Arximed
(eramizdan avvalgi 287 - 212 yillar)
..bu Sitsiliyalik odam, tabiatan imkonsiz bo‘lgan aqliy qobiliyat egasi!«
Sitseron.
Arximed eramizdan avvalgi 287-yilda Yunonistondagi Sirakuza shahrida tug‘ilgan va butun hayotini mazkur shaharda yashab o‘tgan. . Uning otasi Fidiy ismli munajjim bo‘lib, shahar hokimi Gieron huzuridagi ko‘zga ko‘ringan arboblardan biri bo‘lgan. Arhimed ham ko‘plab zmondoshlari singari, Misrdagi Ptolomeylar sulolasi tomonidan asos solingan ilg‘or ilm-fan, yetuk mutafakkirlar olimlar va eng katta kutubxonalar maskani - Iskandariyada ta'lim oldi.
Iskandariyadagi ta'lim yakunlanganidan so‘ng, Arximed Sirakuzaga qaytdi va o‘z otasining xizmat vazifasini davomchisi sifatida faoliyat yuritdi.
Nazariy fan sohasida ushbu buyuk olimning mehnatlari tahsinga loyiq bo‘lgan. Arximedning asosiy ilmiy ishlari matematika va geometriya, gidrostatika, mexanika hamda fizika sohalaridagi muammolarining amaliy yechimlarga tadbiqi bo‘lgan. «Parabola kvadraturasi»asarida Arximed parabolaik segmentning maydonini hisoblash usulini batafsil bayon etdi. Shuni ta'kidlash kerakki, Arximed, integral hisoblashlar kashf etilishidan ikki ming yil avval ushbu yechimni uddalagan. «Aylana o‘lchamlari haqida» asarida esa Arximed «π» sonini qiymatini aniqladi va uning har qanday aylana uchun o‘zgarmas qiymat ekanligini isbotladi. Biz hozirgacha butun sonlarni Arximed o‘ylab topgan usul bilan hisoblaymiz.
Arximedning olamni anglashga bo‘lgan yondoshuvu va buning uchun qo‘llagan matematik usullari Pifagorchilar va Evklidning ta'limotlari bilan bog‘liq. U Pifagorchilar, Evklid va ulardan tashqari, o‘ziga zamondosh olimlarning ham kashfiyotlarini o‘rganib, atrofimizni o‘rab turga olam, jismlarning nazariy shakllari, zamon va makon tushunchalari hamda, moddiy dunyodagi amal qilayotgan qonuniyatlarni anglashga, va ularga ta'sir qilimoqchi bo‘linsa, nimlarni bilish kerak ekanligini jiddiy mushohadalar orqali tafakkur qiladi. U buyumlarning Evklid tadqiq qilgan geometrik xususiyatlarini, Pifagorchilarning sonlar nazariyasini ta'limotlarini yaxshi o‘zlashtirdi. Lekin ulardan farqli ravishda Arximed jismlarning faqat o‘lcham va shaklgagigina ega bo‘lib qolmay, balki ular ma'lum kuch ta'siri tufayli harakatlanishi yoki harakatdan to‘xtab muvozanatlanishi mumkinligini ilmiy asoslashga harakat qilgan va buni u matematikaning yangi yo‘nalishi sifatida, «geometrik shaklga ega bo‘lgan moddiy jismlar, ayni holatda holatda o‘z vaznini ham saqlashi» tarzida ifodalagan. Mohiyatan bu «ratsional geometriya» - mexanika, statika va gidrostatikaning boshlanishi deb hisoblash mumkin.
Aytishlaricha kunlardan bir kun Arximedga Sirakuza hukmdori murojaat qilibdi. U olimga o‘zining tojidagi oltin miqdorini uni yasash uchun zargarga berilgan oltin vazniga mos kelishi kelmasligini aniqlashni buyuribdi. Hukmdor topshirig‘ini bajarish uchun Arximed tinmay izlanib, turli hisob - kitoblarni olib bordi. Bir kuni u hammomdaligida suvda yotgan holda bir oyg‘ini ko‘tardi va oyoqning suvda yengilroq bo‘lib qolganini sezib, hammomdan chiqa solib «Evrika! Topdim!» deb xitob bilan hayqirdi. Demak, jismlar suvda yengil bo‘lib qolar ekan har bir jism, uning tayyorlangan moddasiga qarab suvda har xil cho‘kadi; demak oltin va kumushning suvda cho‘kishi ham turlicha bo‘lishi kerak!
Bu g‘oyani amalda sinash uchun Arximed ikkita quyma tayyorladi: biri kumushdan, ikkinchisi oltindan va ularning har ikkisi ham toj bilan bir xil vaznda. Arximed bu quymalarni idishdagi suvga navbatma - navbat solib, quymaning cho‘kishi natijasida idishdagi suv sathi qanchalik ko‘tarilganini aniqladi. Idishga tojni solib, Arximed uning hajmi quymalar hajmidan ortiq ekanini aniqladi. Shu yo‘l bilan zargar ustaning firib qilganligini fosh qilib berdi.
Bunday ko‘rinishda bizgacha yetib kelgan ushbu voqea - latifa aslida aniq emas. «Evrika!» - xitobi, ko‘pchilik o‘ylaganidek va eshitib ko‘nikib qolganimizdek, metallarning solishtirma o'g'irligini aniqlash bilan bog‘liq emas, balki, Arximed qonuni ochilishi jarayoniga taaluqlidir.
Arximed uzoq yillar davomida falsafa, osmon yoritkichlarining harakati, geometriya va sonlar nazariyasidan tashqari, eng jiddiy ravishda Gidrostatika bilan shug‘ullanar edi. U kemalarning suzushi, yuk chizig‘i, suv sig‘imi kabi muhim fizik omillar bo‘yicha izlanishlarni hisob kitoblarni doimiy amalga oshirgan.
Gidrostatika borasidagi izlanishlarini Arximed o‘zining «Jismlarning suzishi» asarida bayon qiladi. «Tasavvur qilamiz - mulohaza qiladi olim, - suyuqlik shunday tabiatga egaki, agar suyuqlik biror idishga zichlanmagan va boshqa bir narsa bilan siqilmayotgan bo‘lsa undagi bir sathda joylashgan va bir biriga jipsroq joylashgan zarrachalarning nisbatan kam siqilganlari, o‘ziga nisbatan tik joylashgan, nisbatan ko‘proq siqilganlari tomonidan itariladi.
Ushbu farazga asoslanib Arximed, quyidagi hodisalarni matematik jihatdan asoslab isbotlab beradi:
Suyuqlik bilan teng vaznga ega bo‘lgan jism unga tushirilganida (botirilganida) u suyuqlikka shunday botadiki, uning biror qismi suyuqlik ustiga chiqib qolmaydi va pastga harakatlanmaydi.
Agar suyuqlikdan ko‘ra yengilroq jism unga botirilsa, jism to‘liq botmay (cho‘kmay) qoladi va uning bir qismi suyuqlik yuzasida qoladi.
Agar suyuqlikdan ko‘ra yengilroq jism unga botirilsa, ushbu jism suyuqlikka shunday botadiki, bunda uning ining suyuqlikka botib turgan qismi hajmiga teng hajmdagi suv og‘irligi, ushbu jismning umumiy og‘irligiga teng bo‘ladi.
Suyuqlikdan ko‘ra yengilroq jism unga tushirilganida, jism hajmiga ten hajmdagi suv og‘irligiga teng kuch bilan yuqoriga itariladi.
Suyuqlikka undan ko‘ra og‘irriq jism tashlansa, u ushbu suyuqlik tubiga yetgunicha cho‘kadi va suyuqlik ichida o‘z hajmiga teng hajmdagi suyuqlik og‘irligi miqdoricha yengillashadi.
So‘nggi, 5-ta'rif amalda, hammaizga ma'lum bo‘lgan mashhur afsona - Sirakuza podshosi Gieronning toji tarkibidagi ma'danlar miqdorini topilishi bilan bog‘liq holda ochilgan Arximed qonunini ifodalaydi. Arximed qonuning ilk marotaba amalda qo‘llanilishi haqidagi ushbu mashhur hikoya qadimgi Rimlik Vitruviyning «Me'morchilik haqida» nomli asarida quyidagicha keltiriladi:
...o‘z mulohazalaridan kelib chiqib u ikkita quyma tayyorladi: biri oltindan, ikkinchisi kumushdan. Keyin u idishni chetlarigacha (lim-lim) qilib suv bilan to‘ldirdi va unga kumush quymani tashladi. Kumush quyma hajmiga teng hajmdagi suv idishdan toshib chiqib ketdi. Quymani chiqarib olib, idishga, undagi kamaygan suv miqdorini to‘ldirishga yetarlicha bo‘ladigan hajmda suv quydi va quyayotgan suvi miqdorini sekstariy bilan o‘lchab, qayd qilib oldi. Idish yana eng chetlarigacha limmo-lim suv bilan to‘ldi.
Bu orqali u ma'lum hajmdagi suvga qanday vazndagi kumush to‘g‘ri kelishini aniqlab oldi.
Huddi shu usul bilan u oltinni ham tegishli vazn va unga mos suv hajmi qiymatlarini aniqladi. U oltin quymasini suvdan olgandan so‘ng, idishni qayta to‘ldirish uchun sarflangan suv miqdori kumush quyma bilan bo‘lgandagidan kamroq ekanini aniqladi va bu orqali, teng vazndagi oltin va kumushning‘ hajmlari orasidagi farqni topdi!
Keyin esa u, idishni yana suv bilan to‘ldirib, unga tojni tashladi. Shuni aniqladiki, toj, o‘z vazniga teng bo‘lgan vazndagi oltin quymasiga nisbatan ko‘proq hajmdagi suvni siqib chiqardi; shu tarzda u zargarning toj tayyorlanishida ishlatgan hiylasini va toj tarkibidagi kumush aralashmasi miqdorini aniqladi.
|
Bu hikoyada faqat Arximedning tojning ma'danlar aralashmasidan iboratligi, ya'ni uning sof oltindan
emasligi haqidagi mulohazalari va xulosasi aniq tavsiflangan, ikkinchi modda kumush yoki o‘sha davrda jamiyatga ma'lum bo‘lgan istalgan ma'danlardan biri bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Lekin Arximedning bu kashfiyoti, tarixda ilk marotaba buyumlarning butunligini saqlagan holda uning kimyoviy tarkibini amaliy tahlil va nazorat qilishning fizik o‘lchash usullarini amalda qo‘llash hodisasi bilan ham ayniqsa qadr-qimmatlidir.
Arximed mexanika bilan ham o‘ta sinchkovlik va tirishqoqlik bilan shug‘ullangan. U o‘z davridagi mashhur bo‘lgan «Besh mexanizm» dan iborat va «Oddiy mexanizmlar» nazariyotini o‘ylab topadi va uni ilmiy doiralarga e'lon qiladi. Arximedning besh mexanizmi quyidagilar: Richag, Pona, Blok, Oxiri yo‘q Vint (Arximed vinti), hamda Chig‘iriq. Arximed mazkur mexanizmlardan turli xil muhandislik yechimlarida mohirona foydalanadi. Xususan binolar qurilishida richag va chig'iriq yordamida og‘ir va katta toshlarni yuqoriga chiqarish kabi kashfiyotlar, yoki, Arximed vintidan botqoqliklarni quritish uchun foydalanishlarni misol qilib keltirish mumkin. Arximed vinti xaqida so‘z borganda shun aytib o‘tish joizki, uni Arximedni aynan o‘zi kashf etmaganligini, balki, Arximed Misrliklar foydalanadigan shunga o‘xshash mexanizmni takomillashtirgan bo‘lishi ehtimoli ham katta. Arximedning mexanika borasidagi yutiqlari mamlakat mudofaa ishlarida ham katta yordam beradi. Olimning mexanika bilan qay darajada katta ishtiyoq bilan shug‘ullanganligini sizu bizga mashhur ibora - «Tayanch nuqtasini topib bersangiz yerni ko‘taraman!» degani ham isbotlab turibdi. Uning ixtiro qilgan mexanizmlari insoniyat kundalik xo‘jalik faoliyatida uzoq asrlar davomida xizmat qilib keldi. Biz uchun oddiy narsaga aylangan bolt - vint va gayka ham aynan Arximed vintining keying modernizatsiyalaridan kelib chiqqan tarixiy «innovatsiya» bo‘lgan. Arximed vintining o‘zini esa bugungi XXI asrda ham barchamiz o‘z honadonimizdan topishimiz mumkin: Go‘sht qiymalagich!
Ammo Arximedning bu kabi ixtirolari o‘z zamonasidagilar tomonidan doim ham munosib baholanmagan, aytish mumkinki, bu kashfiyotlarning qadr - qimmatini hamma ham anglay olmagan. Bunga sabab esa albatta, oddiy fuqaroning olim darajasida fikrlay olmasligi edi. o‘ziga nisbatan shubha va e'tirozlarni butunlay kasod qilgan va yuksak ilmiy salohiyatiga barchani lol qoldirgan ishini Arximed sayozlikka o‘tirib qolgan eshkakli, og'ir va katta gabaritli kemani ortilgan yuki va ekipaji bilan birgalikda, yaxlit holatda yan suvga qaytarib tushirganida uddaladi. Tarixiy manbalarda bu hodisa «..to‘plangan bekorchi avomning hayratiga sabab bo‘ldi» deb qayd etiladi.
Arximedning muhandislik yechimlarining yanada katta nafi eramizdan avvalgi 212-yilda, ikkinchi Puni urushi vaqtida Sirakuzaga hujum qilgan Rimliklar hamlasini bartaraf etish ishlarida katta yordam berdi.
Arximed loyihalagan harbiy texnikalar yordamida Sirakuza shahar mudofaasi uch yilgacha Rim qo‘shiniga hech qanday imkoniyat bermadi. Bunday loyihalardan birida, ko‘zgularning fokusida yorug‘lik nurlarini to‘plash va uni Rim harbiy kemalariga yo‘naltirish orqali, Rimliklarning yog‘ochdan yasalgan kemalarini yoqib yuborish edi. Bu loyiha muvaffaqiyat qozonib, keyinchalik undan Misrliklar ham foydalanishdi. Arximedning ushbu yuksak xizmatlari haqida Plutarx, Polibiy va Tit Liviylarning eslatmalari mavjud. Albatta, bu amaliy ahamiyati yuksak xizmat, qadimgi yunonlar orasida «π» sonining hayotdagi qiymatidan ko‘ra ko‘proq baholangani ham tayin.
Arximed o‘z ona shahri - Sirakuza mudofaasi chog‘ida vafot etdi. Rimlik askar uni bir ilmiy muammo bo‘yicha chuqur tafakkur qilib, yechim qidirayotgan vaqtida o‘ldirdi.
Rimliklar uch yillik urinishdan so‘ng baribir Sirakuzani bosib olishdi. Ammo ular Arximedning ilmiy ishlarini o‘zlashtirish yoki o‘rganishga hech qanday harakat qilishmagan. Bunga sabab Arximed asarlarini yoki ular topa olishmagan yoki, ular ham bu yuksak ilmiy manbalarni qiymatini tasavvur qilishmagan bo‘lsa kerak. Shuningdek, Sirakuzaliklar Arximedning qo‘lyozmalarini dushmandan qattiq yashirishgan bo‘lishlari ham ehtimoldan holi emas. Harholda ularda shahar uchun strategik ahamiyatga ega harbiy texnikalarning tayyorlanish usullari yozilgan edi. Arximed asarlari ancha asrlardan keyingina Yevropalik olimlar tomonidan topib olingan. Shu tufayli ham qadimgi zamon xabarchilaridan biri - Plutarx, Arximeddek buyuk olimning hech qanday asar qoldirmaganligini taajub va achinish bilan qayd etgan. Plutarxning yozishicha Arximed vafot etgan paytda juda qarib qolgan bo‘lib, uning qabriga shar va slindr tasviri tushirilgan yodgorlik o‘rnatilgan ekan. Uni Arximed vafotidan 137 yil keyin Sitsiliyaga tashrif buyurgan voiz va notiq Sitseron ko‘rganligini yozib qoldirgan. Bunday o‘ziga xos yodgorlik o‘rnatish bilan Arximedning sodiq shogirdlari buyuk ustoz xotirasiga ehtirom belgisi sifatida, uning eng ajoyib kashfiyotlaridan biri - Shar va Slindr hajmlari orasidagi munosabatni ochib berganligining ifodasini namoyish qilishgan ekan. Boshqa bir ma'lumotda esa bunday yodgorlik o‘rnatishni Arximedning o‘zi vasiyat qilgan degan fikr ham mavjud. Faqat XVI-XVII asrlarga kelibgina Yevropa matematiklari Arximedning ulardan ikki ming yil ilgari qanday darajadagi katta ishni qilib ketganligini anglay boshladilar.
Arximed ko‘plab shogirdlar yetishtirdi. Ular ham buyuk ustoz singari ilmiy kashfiyotlar, amaliy muhandislik yechimlarini yaratish ishtiyoqida mehnat qilishardi. Shunday shogirdlardan biri Iskandariyalik Ksetbiy ismli olim bo‘lib, uning buyuk ustoz ishi davomchiligidagi eng katta yutuqlaridan biri - tishli g‘ildirak bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |