Qoratog’ I joy-makoni Dushanbe shahridan 50 km janubi-sharqda, O’tagan qishlog’idan 1 km janubi-sharqda joylashgan. Bu yerdan qirg’ich, teshgich, chopper, uchrindilar, tosh parchalari, nukleuslar, qayroq toshlar, qo’pol tosh chopqilari topilgan.
18. Kaspiy bo’yi mezoliti.
Joyitun madaniyatining vujudga kelishida mahalliy mezolit
Kaspiy bo‗yi ovchi va terimchi qabilalarining ta‘siri kuchliroq bo‗lib, ularni
joyitunliklarning o‗tmish ajdodlari deb hisoblash xato bo‗lmaydi. To‗g‗ri, Kaspiy
bo‗yi mezolitini Joyitun madaniyatining tashkil topishida birdan-bir manba bo‗lgan
deb qat‘iy aytib bo‗lmaydi. YUqorida qayd qilganimizdek, bu madaniyatning
tashkil topishida boshqa qo‗shni mezolit va neolit jamoalarining ham ma‘lum
ishtiroki bo‗lishi ehtimoldan uzoq emas. Ibtidoiy davr, shu jumladan neolit
madaniyatini o‗rganishda tosh buyumlar muhim va etakchi manba hisoblanadi.
Arxeologiyada ko‗pgina tadqiqotchilar u yoki bu qabilalarning madaniyat tarixini
o‗rganishda turmushda qo‗llanilgan sopol idishlar muhim manba ekanligi e‘tirof
qilinadi. Albatta, sopol buyumlarning manba sifatidagi ahamiyatini pasaytirib
bo‗lmaydi, biroq loyni pishirish usulida idishlar yasashni kishilar o‗tmish
tariximizda nisbatan ancha keyinroq, ya‘ni neolit davrida ixtiro qilishgan. So‗ngra
bu jarayon barcha qabilalarda birvarakayiga tashkil topmagan. SHuning uchun
bo‗lsa kerak, O‗rta Osiyo miqyosida topilgan ayrim neolit makonlarida sopol
buyum qoldiqlari kuzatilmaydi. Bas, shunday ekan, neolit davri madaniyatini
o‗rganishda ham tosh industriya etakchi manba bo‗lib kelaveradi. Arxeologiyada
tosh industriya deb, tayyorlangan buyum tiplarining muvozanatdagi yig‗indisi tushunilib, bu erda toshni paraqalash texnikasi, uni ikkinchi bor qayta ishlash, ya‘ni kertish usulida o‗tkirlash hamda buyumlar shakllarining doimiy saqlanishi kabi shartlar hisobga olinadi.
19. Janubiy o’zbekiston bronza davri yodgorliklari.
0 ‘zbekiston hududidagi bronza davri yodgorliklarini o ‘rganishda
S.P.Tolstov, V.I.Masson, Ya.G‘ulomov, A.Asqarov, B.A. Litvinskiy, MLA.Itina, Yu.A. Zadneprovskiy, V.I.Sprishevskiy, T.Shirinov, B.Matboboev, B.Abdullaev va boshqalar olib borgan tadqiqotlari diqqatga sazovordir. 0 ‘zbekistonning janubiy hududlarida, ya’ni Surxondaryo viloyati hududlarida ilk bronza davridayoq qadimgi dehqonchilik madaniyati shakllangan. Uning shakllanishida M urg‘ob vohasidan kelgan dehqonlar asosiy o ‘rinni egallaganlar. Ular dastlab Sherobod cho‘lini o'zlashtirib, Sopollitepa qish!og‘ini tashkil qilganlar. Keyinchalik sopollitepaliklar asta-sekin Ko‘hitong va Boysun tog‘ etaklari bo‘ylab shimoli-sharqqa siljiganlar va Sherobod daryosi bo‘ylab dehqonlarning qishloqlarini tashkil qilganlar. Tadqiqotchilar buyodgorliklami o ‘rganib, ulami Sopolli
madaniyati nomi ostida fanga kiritganlar. Sopollitepa manzilgohi Surxondaryo viloyatidagi Sherobodcho‘lida Qaynarbuloqsoy hududida topilgan. U Termiz shahridan 70km shim oliy-g‘arbida joylashgan. Bu manzilgoh Sherobod cho‘linio ‘zlashtirish jarayonida 1968 yilda L.I.Albaum tomonidan ro‘yhatga olingan. Uning tadqiqot ishlari bilan 1969-1974 yillarda A.Asqarov shug‘ullangan. Ushbu madaniyatga tegishli 20 dan ortiq yodgorliklar topilgarqo‘ton yodgorligi sopollitepaliklar asos solgan ilk shaharhisoblanadi. U Bo‘stonsoyning chap sohilicfa joylashgan boMib, 100 ga maydonni egallagan. Bu erning aholisi ham dehqonchilik bilan shug‘ullanib, kamida 500 yil shu erda yashaganlar.
20. Markaziy Farg’ona mezoliti.
Markaziy Farg‘onadan bu davriga oid lOOga yaqin joydan makonlar topilgan. Ulardan Ittak
qal’a, Sho‘rko‘l, Achchiko‘1, Yangiqadam, Bekobod, Zambor, Bosqumlar diqqatga sazovordir. U erlardan har xil shaklda retushlangan va retushlanmagan nukleuslar, qirg‘ichlar, paraqalar, mayda geometric qurollar topilgan. Bu erda ko‘proq mayda nukleuslar uchrab, yirik
nukleuslar deyarli uchramaydi. Daryo toshlaridan olingan uchrindilar ham bor. Bu erdan topilgan mehnat qurollari qora, yashil, jigarrang chaqmoqtosh, slanec va boshqa toshlardan yasalgan. Bu yodgorliklar ochiq joydagi makonlar bo‘lib, madaniy qatlamlar yo‘q. Tadqiqotchilar fikricha, Markaziy Farg'onadagi ilk va so‘nggi mezolit davri makonlar o‘sha vaqtning o'zidayoq tashlab ketilgach, buzila boshlagan. Hozirda bu joylar keng qum barxanlari ostida qolgan. Lekin mezolit va neolit davrlarida bu erlarda ko‘llar bo‘lgan. Ibtidoiy odamlar shu ko‘l sohillarda yashaganlar. Termachilik, ovchilik, baliqchilik bilan shug'ullanganlar. Tadqiqotchilar Markaziy Farg‘onadagi mezolit davri yodgorliklarini 2 guruhini aniqlab, uning rivojlanishidagi ilk va so‘nggi bosqichini
aniqladilar. Ilk mezolit davri miloddan avvalgi IX— VII yilliklarga oidbo‘lib, unga Ittak qal’a 2, Achchiqko‘l 1,7, YAngi qadam 1,2 vaToypoq 1 makonlari kiradi.Markaziy Farg‘onaning so‘nggi mezolit davri miloddan avvalgi VIming yilliklarga mansub. Unga Achchiqko‘l, Bekobod 3,4, Sho‘rko‘l 1,2, Madyor 11, Zambar 2, Toypoq 3,5,7 va boshqa joy makonlarni
kiritish mumkin.Markaziy Farg‘onadagi yashagan mezolit davri qabilalari xo‘jalik
hayotida ovchilik va termachilik bilan bir qatorda baliqchilik hammuhim rol o'ynagan. Bunga ularning ko‘llar yoqasida istiqomatqilganliklari imkoniyat yaratgan.
21. Joytun madaniyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |