Arshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Download 1,45 Mb.
bet18/133
Sana21.06.2022
Hajmi1,45 Mb.
#689090
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   133
Bog'liq
Arshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

Jamg‘arish vositasi.
Pul shuningdek jamg‘arish vositasi sifatida xizmat qiladi; daromad olingan vaqtdan boshlab xarajat qilingungacha bo‘lgan davrda xarid qobiliyatini saqlab turish vositasi xisoblanadi. Pulning ushbu funksiyasi foydali hisoblanib, ko‘pchiligimiz saqlashni afzal ko‘rib, pullarni olishimiz bilan darhol xarajat qilishni hoxlamaymiz. Pul – yagona jamg‘arish vositasi emas; har qanday aktivlar
– pullar, aksiyalar, obligatsiyalar, er, uy, san‘at asarlari yoki zargarlik mollari – jamg‘arish vositasi hisoblanadi. Ushbu aktivlardan ko‘pchiligi pulga nisbatan o‘zining egalariga katta foyda (foiz) keltirib, narxi kutariladi va qulayliklar yaratadi (masalan, boshimiz ustidagi tom). Agarda ushbu aktivlar jamg‘arish vositasi sifatida pul bilan taqqoslaganda ancha foydali bo‘lsa, unda insonlar nega pullarni jamg‘arishadi? Ushbu savolga javob muhim iqtisodiy tushuncha hisoblangan likvidlilik bilan bog‘liq hisoblanib, aktiv oson va tezkorlik bilan ayirboshlash vositasiga aylanadi. Likvidlilik juda ham muhim hisoblanadi. Pul ayirboshlash vositasi hisoblanganligi bois eng likvidli aktiv hisoblanadi; bir narsa sotib olish uchun pul boshqa narsaga aylantirish shart emas. Boshqa aktivlar pulga aylantirilganda tranzaksion xarajatlarni talab qiladi. Masalan, siz uyingizni sotsangiz, brokerlik komissiyasini to‘lashingiz shart (odatda sotish narxining 4-6% ini tashkil qiladi). Agar siz kechiktirib bo‘lmaydigan hisobraqamlarni tezda to‘lash uchun naqd pullarga muhtoj bo‘lsangiz, pulni tezda sotish uchun uyingizni ancha past narxda sotishingizga to‘g‘ri keladi. Pul eng likvidli aktiv bo‘lmasin va yuqori darajadagi jamg‘arish vositasi hisoblanmasada odamlar bajonidil pulni saqlaydi. Jamg‘arish vositasi sifatida pulning ishonchliligi narxlar darajasiga bog‘liq hisoblanadi. Masalan, barcha narxlarning ikki barobar oshishi, pulning qiymatini ikki barobarga kamayganligini anglatadi. Teskari holatda narxlarning ikki barobarga kamayishi pulning qiymatini ikki barobarga oshganligini ko‘rsatadi. Inflyasiya sharoitida narxlar darajasining tezlik bilan o‘sishi kuzatilsa, pul tezda o‘zining qiymatini yo‘qotadi. Natijada odamlar istar-istamas o‘zlarining boyliklarini pul shaklida saqlashadi. Bu holat oylik inflyasiya surati 50% dan oshishi natijasida yuzaga keladigan giperinflyasiyaga hos bo‘lgan bo‘lgan yuqori inflyasiya sharoitiga ko‘proq mos tushadi. Birinchi jahon urushidan so‘ng Germaniyada xuddi shunday inflyasiya sodir bo‘lib, inflyasiya surati ba‘zan oyiga 1000% dan oshib ketdi. 1923 yilda giperinflyasiya tugagungacha narxlar darajasi ikki yil oldingiga nisbatan 30 milliard marotaba o‘sishi kuzatildi. Aytishlaricha, giperinflyasiya tugash davrida buxanka non sotib olish uchun bir zambil naqd pul talab qilingan ekan. Pul o‘zining qiymatini shunchalik darajada tez yo‘qotgan ediki, ish kuni davomida ishchilarga bir necha marotaba ish haqi to‘langan va pullar o‘zining qiymatini yo‘qotib qo‘yishidan oldin ertaroq pullarni sarflashlari maqsadida tanaffuslar e‘lon qilingan. Hech kim pulni jamg‘arishni xohlamagan, chunki ularning almashuv vositasi sifatida o‘rni yo‘qolgan va barter tizimi yanada rivojlanishiga olib kelgan. Operatsion xarajatlar yuqori darajada o‘sib, kutganimizdek, yalpi ishlab chiqarish hajmi keskin tushib ketgan.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish