Arshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Jalb qilingan mablag‘larning manbasi



Download 1,45 Mb.
bet91/133
Sana21.06.2022
Hajmi1,45 Mb.
#689090
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   133
Bog'liq
Arshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

Jalb qilingan mablag‘larning manbasi:
Depozitlar:

Xalqaro bank amaliyotida bank resurslari tarkibida depozit mablag‘lar, ayniqsa muddatli depozitlar asosiy ulushni tashkil etadi. Bank resurslari tarkibida muddatlli depozitlar ulushining yuqoriligi banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga va to‘lovga layoqatligini taminlashga bevosita tasir ko‘rsatadi. Takidlash lozimki, respublikamiz tijorat banklari resurslari tarkibida muddatli mablag‘larning ulushi ortib borish tendensiyasiga ega bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2001 yil yanvar holatiga taxminan 7-8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2008 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 17 foizga, 2018 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 30-35 foizni tashkil etgan.
Depozitsiz mablag‘lar:

  • banklararo kredit resurslari;

  • hukumat hisobvaraqlaridagi vaqtincha bo‘sh mablag‘lar;

  • tijorat banklardan olingan resurslar

  • boshqa mablag‘lar;

Banklarning depozit bo‘lmagan mablag‘lari tarkibida moliya bozoridan jalb qilimngan banklararo kredit resurslari asosiy salmog‘ni tashkil etadi. Banklararo kreditlar asosan qisqa muddatli xarakterga ega bo‘lib, odatda ushbu kreditldarni berish va olish jarayoni o‘zining tezkorligi ilan muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayon bo‘yicha asosiy opreatsiyalar banklarning vakillik hisobvaraqlari doirasida amalga oshiriladi. YAni, tijorat banklari o‘zaro kelishuvga erishganda mablag‘lar vakillik hisobvaraqlari orqali o‘tkazib beriladi. SHu bilan birga ushbu kreditlar tijorat banklari uchun nisbatan arzon va muddatli jihatidan “uzun” mablag‘lar hisoblanadi.
Xalqaro bank amaliyotida depozit bo‘lmagan resurslar tarkibida asosiy yirik manbalardan biri qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi. Banklar moliyaviy resurslarni shakllantirish maqsadida aksiya, obligatsiya, depozit va jamg‘arma sertifikatlarini muomalaga chiqaradi. SHuningdek, tijorat banklari uzoq muddatli resurslarni shakllantirishda ipoteka va subordinar qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish orqali resurslarni shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalarni ikkita guruhga ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Birinchi guruhga, tijorat banklari ustav va qo‘shimacha kapitalni shakllantirish maqsadida aksiya subordinar qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish bo‘yicha opreatsiyalari, ikkinchi guruhga esa qisqa va uzoq muddatli resurslarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun obligatsiya va ipoteka qimmatli qog‘ozlari, depozit va jamg‘arma sertifikatlari bilan bog‘liq operatsiyalari kiradi.
AKsiya va sertifikatlarning bozor bahosi ortib borishi ularning oldi-sotdisiga ijobiy tasir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik hollarda tijorat banklari o‘z aksiyalari va sertifikatlarining ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozoridagi bahosini oshirish maqsadida investitsion kompaniyalar orqali investor sifatida ham maydonga chiqish mumkin.Tijorat banklari aksiyalari va sertifikatlarining bozor bahosi moliya borzoridagi mavjud talab va taklif asosida o‘rnatiladi. Aksiya va sertifikatlarning nominal va bozor bahosi o‘rtasidagi farq ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Agar ushbu farq ijobiy bo‘lsa, tijorat banklari moliyaviy jihatidan barqaror va raqobatbardosh ekanligidan dalolat beradi. Mazkur holat banklarning qimmatli qog‘ozlar orqali resurslarni oshirishga ijobiy tasir ko‘rsatadi. Tidorat banklari aksiya va sertifikatlarning bahosiga tasir qiladigan asosiy omillardan biri ularga to‘lanadigan dividend va foiz to‘lovlari hisoblanadi. Aksiya va sertifikatlarga to‘lanadigan to‘lovlar miqdorining yuqoriligi va barqarorligi banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi emitent nufuzini oshirishga bevosita tasir ko‘rsatadi. CHunki bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyatining asosida iqtisodiy foyda olish yotadi.SHuni alohida takidlash mumkinki, tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozoridagi emitent, investor yoki vositachi sifatidagi ishtirokiga iqtisodiyotdagi inflyasiya darajasini inobatga olish mumkin. TIjorat banklari mablag‘lari ikkinchi yirik manbasini ularning kapitali tashkil etadi. Bank kapitali tarkibida ustav kapitalining tashkil topishi va barqarorligi jihatidvan muhim moliyaviy manba bo‘lib hisoblanadi.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish