Razryad tushunchasini bilib oldik endi, unga o'rnatiladigan dasturlarni razryadiga qarab farqlay olamiz va endi bu dasturlarni qanday operatsion tizimga qanday turdagi dasturlarni o'rnatish mumkinligini ko'rib chiqamiz. Barchamiz vaqti vaqti bilan turli dasturlarga muhtoj bo'lamiz va ularni o'rnatishimiz kerak bo'ladi. Xo'sh, buni qanday amalga oshirishimiz kerak? Quyida biz “WinRAR” dasturini o'rnatishni ko'rib chiqamiz:
WinRAR dasturi – bu dastur turli xil formatdagi (asosan hujjat va rasmlar)ni ixchamlash uchun ishlatiladi. Ixchamlash – aytaylik sizning word dokumentingiz 10 megabayt hajmda, WinRAR dasturi orqali siz uni 5 megabaytga (hatto 1 megabayt va undan ham kamrog'iga) qisqartirishingiz mumkin.
1-rasm. Avval o'zimizga kerakli razryaddagi dasturni tanlaymiz. “x32” — “x64” – bu bizga kerakli dastur razryadi.
Bizning kompyuter “x64” razryadli bo'lgani uchun “WinRAR 5.40 Final_x64” ni tanlaymiz.
2-rasm. Bu – dastur o'rnatilayotgan joy, ya'ni “C” diskning “Program Files” papkasi
3-rasm. Agarda xohlasak, uni istalgan yerga o'rnatishimiz mumkin. Xohlasak “C” ga, xohlasak “D” ga
4-rasm. “O'rnatish” (Установить) tugmasi bosiladi
5-rasm. Bu yerda WinRAR dasturi ochishi mumkin bo'lgan formatlar keltirilgan
Uchinchi qatorda WinRAR dasturiy guruhini yaratish yo yaratmaslik belgilanadi. Aslida bu va quyidagi qolgan qatorlar u darajada muhim emas, ularga tegish shart emas.
6-rasm. Birinchi qatorda WinRARni yorlig'ini “ish stoli” ga qo'yish yo qo'ymaslik belgilanadi. Ikkinchi qatorda Pusk menyusiga WinRAR yorlig`ini qo`yish yo qo`ymaslik belgilanadi
7-rasm. “OK” tugmasini bosamiz va dastur ishga tayyor
8-rasm. Tekshirish uchun biror bir formati “rar” bo'lgan fayl ustiga bosamiz, agar rasmdagi so'zlar mavjud bo'lsa demak dastur o'rnatilgan
Endi bizda yana har xil vaziyat bo'ladi ba'zi dasturlarni o'chirishimizga to'g'ri keladi. Dasturlarni o'chirishni quyidagi holatda xuddi shu WinRAR dasturida ko'rib chiqamiz. U quyidagicha amalga oshiriladi.
9-rasm. Biz ish stolida turib klaviaturadagi Win+X tugmalarini birgalikda bosamiz va bizda kichik menyucha ochiladi
10-rasm. Ochilgan oynadan «программы и компоненты» bo'limini tanlaymiz
11-rasm. Tanlagan bo'limimizning oynasi ochiladi va u yerdan WinRAR dasturini qidirib topamiz va tanlaymiz
12-rasm. Bizda WinRAR dasturini o'chirishni tasqidlash uchun oyna ochiladi va uni «ДА» deb tasdiqlaymiz
13-rasm. O'chirish jarayoni ko'rsatiladi yoki ko'rsatilmay quyidagicha o'chirilganlikni tasdiqlash oynasi ochiladi
Windows lar haqida malumot
https://noblefox.ru/sistemnye-trebovaniya-windows/
Do'stlaringiz bilan baham: |