yillarda Mustaqillik maydoni va unga tutash hududda keng koʻlamdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Vazirlar Mahkamasi binosi tubdan qayta taʼmirlandi, Senat binosi, Ezgulik arkasi, Tasviriy sanʼat gʻalereyasi kabi muhtasham meʼmoriy inshootlar, yashil maydon va xiyobonlar barpo etildi. Ayni vaqtda yangi Mach.muriy bino, Biznes markazi qurilipchi nihoyasiga yetmoqda. Bunday katta bunyodkorlik ishlari tufayli maydonning faqat qiyofasi emas, uning vazifasidagi mazmun-mohiyati ham oʻzgardi. Mustaqillik maydonining ijtimoiy-siyosiy hayotimizda tutgan muhim oʻrni va ahamiyatini inobatga olib hamda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga istiqlol gʻoyalarini, milliy gʻurur va iftixor, vatanparvarlik tuygʻularini yanada chuqurroq singdirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidsntining 2006 yil 3 fevralda "Mustaqillik va ezgulik monumenti toʻgʻrisida" qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi umumxalq bayramlari hamda davlat miqyosidagi boshqa tantanali marosimlarda, shuningdek, mustaqil taraqqiyotimiz, milliy qadriyatlarimiz bilan bogliq muhim sanalar, kasb bayramlarini nishonlash, tantana va anjumanlar oʻtkazish munosabati bilan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga 1ulchambar qoʻyish rasmiy marosimini bslgilagan tartibda amalga oshirish joriy etildi va boshqa tadbirlar belgilandi.
Ezgulik arkasi 2005-yil 1-sentabrda qurib bitkazilgan, uzunligi 150 metr, ikki tomoni o'n, o'rta peshtoqi o'n ikki metr balandlikka ega, qator ketgan o'n oltita oq marmar ustunlardan iborat bo'lib, Mustaqillik maydonida joylashgan "Mustaqillik va ezgulik monumenti" majmuasining bir qismi hisoblanadi.
M ustaqillik va Ezgulik Monumenti – Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov g’oyasi bilan bunyod etilgan me’moriy – badiiy majmua. Ramziy ravishdagi yer sharida O’zbekiston Respublikasi xaritasi aks etgan ushbu obida jahon xaritasida mustaqil O’zbekiston mustahkam o’rin olganini ifodalaydi. Mustaqillik monumenti bilan uyg’unlashgan holda uning oldiga “Baxtiyor ona” haykali (haykaltarosh I. Jabborov) va maydonining quyi qismida Ezgulik arkasi o’rnatildi. “Baxtiyor ona” mustaqillik tufayli yuzida shukronalik balqib turgan munis o’zbek ayoli – baxtli oila timsolidir. Haykal quyida oq poyondozli yo’l bilan Ezgulik arkasiga tutashadi. Ezgulik arkasini maydonning ramziy darvozasi deyish mumkin. Oppoq marmardan qad rostlagan bu me’moriy qurilma tepasidagi parvozga shaylangan baxt va tinchlik, farovonlik elchisi hisoblangan turna, laylaklar quyoshning zarrin nurlarida kumushdek tovlanib, dillarda ezgu tuyg’ular uyg’otadi. Arkaning baland va mustahkam ustunlari – mustaqil mamlakatimizning baquvvat tayanchlari ifodasidir. Mustaqillik monumenti va “Baxtiyor ona” haykali, Ezgulik arkasi oq poyondoz shaklidagi keng yo’lak bilan birga yaxlit ansamblni tashkil etadi. Bular mustaqillik va ezgulik tushunchalarini ramziy tarzda o’zida uyg’un ifodalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi "Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori asosida allomaning maqbarasi o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi.
I mom al-Buxoriy yodgorlik majmui — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik, ziyoratgoh. Imom al-Buxoriy dafn etilgan Chelak tumani Hartang qishlog‘idagi qabriston musulmon axlining eng tabarruk va aziz ziyoratgoxlaridan bo‘lib kelgan. XVI asrda Imom al-Buxoriy kabri ustiga mo‘jazgina maqbara, yoniga masjid qurilib, hovlisiga bir necha tup chinor ekilgan. Lekin sho‘ro tuzumi davridagi dahriylik siyosati tufayli bu maskan qarovsiz ahvolga tushib qolgan edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng Imom al-Buxoriy kabi butun umrini iymon va e’tiqod, ilm-ma’rifat, diyonat yo‘lida baxshida etgan ulug‘ zotlar xotiralarini e’zozlash. ular nomlari bilan bog'liq joylarni obodonlashtirishga alohida e’tibor berila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi "Imom al Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori asosida allomaning maqbarasi o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi. Bu yodgorlik majmui O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Shahrisabz xalq ustalari tomonidan 1998-yilda qurilgan. Majmua avvalambor ziyoratgoh, muqaddas qadamjo, so‘ng kundalik, juma, hayit namozlari o‘qiladigan joy vazifasini o‘taydi. Bu yerda hadis ilmini o‘rganish ishlarni amalga oshirish ham ko‘zlangan. Yodgorlik majmuining bosh rejasini tuzishda an’anaviy milliy me’moriy yechimlar (peshtoq, ravoq, gumbaz, ayvon va boshqa) asosida barpo etilgan binolar (maqbara, masjid, ma’muriy va boshqa inshootlar)bilan bezatilgan. Maqbara markazida oqishko‘k shaffof oniks toshdan ishlangan sag‘ana o‘rnatilgan. Maqbaraning o‘ng tomonidagi eshikdan zina orqali maqbaraning ostki qavatiga — daxmaga tushiladi. Yuqori qavatdagi sag‘ananing aynan ostida Imom al-Buxoriy jasadlari qo‘yilgan qabr marmartosh bilan qoplangan. Hovlining chap tomonida masjid joylashgan. Masjid — xonaqohning umumiy maydoni 786 kv.m. Peshayvonining umumiy mayd. 214 kv. m. Xonaqohva peshayvonda 1500 ga yaqin kishi namoz o‘qishi mumkin. Hovlining o‘ng qanotida ham peshtoqli va miyonsaroyli bino bor. Miyonsaroy gumbazi ham boshqa gumbazlar bilan bir xil shaklda va o‘lchamda qurilgan. Bu binoda kutubxona, ilmiy xodimlar xonasi va boshqa yumushlarga mo‘ljallangan xonalar mavjud. Bularning umumiy mayd. 946 kv. m. Peshayvonining mayd. 110 kv.m. Kutubxonada Qur’oni karimning noyob qo‘lyozmalari, turli nashrlari, Imom al-Buxoriy asarlarining nashrlari va boshqa kitoblar mavjud. Majmua to‘rida — maqbaraning orqa tarafida hadis ilmini o‘rganish uchun mo‘ljallangan o‘quv markazi — "Dorul hadio" binosi joylashgan.
O’zbekiston mustaqil Respublika deb e’lon qilingandan keyin mamlakatda Prezident I.A.Karimov rahbarligida amalga oshirilgan xayrli ishlardan biri chor va sovet mustamlakachiligi yillarida begunoh qurbon bo’lgan, o’tgan asrning 30-50-yillarida “xalq dushmani” sifatida qatag’on etilgan va shu sababli nomlari o’zbek xalqi hamda madaniyati tarixidan o’chirib yuborilgan siymolar xotirasini abadiylashtirish orqali tarixiy adolatni tiklash bo’ldi.
Respublika Prezidentining 1999-yil 12-mayda imzo chekkan Farmoyishiga ko’ra, Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish komissiyasi tuzildi. Shu yili iyul oyida hukumat qarori asosida “Shahidlar xotirasi” xayriya jamg’armasi tashkil etildi. Natijada bo’lg’usi muzeyning ko’rgazma vositalarini shakllantirish boshlandi. 2000-yil 12-may kuni Toshkentning Yunusobod tumanida barpo etilgan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuining tantanali suratda ochilishi mamlakat va xalqning ijtimoiy, madaniy va ma’naviy hayotida ulkan voqea bo’ldi, qisqa muddatda mazkur majmua tabarruk ziyoratgohlardan, yosh avlodlarni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan maskanlardan biriga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2001-yil 1-may sanali “Qatag’on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to'g’risida”gi Farmoni asosida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi barpo etildi.
Muzey 2002-yil 31-avgustda – mamlakatda ilk bor nishonlangan “Qatag’on qurbonlarini yod etish kuni”da tantanali ravishda ochildi.
Yodgorlik majmui va muzey barpo etilgan joy XX asrning 20-yillaridan to Ikkinchi jahon urushi boshlanguniga qadar sovet davlatining jazo organlariga qatlgoh bo’lib xizmat qilgan. Toshkent shahrida otilgan qatag’on qurbonlari shu yerdagi uchta qatlgohga dafn etilganlar. Yodgorlik majmui ana shu sobiq uch qatlgoh hududlarini o’zaro birlashtirib turadi. Agar ramziy sag’ana yodgorlik majmuining memorial markazi hisoblansa, muzey binosi uning ma’rifiy markazi bo’lib xizmat qiladi.
Muzey binosi Bo’zsu bo’yida, bahavo joyda joylashgan bo’lib, bir qavatdan iborat, yerdan balandligi 20 m. Dastlabki bino bir gumbazli 400 m2hajimdagi yagona ekspozitsiya zalidan tashkil topgan. Bino atrofi 28 ta naqshinkor ustunlar ko’tarib turgan ayvondan iborat bo’lgan. Uning umumiy maydoni 784 m2 tashkil etgan. Bino o’zbek milliy me’morligi an’analari asosida qurilgan. Muzeyning birinchi ekspozitsiyasi 6 bo’limdan iborat bo’lgan.
2007-yilning 31-avgustida Prezident I.A.Karimovning muzeyga tashriflari chog’ida, ushbu muzey faoliyatini yanada takomillashtirish, qatag’on qurbonlari tarixi va achchiq qismatini yanada kengroq o’rganish va ask ettirish maqsadida unga qo’shimcha bino qurish haqida aytib o’tildi. Ajdodlarning an’analarini davom ettirish, hozirgi kunlarning qadriga yetishga, ekspozitsiyada nafaqat bugungi kun, balki kelajak uchun ham g’oyat muhim ahamiyatga ega bo’lgan hujjat va eksponatlarni ko’rsatilishi lozimligi ta’kidlandi. 2008-yil 5-may kuni davlat rahbarining “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyining faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-861-son Qarori qabul qilindi.
Mazkur Qaror ijrosi natijasida muzeyda katta o’zgarishlar amalga oshirildi.
M uzeyning qayta ta’mirlangan va kengaytirilgan binosi qo’sh gumbazli ekspozitsiya uchun mo’ljallangan 3 ta zaldan iborat inshoot bo’lib, atrofini o’yma naqshinkor ayvon o’rab turadi. Ayvonning to’rt tarafidan 42 ta milliy naqshlar o’yilgan, bo’yi 5 yarim metrli ustunlar ko’tarib turadi. Binoning ekspozitsiya zallarining maydoni 960 m2 tashkil etadi. Ayvon qismi 640 m2, yer to’lasi 1568 m2.
Muzey ekspozitsiyasi 10 ta bo’limdan iborat: “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyning yangi ekspozitsiyasini tashkil qilish jarayonida O’zR Fanlar akademiyasi, O’zR Arxiv agentligi, Kartografiya boshqarmasi, O’zbekiston matbuot agentligi, O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Vesmistr Universiteti, O’zbekiston Badiiy akademiyasi, Mudofaa vazirligi, “Sovplastital” korxonasi bilan hamkorlikda ish olib borildi. Shu bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi, Milliy Xavfsizlik xizmati, Oliy sud fondlarida saqlanayotgan hujjatlardan ekspozitsiyada foydalanish uchun olindi.
Istiqlol yillarida mustabid tuzumi davrida harobaga aylantirilgan muqaddas qadamjolar, muhim tarixiy obidalarni qayta tiklash bilan bir qatorda yangi an’anaviy uslubdagi mo‘‘tabar maskanlarning bunyod etilishi xalqimiz ma’naviy taraqqiyotini belgilab beruvchi omillardandir.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita g‘oya va amaliy takliflari asosida bunyodga kelgan shahrimizdagi muhtasham «Minor» masjidi ana shu fikrlar dalilidir. Mazkur masjid o‘z loyihasida milliy me’morchiligimizning, butun dunyoda mashhur bo‘lgan masjid va madrasalarning azaliy an’ana va uslublaridan ijodiy foydalanilganligi bilan har jihatdan betakror, muazzam majmua bo‘lib qad ko‘tardi.
Masjidga «Minor» nomining berilishi uning shu nomli mahallada joylashganligi sabablidir. «Minor» aslida arabcha «manor» so‘zidan olingan bo‘lib, «mayoq», «balandlik» kabi ma’nolarga dalolat qiladi. Mazkur mahalla oqsoqollarining aytishicha, qadimda bu mahalla shaharning boshqa qismlariga nisbatan balandlikda joylashgan.
2014-yilning 4-oktyabr sanasi Muborak Qurbon hayiti arafasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari, me’mor va quruvchilar, mahalla oqsoqollari hamrohligida Minor masjidining ochilishida bevosita ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari masjidning ichki va tashqi ko‘rinishi, bahavo ayvonlari, milliy o‘ymakorlik san’ati asosida ishlangan ustunlar, bino qubbasidagi oltin suvi bilan ziynatlangan naqshu-nigorlarni ko‘zdan kechirib qo‘li gul ustalarimiz ijodiga yuksak baho berdi.
Yurtobishimiz ezgulik maskanini ziyorat qilish chog‘ida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashar ekan «Nima uchun O‘zbekistonimizning madaniyati bu qadar qadimiy degan savol berilsa, avvalo dinimiz, tufayli. Muqaddas islom dinimiz bo‘lmaganida biz bu qadar madaniyatga ega bo‘lmas edik, deya javob bergan bo‘lar edim» deya ta’kidladi.
Masjid barcha zamonaviy shart-sharoitlar va qulayliklarga ega. Masjid xonaqohi, pastki qavatdagi xonaqoh, imom va noiblar hamda boshqa barcha xodimlar xonalari ham zamonaviy isitish va sovutish tizimlari bilan ta’minlangan.
M asjidning to‘laligicha oq marmar bilan qoplanganligi unga o‘zgacha go‘zallik, ulug‘vorlik va hashamat baxsh etib turadi. Qadimiy va zamonaviy me’morchilik san’atini o‘zida mujassam etgan bu inshoot o‘zining maftunkorligi bilan ziyoratchilarni o‘ziga rom etmoqda. Yurtimizning mohir va qo‘ligul ustalari tomonidan ishlangan eshik-romlar, o‘ymakorlik san’ati qo‘llangan naqshinkor ustun va toqilar ziyoratchilar ko‘zida masjidni tom ma’noda san’at asariga aylantiradi.
Shuningdek, masjidning atrofi maysazorga aylantirilgan kvadrat maydonchalar bilan bezalgan bo‘lib, mazkur maydonchalarning ichiga turfa xil manzarali daraxtlar ekilgan. Trotuarlar chetiga dam olish uchun skameykalar o‘rnatilgan.
Istirohat bog‘iga aylangan masjidning tashqi hovlisi masjid rangiga monand bo‘lgan oq chiroqlar bilan bezatilgan. Masjidning old tarafidagi favvora ham masjid go‘zalligiga go‘zallik qo‘shib turadi va odamlarni o‘ziga jalb etadi.
«Minor» jome’ masjidi umumiy maydoniga jami 5000dan ortiq namozxonga mo‘ljallangan. «Minor» jome’ masjidining umumiy maydoni 4.5 gektarni tashkil etadi.
Masjid hovlisida ekilgan 1326 tup manzarali daraxtlar Yevropaning Belgiya qirolligidan keltirib ekilgan.
Masjid minorasining balandligi 45 metrni tashkil etsa, moviy gumbaz 34 metr balandlikda joylashgan.
Masjid to‘liq betondan ko‘tarilgan. Devorlarning ikki tomonidan maxsus qoplamalar bilan Xitoydan keltirilgan sun’iy oq marmarlar bilan qoplangan.
Masjid o‘ng va chap ayvonlaridagi to‘qqiz donadan o‘n sakkiz dona ustunlar, masjiddagi turli o‘lchamdagi o‘ttiz bir dona eshiklar Yevropaning Ukraina davlatidan keltirilgan Ukrainskiy Buk daraxtidan, Toshkent shahridagi «Ijod – ijod» hunarmandlar uyushmasi tomonidan yog‘och o‘ymakorlik ishlari amalga oshirilgan.
M asjid honahohining umumiy maydoni 1326 kv metrni tashkil etadi. Masjid mehrobi Samarqand viloyatidagi Registon majmuasi Tilla Kori jome masjidining mehrobidan nusxa olingan. Ushbu masjid qurilishida respublikamizning barcha viloyatidan mohir ustalar jalb etilgan va milliy hunarmandchiligimizning go‘zal namunasini ushbu masjidda ko‘rsatib berishgan.
Masjid mehrobining o‘ng tomonida «Alloh», chap tomonida esa «Muhammad» ismlari mohirlik bilan xattotlar tomonidan yozilgan. Mehrobning yon tomonlarida Qur’oni karim «Baqara» surasining 285-286 oyatlari yozilgan.
2007-yil boshida Prezidentimiz Farmoni bilan Hazrati Imom (Hastimom) jamoatchilik jamg‘armasi tashkil etilib, Hazrati Imom majmuasining asl tarixiy qiyofasini tiklash maqsadida bu yerda keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash va obodonchilik ishlari olib borildi.
Xazrati Imomning yangi ko‘rinishi qadimiy an’analar asosida yaratilgan bo‘lib, u ikki gumbaz va ikki minoradan iborat. O‘ng minora xorazmlik ustalar, chap minora samarqandlik hunarmandlar tomonidan bunyod etilgan. Minoralarning uzunligi 53 metrni tashkil etadi. Masjidga kiraverishda sandal daraxtidan ishlangan 20 ta ganch tushirilgan ustunli ayvon joylashgan. Gumbazlar darchalarining alohida loyihalashtirilishi, quyosh nurlarining tongdan ufqqa qadar masjidni yoritib turishiga imkon yaratgan. Ikki gumbazning ichki qismi tilla suvi bilan yurgizilgan.
H ar yili O‘zbekistonimizda 1 may “Favvoralar kuni” sifatida nishollanishi, hayotimizda bayramlarning soni yana bittaga ko‘paygaligidan darak bermoqda.
Suv aslida hayot ramzi sanaladi. Ayniqsa uning favvora bo‘lib otilishi va uning etlarni junbushga keltiradigan shabadasi qalblarimizga xushnidlik olib kiradi.
Shu bois aytadilarku, bayramlar tinch yurtga yarashadi deb.
“O‘zstandart” agentligi jamoasi ham xalqimizga favvoralar bayrami kunida yana bir bor xursandchilik tilaydi. Va qalblarimizda mehr-oqibat, samimiyat kabi tuyg‘ular ana shu favvorlar kabi otilib tursin.
2. Oʻzbekiston milliy arxitekturasi juda qadimiyligi, turli-tuman meʼmoriy yodgorliklari, yuksak nafosat mujassami boʻlgan mahobatli osori-atiqalari bilan diqqat-eʼtiborni tortadi. Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi eng qadimgi madaniyat markazlari hozirgacha arxeologik yodgorliklar qaʼridan ajoyib meʼmoriy xazinani namoyish etmoqda (Sopollitepa, Qoʻyqirilgan qalʼa, Tuproqqalʼa, Afrosiyob, Varaxsha, Poykend, Qanqa kabi). Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qoʻqon kabi koʻhna shaharlar oʻzining noyob meʼmoriy obidalari (Somoniylar maqbarasi, Magʻoki Attori, Chashmai Ayyub, Poyi Kalon majmui, Labi hovuz majmui, Samarqand Registoni, undagi Ulugʻbek madrasasi, Sherdor madrasasi, Tillakori masjid-madrasa va boshqalar) bilan dunyoga tanilgan. Oʻzbekiston meʼmorligi taraqqiyoti davrlari ichida tarixan eng ajoyibi Amir Temur va Temuriylar davri bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uni Uygʻonish — Sharq Renessansi sifatida taʼriflash odat boʻlib qolgan, „yer yuzining sayqali“ Samarqand, „bilim va odob gumbazi“ Kesh — Shahrisabz shaharlari, ayniqsa Amir Temur saʼy-ehtimoli, meʼmoriy vayu-yati (valiylikning koʻpligi) va karomati tufayli tubdan qayta qurildi. Oqsaroy, Koʻksaroy koʻshklari, Dor us-Siyodat madrasasi, Koʻk gumbaz, Jomeʼ masjid kabi mahobatli va hashamatli binolar qad koʻtardi. Shohizinda kabi meʼmoriy nekropol bunyod boʻldi. Koʻhna Kesh gullab yashnagan meʼmoriy bogʻistonga aylangani uchun Shahrisabz nomi bilan ulugʻlandi. Samarqand atrofida paydo boʻlgan marjon bogʻlar halqasi toʻrida Dilkusho koʻshki — Ishratxona, Chilustun koʻshki, kichik Oqsaroy koʻshki kabi xushbichim binolar, bir-biridan goʻzal Bogʻi Dilkusho, Bogʻi Naqshi Jahon, Bogʻi Shamol, Bogʻi Chinor kabi bogʻlar umuman meʼmoriy bogʻsozlik sanʼati ravnaqiga asos soldi. Hindistonga haqiqiy bogʻsozlik sanʼati temuriyzoda Zahiriddin Bobur bilan kirib kelganini hind sanʼatshunoslari eʼtirof etishadi. Hatto oʻrta asrlardagi Yevropa bogʻ-parklariga temuriy bogʻlari taʼsiri borligi sir emas. Xuddi shu davrda meʼmorlik bilan bogʻliq ilm-fan risolalari yaratilgani eʼtiborni tortadi. Agar Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Birjondiy kabi allomalar asarlarida meʼmorlikdagi garmoniyaga oid jihatlar matn orqali asoslangan boʻlsa, Ulugʻbek atrofidagi olimlar faqat astronomiyaga doir tadqiqotlar bilan cheklanmay, meʼmorlikka doir risolalar yozishgan, bogʻsozlik haqida dasturilamal yaratilgan. XVI asrda Buxorodagi xalq meʼmorlari dastxati bilan yaratilgan nodir meʼmoriy chizmalar saqlangan (OʻzFASHI fondida). Hozirgi zamon meʼmorligida keng qoʻllanilayotgan modul tizimi oʻzbek meʼmorligida miqyos nomi bilan qadimdan maʼlum.
Oʻzbekiston meʼmorligi tarixini oʻrganish yoʻlida anchagina samarali tadqiqotlar bajarildi. Ayniqsa, meʼmorlik bunyodkori xalq meʼmorlari ijodini oʻrganish natijasida qadim zamonlardayoq unut boʻlgan baʼzi meʼmoriy qonun-qoidalar siru-asrori ochildi. Hatto uzoq Misrdagi piramida ehromlar loyihasi haqidagi keyingi ikki asr davomida olimlar bahs etib kelayotgan muammo oʻzbek xalq meʼmorlari amalida saqlanib qolgan meʼmoriy alqonun-ulgutarh orqali oson yechimini topdi.
Oʻzbekiston meʼmorligining asrlar davomida avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan anʼanalari, qonun-qoidalari XIX asr — XX asr boshlaridagi mustamlaka davrida keskin zarbaga uchradi. Meʼmorlik ijodkorlari maʼmuriyat talabi ostida ishlashga majbur boʻldi. Meʼmorlikda baʼzi yangiliklar qatori qorishiq (eklektika), turli uslublar (rus, yevropa va boshqalar) kirib kelayotgan kapitalistik talablar bilan hamohang boʻldi.
Xalq meʼmorligi ikkinchi keskin zarbaga Sovet tuzumi davrida uchradi. Meʼmorlik davlat monopoliyasiga uchragani uchun meʼmorlar ijodi va tashabbusi tamoman inkor etilgani natijasida joylardagi yirik qurilishlar, ayniqsa, shaxsiy binokorlik cheklab qoʻyildi, oqibatda tajribali xalq meʼmorlari oddiy quruvchi, hatto mardikor darajasiga tushib qoldi. Meʼmorlik ijodi Moskva normativlari asosida bajarilishi milliy meʼmorlikni soʻndirib qoʻydi. „Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik arxitektura“ shiori XX asrning 2-yarmidan boshlab baʼzi ijodiy izlanishlarga yoʻl ochdi (Alisher Navoiy teatri, Muqimiy teatri binolari kabi). Oʻsha davrda yaratilgan diqqatga sazovor binolarda xalq ustalari ishtiroki bilan ijobiy natijalarga erishildi.
Mustaqil Oʻzbekiston meʼmorlik sohasida toʻgʻon boʻlgan gʻayri talablarga barham berdi, meʼmorlik ravnaqi uchun keng ijod ufqi ochildi. Toshkent va Samarqandda maxsus Arxitektura-qurilish institutlari malakali meʼmorlar tayyorlab bermoqda. Maxsus oʻquv yurtlarida rassom, haykaltarosh, ganchkor, naqqosh kabi mutaxassislar tayyorlanadi. Oʻzbekiston meʼmorligi keyingi oʻn yillik (1991—2001) ichida katta yutuqlarga erishdi. Ayniqsa, poytaxt Toshkent qiyofasi oʻzgarib, yanada obod boʻldi, mahobatli binolar qad koʻtardi (Turkiston saroyi, Oqsaroy, Toshkent hokimiyati, Oliy majlis binolari, Oʻzbek milliy teatri rekonstruksiyasi, Oʻzbekiston konservatoriyasining yangi binosi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Amir Temur va Alisher Navoiy haykallari va h. k.)
Me’morchilikning shakllanishi uning jug‘rofiy sharoiti bilan chambarchas bog‘liq.. U ko‘p jihatdan keskin kontinental iqlim juda issiq yoz, nisbatan sovuq qish hamda ikki o‘lkan sahro-Qoraqum va Qizilqum, Orol dengiziga quyuluvchi Sirdaryo va Amudaryolari, shimolda bepayon Qozog‘iston cho‘llari va janubi-g‘arbda past-baland tog‘lar bilan xarakterlanadi.
Markaziy Osiyo hududida qadimdan odamlar cho‘llarda chorvachilik bilan, vohalarda dehqonchilik bilan, tog‘ oldilarida esa har ikkisi bilan ham mashg‘ul bo‘lishgan. Dehqonchilik uchun yaroqli erlarning nisbatan kamligi ularning nihoyatda e’zozlanishiga sabab bo‘lgan. Insonning mazkur ikki faoliyat turlari, ularning fazoviy muhitlari yonma-yon bo‘lib, bir-birini to‘ldirib turgan.Hunarmandlik markazi bo‘lmish shaharlarda ba’zan nafaqat hunar bilan, balki dehqonchilik bilan ham mashg‘ul bo‘lishgan.
Markaziy Osiyo arxitekturasining tarixi jahon arxitekturasining tarixi tarkibiy qismi bo‘lib, u bilan chambarchas bog‘liqdir. Markaziy Osiyo arxitekturasining rivoji jahon arxitekturasining rivojlanish qonuniyatlariga binoan kamol topdi. Unga tutash bo‘lgan mamlakatlar arxitekturasi ta’sir ko‘rsatdi va o‘z navbatida bu mamlakatlar arxitekturasiga, ayniqsa Temur va temuriylar davrida ta’sir ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |