Mavzu №1 «YO‘nalishga kirish» fanining maqsad va vazifalari kirish



Download 260 Kb.
bet1/3
Sana01.01.2022
Hajmi260 Kb.
#299546
  1   2   3
Bog'liq
1-мавзу ЙК


Mavzu №1

«YO‘NALIShGA KIRISh» FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Kirish

Zamonaviy mutaxassisdan kasbiy kompetentlilik va noodatiy vaziyatlarda qaror qabul qilish, jamoada ishlash, axborotni mustaqil olish, tahlil qilish, samarali foydalanish, o‘zgaruvchan vaziyatlarga moslashuvchanlik talab etiladi. Bu sifatlarga ega mutaxassisni tayyorlash esa oliy ta’lim muassasalari oldida turgan dolzarb masalalardan.

Iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning barcha sohalari uchun mutaxassislar tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlari faoliyati mamlakatning umumiy taraqqiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli xalq xo‘jaligining barcha sohalari uchun mutaxassis tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari jamiyat ilmiy texnik taraqqiyotining o‘ysish jadalligini aniqlab beradi va iqtisodiyot va madaniyatning rivojiga katta hisssa qo‘shadi.

Oliy ta’lim maktablari mohiyatiga ko‘ra turli xil mutaxassislarni tayyorlashsada, ularning faoliyati qonunchilik bilan belgilab qo‘yilgan bir xil vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan. Bu faoliyat yo‘nalishlariga ko‘ra OTM larning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

▪amaliy, tashkiliy va tarbiyaviy ko‘nikmalarga ega byo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash;

▪ilm va fanning istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlari uchun mutaxassislar tayyorlash sifatini doimiy oshirib borish;

▪mamlakat ilmiy-texnik rivojlanishini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish.

OTM lar o‘zlarini butun faoliyatlarini o‘zi bo‘ysunadigan idoralar ishlab chiqadigan maxsus qoidalari va nizomlari asosida olib boradilar.

O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikdan keyingi yillardagi rivojlanish templari uning ta’lim tizimida, xususan oliy ta’limda yechilishi lozim bo‘ylgan ko‘lab muammolar borligini ko‘yrsatmoqda. Bu davr davomida deyarli barcha sohalarda zamonaviy bilim va ko‘ynikmalarga ega bo‘lgan, zamon talablariga mos bo‘lgan mutaxassislar taxchilligi doim sezilib turdi. Bu esa o‘z navbatida respublikamiz ta’lim tizimida tub o‘yzgarishlar qilish lozimligini ko‘yrsatmoqda.



2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida O‘zbekistonning Bolonya jarayoniga qo‘shilishiga shart-sharoitlar yaratiladi va o‘quv jarayoniga an’anaviy tizim o‘rniga kredit tizimi kiritiladi. O‘zbekistonning Bolonya jarayoniga qo‘shilishining zarurati ta’lim sohasida ro‘y berayotgan ob’ektiv voqeliklar bilan bog‘liqdir.

Xalqaro munosabatlarning to‘laqonli sub’ekti bo‘lgan O‘zbekiston hozirgi xalqaro taraqqiyot tendensiyalaridan chetda tura olmaydi. Mamlakatimizning Bolonya jarayoni ta’lim tizimiga qo‘shilishi xorijiy mamlakatlar bilan oliy ta’lim sohasidagi aloqalarni kengaytirishni ta’minlaydi. Buning natijasida joriy etiladigan kredit tizimi esa talabalarning mustaqil ishlashini rag‘batlantiradi. Individual ta’lim yo‘nalishining tanlov imkoniyatini, bakalavr, magistr va doktorantlarning akademik erkinligini ta’minlashga yordam beradi.

Kredit tizimida dars interfaol shaklda o‘tiladi va hafta davomida talabani mustaqil ishlashga yo‘naltiradi. Hafta oxirida har bir o‘qituvchi mashg‘ulot natijalarini jamlaydi va talabalar haftalik reytingi bilan tanishadi. Shunday qilib, tahsil oluvchi o‘z yo‘nalishi muvaffaqiyatidagi o‘sish yoki tushishni ko‘rishi mumkin. Talaba bir marta yaxshi tayyorlanmay, kam ball olsa, uning o‘rtacha bahosi tushib ketadi. Talabaning ma’ruza, seminar mashg‘ulotlariga kelmasdan, imtihondan avval esa hamma materiallarni yodlab yoki imtihonda tasodifan tanish savol tushib, undan o‘tishi holatlari uchramaydi. Kredit texnologiyasi ta’lim oluvchilarga ishchi o‘quv rejaga kiritilgan tanlov fanlarini tanlash, bu orqali individual o‘quv rejasini shakllantirishda bevosita ishtirok etish huquqini beradi. Nafaqat fanlar, balki professor-o‘qituvchilarni ham tanlash erkinligi beriladi. Ba’zi o‘qituvchilar ularni talaba tanlamasa, bu holatni juda og‘riqli qabul qiladi. Birinchi kurs talabalari hali pedagoglarni tanimaydi. Yuqori malakali, ammo qattiqqo‘l o‘qituvchining talabalarsiz qolish xavfi ham bor. Biroq oradan vaqt o‘tib, hammasi o‘z joyiga tushadi — talabalar talabchan, ammo yaxshi tayyorlaydigan o‘qituvchini tanlaydi.

Talabalarga fanlarni tanlash imkoniyati berilishi ijobiy hol. Biroq birinchi kurs talabalari o‘z imkoniyatini yaxshi chamalay olmaydi. Shuning uchun ikki-uchtadan ortiq qo‘shimcha fanlarni tanlamaydi. Ba’zi talabalar yuqori kurslarda ham o‘zlarini ortiqcha urintirmasdan, ikkita fanni tanlasam, yetarli, deb hisoblaydi. Ammo ish beruvchi yosh mutaxassisni ishga qabul qilayotganda uning bilim doirasi kengligi, mehnatsevarligi bilan qiziqadi. Kimdir moliya mutaxassisiga madaniyatshunoslik, mantiq yoki dinshunoslik nima uchun kerak, deyishi mumkin. Gap shundaki, mutaxassis har tomonlama chuqur bilimli bo‘lgani ma’qul. Shuning uchun kreditlar hech qachon ortiqcha bo‘lmaydi. Agar talaba dangasa bo‘lmasa, to‘rt yil davomida qo‘shimcha yana bir ixtisoslikni egallaydi. Aynan mana shu imkoniyat tufayli talaba oliy ta’lim muassasasini muddatidan oldin tugatishi mumkin. Ayniqsa, yozgi semestrlar o‘quv dasturlaridagi farqlarni bartaraf qilish, qo‘shimcha ravishda o‘qib-o‘rganish, tezlashtirilgan ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun tashkil etiladi.

1-kurs talabalarining mustaqil ishlashga mas’uliyati yetarli emas. Bu, ayniqsa, dastlabki bosqichda, ya’ni semestr boshida seziladi. Oliy ta’lim muassasasi talabani ilmiy manbalar bilan ishlash va cheksiz axborot olamida adashmaslikka o‘rgatadi. O‘qituvchi bilimlar ummonida kompas vazifasini bajaradi. Yangicha yondashuv tahsil oluvchilarning mustaqilligi, ijodiy faolligini oshirishga imkon beradi. Oliy ta’limdagi o‘quv reja va dasturlarda moslashuvchanlikning yo‘qligi, talabalar o‘quv yuklamalarining ko‘pligi, ishlab chiqarishdan ajralganlik kabi salbiy ta’sirlarni bartaraf etadi. Kredit tizimini joriy etish ta’lim falsafasining o‘zgarishi, ya’ni o‘zlashtirishni nazorat qiluvchi turdan o‘zini o‘zi nazorat qiluvchi – rag‘batlantiruvchi turga o‘tishni anglatadi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentning 2019 yil 8 oktabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi»ga ko‘ra, mamlakatdagi OTM larning 85 foizi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan. Masalan, shu o‘quv yilining o‘zida mamlakatimizdagi 33 dan ortiq yirik OTM lar kredit-modul tizimiga o‘tishi kutilmoqda. Mazkur OTM larda asosan ECTS kredit-modul tizimi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.




Download 260 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish