TUSHUNTIRISH XATI
2007-yil 23-mart kuni ertalab soat sakkiz yarimlarda fakultet qiroatxonasida dugonam Turdiyeva Sitora bilan malakaviy–bitiruv ishimizning xulosa qismini qanday yakunlash to‘g‘risida suhbatlashib o‘tirgan edik. Shu payt qattiq shamol tufayli qiroatxonaning ikkita derazasi birdaniga ochilib ketdi va deraza raxiga gullar ekib terib qo‘ylgan tuvaklardan uchtasi polga qulab tushib, sindi. Biz gullar va gultuvaklarning siniqlarini yig‘ishtirib oldik. Gultuvaklarning sinishida hech kim aybdor emas.
2007.27.03. imzo Eshonqulova Ch.
E'LON
Ko’pchilikni yoki ma'lum guruhdagi shaxslarni yaqin orada (kelgusida) bo’ladigan biron - bir tadbir, majlis, uchrashuv, suxbat, shuningdek ishga, o’qishga qabul qilish va boshqalar haqida habardor qilish uchun qo’lanuvchi yozma axborat.
E'lonning zaruriy qismlari:
1. Nomi (E'lon).
2. E'lon kilinayotgan tadbirning vakti, o’tkazilish joyi.
3. Tadbirning mavzusini o’zida aks ettiruvchi matn.
4. Tadbir o’tkazuvchi nomi (odatda, bo’ladigan tadbirni e'lon kilayotgan tashkilot, organning nomi: «Ma'muriyat», «Kuzatuv kengashi», «Yozuvchilar uyushmasi», «Tashkiliy qo’mita», tarzida belgiladi).
E'lon mavzusiga va undan ko’zlangan maqsadga ko’ra turli shakllarda bo’lishi mumkin
E'LON
Shu yil 25 iyul soat 15.00 da UzRFA Til va adabiyot institutining majlislar zalida instiut kasaba uyushmasi qo’mitasining hisobot-saylov yig’ilishi bo’ladi
Kun tartibi:
Kasaba uyushmasi qo’mitasining xisoboti.
Taftish komissiyaning xisoboti.
Kasaba uyushmasi qo’mitasining yangi tarkibini saylash.
A.Qodiriy nomli JDPI Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Biologiya) magistratura bosqichi 1-kurs magistranti To’laganova Muhayyo Asqar qizining 2021-2022 o’quv yili yanvar oyidа bajargan ishlar
H I S O B O T I
1. 2021-2022, 2022-2023 o‘quv yillariga mo‘ljallangan shaxsiy kalendar ish rejasi asosida yanvar oyida dastlab magistirlik dessertatsiya mavzusini ilmiy raxbarim biologiya va uni o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi, dots. Avalboyev Olimjon Narkuziyevich bilan tanlab oldik va shu mavzuni dolzarbligi ahamiyati va o'rganilganlik darajasi bilan tanishib chiqdik.
2. Ilmiy raxbarim Avalboyev Olimjon Narkuziyevich ushbu mavzu dolzarbligi obyekti va predmeti haqida, ilmiy ishning yangiligi uning ahamiyati, dessertatsiyaning tuzilishi va hajmi haqida to’liq tushuncha va ma’lumotlarni berib o’tdilar.
3. “Uvobsoy hududidagi Burchoqdoshlar (Fabaceae L.) oilasi mavzusini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish" mavzusini o’rganish uchun ilmiy rahbarim Avalboyev Olimjon Narkuziyevich ustoz bilan birgalikda dastlab tadqiqot mavzusini maqsad va vazifalarini aniqlab oldek. Unga ko’ra Tadqiqotning maqsad va vazifalari:
Uvobsoy hududidagi Burchoqdoshlar (Fabaceae L.) oilasi mavzusini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanishni tashkil etish
Uvobsoy tog’i haqida geografik ma’lumot to’plash;
Uvobsoy hududida uchraydigan Burchoqdoshlar (Fabaceae L.) oilasi vakillarini o’rganish;
Uvobsoy hududidagi Burchoqdoshlar (Fabaceae L.) oilasi mavzusini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish metodikasini ishlab chiqish.
Shu o’rinda tadqiqotni ob’ekti va predmetini aniqladik. Unga ko’ra Tadqiqotning obyekti: Tadqiqot obyekti Uvobsoy hududidagi Burchoqdoshlar (Fabaceae L.) oilasi o’simliklari olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |