1.3. Ishlab chiqarish turini aniqlash
Bir oyga teng rejalashtirilgan davr ichida bajargan yoki bajariluvchi turli texnologik amallar soni -ni, shu oy ichida ishtirok etuvchi ishchi joylar soni -ga nisbati amallar bog’lanish koeffitsienti deb ataladi. Bu quyidagicha ifodalanadi
.
Amallar bog’lanish koeffitsienti ishlab chiqarish turining asosiy tavsiflaridan biridir (ГОСТ 3.1121-84). Yuqoridagi ГОСТ ga binoan:
- ommaviy ishlab chiqarish; - yirik seriyali ishlab chiqarish; -o’rta seriyali ishlab chiqarish; - mayda seriyali ishlab chiqarish uchun belgilangan. Yakka ishlab chiqarish uchun belgilanmagan, lekin deb qabul qilsak ham xato qilmagan bo’lamiz.
Yuqoridan aniq bo’ldiki, ishlab chiqarish turiga besh xil tipdagi ishlab chiqarishlar kirar ekan: yakka, mayda seriyali, o’rta seriyali, yirik seriyali va ommaviy.
Turli ishlab chiqarishlar uchun bir yilda tayyorlanuvchi
bir xil nomdagi va tip o’lchamdagi detallar soni
1.3.1– jadval.
Ishlab chiqarish turi
|
Og’ir mashina- sozlikning yirik buyumlari 30 kg.dan yuqori
|
O’rtacha o’lchamdagi buyumlar 8kg.dan 30 kg. gacha
|
Mayda buyumlar
8 kg.gacha
|
Yakka
Mayda seriyali
O’rta seriyali
Yirik seriyali
Ommaviy
|
< 5
- 100
- 300
-1000
<1000
|
< 10
10 - 200
200 - 500
500- 5000
< 5000
|
< 100
100- 500
500 - 5000
5000-50000
< 50000
|
Ishlab chiqarish turi, ishlab chiqarish takti yoki amallar bog’lanish koeffitsienti hisoblab topilgandan keyin aniqlanadi. Ishlab chiqarish taktini (ba’zi bir adabiyotlarda tempi) hisoblash formulasi quyidagicha:
, min/son.
Bu erda: - jihozlarning bir yillik bir smenalab ishlash haqiqiy vaqt fondi, soatda; -smenalar soni; -dastur bo’yicha detallarning bir yillik soni.
Agar takt miqdori, boshlang’ich taxminiy o’rnatilgan xarakterli amallar uchun ketgan o’rtacha vaqtga yaqin yoki kichikroq bo’lsa ishlab chiqarishni ommaviy deb qabul qilinadi. Bu holda jihozlarning yuklatilganligi (70% dan kam emas) natijasida amallarni ishchi joylarga bog’lab qo’yish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Amallarning uzayish vaqti yirik me’yorlar yordamida xarakterli amallar o’lchamlari asosida taxminiy hisoblashlar bilan aniqlanadi.
Agarda takt miqdori ko’zda tutilgan alohida amallar vaqt uzunliklaridan bir qancha katta bo’lsa, detallarni tayyorlash seriyali ishlab chiqarish tamoili asosida olib borilishi kerak. Bu holda dastgohlarning kam yuklanganligi sababli detallarga partiyalab ishlov berish maqsadga muvofiq bo’ladi. Jihozlarni sozlashning sermehnatliligi tufayli, ishlov jarayonining uzunligi, mahsulot ishlab chiqish kalendar muddati, mahsulot turi va boshqa tashkiliy hamda iqtisodiy fikrlarga ko’ra seriyalab ishlab chiqarishda taxminiy partiya miqdori belgilanadi.
Yirik va murakkab detallar uchun partiya miqdori ikki haftalik rejaga, o’rtachasi uchun bir oyga teng qilib olinish mumkin. O’rnatilgan partiyaning miqdoriga keyinchalik texnologik jarayonni batafsil ishlab chiqish asosida tuzatishlar kiritiladi.
1000>
Do'stlaringiz bilan baham: |