arduino idea haqida tushuncha Reja: 1. Arduino nima? 2. Arduino oilasi. 3. Arduino Uno platasi va uning imkoniyatlari. Arduino — elektronik loyihalarini yaratish uchun foydalaniladigan open source platformasi hisoblanadi. Arduino kompyuter kodini fizik qurilmalarga yozib olish uchun ishlatiladigan elektron mikrokontrollerdan va dasturiy ta’minot yoki IDE (Integrated Development Environment) komponentidan iborat. the_rasulov1 Arduino oilasida turli xil kontrollerlar mavjud: Arduino UNO, Arduino Leonardo, Arduino ProMini, Arduino Mega, LilyPad Arduino. Ulardan eng keng tarqalgani Arduino UNO hisoblanadi. Mikrokontrollerlar bilan ishlashni boshlaganda ham aynan shu kontrollerdan boshlash maslahat beriladi. Endi esa, Arduino UNO mikro kontrollerining tarkibiy qismlari bilan tanishib chiqsak: Power(1).Arduino UNOga quvvat USB portini shaxsiy komputer yoki noutbukingizga ulash orqali beriladi. Uni komputeringizga ulovchi USB simisiz ham ishlatishingiz mumkin. Buning uchun maxsus batareya orqali ishlatishingiz mumkin(2). Bunday batareyalar odatda 9V kuchlanishga ega bo’ladi. GND(3): Ground so’zining qisqartmasi. Bu pinni siz barcha proyektingizdada ishlatasiz. 5V(4) & 3,3V(4): Bular mos ravishda 5V va 3,3V lik quvvatni ta’minlovchi pinlar hisobladi. Analog(6): Anolog pinlar (A0,…A5). Bu pinlar yordamida qurilmalardan analog signal qabul qilinadi. Masalan harorat datchigidan. Digital(7/8): Bu pinlardan esa raqamli signallar qabul qilinadi. Masal kichim svetodioddan. Keling Arduino UNOda birinchi qilinadigan kichik proyekt hisoblanmish svetodiodni yoqib ko’ramiz. Demak buning uchun bizga: Arduino UNO , LED(svetodiod) va 220 om rezistor kerak bo’ladi. Sxemani quyidagi ko’rinishda yig’amiz: Va Arduino IDE dasturlash muhitida quyidagi kodni yozish orqali biz LEDni 1 sekund yonib 1 sekund o’chish holatini takrorlanishiga erishamiz: Arduino Uno imkoniyatlariga kelsak: Arduino Uno da Atmega328 mikrokontrolleri o'rnatilgan, unda 14ta raqamli (0-13) va 6ta analog (A0-A5) portlari mavjud, 3ta GND (ya'ni zemlya), 1ta 5V, 3.3V, AREF (ya'ni Analog portlardagi kuchlanishni boshqarish uchun), Vin (ya'ni tashqi kuchlanish manbai orqali arduinoga kuchlanish berish imkoniyatini beruvchi), IOREF (ya'ni kerakli kuchlanishga sozlab beruvchi), Reset (ya'ni Bu bizga kerakli dasturni yozish, uni tekshirish va kerakli Arduino ga yozishda bizga yordam beradi. U ochiq kodli hisoblanadi ya'ni Arduino platasiga yoziluvchi barcha dasturlarni internetdan topishingiz mumkin va uni olganligingiz uchun hech qanday pul to'lamaysiz. Undan qanday foydalanishni darslarimiz davomida sizlarga o'rgatib boramiz. Arduinoni qayta yuklash uchun), portlari mavjud. Yana bitta fizik tugma bo'lib, u Arduinoni qayta yuklash uchun ishlatiladi. Unga 2ta elektr tok manbaini ulash uchun port mavjud bo'lib, 1tasi USB orqali 5V li tok manbaidan elektr energiyasini olsa, ikkinchisi 220V (bu o'rtacha olganda) li o'zgaruvchan tok manbaidan elektr energiyasini oladi. Arduino ishlash kuchlanishi 5V bo'lib, unga kiruvchi kuchlanish 6-20V gachadir (tavsiya etilgan 7-12V gacha). Arduino Uno bilan tanishib oldik, endi biz unga dastur yozuvchi muhit bilan ya'ni Arduino IDE bilan tanishamiz. U quyidagicha ko'rinishda bo'ladi: Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, agar siz bunda dasturlashni va qurilmalarni yig'ishni o'rganib olsangiz, o'zingiz uchun kundalik hayotda ishlatish uchun mo'ljallangan qurilmalarni yasay olasiz deb ayta olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |