O`rta Osiyoning tosh davri qabilalari moddiy madaniyati va xo`jaligi.
2
May 2–xafta
Mavzuga oid tematik karta
O`rta Osiyo eneolit davrida.
2
May 2–xafta
Mavzuga oid tematik karta
Janubiy O`rta Osiyo bronza davrida.
2
May 3–xafta
Mavzuga oid tematik karta
SHimoliy O`rta Osiyoda bronza davri
4
May 4–xafta
Mavzuga oid tematik karta
J.n
Janubiy O`rta Osiyo ilk temir davrida
2
May 4–xafta
Mavzuga oid tematik karta
SHimoliy-sharqiy O`rta Osiyo ilk temir davrida
2
Iyun’ 2-xafta
Mavzuga oid tematik karta
Janubiy O`rta Osiyo antik davrda.
2
Iyun’ 2-xafta
Mavzuga oid tematik karta
SHimoliy-SHarqiy O`rta Osiyo antik davri.
2
Iyun’ 3-xafta
Mavzuga oid tematik karta
Janubiy O`rta Osiyo ilk o`rta asrlarda.
2
Iyun’ 3-xafta
Mavzuga oid tematik karta
SHimoiy-sharqiy O`rta Osiyo ilk o`rta asrlarda.
2
Iyun’ 4-xafta
Mavzuga oid tematik karta
O`rta Osiyo o`rta asrlarda.
2
Iyun’ 4-xafta
Mavzuga oid tematik karta
J.n
Jami:
46 soat
Asosiy darsliklar va o’quv qillanmalar ro’yxati 1. Karimov I. Yuksak ma]naviyat yengilmas kuch. –T., 2008.
2. Avdusin D.A. Osnovo` Arxeologiya. M. 1989.
3. Artsixovskiy A.V. Arxeologiya asoslari. T. 1974
4. Nil’sen. Arxitektura Sredney Azii. T. 1986.
5. Sagdullaev A.S. Qadimgi O`rta Osiyo tarixi. T., 2002.
6. Sa`dullaev A. Qadimgi O`zbekiston ilk yozma manbaalarda. T. 1996
7. Srednaya Aziya v epoxu kamnya i bronzo`. M. 1966.
8. Amalrik A.S. Mongayt A.L. Chto takoЕ arxeologiya. M. 1959.
Yozma ish savollari
1
Arxeologik tadqiqot uslubiyati
2
Termiz arxeologik ekspediцiyasi va uning faoliyati
3
Xorazm arxeologik-etnografik ekspediцiyasi va uning faoliyati
4
Farg’ona arxeologik ekspediцiyasi va uning faoliyati
5
Toshkent arxeologik ekspediцiyasi va uning faoliyati
6
Paleolit davri mehnat qurollari.
7
Tosh qurollarining ishlanish uslublari.
8
Tosh qurollari turlari.
9
Shurf va uning turlari.
10
Madaniy qatlam.
11
Selung’ir makoni topilmalari.
12
Teshiktosh makonidagi ko’mish marosimi.
13
Ilk paleolit davri makonlari.
14
O’rta paleolit davri makonlari.
15
So’nggi paleolit davri makonlari.
16
Tosh keskich va tosh qirg’ich.
17
Sariyoz qoya tosh suratlari.
18
Xurtakasoy qoya tosh suratlari.
19
Qoya tosh suratlarining ishlanish uslublari.
20
Paleolit davri zeb-ziynatlari.
21
Кo’lbuloq makoni materiallari.
22
Mikrolit qurol turlari.
23
Mezolit davri o’q-yoyi.
24
Mezolit davri yodgorliklari.
25
Tosh paraqalar turlari.
MA`RUZALAR KURSI
K I R I Sh.
Arxeologiya so’zi asli yunon tilidagi ikki so’zdan kelib chiqqan bo’lib, «arxios» qadimgi, «logos» fan yoki so’z demakdir. Tarixiy fan insoniyatning o’tmishini, insoniyat jamiyati taraqqiyotining rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi, Arxeologiya fani ham aynan shu maqsadni amalga oshirishni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi. Shuning uchun ham fanda arxeologiya`ni tarixning bir qismi deyish rasm bo’lgan. Aslida arxeologiya`ni insoniyat tarixining eng uzoq davom etgan boshlanғich va sinfsiz davri desak to’ғriroq bo’ladi.
Arxeolog olimlarimizni fikrlariga ko’ra insoniyat tarixi, mehnat qurollarini yasashdan boshlanadi. Ajdodlarimiz tomonidan mehnat qurollarini yasash davri ya`ni, hayvonot dunyosidan ajralib chiqishi er sharining hamma joyida bir vaqtda sodir bo’lgan emas. Afrikaning efiopiya mamlakatida insoniyat ajdodlarining faoliyatlari 3 million yil muqaddam boshlangan bo’lsa, bizning Markaziy Osiyo mintaqasining O’zbekiston xududida bunday voqea hozirgi kunimizdan 1 million yil avval sodir bo’lgan. Ana shu 1 million yillik ajdodlarimizning tarixini qariyb 99,75 foizini sinfsiz jamiyat, faqat 0,25 foizinigina sinfiy jamiyat tashkil qiladi, xolos. Aniqroғi, insoniyat tarixini 99,75 foizi ijtimoiyiqtisodiy formatsiyalarining birinchisi bo’lgan ibtidoiy jamiyat tarixiga taalluqli bo’lsa, faqat 0,25 foizi sinfiy jamiyatlar: quldorlik, feodalizm, kapitalizm va imperializm kabilarni o’z ichiga oladi.
Tarix fani ajdodlarimiz tarixini yoritishda asosan ikki xil ko’rinishdagi manbaaga tayanadi: 1. Yozma manbalarga 2. Moddiy ashyolarga. Yozuvning ilk bora paydo bo’lganiga besh ming yildan ortiqroq vaqt bo’lganini va er sharining juda ko’p joylarida nisbatan ancha kech yuz berganini hisobga olsak, yozma manbalar faqat sinfiy jamiyatlar xaqidagina ma`lumot bera olishi mumkinligiga iqror bo’lamiz. Chunki yozuvning paydo bo’lish davri sinfiy jamiyatning vujudga kelish davri bilan bir vaqtga to’ғri keladi. Aniqroғi sinfiy jamiyatni boshqaruvchi davlatning paydo bo’lish bilan yozuvga extiyoj kuchayadi. Ilk yozuv va sinfiy jamiyat paydo bo’lgan hududlardan biri Misrdagi yozma manbalarda o’z atroflaridagi sinfsiz jamiyatda, ya`ni ibtidoiy tuzum sharoitida yashagan xalqlarning; urf - odatlari, kiyimlari, yuz tuzilishlari, xatto ularning bir - birlaridan farqlari, haraterlari to’ғrisida yozib qoldirganlar. Ammo bu ma`lumotlar biz uchun qanchalik ahamiyatli bo’lmasin bu yozma manbaalar ibtidoiy tuzumning oxirlarida yashagan odam-lar hayotini juda oz qismini yoritadi xolos.
Ajdodlarimizni eng qadimgi davridan to sinfiy jamiyat paydo bo’lgunga qadar, ayrim xollarda esa sinfiy jamiyatning kattagina kismini xam asosan arxeologiya fani o’rganadi va har tomonlama keng ma`lumotlarni beradi. Ta-niqli rus olimlaridan YU. N. Zaxaruk: «arxeologik manba-lar ko’p xollarda, yozma manbalarga qaraganda to’laroq va aniqroq ma`lumotlarni beradi. Chunki bu manbalar jamiyat-ni eng muxim tomoni bo’lgan moddiy ishlab chiqarish faoliyatini ko’rsatadi» - deydi. Shuning uchun ham arxeologiya yor-damchi fanlar qatoriga kirmay, u o’zining moddiy ashyolariga tayangan xolda, yirik tarixiy muammolarni xal qilish va-zifasini o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Arxeologiya ko’p qirrali fan bo’lib, u inson tarixining ilk shakllanishidan tortib, to ijtimoiy ongining ma`lum darajada taraqqiy etgunga qadar bo’lgan davrni o’rganadi. Arxeologik yodgorliklarni va ulardan qazib olingan topilmalarni o’rganishda arxeologlar arxeologiya fani uchun yaqin bo’lgan va xatto unga mutlaqo daxli bo’lmagan fanlarning yutuqlaridan ham foydalanadilar. Masalan u yoki bu yodgorlikning mutlaq yoshini aniqlashda va ba`zi arxeologik topilmalarni qotirishda fizika va kimyo fanidan foydalanadilar. Arxeologiya fani bir necha tarmoqlarni o’z ichiga oladi: numizmatika - tangalar to’ғrisidagi fanni, epigrafika - toshlardagi yozuvlarni o’rganuvchi fanni va nihoyat sfragistika - muxrlarni o’rganuvchi fanni. Insoniyatning qadimgi davrini aks ettiruvchi yozma manbalar bizgacha juda oz miqdorda etib kelgan. Moddiy manbalar esa arxeolog olimlarimiz tomonidan juda ko’plab topilmoqda va har tomonlama o’rganilmokda. Bu jarayon o’zining murakkabligi tufayli mutaxassis arxeolog olimlar tomonidan ancha qiyinchiliklar bilan amalga oshirilmokda. Bu jarayonning murakkabligi shundaki, ming xatto million yillar avval ajdodlarimiz tomonidan qoldiriyagan mehnat qurollari, ya`ni moddiy manbalarning barchasi ham qanday bo’lsa shundayligicha bizgacha saqlanib kelmaydi. Balki tabiatning ta`sir kuchi natijasida o’zgaradi. Buning ustiga ular doimo to’la ravishda saqlanib kelmaydi. Arxeologik topilmalarni to’la xolatda yoki chala xolatda topilishi, aniqroғi bizgacha etib kelishi u yoki bu yodgorlikdagi madaniy qatlamning qay xolatda saqlanganligiga ham boғliq. Madaniy qatlam odatda ibtidoiy odamlarning qarorgoxlarida materikdan to yuqori qatlamgacha bo’lgan oraliqda joylashib uni qalinligi ajdodlarimizni o’sha qarorgoxda uzoq yoki qisqa vaqt yashaganliklariga boғliq bo’ladi, agar uzoq vaqtlar yashagan bo’lsa qalin, oz muddat yashagan bo’lsalar yupqa bo’lishi mumkin. Umuman madaniy qatlam deyilganda ana shu qarorgoxda materikdan to ustki qatlamgacha bo’lgan qatlamdagi ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan mehnat qurollari va ularning chiqindilari, gulxan qoldiqlari tushuniladi. Umuman ajdodlarimiz tomonidan yasalgan va ularni faoliyatlarini aks ettiruvchi narsalarni o’zida saqlab qolgan tuproq aralashmasi madaniy qatlam hi-soblanadi. Madaniy qatlamlar ajdodlarimizni yashagan sharoitlariga qarab har xil bo’ladi: bitta yodgorlikda bir nechta madaniy qatlam mavjud bo’lib, ularning barchasi bir davrni mezolit yoki neolit davrini aks ettirishi mumkin. Ammo bu qatlamlarni birinchisi ilk davri bo’lgani uchun, undagi mehnat qurollari daғalroq va soddaroq bo’lsa, qolganlari asta sekin rivojlanishlari natijasida ixchamlashgan va takomillashgan bo’ladilar. Demak bir yodgorlikda misol uchun beshta madaniy qatlam mavjud bo’lib, ularning barchasi bitta neolit davriga mansub bo’lsa, bu neolit yodgorligida uch ming yil yashagan odamlarning dastlabki ming yilligiga oid mehnat qurollari sodda ko’rinishga ega bo’la-di. Keyingi ming yillikdagilari esa tobora takomillashib boradi. Shuni alohida ayniqsa joizki ayrim yodgorliklardagi madaniy qatlamlar yuqorida aytilganidek faqat bitta davrni emas balki bir nechta davrni ham aks ettirishi mumkin. Bunga misol qilib O’zbekiston xududida joylashgan Ko’lbuloq yodgorligini ko’rsatishimiz mumkin. Bu ajdodlarimiz ashell’ davridan to mezolit davrigacha bo’lgan davr mobaynida yashaganlar. Demak ular ashell’, must’e va yuqori paleolit kabi davrlarni o’z boshlaridan kechirganlar. Bu davrlarni bir biridan tabiiy qatlamlar ajratib turadi. Tabiiy qatlamlar, madaniy qatlamlardan farq qilib ularda ajdodlarimiz tomonidan vujudga keltirilgan mehnat qurollari yoki boshqa qoldiqlar bo’lmaydi. Chunki bu tabiiy qatlamlar insonlar tomonidan emas balki, tabiat tomonidan vujudga keltirilgan qumlik, tuproq kabilardan paydo bo’lgan qatlamlardir. Bular shamol, bo’ronlar uchirib kelgan va uzoq vaqtlar o’tishi natijasida yuzaga kelgan. Odatda bunday qatlamlar u yoki bu sabablarga ko’ra qarorgohlarda uzoq vaqt hayot to’xtashi natijasida sodir bo’ladi. Bunday sabablardan biri, ajdodlar o’z qarorgoxlarini o’zgartirganlaridan so’ng uzoq vaqt qaytib kelmaganliklaridir. U yoki bu yodgorliklarni madaniy qatlamlarini birin ketin o’rganilishi arxeologlar uchun juda katta ahamiyatga egadir. Chunki bunday o’rganish qarorgoxlardagi ajdodlarni birin- chidan taraqqiyot jarayonlarini ko’rsatsa, ikkinchidan ularni xronologiyasini ya`ni, sanasini aniqlashda katta
rol’ o’ynaydi. eng muximi bu madaniy qatlamlarda ajdod-larimizning arxeologlar uchun juda zarur bo’lgan moddiy ishlab chikaruvchi manbalarini ifodalovchi mehnat qurollari va ularni ma`naviy hayot faoliyatlarini ko’rsatuvchi dali-liy ashyolar saqlanib qolgan. Bu arxeologik ashyolarga suyan-gan xolda ularning bir birlaridan farqlari, yoshlari va tarqalgan xududlari aniqlanadi.,
Buday xolat esa o’z navbatida arxeologlarga ma`lum bir xudud uchun harakterli bo’lgan arxeologik madaniyatni ajra-tish imkonini beradi. Arxeologik madaniyatlar u yoki bu yod-gorliklarning mehnat qurollariga qarab yoki o’sha yodgor-liklarning nomlariga qarab ataladi. Masalan O’rta Osiyo xududida neolit davrida bir vaqtning o’zida uch xil yuna-lishdagi madaniyatlar mavjud bo’lgan.
Kaltaminor madaniyati,
Xisor madaniyati,
Joyitun madaniyati.
Kaltaminor madaniyatiga xos kabilalarni xo’jaliklari-ni asosan ovchilik- baliqchilik va termachilik tashkil qil-gan bo’lsa, Hisor madaniyati xo’jaligining asosini chorvachi-lik tashkil qilgan. Joyitun madaniyatiga oid yodgorliklar-da esa, bir vaqtni o’zida dehqonchilik va chorvachilik bilan shuғullanganlar. Kaltaminor madaniyatiga oid birinchi yod-gorlik Korakalpok avtonom respublikasining To’rtko’l tumanidagi Kaltaminor qishloғidan topilgani uchun o’sha er nomi bilan S. P. Tolstov tomonidan arxeologiya faniga ki-ritilgan. Joyitun madaniyati ham Kopet-Doғ bilan Қoraq-um oraliғidagi yalanglikdan birinchi topilgan ibtidoiy manzilgohni nomi. Hozirgi kunda maxalliy xalq tomonidan Joyi- tun deb atalgani uchun, bu manzilgoxni V. M. Masson tomonidan arxeologiya faniga Joyitun madaniyati nomi bi-lan kiritildi. Shuni aytish kerakki Joyitun qarorgoxla-riga o’xshash yodgorliklar keyingi yillarda juda ko’plab to-pilgan va ularning nomlari har xil. Ammo ular Joyitun madaniyati bilan deyarli bir xil bo’lganliklari uchun ularni nomlari har xil bo’lishidan kat`iy nazar ular ham bitta Joyitun madaniyati nomi bilan yuritiladi. Shunday qilib, u yoki bu nom bilan yuritiladigan arxeologik madaniyat maz-muniga ko’ra ma`lum bir geografik xududdagi bir necha ib-tidoiy makonlarni yiғindisi bo’lib, bularning mehnat qu-rollari, yashash tarzlari, urf-odatlari, kundalik mashgulot-lari bir birlariga juda o’xshash bo’ladi.
Mutaxassis arxeologlarning ilmiy ish jarayonlari bir muncha murakkab bo’lib, ular bir necha bosqichdan iboratdir. Birinchi bosqichda arxeolog qadimiy qarorgoxlarni topish uchun qidiruv ishlari bilan shuғullanadi. Bu qidiruv ishla-ri qarorgoxlarni davriga qarab, o’ziga xos usullar bilan olib boriladi. Masalan ғorlarda yashagan ajdodlarimizni qarorgoxlarini qidirishda birinchi navbatda ғorlarni oғzi quyosh tomon qaraganmi? yoki yo’qmi? shunga e`tibor beriladi. Chunki ibtidoiy odamlar o’zlariga qarorgox tanlaganlarida quyosh nuridan foydalanishga katta ahamiyat berganlar. Ik-kinchi navbada ana shu qarorgoxga yaqin joydan suv o’zani o’tganmi? yoki yo’qmi? bunga ham katta e`tibor berilgan. Sa-babi yashash joylari qanday yaxshi bo’lmasin suvsiz yashash mumkin bo’lmagan. Ana shu kabi talablarga javob bera ola-digan ғorlardagina ajdodlarimiz yashaganlar va o’zlaridan bizga meros qilib madaniy qatlamlarni qoldirganlar. Ik-kinchi bosqichda arxeolog ana shu topilgan qarorgoxlarda qa-zish ishlarini olib boradi. Bu qazish ishlarini olib bo-rishdan asosiy maqsad, avvalo qarorgohlardagi madaniy qatlamlarni nechtaligini aniqlash va ulardagi arxeologik materiallarni bir biriga aralashtirmay har qaysi qatlam-dagi ashyolarni alohida alohida qilib shifr belgilarini qo’yib olish bo’ladi. Uchinchi bosqichda arxeolog qazib olin-gan barcha arxeologik materiallarni to’plab olgandan so’ng ularni klassifikatsiya qilish bilan shuғullanadi, ya`ni ularni xajmiga, shakliga va hokazolariga qarab guruxlarga bo’ladi. To’rtinchi bosqichda arxeolog o’zi topgan o’sha ashyo-larni boshqa yodgorliklardan topilgan ashyolar bilan solish-tiradi va ular o’rtasidagi o’xshashliklarni topishga harakat qiladi. Shundan so’ng oxirgi xal qiluvchi bosqichda o’zining tarixiy xulosalarini bayon qilishga kirishadi, ya`ni arxeo-logik ashyolarni davrini, ularni funktsiyalarini va shu ashyo egalarining yashash tarzl'arini yoritishga kirishadi. Ammo bu jarayon juda murakkab va o’ta qiyin jarayon hisoblanadi. Ayniqsa u yoki bu yodgorlik hozirgi kunimizdan qancha uzoq davrga oid bo’lsa, shuncha mushkullik tuғdiradi. Masalan bronza asriga oid birorta yodgorlikdan topilgan sopol idishlarni xajmiga va shakliga qarab ularni funktsiyalari-ni ya`ni qaysi maqsad uchun foydalanganliklarini aniqlash mumkin. Lekin. ajdodlarimizni ilk faoliyatlariga oid bo’lgan shell’ va ashell’ xatto must’e davrining toshdan yasalgan mehnat qurollarini funktsiyalarini aniqlash juda murakkab masalalardan hisoblanadi. Sababi juda ko’p xol-larda ana shu qadimiy toshdan ajdodlarimiz tomonidan yasalgan mehnat qurollarini tabiatning ta`sir kuchi nati-jasida vujudga kelgan tabiiy tosh bo’laklaridan ajratish qiyin. Sababi ularni tashqi ko’rinishlari bir-birlariga juda o’xshashdir. Shunday bo’lishi tabiiydir. Chunki ilk bor ajdodlarimiz ham o’zlari toshdan mehnat qurollarini yasash-ga aqllari etmagan davrlarida tabiat ta`sir kuchi natija-sida yuzaga kelgan o’tkir qirrali tosh siniqlaridan kesish, chopish kabi ishlarni bajarishda foydalanganlar. Uzoq vaqtlarni o’tishi bilan ular ana shu tabiiy tosh bo’laklari-ni o’tkir qirralarini ahamiyatini tushunib etganlar. Nati-jada keyinchalik bir toshni ikkinchi tosh bilanr urib, ik-kinchisidan o’tkir qirrali uchirindilar paydo qila boshla-ganlar.
Arxeologiya fani o’zining ilmiy izlanish usullarini va echilishi lozim bo’lgan masalalarining kengligi tufayli gumanitar fanlar: antropologiya, etnografiya, poleontolo-giya, tilshunoslik, geologiya xatto aniq fanlar fizika, ki-myo, botanika, zoologiya, tuproqshunoslik va boshqa fanlarga suyangan xolda o’z maqsadlarini amalga oshiradi. Arxeolog-lar ajdodlarimizni ilk ishlab chikarish va texnika soxala-ridagi o’z davrini inqilobiy•darajasidagi bosib o’tgan ta-raqqiyot yo’llarini qadam baqadam o’rganib keladilar. Inqi-lob dar^ajasidagi ajdodlarimiz tarixida yuz bergan voqea-larga: O’q-yoyning paydo bo’lishini, ғildiraklardan foydala-nishga o’tishni, dehkonchilik va chorvachilikni vujudga keli-shini, xo’jalikda metaldan foydalanish sirlarini o’zlashti-rilishi kabi voqeliklarni kiritish mumkin. Insoniyat hayo-tidagi bu kabi yirik voqealarsiz hozirgi hayotimizdagi ul-kan yutuqlarni ko’lga kiritishimizni tasavvur qilish qiyin. YUrtboshimiz I. A. Karimov:» o’tmish tariximizni yaxshi bilmay turib kelajagimiz to’ғrisida fikr yuritish noto’ғri bo’ladi» deganlarida xuddi shu masalalarni nazarda tutgan bo’lsalar ajab emas.
Arxeologiya fani gumanitar fan bo’lib u tarbiya ishiga, insonlarni dunyoqarashlarini shakllanishiga, madaniyatini yuksalishiga xizmat qiladi. Arxeologik topilmalar o’zlari-ning moddiy ashyoligi va anikligi tufayli yaratilganligi hamda ulardan mehnat quroli sifatida foydalanganliklari sababli ular ajdodlarimiz kundalik hayotlarini aks etti-ruvchi, biz uchun qimmatli bo’lgan ma`lumotlarni beradi. Ammo bu ma`lumotlarni xajmi u yoki bu yodgorlikda arxeo-logik topilmalarni qay darajada saqlanganligiga va ana shu yodgorlikda qazish ishlarini arxeolog tomonidan to’ғri yoki noto’ғri usul bilan olib borishga ko’p jixatdan boғliq-dir. Agar arxeolog har qanday yodgorlikda qazish ishlarini olib borishda to’ғri usulni qo’llasa u ko’zlangan maqsadiga erishishi mumkin. Bordiyu noto’ғri usulni tanlasa. unda u nafaqat maqsadiga erisha olmaydi, balki fan olamida tuza-tib bo’lmaydigan xatto oғir jtsnoyatga teng bo’lgan qo’pol xa-toga yo’l qo’yadi. Chunki har qanday yodgorlikda arxeologik qazish ishlari bir marta bajariladi. Markaziy Osiyo xudu-didagi son sanoksiz yodgorliklarning yoshi o’rta asrlardan to bir million yilga teng. Demak, agar arxeolog tarixiy yod-gorliklarni qazish ishlarida noto’ғri usulni qo’llasa, biz uchun ajdodlarimizdan million yillar davomida meros bo’lib kelayotgan yodgorliklar poymol kilinadi va ular fan uchun o’z ahamiyatini yo’qotadi. Shuning uchun ham arxeologik yodgorliklarda qazish ishlarini olib borishga ma`lum dara-jada tajribalarga ega bo’lgan mutaxassislargagina ruxsat beriladi. Arxeolog tarixiy yodgorliklarda asosiy qazish ishlarini boshlashdan oldin, yodgorlik qaysi davrga mansub ekanligin bilish maqsadida arxeologlar tili bilan aytgan-da bo’yi ikki metr eni bir metr bo’lgan shurfini yodgorlikni satxidan to materikkacha kaziydilar. Bu bilan yodgorlikda nechta madaniy qatlam borligini va bu madaniy qatlamlarda qanday arxeologik ashyolar borligini bilib oladilar. Shun-dan so’ng asosiy qazish ishlarini boshlash uchun o’z usullari-ni belgilaydilar.