Arxeologiy a


Arxeologiya fanida davrlashtirish va yodgorliklarni



Download 2,06 Mb.
bet44/66
Sana31.05.2022
Hajmi2,06 Mb.
#621700
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66
Bog'liq
7d40f436fd722434959f5183df8299e9

Arxeologiya fanida davrlashtirish va yodgorliklarni yoshini aniqlash masalalari.
Ma`lumki butun insoniyat tarixi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning taraqqiyotiga qarab yirik davrlarga bo’lingan. Bular orasida ibtidoiy tuzum eng qadimiysi va uzoq davom etgani bo’lib, bu davr asosan arxeologlar tomo-nidan o’rganiladi. Arxeologlar tarixiy yodgorliklarni ta-raqqiyotidagi rivojlanish jarayonini o’zluksizligini aniq-roq ko’rsatish maqsadida ularni davrlashtiradilar. Bu davr-lashtirishga asos qilib, ajdodlarimizni mehnat qurollari-ni takomillashib borishini, ularni yasashlaridagi texnika-ni o’zgarishini oladilar. Bu davrlashtirishga muvofik butun insoniyat tarixi tosh, bronza va temir davriga bo’linadi. Bu davrlar ham o’z navbatida mehnat qurollarini qay darajada takomillashuvlariga qarab yana davrlarga va o’ziga xos ma-daniyatlarga ajratiladi. Har qanday arxeologik davr aj-dodlarimiz bosib o’tgan tarixiy taraqqiyotning bir bo’lagi hisoblanadi. Agar Afrika kit`asida insoniyat tarixi 3 million yil bilan belgilansa, bizning Markaziy Osiyoda 1 million yil bilan belgilanadi. Ana shu 1 million yil ichida tosh asri uzluksiz ravishda rivojlanib, mehnat qu-rollari takomillashdi va ularni yasash usullari o’zining yuksak darajasiga ko’tarildi. Ajdodlarimizni onglari o’sdi va o’zlarini tashqi jismoniy ko’rinishlarida ham katta o’zgarishlar bo’lib, ular hozirgi zamon odami qiyofasiga ega bo’ldilar. Shuning uchun ham tosh asrini o’zi ham bir necha davrlarga: paleolit (qadimgi tosh asri), mezolit (o’rta tosh asri), neolit (yangi tosh asri) ga bo’linadi. Tosh asri bilan bronza asri oraliғida o’tish davrini aks ettiruvchi eneolit davri bo’lib, bir vaqtni o’zida ajdolarimiz mis va tosh qu-rollardan foydalanganliklari uchun bu davrni mis va tosh asri deyiladi.
Keyinchalik ajdodlarimiz mis va qalay birikmasidan mehnat qurollarini yasashni o’rganib olganliklari tufayli eneolitdan so’ng bronza asri boshlanadi. Bu bronza asri er sharining janubiy rayonlarida miloddan avvalgi III ming yillikda, bizning Markaziy Osiyoda esa II ming yillikni boshlarida boshlangan. Bronza asridan so’ng miloddan avval-gi 1X-U1 asrlarda temir asri boshlanadi. Shunday qilib, arxeologik davrlashtirish asosan mehnat qurollarini ri-vojlanishiga, ularni yasash jarayonidagi usullarni takomil-lashuviga qarab qilinadi. Chunki bu jarayonlarda insoniyatning asosiy tarixiy taraqqiyot belgilari aks etgan bo’ladi. Davrlashtirishni yuzaga keltirish ya`ni uni ishlab chiqish ko’p jixatdan arxeologiya`ni tarixiy fan sifatida taraqq-iy etishi bilan boғliq. Hozirgi zamon arxeologiyasini davrlashtirishni ishlab chiqilishiga XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida asos solingan. Demak arxeologiyada davrlashtirish yuz yildan ortiqroq vaqtdan beri takomilla-shib kelmokda. Arxeologiya`ni vazifasi nafaqat tarixiy jarayonni va ijtimoiy hayotni moddiy manbalar asosida tiklash, balki tarixiy voqelikni sodir bo’lgan vaqtini ya`ni xronologiyasini aniqlashdan ham iborat. (xronologiya-sini aniqlash deganda u yoki bu yodgorlikni yoshini aniqlash tushuniladi). Xronologiya esa o’z iavbatida tarixiy jarayon-ni aks ettirilishida asoosiy negiz hisoblanadi.
Arxeologiya fanida ikki xil xronologiya mavjud bo’lib, biri nisbiy ikkinchisi esa mutloq xronologiya deyiladi. Nisbiy xronologiyadan foydalanishdan oldin har bir arxeo-log o’zi o’rganayotgan yodgorlikni va undan qazib olingan ar-xeologik topilmalarni har birini har tomonlama to’la to’kis o’rganishi shart bo’ladi. Chunki nisbiy xronologiya de-ganda bir yodgorlik va undagi barcha arxeologik toplmalarni ikkinchi mutloq xronologiyasi aniq bo’lgan yodgorlik va un-dagi arxeologik topilmalar bilan qiyoslab o’rganishni tu-shuniladi. Shunday ekan arxeolog o’z qo’lidagi arxeologik ashyolarni ikkinchi bir yodgorlikni ashyolari bilan qiyoslab o’rganish uchun birinchi navbatda u o’z ashyolarini ikir-chikirigacha ya`ni ularni soni, xajmi, texnikasi, ishlov be-rish usuli, u yoki bu mehnat qurolini yasashda qanday xom ashyolardan foydalanganligi va boshqalarini o’rganishi shart bo’ladi. Ikkinchi navbatda arxeolog qiyoslanishi ko’zda tu-tilgan boshqa yodgorlikni va undagi arxeologik ashyolarni xuddi o’zini ashyolarini o’rganganidek sinchikovlik bilan ku-zatadi. Shundagina arxeolog har ikki yodgorlikdagi farq-larni, o’xshashliklarni ajrata oladi va o’z xulosasiga ko’ra o’z o’rganayotgan yodgorlikni yoshini taxminiy aniqlaydi. Am-mo bu taxminiy yoshini aniqlash yuqoridagi harakatlar tu-fayli xaqiqatga ancha yaqin bo’ladi. Har bir arxeolog o’zi o’rganayotgan yodgorlikni, undagi arxeologik ashyolarni mut-loq xoronologiyasini aniqlashni istaydi. Ana shu istak amalga oshgan taqdirda, o’z ashyolari xaqida taxminiy emas balki aniq fikrlarni bayon etish imkoniga ega bo’ladi. Ar-xeologik yodgroliklarni, ulardagi ashyolar yiғindisini, xat-to qaysi madaniyatga mansubligini aniqlashda mutloq xronologiya`ni ahamiyati beqiyosdir. Mutloq xronologiyani
aniqlashda arxeologiya va tabiiy fanlarni o’.ziga xos uslublari bor. Agar u yoki bu yodgorlikni topilmalarini yiғindisi orasida tangalar bo’lib, ularni zarb qilingan yili ko’rsatilgan bo’lsa, arxeolog uchun mutloq xronologiya`ni
aniqlash oson bo’ladi. Ammo ko’p xollarda ayniqsa tosh asri yodgroliklarida bunday bo’lmaydi. Shuning uchun uzoq yillar davomida ortirilgan tajribalar tufayli yuzaga kelgan har xil usullar bilan mutloq xronlogiya aniqlanadi. Shuni
ta`kidlash joizki mutloq xronologiya`ni aniqlash uchun o’rganilayotgan yodgorlikda o’ziga xos shart- sharoitlar ya`ni har xil ko’rinishdagi yoshini aniqlovchi arxeologik ashyolarni bo’lishi shart. Ana shundagina mutloq xronologiya xaqida gap yuritish mumkin. Tosh asri yodgorliklarini mutloq yoshini
aniqlashda geologik, pole-ontalogik va poleobotanik ma`lumotlaridan foydalaniladi. Masalan o’lib qirilib ketgan hozirgi kunda esa avlodari qolmagan xayvonlarni suyak qoldiqlariga qarab (chunki bu xildagi hayvonlarni qachon yashaganlari geologik qatlamlardan ma`lum) yoki yodgorlikni madaniy qatlamlaridan tekshiruv uchun olingan tuproqlarni analizi orqali qadimiy o’simliklarni aniqlash yuli bilan yodgorliklarni mutloq xronologiyasi belgilana-di. Bulardan tashqari yodgroliklarni yoshini aniqlashda ta-biiy fanlar tomonidan ishlab chiqilgan boshqa usullardan, masalan radiokarbon usulidan ham foydalaniladi. Tashqa-ridan qaraganda ajdodlarimiz tarixini yoritishda kimyo va fizika fanlarini xech qanday aloqasi- yo’qdek ko’rinadi. Ammo bu yodgorlikni mutloq xronologiyasini va mehnat qu-rollarini hamda ularni yasashda foydalanilgan xom-ashyolar tarkibini o’rganishda ularning roli beqiyosdir. Bu usulga ko’ra u yoki bu yodgorlikni yoshini 5730 yil deb aniqlansa faqat 30 - 40 yilga xato qilish mumkin xolos. Demak tarixiy yodgorliklarni mutloq yoshlarini aniqlashda bu radiokarbon usulini ahamiyati arxeologlar uchun juda katta. Ammo bu usulni'kamchiligi yoshi 40 ming yilgacha bo’lgan yodgorliklar-ni yoshini aniqlay oladi xolos, ya`ni undan nariga o’ta olmaydi. Demak bu usul bilan yuqori paleolit va ungacha bo’lgan yodgorliklarni yoshini aniqlash mumkin xolos. O’rta va quyi paleolit yodgorliklarini yoshini aniqlashda esa kaliy organ usulidan foydalaniladi. Bu usul bilan yoshi 2 milliongacha teng bo’lgan yodgorliklarni mutloq yoshi aniqlanadi: Radiokarbon va kaliyorgan usullari kimyo va fizika fanlarining yutuqlari asosida vujudga kelgani uchun bu usullarni kimyo va fizika usullari desak yanada to’ғrirok
bo’ladi.
Agar respublikamizdagi arxeologik yodgorliklarni eng qadimiysini yoshini 1million yilga teng ekanligini hisobga olsak, yuqoridagi ikki xil usul bizning arxeologlarimiz uchun qoniqarli hisoblanadi. Ammo hozirgi kunda 4 million yoshgacha bo’lgan davrni ham aniqlay oladigan uslublar mavjud. Bu Kaliy karbon usuli bo’lib, bu usul bilan efiopiya-dagi Vest-Gona yodgorligini yoshi 2,8 million yil bilan belgilangan.



Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish