Yer tarixi va tosh asrining bosqichlari.
Yer tarixi 5 miliard yilni o’z ichiga oladi. Inson ta-rixi esa nisbatan ancha kichik bo’lib, u er sharini hamma joyida ham bir vaqtni o’zida boshlangan emas. Olimlar to-monidan er tarixi 4 ta yirik eraga bo’lingan: arxey, po-leozoy, mezozoy va kaynozoylarga. Shulardan oxirgisi kaynozoy erasi bo’lib, u odam paydo bo’lishidan ancha avval, ya`ni 60- 70 million yil ilgari boshlanib, odamlar hozir ham shu erada yashab kelmokdalar. Arxey davri er qobiғini dastlabki so.viy boshlagan vaqtiga to’ғri kelib, xali er sha-rida umuman hayot yo’q edi.
Poleozoyda dengizdagi mayda hayvonlar harakatga ke^-lib, so’ngroq baliqlar vujudga kela boshlaydi. Mezozoy davri esa yirik sudralib yuruvchilar taraqqiy etishi bilan harakterlidir.^ Hozir biz yashab to’rgan kaynazoy davrini olimlar uchlamchi va to’rtlamchi kabi davrlarga bo’lib o’rganganlar. Uchlamchi davrini o’zi ham 5 ga bo’linadi: paleotsen, eotsen, oli-gotsen, miotsen, pliotsen. Shulardan paleotsen, eotsen va oligotsenni birga qo’shib poleogen qatlamlari, oxirgi miotsen bilan pliotsenni esa neogen qatlamlari ham deyiladi.
To’rtlamchi davrni esa antropogen (antropos- odam, genezis- tuғilish) ya`ni odamning paydo bo’lishi, taraqqiy etishi hamda uni moddiy madaniyatini vujudga kelish davri deb atashgan. Neogenning oxiri va neogen bilan eopley-stotsenni oraliғida Afrikada Evropa va hamda Osiyoning janubida har xil turdagi maymunlar yashab, ularni^ hayot tarzlarida va jismoniy tuzilishlarida odamlarga aylana-yotganliklarini ko’rsatuvchi xususiyatlar mavjud edi. Bular jumlasiga driopiteklar, ramapiteklar, udobnopitek-lar va har xil ko’rinishdagi avstrolopiteklar kabi odam-simon maymunlar kirar edi. Bulardan uncha ko’p bo’lmagan neogon davri odamsimon maymunlarining bir qismi avstro-lopiteklarga (janubiy Afrika odami) xos xususiyatlarni: go’shtni iste`mol qilish, ikki oyoqlab yurish, mehnat malaka-lariga ega bo’lish va nihoyat sistemali ravishda mehnat qu-rollarini yasash kabilarni o’zlarida mujassamlashtirgan edilar.
Shuni alohida ta`kidlash joizki, ajdodlarimizni pay-do bo’lgan davrlardan to shu kungacha bosib o’tgan yo’llarini eng ko’pi tosh asriga to’ғri keladi. Tosh asri paleolit, mezolit va neolit kabi davrlarga bo’linadi. Paleolitni o’zi uch davrga bo’linib o’rganiladi: 1. Қuyi paleolit, 2. O’rta paleolit va 3. YUqori paleolitga. Қuyi paleolit davri arxeolog olimlarimizning ilmiy xulosalariga ko’ra ajdodlarimizni ilk bora mehnat qurollarini yasagan vaqt-laridan boshlangan. Bu jarayon er sharining turli joylari-da turli vaqtlarda sodir bo’lgan. Ammo qaerda va qachon boshlanganidan qat`iy nazar, Қuyi paleolit (qadimgi tosh asri) insoniyatning eng uzoq vaqt davom tarixini aks et-tirgan. Massalan: Afrika kit`asida bu jarayon 3 millidn yil avval boshlangan. Evropaning janubida va Osiyoda 1 million yil avval boshlangan. Tosh asri texnikasini tako-millashuvi natijasida disk shaklidagi (rapidasimon nuk-leus (o’zak)) larni vujudga kelishi va ulardan o’tkir uchli uchburchaksimon otshep’ (uchirindi) larni yuzaga kelishi bi-lan quyi paleolit o’rnini o’rta tosh davri, ya`ni must’e davri oladi. Must’edan so’ng yuqori paleolit davri boshla-nadi. Agar Afrika kit`asidagi «Olduvay madaniyati» tari-xini kuzatadigan bo’lsak, u erda Қuyi paleolit hozirgi ku-nimizdan 2,8 million yil avval boshlanib, Evropani janu-bidagi va Osiyodagi must’e yodgorliklari tarixini boshla-nishiga qadar bo’lgan, o’rta hisobda 2 million 600 yuz ming yilni o’z ichiga oladi. Demak, Evropaning janubida, Osiyoda jumladan bizning O’rta Osiyoda must’e davri o’rta paleolit hozirgi kunimizdan 200 ming yil boshlanib, o’rta hisobda 160 ming yil davom etadi va o’rnini hozirgi kunimizdan 35-40 ming yil avval yuqori paleolit davriga bo’shatib beradi. Aniqroғi o’ziga nisbatan progressivroq bo’lgan yuqori pa-leolit davri bilan almashadi. YUqori paleolitni arxeolog-larimiz so’nggi paleolit ya`ni paleolitni oxirgi davri ham deyishadi. YUqori paleolit deyilganda million yilllar da-vomida, mehnat qurollarini o’ta sodda va qoloq bo’lgani uchun taraqqiyot juda sekinlik bilan rivojlanib, uning oxirida pichoqsimon uzunligi xatto 35 sm gacha bo’lgan o’tkir qirrali mehnat qurollari vujudga kelishi tufayli taraqqiyotda nisbatan keskin o’zgarishlar yuqori darajaga ko’tarilagani tushuniladi. Aslida yuqori paleolit va so’nggi paleolit bir xil ma`noni anglatadi. Yana shuni ta`idlash joizki 1960 yillarga qadar arxeologlar must’eni boshlan-gan davrini 100-80 ming yil bilan belgilar edilar. Masalan: A. P. Okladnikov O’zbekistondagi must’e davriga oid Teshiktosh ғorni yoshini 100-80 ming yil bilan belgilagan edi. Ammo 60- yillardan so’ng, butun jahon buylab must’e yodgorliklarini ko’plab topilishi va ularni o’rganilishi must’e davrini qariyib ikki baravarga uzaytirish fikriga olib keldi. O’zining mehnat qurollarini yasash texnikasi bo’yicha Қuyi va o’rta paleolitga nisbatan juda yuksak dara-jaga ko’tarilgan yuqori paleolit davri, o’ziga nisbatan yana-da progressivroq bo’lgan mezolit davriga, bundan 12-10 ming yil avval bo’shatib beradi. Mezolit esa o’z navbatida hozirgi kunimizdan 8-6 ming yil avval neolit davri bilan almashadi. Neolit esa, bundan 5-4 ming yil avval bronza asri bilan almashadi. Aniqroғi eramizgacha bo’lgan III ming yillikda bronza davri boshlanadi. Ammo bronzagacha, neolit bilan bronza davri oraliғida eneolit davri ham bo’lib o’tgan. Shuni aytish kerakki, mis metallurgiyasi bronza me-tallurgiyasini boshlanғich qismi bo’lgan. Sababi metallar orasidi mehnat qurollari ilk bor misdan yasalgan. Shuning uchun ham bronza asrini boshlanishi misni eritib mehnat qurollarini yasalishidan boshlanadi deyishadi. Bronza esa mis bilan qalayni birikmasidan xosil qilingan metaldir. Demak, bronza asrini ilk davrini eneolit desak ham bo’la-veradi. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, ajdodlari-mizni xo’jaligida neolit davridan foydalanib kelingan tosh qurollar, bronza ayrini ilk davrida ham o’z mavqeini to’la saqlab qolgan. Ammo bir vaqtni o’zida tosh qurollar b.ilan bir qatorda misdan yasalgan mehnat qurollari ham xo’jalikda foydalanilgan. Shuning uchun ham bu davrni eneolit- «enus» yunonchasiga mis, “litos” lotinchasiga tosh ya`ni mis va tosh asri deb atalgan. Xurmatli kitobxon! Biz sizni ilk tosh asridan to temir asrigacha bo’lgan davr xaqida bi-roz bo’lsada tasavvur xosil qilish imkoniga ega bo’lishingizni ko’zlab, bu katta davrni bosqichma bosqich ekanligini ya`ni ajdodlarimizni qadimiy tarixi ham uzluksiz ta-raqqiyotdan iborat ekanligini ko’rsatishga harakat qildik. Ushbu qo’llanmani keyingi satrlarida bu ulkan davrni har qaysi bosqichi xaqida batafsilroq to’xtab, ularni bir-biridan farqlari, hayot tarzlari, nima uchun birini o’rniga ikkinchisini paydo bo’lishini , ya`ni ularni sabablarini, xo’jaliklarin asosini nimalar tashkil qilishini va shunga o’xshash ajdodlarimizni ko’p qirralarin o’z ishlarining chi-nakkam fidoiylari bo’lgan arxeologlarimizni XX asrda, aniqroғi shu asrni ikkinchi yarmida qo’lga kiritilgan yutuq-lariga suyangan xolda bayon qilishga harakat kilamiz.
Arxeolog olimlarimizni ilmiy tadqiqot ishlarining na-tijalari shuni ko’rsatdiki, insoniyat tarixining eng qa-dimiy va uzoq davom etgan bosqichi arxeologik jixatdan paleolit (qadimgi tosh asri) ga to’ғri kelib, bu paleolit davri geologik jixatdan p leystotsendan to golotsenning boshlanishigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Demak, pa-leolit butun antropogen( ya`ni odamni paydo bo’lishidan to shakallanishigacha bo’lgan 2 million 800 ming yil) ni qam-rab oladi, YUqorida eslatib o’tganimizdek ko’pchilik arxeo-log olimlar paleolit davrini quyi, o’rta va yuqori kabi davrlarga bo’lib o’rganadilar. Chunki paleolitning bu uchga bo’lingan har bir davri arxeologik jixatdan ham, antropo-logik jixatdan ham bir-biridan keskin farq qiladi.
Қuyi paleolit bu arxantrop va poleantroplarni yashagan davri bo’lib, bu uzoq davom etgan muddat ichida bir necha arxeologik madaniyatlar vujudga kelib, ular rivojla-nish qonuniyatlariga ko’ra bir-birlari bilan o’rin almash-ganlar. Insoniyat tarixini eng qadimgi madanyatini aks et-tiruvchi »Olduvey madaniyati» o’ziga nisbatan ancha ta-raqqiy etgan shell’ va ashell’ madaniyatlari bilan; shell’ va ashell’ madaniyatlari esa, nisbatan taraqqiy etgan must’e yodgorliklari bilan; must’e (o’rta paleolit) bilan, must’e madaniyati esa paleolitning so’nggi bosqichini aks ettiruvchi yuqori paleolit madaniyatiga xos yodgorliklar bi-lan o’rin almashganlar.
Shuni alohida ta`kidlash joizki 1960 yillarga qadar insoniyatni eng qadimgi madaniyatini aks ettiruvchi yodgor-liklar deb Frantsiyadan topilgan shell’ va ashell’ yodgor-liklarini ko’rsatar edilar. Bunday fikr o’z davri uchun ju-da to’ғri edi. Chunki 1960 yillarga qadar o’sha shell’ va ashell’ yodgorliklaridan ko’ra qadimiyroq birorta yodgorlik topilmagan. Shell’ va ashell’ madaniyatiga xos bo’lgan mehnat kuroli arxeologiya faniga qo’l chopqisi (ruchnaya ru-bila) nomi bilan kirgan. Bu qo’l chopqilarini shaklini ar-
xeologlar bodomsimon (mindalavidnaya), yuraksimon
(serdtsevidnaya) deb atar edilar. Bunday deyishlarga sabab xaqiqatan ham ular ana shu shakllarga yaqin edilar. Ularni bir tomoni bodomni ketiga o’xshatib qo’lda ushlashga moslash-tirilib to’mtoq qilingan. Қarama qarshi tomoni esa uchli nayza sifat qilinib, kesish. chopish kabi ishlarni bajari-lishiga moslashtirilgan. Xronologik jixatdan shell’ qo’l chopqilari ashell’ qo’l chopqilariga nisbatan qadimiy bo’lib, ularni yoshi arxeologlar tomonidan 800 ming yil bilan bel gilangan. Ammo bu xildagi yodgorliklarni yanada qadimiyroq yoshga ega bo’lganlarini topilishi mumkinligini nazarda tu-tib shell’ davrini 1 million yil bilan belgilaganlar. Shuning uchun ham shell’ qo’l chopqilarini ajdodlarimizni eng birinchi mehnat quroli deb hisoblab antropogen (odamni paydo bo’lishi) ni 1million yil bilan belgilagan-lar. Shell’ qo’l chopqisini oғirligi 1 kg dan 0,5 kg gacha bo’lib, ashell’niki 0,5 kgdan 300 gr gacha bo’lgan. Ashell’ aslida shell’ qo’l chopqilarni takomillashgan xili bo’lib, ularning xronologiyasi 500 ming yildan to 250- 300 ming yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga olgan.
Shell’ va ashell’ni yasash texnikasiga kelsak, tosh as-rining barcha bosqichlaridagi tosh qurollarni yasash texnika-si va ular bilan ajdodlarimiz qanday vazifalarni bajar-ganliklarini aniqlash maqsadida uzoq yillar mobaynida tajriba (eksperiment) lar o’tkazgan arxeolog olim S. A. Semyonovning fikricha, ibtidoiy odam qo’l chopqisini yasash-dan avval, tashqi shakli ana shu qurolni yasalishi uchun qu-lay bo’lgan qayroq tosh (gel’ka) ni yoki chaqmoq tosh (kre-men)ni bo’lagini topgan. Shundan so’ng uni ikkinchi tosh (Otboynik) bilan chekkalariga urib, to bu tosh bo’lagi qo’l chopqisi shakliga kirgunga qadar ishlov berilgan. Ya`ni un-dan bir necha o’nlab uchirindi (otshep’) lar uchirib olingan.
Yana shuni ta`kidlash joizki agar XX asrning 60- yil-larida shell’ va ashell’ davrlarini alohida bir-biridan ajratib o’rganilgan bo’lsa, hozirgi kunda har ikalasiga bir davr madaniyatini aks ettiradi deb qaramoqdalar. Shuning uchun ham ularni bitta nom bilan ya`ni ashell’ nomi bilan atamokdalar. Bunga asos qilib, keyingi yillarda asosan ashell’ tipidagi yodgorliklarni ko’plab topilayotganini shell’ tipidagilarni oz' ekanligini ko’rsatmokdalar. Bu fikrlardan kat’iy nazar, bir narsa juda aniq, u ham bo’lsa er shari Evropasining janubiy xududlarida va Osiyoning erlarida shell’ va ashell’ davri madaniyatini aks ettiruvchi yodgorliklar ko’p bo’lmasada topilmoqda. Ammo «Olduvey ma-daniyati» ga oid yodgorliklar hozircha Afrika kit`asidan boshqa joylarda topilganicha yo’q. Ma`lumki qadimgi aj-dodlarimiz tarixi ular tomonidan qarorgoxlarda qoldiril-gan. Madaniy qatlamlardagi tosh va suyaklardan yasalgan mehnat qurollarini turli tuman taqinchoqlar, gulxan qol-diqlari kabi ajdodlarimizni hayot tarzini aks ettiruvchi modd. y manbalarni atroflicha o’rganish natijasida yoritila-di.Paleolit davriga mansub bo’lgan arxeodlogik topilma-lar kaerda va qay xolatda joylashganliklariga qarab, aso-san ikkiga bo’linadi: 1 topilmalar ajdodlarimiz tomonidan qanday qoldirgan bo’lsalar, shundayligicha saqlanganligiga, ya`ni tabiatni ta`sir kuchi shikast etkazmagan xolda saq-langanlariga va 2. tabiatning ta`sir kuchi natijasida ma-salan zil-zila yoki tektonik 'siljishlar oqibatida bir joydan siljib, yomғir, qor, shamol kuchi bilan o’z joylari-dan boshqa joylarga siljib, o’rnashib qolgan topilmalarga bo’lib o’rganiladi. Birinchi xolatdagi topilmalar arxeolog-lar uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lgan ma`lumotlarni beradi. Ikkinchi xolatdagilari esa, tabiat tomonidan etka-zilgan turli darajadagi shikastlar tufayli ularni o’rga-nishda biroz qiyinchiliklar tuғdiradi. Ammo shunga qaramay ulrdan imkon qadar ma`lumotlar olinadi. Agar qarorgoxlar ғorlarda, ayvon kabi yarim ochiq joylarda joylashagan bo’lsalar arxeologlar ularni ғor qarorgoxlari, bordiyu den-giz va daryo bo’ylarida joylashagn bo’lsalar, ularni ochik qarorgohlar deyishadi. Arxeolog olimlarimizni ilmiy iz-lanish natijalari shuni ko’rsatdiki, er sharidagi eng qadi-miy odamlarining paydo bo’lish jarayoni er sharining juda katta qismida sodir bo’lib, bular orasida Afrika qi-t`asidagi mamlakatlarda joylashganlari shell’ va ashell’ odamlariga nisbatan uch karra qadimiy ekanliklari aniq-landi. 1960 yillarga qadar, yuqorida bayon qilganimizdek shell’ va ashell’ odamlari eng qadimiy hisoblanib, uni yoshi 1 million yil bilan belgilanar edi.Ammo 1960 yil-lardan boshlab Afrika qit`asida arxeologik qazish ishlari boshlangach, odamning paydo bo’lish tarixi 3 million yil bilan belgilandi.
1960 yilda Tanzaniya mamlakatining Olduvey darasida Luis Liki tomonidan odamsimon jonzotning suyak qoldiq-larini toshdan yasalgan mehnat qurollari bilan birga topi-lishi arxeologiya fani olamida juda katta voqea bo’ldi. Chunki bu erdan topilgan arxeologik ashyolarning yoshi ka-liyorgan usuli orqali 1,75-1,85 million yil bilan belgi-landi. Ammo bu xali oxirgi ma`lumot emas edi. 1960 yyl-lardan so’ng Luis Liki uni xotini Meri Liki va o’ғli Ro-bert Likilar tomonidan olib borilgan izlanishlar nati-jasida 2,1 million, 2,6 million va nihoyat efiopiya`ning Vest-Gona makonidan 2,8 million yil ko’rsatuvchi arxeolo-gik ashyolar topildi. Bundan ham qadimiyroq yodgorlikni to-pilishi mumkinligini nazarda tutib, insoniyat tarixi 3 milllion yil bilan belgilandi. Olduvey darasidan topil-gan jonzotga Noto- ‘a’Shz ya`ni bilaғon odam deb nom berdilar. Bunday nom bilan atalishlarini sababi ularni sodda va daғal bo’lsada, ko’p sonli mehnat qurollarini yasashni bilganliklari edi. Bu «bilaғon odam» larni qo’l va oyoq suyaklarini o’rganish shuni ko’rsatdiki, ular ikki oyoklab yurganlar va qo’llarida narsalarni maxkam ushlashni ham bilagnalar.
Shuni aytshi kerakki Luis Likiga nisbatan 70 yil av-val insoniyatning qadimiy ajdodlariga xos suyak qoldiqla-rini topgandlar ham bo’lgan. Masalan 1890-91 yillarda E. Dyubua Yava orolidA hozirgi kunda arxantroplar deb ata-layotgan qadimiy odamlarni suyak qoldiqlarini topib, unga pitekantrop ya`ni» to’ғri yuruvchi» yoki «tik yuruvchi» maymunsimon odam deb nom bergan. Ammo o’sha davrning bir gurux olimlari bunday fikrni tan olmaganlar. Lekin key-ingi izlanishlar natijasida 20 dan ortiq pitekantroplarga oid suyak qoldiqlarini toplishi va ularni har tomonlama o’rganilishi E. Dyubua fikrini nafaqat to’ғriligini balki bu pitekantroplar insonlar tuzilishini evolyutsiyasini shakllanish jarayonining.ma`lum bir bosqichini ko’rsatuvchi daliliy ashyo ekanligini namoyon kildi. Bu pitekantroplar hozirgi zamon odamlaridan o’z miya xajmlari bilan ko’prok ajralib tursalar ham, to’ғri yurishlari, qo’l harakatlari bilan kam farq qilar edilar. Demak pitekantroplarning miya xajmini o’sishi oyoq va qo’llariga qaraganda ancha orqada qolgan. Bunga sabab mehnat qurollarini juda sodda va od-diy bo’lganligidir. Pitekantroplarning miya xajmlari 900 sm3 bo’lib bosh suyak (cherep) lari ko’p xollarda maymun-larnikiga o’xshashdir. Ammo shunga qaramay pitekantroplar avstrolopiteklarga nisbatan ancha taraqqiy etgan bo’lib, ularni miya xajmi avstrolopiteklarnikiga nisbatan 1,5 ba-robar kattadir. Aniqroғi avstrolopiteklarniki 550-600 sm3 bo’lsa, pitekantropl.arniki eOOsm3 ni tashkil qiladi. Shuni alohida ayitsh kerakki, 20 dan ortiq pitekantrop-larni suyak qoldiqlari va ularni mehnat qurollarini bar-chasi tabiat kuchlarining ta`sir kuchi natijasida joyidan siljigan xolatida, ya`ni o’z madaniy qatlamlaridan topil-magani tufayli olimlar o’rtasida turli munozaralar kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Chunik madaniy qatlamlar bo’zilgani sababli suyak qoldiqlari bir joydan topilsa ularga tegish-li bo’tgan mehnat qurollari boshqa joylardan tarqoq xolat-da to, ilgan edi. Shuning uchun ham olimlar o’rtasida pitekantroplarni o’zlari mehnat qurollarini yasashni bilgan-larmi yoki yo’qmi? degan savollarni tuғilishiga olib keldi. Ammo 1954-1955 yillarda shimoliy Afrikada garchi uncha ko’p bo’lmasada aynan pitekantroplarni mehnat qurollariga o’xshash mehnat qurollari bilan birga pchtekantrop odamini pastki jag suyagini tabiat ta`sir kuchi shikast etkazmagan madaniy qatlamdan topilishi har qanday shubxalarga chek qo’ydi. Shundan so’ng pitekantroplarni mehnat qurollarini yasashni bilganliklariga ishonch xosil kilindi.
Қadimgi odamlar morfologik evolyutsiyasini tushunishda muxim ahamiyatga ega bo’lgan topilma 1927 yilda Xitoyning shimolida Pekindan uzoq bo’lmagan Chjoukoudyan ғoridan to-pildi. Bu ғorda arxeologik qazishlar natijasida juda ko’plab tosh qurollar bilan birga 40 dan ortiq erkaklar, ayollar va bolalarning suyak qoldiqlari topildi. Chjzouko-udyan ғorining arxeologik ashyolarini o’rganish natijalari bu joy qadimgi odamlarning ovchilik lageri ekanini ko’rsa-tish bilan birga ularni pitekantroplarga nisbatan morfo-logik ko’rinishlari ham ularni mehnat qurollarini ta-raqqiyoti ham ancha yuksak darajada ekanligini namoyish qildi. Bu erdan topilgan odamlar suyagini Sinantroplar ya`ni Pekin maymunsimon odami nomi bilan atadilar. (Sina-so’zi lotinchasiga Xitoy ma`nosini anglatadi). Si-nantroplar o’zlarini tashqi ko’rinishlari jixatidan pite-kantroplarga nisbatan hozirgi odamlar qiyofasiga ancha yaq-inlashgan bo’lib, ular davr jixatidan ham ancha keyingi davrga mansubdirlar. Sinantroplarni mehnat qurollari an-cha takomilllashgan va ma`lum qiyofaga ega bo’lganligini hi-sobga olib, ayrim olimlar ularni ashell’ qurollariga o’xshatadilar va ularni yoshini 300 ming yil bilan boshqala-ri 500 ming yil bilan belgilaydilar. Chjzoukoudyan ғorida-gi ko’p metrlik kul qatlamini topilishi shu ғor egalari-ning o’tdan foydalanganliklarini 'ko’rxatadi. Ammo ular olovni paydo qilishni bilganlarmi yoki yo’qmi? hozircha aniq fikrni aytish qiyin. eng qadimgi qarorgoxlarda olov-dan foydalanganliklarini ko’rsatuvchi kul qatlamlari umu-man yo’q. Masalan Olduvey darasida gulxan qoldiғi bo’lma-gan. Sinantroplar ғordan topilgan hayvonlarning suyak qol-diqlariga qaraganda asosan buғularni ov qilganlar va har xil mevalarni, daraxt ildizlarini iste`mol qilganlar. Olimlarning fikrlariga ko’ra, sinantroplar olovdan na-faqat isinish yoki hayvonlarni qo’rqitish uchun, balki o’lja-larini pishirib eyish uchun ham foydalanganlar. Sinantro plar pitekantroplarga o’xshab o’rta buyli qaddi-qomatga ega bo’lganlar. Sinantroplarni topilmalarini o’rganishning oq-ibatlari nafaqat Chjzoukoudyan’ qarorgoxi egalarini tari-xini balki, boshqa yodgorliklardan topilgan qadimiy ajod-larimizni suyak qoldiqlarini o’rganishda, ularni qiyofala-rini, taraqqiyot darajalarini aniqlashda ham katta ahami-yatga ega bo’ldi. Chunki boshqa yodgorliklardagi qadimiy aj-dodlarimizni suyak qoldiqlarini o’rganishda, ularni qiyofa-larini, taraqqiyot darajalarini aniqlashda ham katta aha-miyatga ega bo’ldi. chunki boshqa yodgorlikdagi qadimiy aj-dodlarimizni suyak qoldiqlari Chjoukoudyan’dagi kabi to’la to’kis- emas edi. Sinantroplarni 40 dan ortik ajdodlarga oid bo’lgan suyak qoldiqlarining miya xajmlari turlicha bo’lib, 900 sm3 dan 1200sm3 gacha edi. O’rta hisobda esa 1050 sm3 ni tashkil qiladi. Sinantroplarni tashqi tuzi-lishlaridagi o’zgarishlar va ularni mehnat qurollarini ta-komillashuv darajasi pitekantroplarga nisbatan hozirgi odamlarga ancha yaqinligin ko’rsatadi.
YUqorida ko’rsatib o’tilgan barcha qadimiy ajdodlarga mos keladigan ajdodlardan yana biri 1907 yilda Germaniya-dagi Geydel’bergga yaqin joydan topilgan qadimiiy odam-zodni pastki jaғi hisoblanadi. Bu topilmani kattaligi va daғalligi uni juda baquvvat bo’lgan jonzotga mansubligi-dan dalolat beradi. Bu Geydel’berg odamining suyak qoldiq-laridagi qadimgi odamzotga xos belgilar bilan birga ho-zirgi odamga yaqinligini ko’rsatuvchi belgilar, Geydel’berg odamini morfologik taraqqiyot darajasini Sinantroplarga yaqinligini ko’rsatadi. Geydel’berg odamini tishlari yirik bo’lishiga qaramay hozirgi odamlarnikiga juda yaqin. Evro-pa xududidida Geydel’berg odamiga o’xshash qadimiy jonzot-lardan yana ikki xili ma`lum bo’lib, bulardan biri 1965 yili Vengriya`ning Verteshsellesh qarorgoxidan topilgan. Shuni aytish kerakki Verteshselleshdan jonzotning orqa miya suyagi topilgan bo’lib, u juda yomon saqlangan. Ammo, shunga qaramay uni miya xajmi 1400 sm3 deb aniqlangan. Bu xajm amalda neandertal’ odamiga ancha yaqin. ba`zi olimlar bu jonzotni juda qadimgi neandertal’ga oid bo’lib, u pite-kantrop va sinantroplarga o’tish davri odami desalar, ba`zilar Verteshsellesh odamni orqa miya suyagi yomon dara-jada saqlanganligi tufayli uni miya xajmini aniqlashda xatoliklarga yo’l qo’yilgan bo’lishi ham mumkin deydilar.
Bu xildagi ikkinchi topilma 1972- 1973 yillarda Bi-l’tsingenleben qarorgoxida Tyuringda topilgan. Bu erda odamzotning orqa miya va peshona suyaklarining bo’laklari bilan birga mehnat qurollari va hayvon suyak qoldiqlari ham topilgan. Bu topilmalarning analizi bu jonzotning juda qadimiyligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham ko’pchilik olimlar uni Evropaning pitekantropi degan fikrni ham aytganlar. Shuni aytish kerakki maymunsifat odamlar: pitekantroplar, sinantroplar, atlantroplar va Geydel’berg odamlari nisbatan iliq ob-xavoga moslashgan hayvonlar atrofida, ya`ni Afrikani kattagina qismida, Ev-ropa va Osiyoning janublarida yashaganlar.
Shunday qilib, yuqorida biz sanab o’tgan er sharidagi barcha qadimiy odamlar orasida eng qadimiysi Olduvey ma-daniyatiga oid avstrolopiteklar bo’lib, ular arxeologik jixatdan to’da davriga to’ғri keladilar. geologik jixatdan esa Қuyi pleystotsen davri bilan belgilanadilar. 1959 yi-li Tanzaniya`ning Olduvey toғini ilk to’rtlamchi qatlami-dan qadimgi odam suyagi topilib, unga zindjantrop deb nom berilib, uni yoshi 1,5 million yil bilan belgilangan bo’lsa, 1960- yilga kelib xudi shu Olduvey toғidan topilgan odam suyagiga prezindjantrop deb nom berilib uni yoshi 1,85 million yil bilan belgilandi. (prezindjantrop so’zi zindjantropdan oldingi odam degan ma`noni bildiradi.) Prezindjantropni « Noto Na’Shv» ya`ni «bilaғon odam» deb atashdi.
1967- yildan boshlab efiopiyani Omo vodiysida xalqaro ekspeditsiya o’zini qidiruv ishlarini boshlab, 10 dan ortiq qadimiy odamlarni suyak qoldiqlarini topishga muvaffaq bo’ldilar. Bularni yoshi kaliyorgan usuli bilan 2 million-dan 4 million yilgacha aniqlandi. Ammo mehnat qurollari-ni yasashni bilganlarini yoshi 2,1 million yilni ko’rsatdi. Dastlab Luis Liki so’ng uni o’ғli Robert Liki tomonidan 1965 yildan boshlab Keniya mamlakatini Rudol’f ko’li at-rofida olib borgan qidiruv ishlari natijisida avstrolo-piteklarni 5 milliondan 5,5 milliongacha bo’lgan davrda yashagan suyak qoldiqlari topildi. Ammo bular xali hayvonot dunyosidan insoniyat dunyosiga o’tmagan edilar, ya`ni bular xali mehnat qurollarini yasashni bilmas edilar. Lekin shu ko’l atrofidan Omo vodiysida yashagan va mehnat qurollari-ni yasashni bilgan avstrolopiteklarga nisbatan 500 ming yil avval mehnat qurollarini yasashni bilgan avstrolopi-teklarni qoldiqlari topildi. efiopiyani Vest-Gonasidan topilgan avstrolopiteklarning yoshi hozirgi kunda eng uluғi hisoblanib, uni 2,8 million yil bilan belgilgangan.
YUqoridagi aytilgan fikrlarga xulosa qilib, shuni aytish kerakki Olduvey madaniyatining ijodkorlari xali mehnat qurollarini yasashni bilmagan avstrolopiteklar emas balki, ana shu avstrolopiteklarning avlodi bo’lgan Noto ‘a’Shz (bilaғon odam) lar bo’lganlar. Chunki, bu madaniyatning eng qadimiysini mutloq yoshi Koobi Fora qarorgoxida 2,6 mil-lionni xuddi shu joyni qadimiyroq gorizontida esa 2,8 million yil bilan aniqlangan № 1470 raqam bilan belgi-langan xajmi 800 sm3 ga teng bo’lgan qadimgi odamni bosh suyagi topilgan. Aytilganlarning barchasi Olduvey madaniya-tini ijodkorlari tarixini 3 million yil bilan belgilay-di. Lekin bu fikr bilan hamma antropologlar ham kelisha olmaydilar. Ular Olduvey madaniyatini tan olmaydilar. Bu madaniyatni yaratgan «bilaғon odam» larni avstrolopitek-lardan xech qanday farqlari yo’q deydilar. Lekin ko’pchilik paleolit davrining mutaxassislari Olduvey madaniyatini tan oladilar va uni odam tarixini boshlanishi bo’lgan quyi paleolit davri bilan belgilab, uni kishilik jamiyatini ashell’gacha bo’lgan taraqqiyot yo’li deydilar. Ular bunday kat`iy fikrga kelganlarida Olduvey odamlarini mehnat qurollarini yasaganliklariga va ulardan foydalanganlikla-riga asoslanadilar. Olduvey madaniyatini ijodkorlari odamlar bo’lgan. aks xolda ular har xil ko’rinishdagi garchi ko’rinishi sodda bo’lsada mehnat qurollarini bizga meros qilib qoldirmagan bo’lar edilar. Hayvonlar bo’lsa juda oddiy bo’lsada birorta mehngt qurolini yasamaganlar. Chun-ki ular bunga qodir emaslar. Shuning uchun ham biz bu mehnat qurollarini ijodkorlariga odamlar degan so’zdan boshqa nom bera olmaymiz deydilar. Shuni aytish kerakki avstrolopiteklar ham mehnat quroli sifatida kundalik hayotlarida toshlardan yoki yoғochlardan foydalanganlar, ammo tabiat qanday in`om etgan bo’lsa shundayligicha. Lekin, «bilaғon odam» lar esa o’zlari foydalanishga mo’ljallagan tosh bo’laklarini yoki yoғoch tayoklarni o’zlari uchun qulay shaklga keltirganlar. Xuddi ana shu xolat ular o’rtasiga aniq chegara yoki farqni qo’ygan. Birinchilari hayvonlar, ikkinchilari odamlar bo’lganlar. Shuni aytish kerakki Oldu-vey madaniyatini tan olmovchilar pitekantroplarni xaqiqiy birinchi odamlar deb tan oladilar. Avstrolopiteklar bilan «bilaғon odam» larni tashqi ko’rinishlarida xech qanday fa-RN yo’q. Pitekantroplarda esa avstrolopiteklarga nisbatan farq katta. Hozirgi odamlarga yaqin xususiyatlar ko’prok deydilar. Ammo ular pitekantroplarni «bilaғon odam»lardan qariyib ikki barorbar keyin yashaganlarini, bunday katta davr mobaynida tashqi ko’rinishida ancha o’zgarishlar bo’lishi tabiiyligini hisobga olmaydilar.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, XX asrni oxirgi choragida olib borilgan ilmiy izlanishlar shuni ko’rsatdi-ki, avstrolopiteklar insoniyatning eng qadimgi ajdodlari bo’lganlar. Bu ikki oyoqlab yuruvchi jonzotlarning eng ta-raqqiy etgan guruxlari tomonidan 3 million yil avval sha-rqiy Afrika xududida Olduvey madaniyati yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |