3
KIRISH
Hozirgi zamon botanika
fanining oldida turgan mu-
him vazifalardan biri Yer yuzida tarqalgan yovvoyi va
madaniy holda o‘suvchi o‘simlik turlarini chuqur o‘rga-
nib, ulardan xalq ho‘jaligi manfaati yo‘lida keng foyda-
lanishdir.
Keyingi yillarda oliy o‘quv
yurtlari oldiga malakali
mutaxassislar – bakalavr va magistrlar tayyorlash kabi
muhim va mas`uliyatli vazifalar qo‘yilgan. Shunga
muvofiq, boshqa fanlar kabi botanika faniga bo‘lgan
talab ham ortib bormoqda. Chunki har bir o‘simlik
turini ajrata bilish,
ularning tuzilishi, ekologik va geo-
grafik tarqalishini tahlil qila bilish,
zahira manbalarini
aniqlash, muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab
chiqish, yuqori malakali biolog va ekolog mutaxassislar
oldiga qo‘yiladigan birinchi talablardan hisoblanadi.
Shularni hisobga olgan holda, “Yuksak o‘simliklar siste-
matikasi” bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni olib borish
uchun yaratilgan o‘quv va uslubiy qo‘llanmalardagi
kamchilliklarni bartaraf etib va ularda keltirilgan ma`-
lumotlarning ayrimlariga sistematika
nuqtai nazaridan
o‘zgartirishlar kiritib, ushbu uslubiy qo‘llanmani tay-
yorlashni zarur deb lozim topdik.
Bu uslubiy qo‘llanma eng so‘nggi, хalqaro qabul qilin-
gan yangi taksonomik birlik va tizimlar asosida tayyor-
landi.
Qo‘llanmaning asosiy maqsadi yuksak o‘simliklarning
keng tarqalgan turlari bilan talabalarni tanishtirish,
har bir o‘rganilayotgan o‘simlikning mustaqil tur sifati-
da o‘ziga xos belgilarini ajrata bilish, ulardan foydalana
olish, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratil-
gan.
Amaliy mashg‘ulotlar hajmi
universitetlarning biolo-
giya va ekologiya yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan namu-
naviy o‘quv dasturiga muvofiq ravishda olib borilishi
e`tiborga olingan. Har bir mashg‘ulot ma`lum bir mavzu
4
bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, mashg‘ulot davomida talaba
ishni mustaqil bajara olishi e`tiborga olingan.
Talabalar amaliy mashg‘ulot vaqtida har bir bo‘lim va
oila vakillarini o‘rganib
chiqish jarayonida, ularning
ilmiy va mahalliy nomlarini,
asosiy farq qiluvchi belgi-
larini, yashash sharoitlarini yozma ravishda yakunlab,
vakil sifatida o‘rganilgan o‘simlikning umumiy ko‘ri-
nishlarini, ya`ni vegetativ va generativ a`zolarining
rasmlarini albomga chizib,
gul formula va diagramma-
larini tuzib chiqish orqali, o‘rganilayotgan o‘simlik turi
haqida to‘liq ma`lumotga ega bo‘ladilar.
Ushbu qo‘llanmadan universitet talabalari, o‘rta max-
sus va kasb-hunar ta`lim muassasalari hamda o‘rta
maktab o‘qituvchilari foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: