Obligatsiyalar– o‘z egasiga qat‘iy belgilangan foiz ko‘rinishida daromad keltiruvchi qimmatli qog‘oz.
Davlatningxazinamajburiyatlari. Depozit sertifikatlari –bu tijorat banklari tomonidan korxonalar ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni jalb qilish maqsadida chiqariladigan qimmatli qog‘oz. Jamg‘arma sertifikatlari –bu jismoniy shaxslar ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni banklarga jalb qilish maqsadida chiqariladigan qimmatli qog‘oz. Cheklar unda ko‘rsatilgan summani to‘lash to‘g‘risidagi topshiriqdir. Amaliyotda pullik cheklar va hisob kitob cheklari qo‘llaniladi. Fredirik Mishkenning fikriga ko‘ra cheklarning jiddiy kamchiligi ularni chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarning katta ekanligidir. AQSh da har yili chekni muomalaga chiqarish uchun 40 mlrd.$ xarajat qilinadi.
- Bank aktseptlari – aktsept so‘zi lotincha so‘z bo‘lib qabul qilmoq degan manoni anglatadi. Bank aktsepti deganda bank tomonidan tijorat vekseli va chek bo‘yicha to‘lovning kafolatlanishi tushuniladi. тTo‘lov aylanmasining mutlaq asosiy 75-80% ini pul aylanmasi tashkil qiladi.Chunki pul eng yuqori likvidli aktiv hisoblanadi.
Pul aylanmasini tashkil qilish asoslari:
Qonunchilik asoslari;
Institutsional asoslar;
Milliy to‘lov tiziminig mavjudligi;
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning banklarda ochilgan joriy hisob varaqlarining mavjudligi;
Mamlakatning xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro munosabatlarining mavjudligi.
Qonunchilik asoslari:
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi;
Qonunlar va kodekslar;
Qonunosti hujjatlari:
O‘zbekiston Respublikasi Przidentining farmonlari va qarorlari;
Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
Vazirliklarning buyruqlari, Davlat Qo‘mitasi raislari buyruqlari, Markaziy bankning yo‘riqnomalari (ular faqat Adliya Vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgandan keyin kuchga kiradi).
Pul aylanmasi ikki yirik qismdan iborat:
Naqdsiz pul aylanmasi
Naqd pul aylanmasi
Naqdsiz pul aylanmasi – bu pul mablag‘larining to‘lovchining bankidagi hisob raqamidan oluvchining hisob raqamiga ko‘chirish shaklidagi harakatlarining yig‘indisidir.
Sobiq Ittifoq o‘rnida tashkil topgan davlatlar o‘zaro talab va majburiyatlarini voz kechish deb nomlanuvchi naqdsiz pul aylanmasi mavjud.
Pul aylanmasi tarkibi Birinchi yo‘nalish, pul mablag‘lari shakliga ko‘ra, naqd pulli aylanmasi va naqdsiz pul aylanmasidan tashkil topgan.
Ikkinchi yo‘nalish, pul aylanmasida ishtirok etayotgan sub‘ektlar joylashuviga
ko‘ra, bir shahar ichidagi va shaharlararo pul aylanmasidan iborat.
Uchinchi yo‘nalish, pul funksiyalarining namoyon bo‘lishiga qarab muomala vositasi va to‘lov vositalarini o‘z ichiga oladi.
To‘rtinchi yo‘nalish, tovar – pul munosabatlarining aks etishiga ko‘ra, tovarli pul oboroti va tovarsiz pul oborotlari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Pul aylanamasi tarkibida naqd pulli yoki naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmining past yoki yuqori ekanligi qator omillar bilan izohlanadi. Xususan, ular quyidagilardan iborat:
mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish holati, aholining ma‘naviy, iqtisodiy va huquqiy ongi;
milliy iqtisodiyotni boshqarish tartibi va rivojlanganlik darajasi;
mamlakat bank tizimining rivojlanganlik darajasi va unga aholi ishonchining musthkamligi;
real sektorning rivojlanganligi va iqtisodiyotning raqobatbardoshligi;
Markaziy bankning pul – kredit siyosatini amalga oshirish bo‘yicha
mustaqilligining ta‘minlanganlik darajasi.
Naqd pul va naqd pulsiz hisob – kitoblari o‘rtasida juda yaqin bog‘liqlik mavjud bo‘lib, naqd pullar naqdsiz pul ko‘rinishiga, naqdsiz pullar naqd pul ko‘rinishiga o‘tish orqali ular doimiy ravishda bir – birini to‘ldirib turadi. Masalan, korxona va tashkilotlarning bankdagi naqdsiz pullari ishchi xodimlarga naqd pul va unga tenglashtirilgan mablag‘lar ko‘rinishida beriladi. Aholining qo‘lidagi naqd pullar esa banklarga omonat sifatida qo‘yilganda banklar uchun kredit resursi sifatida naqdsiz pul ko‘rinishida maydonga chiqadi. Shu tariqa naqd pul va naqd pulsiz aylanmalar bir – biriga chambarchas aloqadorlikda amal qiladi.