Anov madaniyati – Ashxo-bod yaqinidagi Anov qishlog‘i atrofida joylashgan ilk eneolit va so‘nggi jez davrlariga oid qadimgi dehqonchilik manzilgohlari va shahar harobalari. Eneolit va jez davri manzilgohlari saqlanib qolgan shimoliy va jan. Anov te-paliklari ayniqsa dunyoga mashhur. Anov madaniyati ni dastlab amerikalik geolog R. Pompel-li va angliyalik arxeolog Shmidt tekshir-gan. Anov madaniyati qatlamlaridan xom g‘ishtdan qurilgan binolar qoldiqlari, turli mis buyum va zeb-ziynatlar, tosh yorg‘uchoqlar, sirtiga rang-barang naqshlar ishlangan sopol idishlar hamda jamiki borliqni vujudga keltiruvchi qudrat timsoli hisoblangan ayol haykalchalari topil-gan. Arxeologik qazishlar va aerofoto-suratlar eneolit davridayoq O‘rta Osiyo hududida eng ilk sug‘orish inshootlari barpo bo‘lganligini ko‘rsatadi. Eneo-litdan jez davriga o‘tish bosqichida so-pol buyumlarga naqsh ishlash bilan birga inson va hayvonlar shaklini ham chizish keng tus olgan. Anov madaniyati yodgorliklarini boshqa mintaqa topilmalari bilan qiyosiy o‘rganilishi natijasida jez davrida, mil. av. 3–2 ming yillik oxirida O‘rta Osiyo janubida ilk shahar madaniyati, qadimgi Sharq tipidagi mahalliy madaniyat vu-judga kelgan deb hisoblanadi.
10. Kursning maqsadi vazifalari
Qadimiy yodgorliklar xalqlaming madaniyati, ma’naviyati, qadriyatlari tarixidan darak beruvchi ashyoviy dalillar hisoblanadi. Shu 0‘rinda tarixni arxeologik yodgorliklar misolida targ‘ib etish va uning tarbiyaviy ahamiyatini ko'rsatish juda muhimdir. Shu bilan birga, mamlakatimiz hududida joylashgan arxeologik yodgorliklar va ulardagi topilmalar yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda, ulaming qalbida ko‘hna tarix va madaniyatga hurmatehtirom ruhini uyg‘otishda katta ahamiyatga egadir. Arxeologik yodgorliklar 0 ‘zbekiston madaniy hayotini o‘zida aks ettiruvchi juda muhim moddiy manba hisoblanadi. Bugungi kunda arxeologiya fani oldida turgan muhim vazifalardan biri o‘tmishning yo‘qolib borayotgan izlarini izlab topish, moddiy ashyolar va tarixiy yodgorliklar yoshini aniqlash, tahlil qilish va ilmiy sistemalashtirish asosida haqqoniy tarixni tiklash, uning ochilmagan sahifalarini o‘rganib, tarixdagi oq dog‘lami yo'qotishdir. 0 ‘zFA Arxeologiya institutining ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamiz hududida I960 yilgacha 301 mingtaga yaqin arxeologik yodgorliklar boMgan. Ulaming buzilishi va emirilishi, ekin maydonlariga qo‘shilib ketishi oqibatida 80—yillarga kelib, ulaming soni 9
mingtaga tushib qolgan va 90 - yillaming o‘rtalariga kelib, bu obidalaming soni bor-yo‘g‘i 5391 tani tashkil etgan.Keyingi yillarda tarixiy va arxeologik yodgorliklami saqlash va ta’mirlash bo‘yicha anchagina ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, arxeologik tadqiqot ishlarining ko‘larni ham kengaymoqda.
11. Toshkent vohasi muste davri yodgorliklari.Xo‘jakent manzilgohi Toshkent vohasidagi muste davriga oid g‘orturidagi yodgorliklaridan biri bo'lib, Toshkent shahridan 80 km shimoliy-sharqda Xo‘jakent qishlog‘i yaqinida, Chirchiq daryosining chap sohilidagi qoyatoshlar ostida joylashgan. G‘or shimoli-g‘arbga
qaragan, balandligi 2,5 m, kengligi 6 m, chuqurligi 4m. Makonda 1958— 1959 yillarda A.P.Okladnikov va X.Nasriddinovlar tadqiqot ishlarini olib borganlar. Uning madaniy qatlami g‘oming ayrim joylaridagina saqlanib qolgan. Tadqiqot jarayonida makondan 524 ta tosh qurollartopilgan. Shulardan paraqalar 88 ta, nukleuslar 49 ta, qolganlari tosh
uchirmalari va siniqlaridir. Topilgan qurollar levallua-muste madaniyatiga xos bo‘lib, Obirahmat va Teshiktosh makonlaridagi mehnatmqurollariga o‘xshashdir. Ko`lbuloq makonining 4— 8 qatlamlarigina muste davriga oiddir. Madaniy qatlamlardan 8300 dan ortiq tosh qurollari: har xil shakldagi nukleuslar, siniq uchrindilar, qirg‘ichlar, qoM cho‘qmorlari va boshqalar topilgan. KoMbuloqdan topilgan mehnat qurollari sonva sifat jihatdan Toshkent vohasi-ning boshqa joylaridan topilgan makonlardagi mehnat qurollardan farq qiladi. Faqat tishli qirg‘ichlar Bo'zsuvdagi muste davri qurol-lariga o‘xshash hisoblanadi. KoMbuloq madaniy qatlamlaridan tog‘ echkisi, ayiq, arhar vaboshqa hayvonlaming suyak parchalari, kul va gulxan qoldiqlari topilgan. O birahm at g‘or makoni Toshkent shahridan 100 km shimoli— sharqda, G‘arbiy Tyan— Shanning Chotqol tizmasidagi Paltov soyining yuqori sohilida joylashgan. G 'or yoysimon shaklda boMib,eni 20 metrdan ortiqroq, janubga qaragan, sathi keng, quruq va yorug‘. G‘or-makon 1966-1972 yillarda R.X.SuIaymonov tomonidan o'rganilgan. U mustening rivojlangan va so‘nggi bosqichlariga oid.
12. Samarqand makoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |