Ҳарбий таълим факультети тарихий маълумотномаси китобидан кўчирма (2020/21 ўқув йили)
1. Ҳарбий таълим факультетининг ташкил топиши билан боғлиқ бўлган қисқача тарихи.(Олдинги йилларда кўрсатилган)
2. Ҳарбий таълим факультетининг штат тузилиши ва ундаги ўзгаришлар. Бугунги кунда Бухоро Давлат университетининг ҳарбий таълим факультети Ўзбекистон Республикаси Мудофаа вазирининг 2018 йил 7 мартдаги №21/1/671-сонли Директиваси билан кучга киритилган №25/053 штатида 2 нафар офицерлар таркибидаги шартнома асосида ҳарбий хизматчи ва 14 нафар Қуролли Кучлар хизматчилари билан ўз фаолиятини олиб бормоқда.
Юқоридагига асосан офицер-ўқитувчиларнинг штатлар билан тўлдирилганлик фоизи 100 % ни ташкил этади.
Ўқув йили давомида Ҳарбий таълим факультети ҳарбий хизматчилари штат лавозимларида қуйидагича ўзгаришлар бўлмади:
2020/21-ўқув йилига ўқув юкламаси штатдаги ўқитувчилардан ортиб қолганлиги муносабати билан заҳирадаги майор Амонов Ғулом Махмудович Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 9 октябрдаги 809-сонли Қарорига асосан 2020 йил сентябр ойидан меҳнат шартномаси тузиш орқали умумқўшин тайёргарлик цикли ўқитувчиси лавозимларига қабул қилиндилар.
3. Ҳарбий таълим факультети циклларининг номланиши, талабалар сони ва ҳарбий тайёргарликни ўтаганликлари ҳақидаги маълумотлар. Ҳарбий таълим факультетида 3 та цикл мавжуд бўлиб, улар қуйидагича номланади:
“Умумқўшин тайёргарлиги” цикли – цикл бошлиғи подполковник Тўраев Ж.А;
“Услубий тайёргарлик” цикли–цикл бошлиғи захирадаги катта лейтенант Абдурахмонов Ш.Н.;
“Махсус тайёргарлик” цикли – цикл бошлиғи захирадаги лейтенант Узоқов А.М.
Факультетда жорий ўқув йили давомида 4 та курс бакалавр кесимида жами 380 нафар талаба тахсил олди:
1 курс – 158 нафар, шу жумладан 21 нафар грант, 137 нафари шартнома;
2 курс – 134 нафар, шу жумладан 14 нафар грант, 120 нафари шартнома;
3 курс – 99 нафар, шу жумладан 10 нафар грант, 89 нафари шартнома;
4 курс – 89 нафар, шу жумладан 10 нафар грант, 79 нафари шартнома;
Жорий йилда битирувчилар сони 89 нафарни ташкил қилди.
3 курс талабаларининг дала ўқув йиғини ўтказиши тўғрисида 2020/21 -o‘quv yili o‘quv rejasiga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 809-qarori, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 23 dekabrdagi 36/25–sonli qo‘shma qarori talablarini bajarish maqsadida 2020/21–o‘quv yili 6–semestr fanlarini ijobiy o‘zlashtirgan 3–kurs talabalari bilan 6–iyundan 20–iyunga qadar o‘quv yig‘ini tashkillashtirildi va o‘tkazildi.
O‘quv yig‘inini sifatli tashkillashtirish va o‘tkazish maqsadida Harbiy ta’lim fakulteti ofitser–o‘qituvchilaridan quyidagicha o‘quv yig‘ini tarkibi tuzildi:
o‘quv yig‘ini boshlig‘i
o‘quv yig‘ini boshlig‘ining o‘rinbosari
O‘quv yig‘inlariga tegishli bo‘lgan buyruqlar, belgilangan dasturlar, o‘quv yig‘inining reja-jadvali va boshqa o‘quv yig‘inini tashkillashtirish va o‘tkazish uchun kerakli hujjatlarini boshqaruv hujjatlari talablari asosida ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 26-iyundagi 3025-sonli qo‘shma qarori, O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining 2021-yil 04-iyundagi 85-sonli buyrug‘i hamda unversitet rektorining 2021-yil 12-iyundagi 91-01-T sonli buyrug‘i talablarini bajarish maqsadida Harbiy ta’lim fakulteti 3-bosqich talabalarini harbiy tayyorgarlik fanlari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasini Harbiy ta’lim fakulteti bazasida, tasdiqlangan jadvalga asosan 16-iyundan 19-iyungacha bo‘lgan davrda o‘tkazildi.
Harbiy tayyorgarlik fanlari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasini topshirishga harbiy tayyorgarlikning to‘liq bosqichidan shu jumladan, harbiy yig‘inlarda qatnashib o‘tgan 3-bosqich talabalariga ruhsat berildi.
Yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 26-iyundagi 3025-sonli «O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomani» qo‘shma qarori talablariga qat’iy amal qilindi. Yakuniy davlat attestatsiyasi komisiya tarkibini yakuniy xulosasiga ko‘ra barcha talabalar ijobiy baxolandi.
O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirining 2021-yil 25-may kunidagi 390-sonli 2021-yilda O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalari talabalari bilan o‘quv yig‘inlarini hamda yakuniy davlat attestatsiyasini tashkillashtirish va o‘tkazish” to‘g‘risidagi buyrug‘ining talablarini bajarish, Vatanni himoya qilishdagi axloqiy-ruhiy shaylikni, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga mansublik uchun bo‘lgan g‘urur va mas’uliyatni shakllantirish hamda ushlab turish, kursantlarda harbiy burchni bajarish uchun zarur hislatlarni, Vatanga qasamyodni muqaddas va buzilmas ekanligi tushunchalarini, rivojlantirish, shuningdek, harbiy marosimlar tartibiga rioya qilish maqsadida Harbiy ta’lim fakultetining 3–bosqich kursantlarini Vatanga qasamyodga tantanali keltirish marosimini 20-iyun kuni soat 08:00 dan soat 12:00 ga qadar bo‘lgan vaqtda, Harbiy ta’lim fakulteti saf maydonida o‘tqazildi. Vatanga qasamyod marosimi tantanali ravishda bayramona ruxda o‘tkazildi. Ushbu tadbirda unversitet rektori O.Xamidov boshchiligida barcha raxbariyat xodimlari va fakultet dekanlari ishtirok etishdi.Tadbirda yig‘ilgan talabalarning ota-onalari farzandlarini shu qisqa vaqt ichida haqiqiy vatan himoyachisi qilib tarbiyanganlari uchun fakultet raxbaryatiga va ofitser-o‘qituvchilarga o‘z minnatdorchiligi bildirishdi.