2-rasm. Kakku zig‘iri.
1-otalik o‘simlik; 2-onalik o‘simlik; 3-anteridiy
va parafizalar; 4-arxegoniylar; 5-zigota; 6-sporogonli o‘simlik;
7-sporogonning tashqi ko‘rinishi va uning ochilgan qopqog‘i;
8-peristoma; 9-sporaning o‘sishi, protenema ipchalari va kurtakning
hosil bo‘lishi.
Bu o‘simlik yashil yo‘sinlar orasida ko‘proq tarqal-
ganlaridan biri bo‘lib, asosan o‘rmon, botqoqlik va
sernam joylarda qalin chim hosil qilib o‘sadi. Uning
poyasi tik o‘suvchi, yuksakligi 20-30-40sm. gacha yetib
borib, shoxlanmay, uchli, dag‘al, qattiq barglar bilan
zich qoplangan. Barglari poyani o‘rab turuvchi qin hosil
qilib, ketma-ket joylashgan. Poyaning yuqori va o‘rta
qismidagi barglar, pastdagiga nisbatan yirikroqdir.
Poyaning pastki, bargsiz qismi tuproq ostida ildiz-
poyaga aylanib, undan rizoidlar hosil bo‘ladi. Poyaning
ichki tuzilishi birmuncha murakkab tuzilishga ega
13
bo‘lib, tashqi tomondan epidermis, undan keyin po‘st
va markaziy qismini o‘tkazuvchi nay bog‘lamlari tashkil
etadi. Ular floema va ksilemaga to‘g‘ri keladi.
Kakku zig‘iri ikki uyli o‘simlik. Jinsiy organlari
anteridiy va arxegoniylar hisoblanib, poyaning uchki
tomonida hosil bo‘ladi. Anteridiy serbar, qizg‘ish yoki
sarg‘ish barglar orasidan joy olgan. Uning tuzilishi
uzun xaltacha ko‘rinishida bo‘lib, qisqa banddan iborat.
Anteridiyning devori bir qavat, ichi bir nechta sper-
magen hujayralardan tashkil topgan. Har bir sperma-
gen hujayradan ikki xivchinli spermatozoidlar yetiladi.
Anteridiylar orasida iplarga o‘xshab ko‘rinadigan va
yuqori tomoni kengayib, plastinkalarga aylanadigan
maxsus parafizalar bor. Arxegoniylarni tuzilishi jigar-
simon yo‘sinlardagidek. Otalanish jarayoni suv
yordamida – yomg‘ir yoqqanda yoki shudring tushgan-
da amalga oshadi. Otalangan tuxum hujayradan spo-
rofit nasl – sporogoniy hosil bo‘ladi. Yetilgan sporogo-
niy murakkab tuzulishga ega. U ikki qismdan –ko‘sak-
cha va banddan iborat. Ko‘sakchaning yuqori tomoni
arxegoniyning qorin devorchasidan o‘sib chiqqan
serbar, tukli qalpoqcha bilan o‘ralgan. Ko‘sakcha o‘z
navbatida bir oz kengaygan asosi – apofiza (bo‘yin),
ko‘sakcha bo‘shlig‘i va uni bekitib turadigan qopqoq-
chaga bo‘linadi. Ko‘sakcha bo‘shlig‘ida xaltachaga o‘x-
shagan sporangiy joylashgan. Sporangiy ko‘sakcha
bo‘shlig‘idan o‘tgan ustunchani halqa tarzida o‘rab
turadi. Sporangiyda hosil bo‘lgan sporalar tayyor holga
kelgandan so‘ng, ko‘sakcha ochiladi. Ko‘sakcha ochil-
gunga qadar avval qalpoqcha tushib ketib, keyin qop-
qoqcha ochiladi. Bu vaqtda epifragma va uning atrofida
uchi dumaloqlashgan bir nechta kalta tishchalar
(peristomalar) joy olgan. Epifragma bilan tishchalar o‘r-
tasida teshikchalar bo‘lib, shu yerdan sporalar tash-
qariga sochiladi. Peristoma sporalarni tarqalishiga yor-
dam beradi. Sporalar qulay sharoitga tushgandan
so‘ng, o‘sib sershox protonema ipchalariga aylanadi,
14
bularda esa kurtaklar vujudga keladi. Kurtaklar asta-
sekin o‘sib poya bargli yo‘sinlarga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |