Konstruksion legirlangan Sch 20 1412-85 ning kimyoviy tarkibi
(ГОСТ 1412-85),%
C
|
Si
|
Mn
|
S
|
P
|
3,3-3,5
|
1,4-2,4
|
0,7-1,0
|
0.15
|
0,20
|
Sch 20 1412-85 ning mexanik xossalari (ГОСТ 1412-85),%
Po’lat markasi
|
Mexanik xossalari
|
σt , MPa
|
σv, MPa
|
δS, %
|
Ψ, %
|
dn, kg/mm2
|
HB
|
Sch 20 1412-85
|
200(20)
|
-
|
-
|
50
|
78
|
250
|
Sch 20 1412-85 ning materialining fizik xususiyati
T
(Grad)
|
E
(MPa)
|
(1/Grad)
|
(Vt/mgrad)
|
ρ(kg/
|
C
(Dj/kg
|
20
|
850
|
9.5
|
|
7100
|
|
100
|
1100
|
10
|
54
|
7200
|
480
|
Detal konstruksiyasi texnologikligini taxlili
Texnologik nazorat qilishda chizmadagi ma`lumotlar diqqat bilan o’rganiladi. Ishchi chizma ishlov beriladigan detalni yetarlicha o’rganish uchun barcha ma`lumotlarini o’zida aks ettirishi lozim, jumladan barcha proyeksiyalar, kesimlar va qirqimlar aniq ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Shestrnya detali quyidagi texnologik talablarni qondiradi:
maqsadga muofiq (maqul) bo’lgan zagotovkalardan foydalanish imkonini,
yetarlicha qattiq detal,
detalga ishlov berishda mukammallashtirilgan (alohida) asboblardan foydalanish imkoni,
detalni ko’pgina yuzalarini ishlov berish va nazorat qilish mumkin,
baza yuzalari detalni moslashtirishda oddiy va ishonchli maxkamlashga imkon beradi,
Talab etilgan yuqori o’tkazishni ta`minlash detal texnologikligini oshiradi.
Muxim xolatda, detal texnologikligini pasayishida, quyidagilar sabab bo’ladi:
qiyin profilli yuzalar mavjud bo’lsa, bu ishlov berish jarayonini va nazorat qilishni qiyinlashtiradi.
Murakkab geometrik shakllar, gluxar (katta vint turi) rezbali teshiklar.
Texnologik konstruksiyani taxlil qilish – ishlov berish texnologik jarayonida texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni oshishini ta`minlaydi. Shuning uchun taxlil – texnologik ishlov berishda asosiy bosqichlardan biri xisoblanadi, jumladan, kurs ishi loyihasini ham.
Shestrnya quyma usuli orqali tayyorlanadi, shuning uchun zagotovkani tayyorlashda tashqi kontur va ichki yuzalar qiyinchilik tug’dirmaydi.
Zagotovkani tanlash
Berilgan detal uchun zagotovkani tanlashda uni olish usuli tayinlanadi, tashqi ko’rinishi aniqlanadi, o’lchamlar, qiytimlar, ishlov berishda pripusklar va shakl tayyorlashda texnik talablarni keltiradi. Zagotovkani qaysi usulda tayyorlash, detal murakkabligiga undan tashqari esa iqtisodiy tomondan xisob kitob qilib tanlanadi. Tugallangan xulosaga qelish uchun detalni tayyorlashda va mexanik ishlav berishda qay usulda olish arzonga tushsa, iqtisodiy tomondan ma`qullansa o’sha usul tanlanadi.
Mashina detallari uchun zagotovkalar asosan quyidagi usullar bilan tayyorlanadi:
qora va rangli metallardan quyish yo’li bilan;
bosim bilan ishlash (bolg’alash va shtamplash) orqali;
qora va rangli metallar prokatidan;
metallokeramikadan (kukun metallurgiyasi yo’li bilan);
payvandlash – zagotovka qismlarini bir butun qilib ulash yo’li bilan;
metallmas materiallardan (plastik massalar va boshqalardan).
Zagotovka olish usulini tanlash, detalni o’lcham va materiali, ishchi vazifasi, uni tayyorlashga texnik talablar, yillik dastur va umumiy tuzilishi kabi omillar belgilab beradi. Bu masalani xal qilishda zagotovka o’lchami va tuzilishi detalni o’lcham va tuzilishiga maksimal yaqin bo’lishini ta’minlash kerak. Lekin shuni unutmaslik kerakki, zagotovka aniqligini oshirish va tuzilishini murakkablashtirish uni tannarxini oshishiga olib keladi. Shuning uchun ham zagotovka olishni optimal usuli qilib, zagotovka tannarxi kam bo’lgandagi usuli hisoblanadi.
Zagotovka olishni mavjud usullarini tahlil qilib, berilgan ishlab chiqarish sharoitida detalimiz uchun zagotovkani optimal tayyorlash usuli shtampovka usulidan foydalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |