Vasiyatnoma
Notarial okrug nomi
Farmoyish tasdiqlangan sana
Notarial idora to‘liq nomi va manzili, notariusning F.I.O
Men – Vasiyatnoma qoldiruvchining yashash manzili, Vasiyatnoma qoldiruvchining ro‘yxatdan o‘tkazilgan uy raqami-uyda propiskada turuvchi – Vasiyatnoma qoldiruvchining tug‘ilgan sanasi yilda tugʻilgan Vasiyatnoma qoldiruvchining F.I.O (pasport Vasiyatnoma qoldiruvchining pasport seriya raqami, Vasiyatnoma qoldiruvchiga pasport bergan tuman (shahar) nomi IIB tomonidan Vasiyatnoma qoldiruvchiga pasport berilgan sana yilda berilgan) ushbu vasiyatnoma bilan quyidagilarni farmoyish qilaman:
1. Menga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan barcha mol-mulklarimni, ularning nimalardan iborat boʻlishidan va qayerda joylashganligidan qatʼi nazar, Vasiyatnoma qoldiruvchining qarindoshi F.I.Oga vasiyat qilaman.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1127 va 1142-moddalari mazmuni menga notarius tomonidan tushuntirildi va tushunarli.
3. Vasiyatnoma matnini men – Vasiyatnoma qoldiruvchining F.I.O toʻliq oʻqib chiqdim, u mening soʻzlarimdan, toʻgʻri yozilgan. Uning mazmun-mohiyati, huquqiy oqibatlari menga notarius tomonidan tushuntirildi, tushunarli va u mening asl maqsadimga mos keladi.
4. Vasiyatnoma ikki nusxada tuzilib, imzolandi, ulardan bir nusxasi Notarial idora to‘liq nomi va manzili, notariusning F.I.O xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusida saqlanadi, ikkinchi nusxasi vasiyat qiluvchiga berildi.
IMZO: ____________________________________________________________
Notariusning tasdiqlov yozuvi.
DALOLATNOMA
Dalolatnoma ham kundalik hayotimizda ko‘p qo‘llanadigan hujjatlar sirasiga kiradi. Dalolatnoma, odatda, ma’lum muassasa, korxona, tashkilot yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan biror-bir voqea-hodisa, xatti-harakat yoki mavjud holatni tasdiqlash maqsadida kamida uch kishi tomonidan tuzilib imzolanadigan hujjatdir.
Dalolatnoma ikki yoki uch nusxada tuzilishi mumkin. Dalolatnomada tekshirilgan voqea, hodisa, xatti-harakat tafsiloti, jihozlar, asbob-uskuna, ashyolar, texnika, binolarning yaroqli-yaroqsiz holati o‘z aksini topishi lozim. Chunki dalolatnomada qayd etilgan holat, dalillar ma’lum korxona, bo‘lim yoki shaxs, uning yashash sharoiti, iqtisodiy imkoniyati, faoliyati haqida tegishli xulosa chiqarish uchun imkoniyat beradi. Bu hujjat tegishli joylarda taftish o‘tkazilganda, rahbarlar yoki moddiy javobgar shaxslar almashayotganda, moddiy boyliklar bir javobgar shaxsdan ikkinchisiga yoki bir joydan boshqa biriga o‘tkazilayotganda, yangi qurilgan binolarni qabul qilib olishda, korxonaga tegishli asbob-uskuna, jihoz va buyumlarni hisobdan o‘tkazish, hisobdan chiqarish, ish jarayonida yoki ishdan tashqari vaqtda yuz bergan baxtsiz hodisalar, tabiiy ofatlarning oqibatlari tekshirilganda, tibbiyot sohasida, sud-tergov ishlarida, ishchi va xizmatchilarning iqtisodiy hamda yashash sharoitlari o‘rganib chiqilgandan so‘ng tuziladi.
Dalolatnoma tuzilgach, o‘sha vaqtning o‘zidayoq komissiya a’zolari, ishtirokchilar yoki guvohlar nazorati ostida rasmiylashtirilib, ularning ham imzolari bilan tasdiqlanadi. O‘rganilib, dalolatnoma tuzilgan sohaga doir qo‘shimcha hujjatlar bo‘lsa, unga ilova qilinadi va dalolatnomada ilova hujjatlar nomi, hajmi qayd etiladi.
Dalolatnomalar tasdiqlanayotgan voqea-hodisalar mazmuni yoritilishiga ko‘ra turli hajmda rasmiylashtirilishi mumkin. Biroq ularning barchasida qamrab olinishi lozim bo‘lgan zaruriy qismlar mavjud. Ularga quyidagilar kiradi:
– muassasa, korxona yoki tashkilot nomi;
– hujjat nomi – dalolatnoma;
– tuzilgan sana va joy;
– dalolatnomani tuzish uchun asos bo‘lgan hujjat (buyruq, qaror, ko‘rsatma, ariza, farmoyish va hokazo);
– komissiya tarkibi (rais va a’zolarning lavozimi, familiyalari, ismlari);
– matn (tasdiqlanayotgan voqea-hodisa yoki mavjud holatning batafsil bayoni);
– ilovalar ro‘yxati, ularning hajmi;
– dalolatnoma tuzuvchilar, ishtirok etuvchilar yoki guvohlarning imzolari, familiyalari, ismlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |