Markaziy Osiyoda neolit davri.
Neolit (yangi tosh) asri mezolitning ichidan o’sib chiqqan va nisbatan taraqqiy etgan davrini davomi bo’lib, o’zining alohida ajralib turadigan xususiyatlari bilan me zolitdan farq qiladi. Shuni aytish kerakki, nafaqat Mar kaziy Osiyo xududida, balki er sharining juda ko’p mamla katlarida neolit yodgorliklari mezolitga nisbatan jud ko’plab topilgan va o’rganilgan. Ularni o’rganish natijalar] shuni ko’rsatdiki, bu davrga kelib ajdodlarimizni xo’jali gida tub o’zgarishlar yuz beradi. Odamlar nisbatan qoloq yashashdan ancha taraqqiy etgan, o’z talablariga javob bera oladigan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka, ya`ni dehqonchilikk; va chorvachilikka o’tadilar.
Ma`lumki mezolit davrida bizni Markaziy Osiyo xu dudlaridagi ayrim yodgorliklarda dehqonchilikka o’tmaga!-bo’lsalarda chorvachilikni ilk ko’rinishlari namoyon bo’lgai edi. Neolitga kelib esa, nafaqat chorvachilikka, balki dehqonchilik bilan ham shuғullanuvchi jamoalar ham vujudga keldi. Bunday xolat ajdodlarimizni nafaqat moddiy ishlab chiqarishlarida, balki ma`naviy hayotlarida ham katta o’zga-rishlarga olib keldi. Ammo barcha joylarda ham o’zlashti-ruvchi xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tish bir vaqtni o’zida sodir bo’lmadi. Balki turli sabablarga ko’ra taraqqiyotni note^is rivojlanishi oqibatida bir vaqtni o’zida turli regionlarda turlicha rivojlanish yuzaga keldi. Masalan: Markaziy Osiyoning shimoliy qismida Kaltaminor madaniyatini sohiblari ovchilik, balihchilik va termachilik bilan shuғulllangan bo’lsalar, uning sharqiy qismida Hisor madaniyati odamlari chorvachilik bilan, janubida esa Joyi-tun madaniyatining odamlari dehqonchilik va chorvachilik bi-lan shuғullanganlar. Bu uch xil yo’nalishdagi xo’jaliklar bir vaqtni o’zida, ya`ni neolitni o’zida bo’lib o’tgan. Marka-ziy Osiyo neoliti o’rta hisobda eradan avvalgi U1-1U ming yillikdan to III ming yillikkacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Neolitga kelib, mezolitga nisbatan jamoalarni turli joylarga o’rnashuvlari ancha jadal sur`atlar bilan sodir bo’ladi. Natijada ular turli xildagi neolit davri mada-niyatiga ega bo’ladilar. Ularni xilma-xilligi mehnat qu-rollarida, xo’jalik asboblarida, turar joylarida va xo’ja-lik yuritish usullarida yaqqol ko’rinadi. Neolitga kelib, aholini soni ham juda sezilarli darajada ko’payadi. Olim-larimizni taxminiy hisob-kitoblariga qaraganda, agar me-zolitda aholini soni 5,32 mln. bo’lgan bo’lsa, neolitga ke-lib ularni dunyo bo’yicha soni 86,5 mln. ga etadi. Shuni ta`kidlash joizki, garchi neolitga kelib, o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tish nisbatan se-zilarli darajada bo’lgan bo’lsada, hali juda ko’p joylarda o’zlashtiruvchi xo’jalik xukmronlik qilar edi. Ammo shunga qaramay mehnat qurollarini yasashda va ularni turlarini ko’payishida katta yutuqlarga erishildi. Daraxtlarni qirqish va yoғochlarga ishlov berish kabi vazifalarni bajaruvchi bolta, tesha (teslo), iskana (doloto) larni roli oshdi. Shu bilan birga neolit davri davomida mezolitda boshlangan tosh qurollariga ishlov berish usullari tobora takomilla-shib bordi: o’zaklardan plastinkalarni uchirib olish texni-kasi va ezib ishlov berish (odjimnaya retush’) usulllari rivojlandi. ezib ishlov berish usuli bilan ilgarigidek kamon o’qlarini irғitib sanchishga mo’ljallangan nayza (drotik) larni, teshishga moslashtirilgan (prokolka) larni va pichoqlarni yasashda davqom etildi. Mikrolitlardan, ya`ni plastinkalarni siniqlaridan geometrik shakldagi moslamalardan va mayda uchirindilardan xanjar hamda nay-za uchlarini yasash ham takomillashdi. Mezolitda paydo bo’lgan boltalarni silliqlash (shlifovannne) takomillasha-di. Bunday xolatlar, ayniqsa o’rmonzor xududlarda jadal sur`atlar bilan rivojlanadi. Arxeolog olimlarni o’tkazgan tajribalari shuni ko’rsatdiki, boltalarni silliqlash va dasta o’tqazish uchun teshish kabi jarayonlar uncha ko’p vaqtni olmagan. XX asrni 70- yillariga qadar arxeologlarni o’rta-sida bitta boltani dasta o’tqazish uchun teshish jarayoni shunday uzoq davom etganini, otasini ishini bolasi, xatto nabirasi davom ettirgan degan tushuncha bor edi. Ammo key-in-gi yillardagi tajribalar shuni ko’rsatdiki, bitta bol-tani teshish jarayoniga 2-3 soat vaqt kifoya qilgan, xolos. Chunki neolit davri odamlariga nafaqat „boltalarni sil-liqlash texnikasi, balki ularni parmalash usuli (prosver-lenie) ham ma`lum edi. Boltalarda teshik xosil qilib, ularga dastalarni o’tkazilishiibtidoiy odamlarga juda kat-ta imkoniyatlar yaratdi. endi ular bu dastali boltalar yor-damida o’rmonlardan daraxtlarni kesib kelib uylar xatto qayiqlar yasay boshladilar. Қayiqlar odatda yo’ғon daraxt-larni tanalarini tosh boltalar yordamida o’yib yasalgan. Bu jarayon o’z navbatida katta mehnatni talab qilgan, albatta. Shuning uchun ham ajdodlarimizni bu kabi ishlarni bajar-ganliklarini ko’z o’ngimizga keltirganimizda ular bunday ishlarni bajarish uchun bir necha yillar davomida o’z vaqt-larini sarflagan bo’lsalar kerak deb o’ylaymiz. S. Krashen-nikov «Opisanie zemli Kamchatki» ning ikkinchi tomida Kamchatka kabilalarini bitta qayikni yasash uchun Zyil vaqt sarflaganliklarini yozadi. Vaxolanki 1957-yilda Angara ekspeditsiyasida tajriba o’tkazgan Semenov uzunligi 4 m, diametri 60 sm bshlgan qayiqni tosh va teshalar yordamida 10 kun ichida tayyorlab Angara daryosida suzgan. Қayiqni yasashda ikki kishi navbatma-navbat xar kuni 8 soatdan ish-laganlar. Қayiqni yarmi tosh teshada, ikkinchi yarmi esa mis teshada o’yib qayiq shakliga keltirilgan. Қayiqni burun to-moni mis tesha bilan 4 kun davomida, orqa tomoni esa tosh tesha bilan 5 kun davomida o’yilgan. Tajriba shuni ko’rsat-diki, mis tesha nefrit toshidan yasalgan teshaga nisbatan samarali ekan. Ammo mis tesha tez-tez o’tmaslashib to’rgan. Shuning uchun ham uni charxlab ishga yaroqli xolatga kelti-rib turilgan. Tosh tesha esa butun 5 kun davom etgan ish da-rayonida o’tmaslashmagan. 1957 yil 27 iyul’ kuni bu tajriba uchun yasalgan qayiq Angara daryosida sinovdan o’tkazilgan.
Neolitda aholi sonini o’sishi bilan ularni taraqqiyoti tobora yuksalib, menat qurollarini xillari ham ko’payib, ana shu turli qurollarni yasash uchun zarur bo’lgan chaqmoq-toshlarga ehtiyoj kuchaygan. Chunki million yillar davomida mehnat va ov qurollarini yasab tajriba orttirgan ajdodla-rimiz barcha turdagi toshlarni qaysi xil samarali ekanli-gini anglab etganlar. Nafaqat bizni Markaziy Osieda , balki er yuzidagi neolit odamlarini hammasi ko’p xildagi tosh jinslari orasida eng samaraligi chaqmoqtosh (kremen’) ekanligiga iqror bo’lganlar. Er yuzidagi barcha yodgorliklar-dan topilgan mehnat va ov qurollarini eng sifatlilarini chaqmoqtoshdan yasaganliklari buni guvoxidir. Chaqmoqtoshni bosh-qa tosh jinslaridan asosiy farqi shundaki, undan uchi-rilgan uchirindilarda va plastinkalarda boshqa turdagi tosh jins-lariga xos bo’lmagan o’tkir kirralar hosil bo’ladi. Ajdodlarimiz tomonidan uchirib olingan plastinkalardagi o’tkir qirralar shu qadar nozik va nafiski, ularni o’tkir-ligi xozirgi zamon lezviyasiga o’xshab ketadi. Bunday o’tkir qirrali mehnat qurollarini faqat chaqmoqtosh jinsidangi-na qilish mumkin edi. Boshqa tosh jinslarida bunday xusu-siyat yo’q edi. Ajdodlarimizga o’z davrlarida nima zarur edi? Birinchi navbatda yoғochlarga, suyaklarga ishlov berish uchun ularni qirqish, kesish, qirish kabi vazifalarni baja-ra oladigan o’tkir va keskir qirralar kerak edi. Bunday qirralar chaqmoqtosh o’zaklaridan uchirilgan uchirindilarda va plastinkalardagina bo’lar edi. Boshqa tosh jinslaridan uchirilgan uchirindi yokui platinkalarda ham qirralar bo’lar, ammo ular chaqmoqtoshlarnikiga nisbatan qo’pol va daғal bo’lib, ularni samarasi ancha past darajada edi.
Shuni alohida ta`kidlash joizki, ajdodlarimiz chaq-moqtoshlarni boshqa tosh jinslariga nisbatan afzallikla-rini neolitga kelib emas, balki ancha ilgari must’e davri-da ham anglab etganlar. Ammo bu chaqmoqtoshlar qaerlarda bo’lishini va ularni qanday qilib «ona qorni» dan ajratib olishni uzoq vaqtlar mobaynida bilmaganlar. Chunki chaq-moqtoshlar ajdodlarimizni ko’zlaridan ancha narida yashirin xolatda edilar. Chaqmoqtoshlar er yuzining turli joylarida turlicha xolatda xar xil qatlamlarda, aniqroғi ularni ora-sida turli xajmda joylashganlar. Masalan, Belorusiyadagi chaqmoqtoshlar Gomel’ viloyatini Volkoviskiy tumanini Krasno-sel’skiy qishloғida mel qatlami (melovoe otloje-nie) orasida joylashgan. Bizning Markaziy Osiyo xududida esa, arxeologiya faniga dastlab Uchtut ustaxonalari, so’ngroq esa qadimgi Uchtut konlari (Drevnie shaxtm Uchtu-ta) nomi bilan kirgan xozirgi Navoiy viloyatining Navoiy tumani xududidagi Uchtut qishloғidagi Қoratoғ yonbaғrida joylashgan. Bu Uchtut yodgorlik 1958 yili O’zFA ga qarashli tarix va arxeologiya institutining ilmiy xodimi X. Muha-medov tomonidan topilgan. Bu yodgorlikka birinchi shurfni A. P. Okladnikov solgan va bu yodgorlik mehnat qurollari-ni yasaydigan ustaxona bo’lgan degan fikrni aytgan. Ammo bu yodgorlikni uzoq yillar davomida ushbu satrlarni muallifi tomonidan olib borilgan izlanishlarni natijalari shuni ko’rsatdiki, bu yodgorlik nafaqat mehnat qurollari yasaladi-gan ustaxona, balki o’z baғrida poleogen qatlamida (toғ jinsi orasida) sifatli chaqmoqtosh harsanglarini «yashirib yotgan» xom-ashyo bazasi ham ekan. Shuni aytish joizki, Uchtut yodgorligi joylashgan Қoratoғ yonbaғrida asosan ikkita ta-biiy qatlam mavjud. Birinchisi geologlar tili bilan aytsak, poleogen, ikkinchisi neogen. Poleogen bu toғ jinsi bo’lib, uning ichida chaqmoqtoshlar joylashgan, neogen esa, shu Қoratoғ yonbaғrida million yillar mobaynida tabiat ku-chi ta`siri natijasida vujudga kelgan tuproq qtlamlaridan iborat. Bu poleogen ustini qoplagan neogen qatlamini qa-linligi xir xil bo’lib, pastdan yuqorigacha 10 sm dan 8 m gacha boradi. Neogen - bu tuproqlardan iborat er qatlami-dir.
Uchtut qshloғining Қoratoғ yonbaғirlarida bir-birlariga tutash bo’lgan 8000 m2 maydonda uchta uch xnl davrga mansub va o’z funktsiyalari jixatidan ham uch xil bo’lgan yodgorlik-larni borligi aniqlandi: 1.Must’e davri ustaxonasi 2.Ochiq usul bilan olingan xom-ashyo bazasi 3. Neolit konlari
Umumiy maydonning 4% ini must’e davri ustaxonasi, ochiq usul bilan xom-ashyo olingan maydon 40% ni va neolit konlari 56 % ni tashkil etadi. Uchtut kabi neolit davri chaqmoqtosh konlari er sharining juda ko’p joylarida: Ang-liya, Belgiya, Frantsiya, Pol’sha, Germaniya, Chexoslovakiya, Belorusiya kabi mamlakatlarda XIX va XX asrlarda topil-gan va keng miqyosda o’rganilgan. Ammo bizning Markaziy Osiyo xududida bu chaqmoqtosh konlari 1960 yillarga qadar ma`lum emas edi. Shuning uchun ham fanda Markaziy Osiyo xududida mexnat kurollarini yasash uchun neolit davrida chakmoktoshlarni uz baғrida saklagan xom-ashyo bazasi bo’lma-gan. Markaziy Osiyodagi neolit davri yodgorliklaridagi mehnat qurollarini barchasi Uraldan keltirilgan chaqmoq-toshlardan yasalgan degan nuqtai nazarlar mavjud edi. Bu kabi fikrlarga keluvchilar asosan Markaziy Osiyodagi ne-olit davri yodgorliklaridagi mehnat qurollarini rangini Uraldagi chaqmoqtoshlarni rangi bilan bir xil bo’lganiga tayanganlar, hamda Markaziy Osiyoda neolit konlarini yo’q-ligiga asoslanganlar.
Ammo 1966- 80 yillar davomida yuqorida nomlari ko’rsatilgan Қoratoғ yonbaғrida uchta yodgorlikda T. Mirsoa-tov tomonidan olib borilgan qazish ishlarini natijalari O’rta Osiyo xududidagi yodgorliklardagi mehnat qurollarni yasash uchun. hom-ashyoni, ya`ni chaqmoqtoshlarni Uraldan kelti-rilmaganini, balki o’z xududimizda ham neolit davri kon-lari bo’lganligini ajdodlarimiz ana shu Uchtut konlaridan xom-ashyolar, ya`ni chaqmoqtoshlar olib ishlatganliklarini isbotlab berdi. Uchtut yodgorligida 15 yil davomida qazish ishlari olib borilib. uni 8000 m2 maydonini 1871 m2 dan 38 ta kon (shaxta) topildi. Bu konlardan jami 111 ming 852 ta artefakt topilib, shulardan 2178 tasi mehnat quro-li ekanligi aniqlandi. Bu mehat qurollarining barchasi asosan ana shu Uchtut konlarini qazish va chaqmoqtosh har-sanglarini «ona qornidan» kavlab olish bilan boғliq bo’lgan tosh hamda suyaklardan yasalgan qurollardir. Bu qu-rollari orasida Uchtut konlaridan qazib olingan chaqmoq-toshlarni sifatini aniqlash uchun ulardan uchirib olingan «Kaltaminor madaniyati» ga xos bo’lgan plastinkalar ham mavjud. Kaltamior madaniyatiga xos plastinkalar deyil-ganda prizma shaklidagi nukleuslardan kolotushka va po-sredniklar yordamida uchirib olingan xar ikki yon qirralari pichoqsimon o’tkir qirrali va ifodali bo’lgan bir tomoni kemtikli plastinkalar tushiniladi. Bu xildagi plastinka-lar Buxoro vohasidagi neolit qarorgohlarining deyarli hammasida juda ko’plab uchraydi. Uchtut konlarida ham, ana shu tipdagi plastinkalarni borligi Uchtut konlarini egala-rini Kaltaminor madaniyatiga xos qabilalardan ekanligini yoki ularni Kaltaminor madaniyati qabilalari bilan juda yaqin munosabatda bo’lganliklarini bildiradi. Bu tosh qu-rollarni xar tomonlama o’rganish va ularni funktsiyalarini aniqlash juda katta ahamiyatga ega bo’lgan xulosalarga ke-lish imkoniyatini berdi.
Agar er yuzida xozirgacha bizga ma`lum bo’lgan chaqmoq-tosh konlarini aksariyati faqat neolit davriga mansub bo’lsalar, Uchtut yodgorligidagi chaqmoqtoshlardan foydlanish must’e davridan boshlangani ma’lum bo’ldi. Buni isboti si-fatida Uchtut konlari bilan yonma-yon joylashgan must’e us-taxonasini va undan topilgan must’ega oid mehnat qurolla-ri va rapidasimon o’zaklarni ko’rsatish mumkin. Uchtut yod-gorliklari joylashgan Қoratoғ yonbaғirlarida juda ko’plab jarliklar mavjud bo’lib, bu jarliklar tabiatni ta`siri ostida vujud-ga kelgan. Bu jarliklarda juda ko’plab toғ jinslarini katta va kichik bo’laklari yotadi. Bu bo’laklar orasida esa xar xil xajmdagi chaqmoqtoshlar joylashgan. Ana shu katta va kichik xajmdagi chaqmoqtoshlarni o’z ichiga olgan harsangtoshlar toғ tepalaridan yumalab tushishlari natija sida parchalarga bo’linib, toғ yonbaғirlarida juda ko’plab er ustini qoplab yotadilar. Izlanishlar shuni ko’rsatdiki ajdodlarimiz ana shu chaqmoqtosh parchalaridan xom-ashyo sifatida foydalanishlarini birinchi bosqichida ta-biat kuchi ta`siri natijasida yuzaga kelgan xom-ashyolardan baxramand bo’lgan bo’lsalar, ikkinchi bosqichda ularni o’zla-ri otboyniklar yordamida parchalangan toғ jinslari orasi-dagi chaqmoqtoshlarni olib ishlatgaklar. Bu arxeologik ji-xatdan yuqori paleolitga to’ғri keladi. O’chtutdagi must’e ustaxonasidagi 3,5 m lik madaniy qatlam 7 Ta gorizontga bo’linib, pastdan yuqoriga 7, 6, 5- gorizontlar must’e; 4, 3, 2, 1- lar esa yuqori paleolit davri bilan belgilangan. Shuni aytish kerakki Uchtut konlarini atrofi 3200 m2 may-donni egallaydi. Bu maydon konlar joylashgan maydonga nisbatan ancha yupqa bshlib, uni qalinligi 10 sm dan 2 m gacha. Shuning uchun xam ajdodlarimiz bu maydonda chaqmoq-toshlarni «ona qorni» bo’lgan poleogen katlamidan olish uchun shu qatlamni ustini qoplab yotgan neogen katlamidan tozalaganlar. Bu neogen qatlamidan tozalashda (o’tkazil-gan tajribalar shuni ko’rsatdi) xar xil ko’rinishdagi yoғoch qurollardan foydalanganlar. Poleogen satxi neogen qatlamidan tozalangach chaqmoqtoshlar ko’rinib, ularni xam yoғoch, suyak va 'tosh qurollar yordamida «ona qorni» dan qo’po-rib olingan. Bunday usul bilan chaqmoqtoshlarni olish, me-zolit davriga to’ғri keladi.
Shuni aytish joizki biz poleogen deb atayotgan toғ jynsi, neogen ya`ni tuproq qatlami bilan qoplanib yotgan-ligi tufayli quyosh nuri, shamol kabi tabiat ta`siridan saqlangan. Shuning uchun xam u ochiqlikdagi poleogen qat-lamlariga qaraganda (namlikni o’zida saqlagani uchun) bir necha bor yumshoq bo’lgan. Ana shu hususiyati ajdodlarimizga qo’l kelgan. Ular suyak qurollar xatto yoғoch asboblar yorda-mida poleogen qatlamini qazib, chaqmoqtoshlarni olish im-koniyatiga ega bo’lganlar. Uchtut shaxtalaridan topilgan buғu shoxlaridan qilingan qazish qurollari yuqoridagi fikri-mizni dalili bo’la oladi. Chunki Uchtutdagi 40 ga yaqin kon-lardan jami 240 ta buғu shoxidan yasalgan mehnat qurolla-rining qoldiqlari topilib, bular asosan kon (shaxta) lar-ni kavlashda ishlatilgan. Uchtut konlarini chuqurligi 2 m dan 7 m gacha. enlari esa xar hil: er satxida 1 m bo’lsa, ta-gida 2 m dan 4-5 m gacha bo’lgan. Shuning uchun xam Uchtut konlarini shakli xozirgi zamon quduqlariga o’xshab er sat-xidan tor bo’lib chuqurlashgach, tag qismida varonkaga o’xshab kengayib ketgan. Buning sababi shundaki ibtidoiy konchila-rimiz vaqtni va mehnatni iqtisod qilish uchun er satxidan quduqsimon konlarni qazishni boshlashda iloji boricha kon-larni oғzini tor doirada olganlar. Ammo ular tag qismida kengaytirishga majbur bo’l-ganlar. Chunki ibtidoiy odam uchun zarur bo’lgan chakmoktosh xarsangl_ari ana shu konlarni tag q i smid. d„ ya`ni poleogen jinsi orasida joylashgan. Agar ibtidoiy konchilarimiz quduqsimon konlarni tagini qancha keng doirada kengaytirsalar ular shuncha ko’p miqdorda chaqmoqtosh harsanglarini kavlab olish imkoniyatiga ega bo’lganlar. Shuning uchun xam Uchtutdagi topilgan shaxtalarning deyarli xammasi quduqsimon shaklga ega bo’lib, ularni tag qismlari ustki qismlariga nisbatan bir necha marotaba ayrimlari 10-15 marotaba kengaytirilgan. Ayrim xolllarda quduqsimon konlar tag qismlarida oddiygina kengaytirilibgina qolmay balki galereya shakldagi ko’rinishga xam egalar. Masalan Uchtutdagn shaxta №10 o’zini tag qismida 2 ta galereyaga ega. Bnrini uzunligi 4 m, bo’yi 1m 80 sm, eni 1 m dan 2 m gacha. Ikkinchi galereya nisbatan kichikroq. Xar ikki galereya`ni satxida xar xil xajmdagi: 20 sm x 25 sm, 35 sm x 55 sm chuqurchalar bo’lib, bular shu joylardan chaqmoqtoshlar olinganidan dalolat beradi. Umuman Uchtutdagi barcha shaxtalarni tag qismlarida yuqoridagi kabi chuqurchalarni
qoldiqlari juda ko’plab uchraydi. Bularni barchasi chaqmoqtoshlarni «ona qorni» hisoblanadi.
YU.qoridagilardan xulosa qilib, shuni aytish kerakki, xozirgi Navoiy viloyatining Uchtut qishloғidagi Қoratoғ yonbaғirlarida ajdodlarimkzni chaqmoqtoshlardan mehnat qu-rollarini yasash tarixi must’e davrida boshlanib, u uzluk-siz ravishda neolit davrida xam davom etgan.
Қoratoғ yonbaғrida'chaqmoqtoshlardan foydalanishni 4 ta bosqichi annqlangan: Birinchi bosqichda ajdodlarimiz tabiat kuchi ta`sirida in`om etilgan chaqmoqtoshlardan foydalan-ganlar. Ikkinchi bosqichda qisman tabiat kuchi ta`sirida yuzaga kelgan harsangtoshlar orasidan yirik otboyniklar yordamida chaqmoqtoshlar olingan va foydalanilgan. Uchinchi va to’rtinchi bosqichlarida esa chaqmotstoshlar poleogen qat-lamlari orasidan ya`ni ularni «ona qorni» dan inson aqli va mehnati tufayli olingan va foydalanilgan. Chaqmoqtosh-lardan foydalanishni birinchi bosqichi xronologik jixat-dan must’ega, ikkinchi bosqichi yuqori paleolitga, uchinchi bosqichi mezolitga va to’rtinchisi neolit davriga to’ғri ke-ladi. Neolit davrida sifatli xom-ashyoga, ya`ni chaqmoqtosh-larga bo’lgan ehtiyoj er sharining juda ko’p joylarida ku-chayadi. Chunki bu davrga kelib, sifatli mehnat qurollariga ehtiyoj juda kuchayadi. Sifatli mehnat qurollari esa faqat sifatli xom-ashyolardangina tayyorlanishi mumkin edi. Shu-ning uchun xam odamlar sifatli chaqmoqtoshlarni qidiraboshladilar. Ular inson ko’zndan qancha yashiringan bo’lma-sin, ularni ajdodlarimiz izlab topdilar, nafaqat topdi-lar, balki juda qiyin sharoitda oddiy mehnat qurollari yordamida *ona qorni» dan yorib oldilar. Natijada ana shu neolit davriga kelib, mehnat qurollarini turlari ko’pay-ib, ajdodlarimzni rivojlanish taraqqiyotida yuksak o’zga-rishlar sodir bo’ldi. Aynan shu davrga kelib ajdodlarimiz butun tosh asri davomida xukmronlik qilib kelaetgan o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tdilar. Shundan boshlab ajdodlarimizni xo’jaligini aso-sini endi o’zlashtiruvchi xo’jalik emas, balki ishlab chiqa-ruvchi xo’jalik tashkil qila boshladi. Bunday ishlab chiqa-ruvchi xo’jaliklarni ilk ko’rinishlari, hususiyatlari, paydo bo’lishlari haqida mezolit davrini bayon qilishimiz jarayo-nida qisqa to’xtab o’tgan edik. Shuni ta`kidlash joizki, bu jarayon asosan neolit davrida nisbatan ommaviy tarzda, ya`ni^kengroq miqyosda yuzaga kela boshladi.
Uzlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka nisbatan kengroq ko’lamda o’tishni aynan neolit davrida boshlanganini hisobga olib, Amerikalik arxeolog olim Gardon Chayld bu xodisani «Neolit inqilobi» deb ata-di. Bunday fikrga dastlab xamma olimlar xam qo’shilmagai-lar. Ular «inqilob» deganda ijtimoiy jixatdan ko’p o’zga-rish bo’lmoғi lozim, o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqa-ruvchi xo’jalikka o’tishda esa bunday o’zgarish bo’lmagan. Shu-ning uchun buni «Neolit inqilobi» deb bo’lmaydi degan fikrni bildirganlar.
Ayrim olimlar esa, «Neolit inqilobi» tosh asrini oxirgi bosqichida paydo bo’lib, bunga qadar bir necha yillar davomida xar xil ko’rinishlarda, faqat o’zlashtiruvchi xo’jalik yuritilganini hisobga olib, dehqonchilik va chorva-chilikka o’tnsh bu tub yangilik, boshqacha qilib aytganda bir sifatdan butunlay farq qiladigan ikkinchi sifatga o’tibgi-na qolmay maxsulotlzrni miqdori xam ko’payadi. Shuning uchun bunday xolatni «Neolit inkilobi» deyish to’ғri bo’la-di degan xulosaga kelganlar. Ammo shuni ta`kidlash joizki bu terminni faqat o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqa-ruvchi xo’jaliklarga nisbatan ishlatish mumkin. Agar neolit davrida yashayotgan u yoki bu xo’jalikda xo’jalikni asosini ov va termachilik tashkil qilsa, ya`ni xamon o’zlashtiruvchi xo’jalik . asosida yashasalar, bunday xo’jaliklar uchun “Neolit inkilobi” terminini ishlatib bo’lmaydi. Demak, «Neolit inkilobi» iqtisod soxasida tub o’zgarishlar sodir bo’lgan joylardagina yuz beradi. «Neolit inqilobi» birin-chi sodir bo’lgan joy Yaqin Sharq mamlakatlari bo’lib, ular-dan eng qadimiysi eron xududidagi Zagross toғli rayoni-dir. Zagross va unga yaqin joylarda eradan avvalgi X-U1TS ming yillikda ovchi va termachilarning iqtisodi xo’jalikni yangi turi dehqonchilik boshlangan. Bizning Markaziy Osiyo regionida esa «Neolit inqilobi» eradan avvalgi U1-1U ming yillikka to’ғri keladi.
Shuni aytish kerakki, «Neolit inqilobi» degan tushunchani ko’pchilik olimlar tomonidan tan olinsada, uni sodir bo’lganligini sabablari haqida xar xil nuqtai nazarlar mavjud. Ayrim olimlar buning asosiy sababi qilib, aholini o’sishini ko’rsatsalar, boshqalari ob-havoni o’zgarishini sabab qilib ko’rsatadilar. Ammo ancha haqiqatga yaqin va ishonchli fikrlarni Amerika olimlaridan R. Breydvud va K.Flanneri xamda rus olimlaridan S. A. Semyonov bilan V.M. Massonlar beradilar. Bularning fikrlariga ko’ra ijtimoiy tarakkiyotning ichki konuniyatlari va ularni o’z.aro alokalari adosiy faktor bo’lib. bunda ekologik fon xam aloxida o’rin tutadi. Ushbu satrlar mualliflaridan biri yuqoridagi olimlarning fikrlariga to’la qo’shilgan xolda asosiy sabablardan biri qilib, mezolitni oxiri va neolitni boshlarida ajdodlarimizni mehnat qurollarini yasash uchun er satxidan tabiat kuchlarini ta`siri natijasida o’z sifatini yo’qotgan xom-ashyolardan foydalanishga chek qo’yib, ommaviy ravishda sifatli chaqmoqtoshlardan foydalanishga o’tganliklarini ko’rsatadi. O’zlashtiruvchi xo’jaliklardan ishlab chiqaruvchi xo’jaliklargi o’tish davri aynan sifatli xom-ashyolardan foydalanish davriga sifatli mehnat qurollarini yasash davriga to’ғri keladi. Bu bejiz emas, albatta. Shuni aytish joizki, o’zlashtiruvchi xo’jalik bilan ishlab chiqaruvchi xo’jalikni bir biridan tub farqi nimada? Buni chuqur ma`noda anglab olmoғimiz shart. Agar o’zlashtiruvchi xo’jalik ajdodlarimiz taraqqiyotida ishlab chiqarishni birinchi uzoq davom etgan bosqichi va ishlab chiqaruvchi xo’jalik ikkinchi bosqichi bo’lsa, birinchisida ishlab chiqarish bo’lmaganligi va ikkinchisida bo’lganligi uchun emas, balki birinchisida ishlab chiqarish miqdorini ko’payishida inson qatnashmaganligi tufayli birinchisi o’zlashitiruvchi» va ikkinchisi »ishlab chiqaruvchi» dey-iladi. Birinchisida tabiat qanday va qancha miqdorda yarat-gan bo’lsa, inson shundayligicha va shuncha miqdorda o’zlashti-radi. Ammo inson birinchisida xam ishlab chiqaradi, ya`ni u yoki bu tayyor maxsulotni o’z iste`moli uchun tayyorlaydi. Masalan: hayvon avvalo ov qilinadi va so’ng iste`mol qi-lish uchun tayyorlanadi. Termachilikda daraxtlardan meva-larni iste`mol uchun tayyorlashda inson daraxtga chiqishi, ularni terishi yoki yoғoch bilan qoqishi kerak bo’ladi. Demak, inson tayyor narsalarni iste`mol qilishi uchun xam mehnat qilishi, aniqroғi iste`molga tayyorlashi uchun sodda ko’ri-nishda bo’lsa xam ishlab chiqarishi kerak. Demak inson o’z taraqqiyotining uzoq davom etgan birinchi bosqichida xam ishlab chiqargan. Chunki biz ishlab chiqarish deganda odamni tabiatga qayta ta`sirini tushunamiz. Shuning uchun xam olimlarimizdan A. M, Rumyantsev ajdodlarimiz taraqqiyoti-ni ikkinchi bos-qichida sodir bo’lgak ishlab chiqaruvchi xo’ja-likni «qayta ishlab chiqaruvchi xo’jalik« desak to’ғri bo’ladi degan fikrni beradi. Zero inson bu bosqichda faqat kerakli maxsulotlarnigina ishlab chiqarish bilan kifoyala-nib qolmay uni miqdorini ko’paytiradi, sifatini esa yax-shila boradi. Shunday qilib, «qayta ishlab chiqaruvchi xo’jalik» lar insoniyat tarixining neolit bosqichida sodir bo’ladi. Ammo bunday xodisa er sharini turli joylarida turli vaqt jarayonida yuz beradi. Bizning Markaziy Osiyo xududida esa, neolit davrida bir vaqtni o’zida yuqorida ba-yon qilganimizdek uch xil yo’nalishda taraqqiyot davom etadi:
Markaziy Osiyoni shimoliy qismida Kaltaminor madaniyatiga mansub qabilalar ovchilik, termachilik va baliqchilik bilan shuғullanuvchilar o’zlashtiruvchi xo’jalikda
yashashda davom etganlir. Bu shimoliy zonaga Kaspiy bo’ylarining sharqiy tomoni, O’zbekiston va Қirғizistonning dashtlik va yarim dashtlik xududlari kirgan.
Markaziy Osiyoni janubiy-sharqida esa Hisor madaniyatiga mansub qabilalar shimoldagilardan farq qilib ishlab chiqaruvchi xo’jaliklarni tashkil qilganlar. Bu madani-
yatga oid qabilalar asosan chorvachilik bilan shuғullanganlar va ular xozirgi Қirғiziston va Tojikistonning toғli rayonlarida yashaganlar.
Markaziy Osiyoni janubida, aniqroғi xozirgi Turkmanistonning janubiy- sharqiy xududlarida yashagan Joyitun madaniyatiga mansub qabilalarning xo’jaliklarini asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil qilgan. Demak, Markaziy Osiyoda neolit davrida bir vaqtni o’zida taraqqiyot uch xil ko’rinishda davom etgan.
Ammo shuni aytish kerakki, Markaziy Osiyoni o’zlashti-ruvchi xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’jaliklariga o’tgan jamoalarida bir necha yuz ming yillar davomida uzluksiz davom etib kelgan, o’zlashtiruvchi xo’jalikka xos bo’lgan ovchilik birdan to’xtab qolgan emas. U xam davom etgan. Am-mo ovchilik ikkinchi darajaga tushib qolgan. Chunki xo’ja-likni asosini ishlab chiqaruvchi xo’jaliklardan chorvachilik yoki dehqonchilik tashkil qilgan. Ovchilik neolitdan so’ng eneolit, bronza va undan keyingi davrlarda xam davom et-gan. Ammo u avvalgi mavqeini yo’qotgan. Ovchilik xozirgi bizni asrimizda xam davom etmoqda. Lekin xozirgi zamon-dagi ov ko’ngil ochish, zavq olish uchun qilinadi.
Shuni aytish joizki, Kaltaminor madaniyatiga mansub yodgorliklar Markaziy Osiyo xududida xozirgi kunga qadar arxeologlarimiz tomonidan bir necha yuzlab topilgan va o’rganilgan. Bular orasida arxeologiya faniga jonbos IV nomi bilan kirib qolgan yodgorlik diqqatga sazovordir. Chunki shu yodgorlik tufayli «Kaltaminor madaniyati» S. P. Tolstov tomonidan fanga 'liritilgan. Aynan shu yodgor-likni boshqalardan ajratib turadigan o’ziga xos hususiyat-larga ega bo’lganligi nafaqat bizni sevimli vatanimizni Xorazm viloyatini, balki butun Markaziy Osiyoqi shimolida yashagan ajdodlarimizni qadimiy tarixiga mansub bo’lgan madaniyatini yoritishga muvaffaq bo’lingan. Xorazm neoliti deyilganda, aslida Amudaryoning qadimgi Aqchadaryo de-l’tasi atrofidagi neolit yodgorliklari tushuniladi. Bu qadimgi Aqchadaryo del’tasi To’rtko’l shahridan boshlanib, uning uzunligi janubdan shimolgacha 270-280 km ga etadi. Kengligi esa janubda 90 km ga, shimolda 110-120 km ga bo-radi.
1939 yilning 15 avgustida Jonbosqal`ada qazish ishla-rini olib borayotgan Xorazm ekspeditsiyasining a`zolari MDU studentlaridan A. Ya. Abramovich, va N. N. Vakturskaya-lar Jonbosqal`adan 1,5 km janubiy-ғarbda qumlar orasida ornamentli sopol siniqlarini bir to’piga duch keladi-lar.Bular orasida chaqmoqtosh artefaktlar rakovin (chiғa-noq) lardan yasalgan taqinchoqlarva hayvonlar bilan baliq suyak qoldiqlari bor edi. Bu topilmalar zgallagan maydon taxminan 50 x 50 m ni tashkil etar edi. Shunday qilib Xo-razmda birinchi neolit qarorgohini topish garchi tasodifan bo’lsada, MDU ning talabalariga nasib etdi. Bu qarorgoh Jonbos IV deb ataldi. Қarorgohda arxeologik qazish ishlari 1940 yildan S. P. Tolstov tomonidan boshlab yuborildi. Ammo qarorgohni 150 m2 maydoni ochilib, ishlar qizғin pal-laga etganda Uluғ Vatan urushi boshlanish munosabati bilan qazish ishlari 1945 yilga qadar to’xtatildi. Shuni xam aytish kerakki, MDU talabalari A. Ya. Abramovich va N. N, Vakturskayalar tomonidan Jonbos 4 ni topilishi munosaba-ti bilan arxeologlar shu qarorgoh atrofida qidiruv ishla-rini boshlab, o’sha 1939 yilning o’zidayoq bir nechta Jonbos IV turidagi yodgorliklarni topgan edilar. Bunday yodgorlik-lardan 1940 yilda 18 tasi, 1945 yilda esa 30 tasi topil-gan edi. Ma`lum sabablarga ko’ra qidiruv ishlari 1954 yil-ga qadar to’xtatilib, 1954-56 yillari yana davom ettirilib, juda ko’plab neolit yodgorliklari topildi. Қarorgohlarni ko’plab topilishi va ularni o’rganilishi nafaqat Kaltamior qabilalarini moddiy madaniyatni, balki ularni tarixini, ya`ni bu qabilalarni qachon Aqchadaryo del’tasiga joylash-ganligi masalalarini xam yoritishga xam imkoniyat yaratdi. Jonbos IV kabi qarorgohlarni ko’plab topilishi va ularni bir-birlariga o’xshashlik alomatlarini takrorlanishi bu qa-bilalarni Kaltaminor madaniyatini tashkil qiluvchilar deyishga asos berdi. Kaltaminor deyilishiga sabab shu ma-daniyatni aks ettiruvchi birinchi yodgorlik Jonbos 4 ni Kal-taminor qishloғi yaqinidan topilgani edi. Kaltaminor so’zini kelib chiqish tarixi esa XIX asrni ikkinchi yarmini boshiga to’ғri keladi. 1855 yili Muhammad Aminxon madra-sasi yoniga Honning buyruғi bilan Urta Osiyoda o’zining ba-landligi va go’zalligi bilan yagona bo’lishi kerak bo’lgan minora qurila boshlagan. Ammo Honning o’limi tufayli mi-nora oxiriga etmay chala qolgan. Shuning uchun xam minora kalta nomi bilan qolgan.
Kaltaminor madaniyatiga oid yodgorliklar qatorida Burli 3 yodgorligi xam topilib, bu yodgorlik ana shu Kalta-minor madaniyatiga mansub qaabilalarni mehnat qurollari-ni yasashlari uchun xom-ashyo bazalari bo’lganligi aniqlangan. S. P. Tolstov Jonbos 4 va uni atrofidagi yodgorliklarni arxeologiK topilmalarini o’rganib, ularni xo’jaliklarini asosiy belgilarini va Kaltaminorchilarni ijtimoiy tuzu-mini aniqlab berdi. Arxeologlarimizni ta`kidlashlariga ko’ra S. P. Tolstovni Kaltaminor madniyatiga ayniqsa ular-ni ilk bosqichiga oid xulosalari xozirgi kungacha o’z aha-miyatini yo’qotgani yo’q. 1940 yildayoq Jonbos 4 qarorgohi-ni xajmiga qarab, ichki planirovkalarini analiz qilib, xamda moddiy ashyolarini o’rganib, bu erda uruғ jamoasi bo’lganligini dislokel’nqy, ya`ni mustaxkam bo’lmagan juft oilalar bo’lganligini S . P. Tolstov aytgan edi. Jonbos 4 qarorgohidan 24 x 17 m turar joyni qoldiғi to pilib, uni ko’rinishi chayla shaklidagi makon bo’lgan. Chayla ustun va sinch yoғochlar yordamida qad ko’tarib, usti qamishlar yordamida yopilgan. Ustun va sinchlarning o’rni chayla satxi-dan katta va kichik chuqurchalar ko’rinishida saqlanib qol-gan. Chayla o’rtasidan katta markaziy o’choq qoldiғi, uning atroflaridan esa kul qoldiqlari, kuygan yoғoch va qamish qoldiqlari topilgan. Bundan tashqari turli xil mehnat qu-rollari: qirғichlar, plastinkalar, kamon o’qlari, nukleus-lar va boshqa tosh qurollar topilgan. Shuningdek madaniy qatlamlardan: yovvoyi cho’chqa, o’rdak va ғoz tuxumlarini po’choqlari, baliq va xar xil qushlarni suyaklari topilgan. 200 dan ortiq sopol idishlarning siniqlari topilib, bu-larning.xammasi lenta usuli bilan qilingan. Jonbos 4 atroflaridan va butun Xorazm, Қoraqalpoғiston, Ustyurt, qadimgi Mohonko’l, Katta va Kichik Tuzkon, Қoronғi Sher, Daryosoy kabi ko’l va daryo sohillaridan topilgan, «Kaltaminor madaniyati» ga oid yodgorliklarning arxeologik ashyolariga suyanilgan xolda bu madaniyati sohiblarini xo’jaliklarini asosini baliqchilik, ovchilik va termachilik tashkil qilganligi, ya`ni o’zlashtiruvchi xo’jalik bilan shuғullanganliklari aniqlandi.
Shuni alohida ta`kidlash joizki, yuqoridagi nomlari tilga olingan xududlardan bir necha yuzlab «Kaltaminor ma-daniyati» ga oid yodgorliklar topilgan bo’lsa, shulardan faq-at Jonbos 4, Darvozaqir 1va II larda madaniy qatlam saq-langan, xolos. Қolganlari esa tabiatni kuchi ta`sirida joylaridan siljib, xar tomonga sochilib ketganlar. Ammo yuqoridagi madaniy qatlamga ega bo’lgan Jonbos 4 va Darvo-zaqir!- II yodgorliklarini arxeologlarimiz tomonidan xar tomonlama to’la o’rganilishi natijasida boshqa madaniy qat-lamlari saklanmagan yodgorliklarni mehnat qurollarini qiyosiy o’rganish imkoniga ega bo’lingan. eng muhimi bu yod-gorliklarda ajdodlarimizni yashash joylarini aks ettiruv-chi qoldiqlar topilib, ular bizga «Kaltaminor madaniyati» ga mansub ajdodlarimizni turar joylari haqida to’la ta-savvur beradilar. Darvozaqir 1 qarorgohi Buxoro viloya-tini Қorako’l shaharchasida 40- 45 km shimoliy- ғarbidagi Katta Tuzkon ko’lidan 600-700 m masofada joylashgan. Bu qarorgoh o’zida uchta madaniy qatlam va Jonbos 4 turidagi turarjoy qoldiqlarini saqlab qolgan. Bu madaniy qatlam-larni va undagi topilmalarni saqlanib qolinishini sababi yodgorlik Katta Tuzkon ko’lini qirғoғiga joylashgan bo’lib, uni janub va ғarb tomondan keladigan shamoldan asrab turuvchi tabiiy tepalikni mavjudligi bo’lgan. Bu qarorgohda-gi madaniy qatlam larni yuqori qismi shikastlanganiga qa-ramay arxeologik ashyolar juda yaxshi saqlangan. Bu qatlam-lardan tosh boltalar, qirғichlar, o’roq, randalar va parma-lar topilgan. Ayniqsa, ostki qatlamdan juda ko’plab mehnat qurollari va sopol buyumlar, xamda hayvon suyakla-rining qoldiqlari topilgan. Darvozaqir 1 qarorgohidan topilgan turar joyni xajmi Jonbos 4 ga nisbatan ancha 7x 11,6 q 81 m2 ni tashkil etadi. Bu turar joy xam Jonbos 4 kabi yoғoch ustun va sinchlar yordamida tiklangan. Usti qa-mish bilan yopilgan. Ustun va sinch yoғochlarni izlari chuqur-chalar ko’rinishida saqlanib qolgan.
Uchinchi madaniy qatlamga ega bo’lgan «Kaltaminor mada-niyati« ga mansub yodgorlik Darvozaqir II qarorgohi bo’lib, u bitta madaniy qatlamga ega. Bu yodgorlik Katta Tuzkon ko’lining shimoliga joylashgan bo’lib, undan juda ko’plab mehnat- qurollari qazib olingan. Darvozaqir II yodgorligi-dan jami 584 ta artefakt topilgan bo’lsa, shundan 35 % i mehnat qurolari, qolgan 65% i esa ana shu mehnat qurolla-rini yasash jarayonida yuzaga kelgan chiqindilar ekanligi aniqlangan. Bulardan tashqari qarorgohdan chiғanoq va mar-mar jinsidan yasalgan xar xil shakldagi munchoqlar, qo’lda ishlanib so’ng pishi- rilgan sopol idishlarning siniqlari topilgan. Bu sopol idishlarni aksariyati turli xil naqsh-lar bilan bezatilgan. Bular tashqi ko’rinishdan Xorazm xu-dudidan topilgan Kaltaminor sopol idishlariga juda o’xshab ketadi.
Shuni aytish joizki, Kaltaminor madaniyatiga oid qabilalarning keyingi bosqichlarini yorituvchi yodgorliklar asosan A. V. Vinogradov va O’. Islomovlar tomonidan o’rganilgan. Ularning xulosalariga ko’ra Kaltaminor yodgorliklarida mehnat qurollarini yasashda xom-ashyo sifatida asosan chaqmoqtoshlardan foydalanilgan. Bu Kaltaminor yodgorliklarini chaqmoqtosh industriyasini analizi shuni ko’rsatdiki, qilingan mehnat qurollarini aksariyati plastinkalardan qilingan. Shuning uchun xam Kaltaminor madaniyatiga oid yodgorliklarni tosh industriyasini plastinkali industriya deyiladi. Yirik uchirindilardan yasalgan mehnat qurollari juda oz. Mehnat quroli deb aniqlangan tosh qurollarni 300 tasidan faqat 20 tasi uchirindilardan bo’lsa, qolgan 280 tasini barchasi plastinkalardan yasalgan. Kaltaminor madaniyatiga xos hususiyatlardan biri, bu kamon o’qlarini plastinkadan yasalishi bo’lib, ularni yon tomonlaridan birida albatta kemtik xosil qilinishidir. Bu ke^ t i k d a r kamon o’qlarini uchiga chaqmoqtosh nayzalarini mus-taxkam o’rnatish uchun qilingan moslamalardir. Arxeolog olimlarimiz Kaltaminor madaniyatiga oid yodgorliklarni ikkita guruxga bo’ladilar: Birinchi guruxga Jonbos 4 va boshqa mayda qarorgohlarni kiritib, ularni yoshini eradan avvalgi IV ming yillik bilan, ikkinchi gurux yodgorlikla-rini esa, III ming yillikni yarmi va II ming yillikni boshi bilan belgilaydi. Bu guruxga shimoliy rayonlarga joy-lashgan yodgorliklarni kiritadi. Arxeolog olim V. M. Mas-son Kaltaminor madaniyati yodgorliklarini moddiy ashyolari-ni «Joyitun madaniyati» ga oid yodgorliklari moddiy ashyo-lari bilan qiyosiy o’rganib, «Joyitun madaniyati» nafaqat Kaltaminor ornamentlariga ta`sir qiladi, balki uni yoshi-ni aniqlashda xam katta rol’ o’ynaydi deb, Kaltaminor ma-daniyatini qadimiy qatlamlarini eramizgacha bo’lgan IV ming yillikni ikkinchi yarmi bilan belgilaydi.
A. V. Vinogradov «Kaltaminor madaniyati» materialla-rini Joyitun va Jebel materiallari bilan solishtirib, Kaltzminor (nakonechiklari) ya`ni chaqmoqtoshdan yasalgan kamon o’qlarini simmetrik trapetsiyalardan xech qancha vaqt o’tmay bir davrda parallel davom etganligini ta`kidlab, Jebeldan avval assimetrik trapetsiyalar so’ng, simmetrik trapetsiyalar 6- qatlamda uchrab, 5- qatlamda yo’qoladi deydi. A. P. Okladnikov 4- qatlamda trapetsiyalar mutlaqo yo’qo-lib, ularni o’rniga Kaltaminor tipidagi nakonechniklarni uchraganini aytadi.
Shuni aytish joizki, Turkmanistondagi Joyitun mada-niyatiga oid yodgorliklardan farq qilib faqat Chopon- tepa-da Kaltaminorga xos nakonechniklar uchraydi, u xam bo’lsa ilk davriga emas, balki uni keyingi bosqichlarida. Boshqa yodgorliklarda esa bunday xolat kuzatilmaydi. Katta sopol idishlar Jebeldagi 4 qatlamdagilar bilan Jonbosdagilar xajmi, bo’yni va tag qismlari juda o’xshashdir. Bunday o’xshashliklar Jonbos 43 da yashagan qabilalarni Jebelni 4 qatlamini qoldirgan qabilalarni bir vaqtni o’zida paral-lel yashaganliklaridan dalolat beradi. Jebelni 4 qatlami-ni yoshini radiokarbon usuli V ming yillikni oxiri IV ming yillikni boshi bilan ya`ni 6030 Q . 240 yil bilan bel-gilandi.
Arxeolog olimlarimiz Kaltaminor madaniyatiga mansub
barcha yodgor- liklarni moddiy ashyolarini xar tomonlama o’rganib, ularni xronologik jixatdan uchta davrga bo’ladilar: Ilk yodgorliklarni IV ming yillikni boshi bilan. ik-kinchi guruxlarini III ming yillikni birinchi yarmi va o’rtalari bilan, oxirgi uchinchi guruxni esa III ming yillik-ni ikkinchi yarmi va oxiri bilan belgilaydilar.
Ғarbiy Қozoғiston xududlarida joylashgan Kaltaminor
yodgorliklarini o’rgangan A. A. Farmozov bu erdagi sopol-
larni va chaqmoqtosh qurollarni boshqa xududlardag^,
xususan Xorazmdagi Kaltaminor yodgorliklari bilan solish-'tirib, ularni o’xshash tomonlarini va shu bilan birga farq-lari borligini xam ko’rsatadi. Asosiy farqi shundaki Xo-razmda uchraydigan sharsimon sopol idishlarni Ғarbiy Қo-zoғistonda uchramasligini aniqladi.
Shunday qilib, Markaziy Osiyoda bir vaqtni o’zida, ya`ni neolit davrida uch xil yunalishda tarakkiyotni o’ziga xos bulgan xususiyatlar bilan rivojlanganligini ko’rsatuv-chi Kaltaminor madaniyati yodgorliklari bilan tanishib chiq-dik. Kaltaminor madaniyati ana shu uch xil yo’nalishni bit-tasini aks ettiradi. Bu yo’nalishdagi ajdodlarimizni
xo’jaligini asosini o’z- lashtiruvchi xujalik tashkil
etgan. Shu madaniyatni fanga kiritgan olim S. P. Tolstov ekanligini, ajdodlarimiz tarixini yoritishda qo’shgan ulkan hissalarini, uni Kaltaminor madaniyatini ilk bosqichidagi ilmiy xulosalarini xozirgi kunda xam o’z mavqeini saqlab qolayotgani xaqida xam so’z yuritdik.
Ammo shuni xam aytish kerakki S. P. Tolstov Xorazm xududidagi yodgorliklarni o’rganib, shu xududda bir necha ma-daniy davrlarni ko’rsatib, «Suyargan madaniyati» ni Xoraz-mda yangi etnik element ekanligini aytib, uni tarixiy jihatdan janub bilan, ya`ni eronnig toғli rayonlari va unga qo’shni mamlakatlarning xududlari bilan boғliq ekan-ligi haqida yozgan edi. Aniqroғi bronza asriga mansub bo’lgan Suyargan va Tozaboғyob madaniyatini kelib chiqishini «Kaltaminor madaniyati« ga boғliq emas, balki bu madani-yatni ijodkorlari chetdan kelgan kelgindilarga tegishli de-gan edi. Bunday fikrga kelinishiga sabab S. P. Tolstov Jonbos 4 topilmalarini bronza davriga mansub bo’lgan Su-yargan va Tozaboғyob topilmalari bilan solishtirib, bular orasida biron- bir o’xshashlik topa olmagan edi.
Ammo 1940- 46 yillari Xorazmda ibtidoiy tuzum yod-gorliklarini o’rganishda qatnashgan birinchi o’zbek arxeolog olimi Ya. Ғ. Ғulomov Suyargan madaniyatiga mansub Jonbos 6 yodgorligini qazish ishlariga raxbarlik qilib, uni arxeolo-gik topilmalarini mukammal o’rganib, Suyargan madaniyatini kelib chiqishi Kaltaminor madaniyatiga boғliq degan aniq fikrini aytgan edi. Oradan bir necha yillar o’tgach xam S. P. Toltov va M. A. Itinalar 1954 56 yillarda topilgan arxeologik ashyolarga taya`nib Suyargan madaniyatini kelib chiqishini, o’zlarini »Problema Suyarganskoy kul’turq» maqolalarida janubga boғlab, yana o’sha eski fikrlarini takrorladilar. Ular yuqoridagi maqolalarida «Eradan avvalgi 11 ming yillikni boshlarida O’rta Osiyoni janubiy dehqonchilik viloyatlaridan Suyargan qabilalari, qaysini qamishli qarorgohlarda yashagan odamlarni moddiy ashyolarini analizi, ularni eng kadimei Old Osiyo Sharqi madaniyati bilan bozliq ekanligini ko’rsatadi» deb yozadilar. Lekin, keyingi yillarda arxeologlar tomonidan juda ko’plab, neolit va bronza asriga oid yodgorliklarni topi
lishi xamda ularni topilmalarini qiyosiy o’rganilishi, yuqoridagi S. P. Tolstov va M. A. Itinalarni xulosalari noto’ғri ekanligini, Ya. Ғ. Ғulomovni xulosasi to’ғri ekan
ligini iobotladi. A. V. Vinogradov keyingi yillarda juda ko’plab, xatto bir necha yuzlab Kaltaminor madaniyatiga va undan keyingi davrlarga mansub yodgorliklarni topib,
ularni xar tomonlama o’rganib, daliliy ashyolarga tayangan xolda quyidagi satrlarni yozadi:»£aG`?cha daliliy ashyolar, Suyargan madaniyatini kelib chiqishi to’vrisidagi ma`lumotlarni boshqacha taltsin qilishga undaydi. Xatto faqat bitta sopol materiallarni o’zini e`tiborga olsak, so’nggi Kaltaminor bilan ilk Suyargan to’vridan to’vri aloqador ekanligi haqida jiddiy asos beradi. Ilk Suyargan madaniyatini plastinkali industriyasiga kelsak, uni Kaltaminornikidek amalda ajratish qiyin. Uy qurilishlari, xo’jaligini asosi va ularni joylanishi bularnina xammasi Suyareanni Kaltaminordan. kelib chiqqanini tasdiqlovchi faktlardir». A. V. Vinogradov o’z fikrlarini davom ettirib, agar Suyargan qabilalarini janubdan kelgan kelgindilar desak, ularii madaniyatiga xos bo’lgan ayrim belgilarni tushuntirishimiz qiyin bo’lib qoladi deydi. Masalan, Ma`lumki Kaltaminornikiga o’xshagan plastinkali mikrolitik industriya janubdan eradan avvalgi V IV ming yillikdayoq yo’qoladi. III II ming yilliklarda esa, xo’jalikda muhim rolni (janubda) bronza buyumlari o’ynaydi. Xo’jalikni asosini esa suғorishga asoslangan dehqonchilik o’ynaydi. Bunda hayvonlar kuchidan dehqonchilik ishlarida to’la foydalanilgan chorvachilik xam ma`lum darajada rivojlangan. Kulolchilik charxlari keng tus olib, sopol idishlar maxsus pechlarda pishirilgan. YUqoridagilardan xulosa shuki, shunday taraqqiy etgan qabilalarni Aqchadaryoni shimoliga kelib o’rnashib, ana shu o’z an`analarini yo’qotib, Kaltaminor qabilalarni ta`siriga o’tib, yana o’sha qoloq xo’jaliklariga moslashishlarini tasavvur qilish qiyin. Demak, Suyargan madaniyatini Kaltaminor madaniyati ichidan o’sib chiqqanligiga xech qanday shubxa yo’q. Tashqaridan kelgandilar kelib Suyargan madaniyatini yaratmaganlar.
Shuni aloxida ta`kidlash joizki nafaqat Kaltaminor madaniyatiga oid neolit yodgorliklarini balki boshqa turdagi madaniyatlarni yorituvchi neolit yodgorliklari Markaziy Osiyo xududida, ayniqsa bizni O’zbekistonimizda keyingi yillarda juda ko’plab topilgan va o’rganilgan. Bularni barchasi ha qida bu kichik xajmdagi qo’llanmada suz yuritish va bayon qilish imkoniga ega emasmiz. Ammmo ajdodlarimizni! mln. yillik tarixini uzluksiz davom etganini, ularni shu ona yurtimizda paydo bo’lib, shakllanib xozirgi zamon sharoitidagi barkamol inson darajasiga etganliklarini tasdiqlovchi yodgorliklarni daliliy ashelar sifatida, ularni xronologiyalari asosida ko’rsatamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |