1. Bo’g’inga ajralmaydigan so'zlar qatorini belgilang.
A) qit'a, qal'a, yechim B) hukm, gramm, ong
C) ongi, yengil, yangi D)A,BvaC
2. “ - ng" bir tovushni ifodalagan so'zlarni belgilang.
A) tungi, unga B) tongi,
otangiz
C) tonggi, dengiz D) B va C
3. Qaysiso'zlar faqat jarangli undoshlardan iborat?
l.ko'ylak; 2.maydon; 3jadval; 4.va'zxon; 5.qo'llar; 6.vijdon; 7.sog'lom; 8.doimiy; 9.darslik; 10.osmon.
A) 2,3,6,8 B) 1,2,3,4,5,8,10 C) 1,2,4,5,8,9 D) 1,4,5,7,9
4. Urg'u ma'no farqlash vazifasini bajargan so'zlarni belgilang.
l.tortma; 2.akademik; 3.o'quvchimiz; 4.tok; 5.etik; 6.ko'zlar; 7.changi; 8.tort;
A) Barcha so'zlarda urg'u ma'no farqlash vazifasini bajargan. B) 1,2,3,4,6,7 C) 1,2,3,5,6,7 D) 1,2,4,6,7,8
5. Qaysi qatordagi so'zlarda sirg'aluvchi j tovushi berilgan?
A)janob, Jamshid, Jomiy
B) jar, ajin, adar
C) G'ijduvon, gijda, mujda
D) jajji, jazo, javob
6. Hozirgi o'zbek tilida jarangsiz juftiga ega jarangli undoshlar soni nechta?
A)7 (B)8 C)6 D)9 E)10
7.Buyrug’ingiz so'zida tovush o'zgarishlarining qaysi turi mavjud?
A) tovush tushishi va orttirilishi
B) tovush orttirilishi va olmoshli
C) tovush almashishi
D) tovush tushishi va alamashishi
8. Oh ursa, olamni buzar dovushi, To'qson molning terisidan kovushi.
Parchada qo'IIangan badiiy san'atni aniqlang; matinda ochiq bo'g'inlar sonini aniqlang.
A) jonlantirish; 12ta B) qofiya; lOta
C) radif;14ta D) mubolag`a; 13ta
9.Yam -yashil so'zida nechta unli va nechta undosh tovush bor?
A) 3ta unli, 3ta undosh
B) 5ta unli, 5ta undosh
C) 3ta unli, 5ta undosh
D) 4ta unli, 4ta undosh
10. Qaysi qatordagi so'zlarda faqat jarangsiz undoshlar bor?
A) ziynat, ko'hlik, libos
B) ko'makdosh, inson, ko'rgazma
C) gilos, rayho, gulkaram
D) soat, qo'shiq, ko'cha
11. Yopiq bo'g'inlardan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan
So’zni belgilang.
A) g'alla B)kitob C)po'lat D)paxta
12. Unli va jarangli undoshlardan hosil bo'lgan so'zlar qatorini toping.
A) mashq, kitob, so'z
B) paxta, xalq, choynak
C) maydon, dor, gul
D) maktab, sabab, maqol
13. O’zbek tilidagi qaysi tovush arab, fors tili ta'sirida paydo bo'lgan?
A)s B)ng C)d D)f
14. O'zak va qo'shimchalarning qo'shilishida qaysi qismda tovush tarkibi o'zgarishi mumkin?
A) qo'shimchaming tovush tarkibi o'zgarishi mumkin
B) o'zakning tovush tarkibi o'zgarishi mumkin
C) birdaniga ham o'zakning, ham qo'shimchaning tovush tarkibi o'zgarish mumkin.
D) A,B va C
15. O'zakka qo'shimcha qo'shilganda, o'zakning tarkibida vujudga keladigan o'zgarishlarining asosiy turlarini belgilang.
A) tovush almashishi
B) tovush tushishi
C) tovush orttirilishi
D) tovush tushishi, tovush almashishi, oish orttirilsihi
16 Qaysi qatordagi so'zlarning ma'nosini urg'u yordamida farqlash munkin?
A) ishchi, bolada, qo'lla, ahil
B) xiyla, oliya, belcha, beshala
C) bog'lar, ishlar, etik, qishloqcha, botin, botir
D) burun, gajim, uylar, yechiq
17. Qaysi qatorda nutq tovushlariga noto'g'ri izoh berilgan?
A) Nutq tovushlari unli va undosh tovushlarga bo'linadi
B) Unli tovushlar faqat ovozdan iborat
C) Unli tovushlar bo'g'izdagi un paychalarining havo oqimi ta'sirida tebranishidan yuzaga keladi.
D) unli tovushlarni talaffuz qilganda, havo oqimi og'iz bo'shlig'ida qisman to'siqqa uchrab o'tadi
18. b,p,m tovushlarning hosil bo'lish o'rni qaysi javobda to'g'ri berilgan?
A) lab-tish undoshlari
B) til oldi undoshlari
C) lab-lab undoshlar
D) sayoz til orqa
19. Faqat sirg'aluvchi undoshlardan iborat qatorni toping.
A) f,s,k B) v,z,n
C)l,sh,x D) h,f,g’
20. Tarkibida unli tovushlar bilan faqat jarangsiz undoshlar ishtirok etgan so'zlar qatorini toping.
A) bayon, vazmin, go'zal
B) bigiz, kuchuk, joziba
C) ko'chat, hiqichoq, sath
D) alifbe, andisha, dahshat
21.Tarkibida undosh tovushlardan faqat sonorlar (ovozdorlar) ishtirok etgan so'zlar qatorini ko'rsating.
A) mehr, keng, sen
B) yomg'ir, makon, nodon
C) misol, moviy, dengiz
D) ro'mol, nom, lola.
22. Faqat bir bo'g'ini bir tovushdan iborat bo'lgan ko'p bo'g'inli so'zlar qatorini aniqlang.
A) baraka, daraja, ma'naviyat
B) musaffo, tomoshabin, shartnoma
C) muomala, ijodiy, mudofaa
D) bepayon, donishmand, shahzoda
23. Bunday bo'g'in unli bilan tugaydi yoki bir unlidan iborat bo'ladi. Ushbu izoh quyidagi qaysi tushunchaga taalluqli?
A) berkitilgan bo'g'in
B) berkitilmagan bo'g'in
C)yopiq bo'g'in
D) ochiq bo'g'in
24. Birinchi bo'g'ini ikki tovushdan, keyingi bo'g'ini esa uch tovushdan iborat bo'lgan so'zlar qatorini aniqlang.
A) yelkan, yodgor, yaylov
B) pilla, faryod, panja
C) arslon, gazmol, artist
D) quyosh, yovuz, yashin
25. Qaysi qatordagi so'zlarda urg'u birinchi bo'g'inga tushadi?
A) polvon, mehnat, najot
B) mukofot, zimiston, vatandosh
C) radio, kofe, traktor
D) albatta, afsuski, fonetika
26. Jarangli b undoshi qaysi qatordagi so'zlar tarkibida jarangsiz p tarzida talaffuz qilinadi?
A) abjir, abgor, abzas
B) do'mboq, bog'bon, barbod
C) dabdaba, gumbaz, gerbariy
D) girdob, azob, javob
27. Urg'u so'zning ikkinchi bo'g'iniga tushgan qatorni belgilang,
A) chaqiriq, o'yinchoq, qo'ng'iroq
B) adolat, dabdaba, muqaddas
C) afsuski, fonetika, albatta
D) kelajak, tomizgi, pushaymon
28. Bo'yni, avrim so'zlarida o'zak va qo'shimchalarning qo'shilishi natijasida qanday fonetik o'zgarish vujudga kelgan?
A) undosh tovushlar tushishi
B) unli tovushlar tushishi
C) undosh tovushlar alamashishi
D) unli tovushlar almashishi
29. Bolagina so'zida urg'u qaysi bo'g'inga tushsagina chegaralash, ya'ni faqat ma'nosini ifodalaydi?
A) oxirgi bo'g'inga
B) uchinchi
C) ikkinchi D) birinchi I
30. l.o'glimga; 2.quvonchim; 3.sarg'aymoq; 4.o'rnatmoq; 5.chanqamoq. Berilgan so'zlarning qaysi birida qo'shimchalar qo'shilishi natijasida fonetik o'zgarish vujudga kelgan?
A) 1,3 B) 1,2,5
C) 1,2,3,4 D) 1,3,4
31. Qaysi tovush til oldi undoshi hisoblanadi?
A)b B)v C)g D)z
32. Yopiq bo'g'inlaridan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so'zni belgilang.
A) mehnat B) temir
C) botir D) maktab
33. l.tila; 2.yo'la; 3.sila; 4.elar; 5.nola; 6.medali. Ushbu so'zlarning qay birida l undoshi ikkilantirilsa, yangi so'z hosil bo'ladi?
A) 1,4,6 B) 1,2,3,4,6
C) 1,2,4,5,6 D) 1,2,3,4,5
34. Qaysi so'zlarda jarangsiz undoshlar ishtirok etmagan?
l.bulbul; 2.maydon; 3.sila; 4.va'zxon; 5.qo'llar; 6.vijdon; 7.sog'lom; 8.doimiy; 9.darslik; 10.manba
A) 1,4.5,7,9 B) 1,2,4,5,8,9
C) 1,2,6,8,10 D) 2,3,6,8
35. Tilning old qismida hosil bo'ladigan undosh tovushlarni belgilang.
A)ch,k B)r,l C)b,p D)v,f
36. Qaysi qatordagi so'zlarda qo'shimcha qo'shilishi bilan tovush o'zgarishi sodir bo'lgan?
A) qaynoq, maqtov, o'yna
B) ko'ylakchan, ko'klam, o'lgunch
C) shirinlik, ko'pchilik, bog'lam
D) o'lcham, kuyla, o'ymakor
37. Qaysi so'zda yonma-yon kelgan tovushlar nutqda ba'zan o'rin almashishi mumkin?
A) yurakka B) tuproq
C) yozgandir D) tuzsiz
38. O'lcha-o'lchov, kurak-kuragi, ot-ata kabi o'zak va qo'shimchalarning qo'shilishida tovush o'zgarishlarining qaysi turi vujudga kelgan?
A) tovush almashishi va tushishi
B) tovush almashishi va ortirilishi
C) tovush tushishi
D) tovush almashishi
39. Quyidagi so'zlarning qaysi biri tarkibida ochiq bo'g'in bor?
A) ishlatmoq B) otlantirmoq
C) albo`mning
D) tasdiqlamoq
40. Qaysi qatordagi so'zlar faqat ochiq bo'g'indan iborat?
A) arra, fazo, quyosh
B) mazali, go'yo, keladi
C) nozanin, azamat, ota
D) mana, ko'rpa, semiz
41. Quyidagi qatorlarning qaysi birida sh tovushining jaranglisi qo'IIangan so'zlar qayd etilgan?
A) kajava, ajrim;
B) jola, janr;
C) jir, ajdod; D) jabr, gajak;
42. Quyidagi qatorlarning qaysi birida ch tovushining jaranglisi qo'IIangan so'zlar qayd etilgan?
A) janr, ajdar; B) ajdod, jola:
B) ajrim, kajava;
D) jemper, jurnal;
43. Qaysi qatordagi so'zlarning undoshlari lab tovushlardan iborat?
A) papka, shapka, popuk
B) vzvod, vojib, vrach
C) baraka, badbo'y, vafo
D) bevafo, bomba, popop
44. Qaysi qatordagi so'zlarning undoshlari til oldi tovushlaridan iborat?
A) diyda, joynamoz, latofat
B) dilozor, jondor, larza
C) jirttaki, laparchi, lahza
D) latta, nojins, jodugar
45. Qaysi qatordagi so'zlarning undoshlari faqat sonorlardan iborat?
A) mosh, mos, makon
B) jang, mo'g'il, nov
C) malol, marom, marmar
D) shag'al, nog'ora, mog'or
46. Kontrakt so'zining ikkinchi bo'g'ini necha unli va necha undoshdan iborat?
A) 1 unli va 2 undosh
B) 1 unli va 3 undosh
C) 1 unli va 4 undosh
D) 1 unli va 5 undsoh
47. Qaysi so'zda qator kelgan undoshning keyingisi ta'sirida oldingisi ham unga o'xshab talaffuz qilinadi?
A) o'qibdi B) ketdi
C) yurakka D) yigitcha
48. Tovushlarni talaffuz qilganimizda un paychalari tarang tortilgan bo'Imasa, qanday tovushlar hosil bo'ladi?
A) unlilar B) jarangsizlar
C) jaranglilar D) undoshlar
49. ng tovushi so'z takibida ikki unli tovush o'rtasida kelgan bo'lsa, ular qay tarzda bo'g'inlarga ajratiladi?
A) ng birinchi unli bilan bo'g'in hosil qiladi
B) ng ikkinchi unli bilan bo'g'in hosil qiladi
C) n birinchi g ikkinchi unli bilan bo'g'in hosil qiladi
D) ng bo'linmay, birichi yoki ikkinchi unli bilan bo'g'in hosil qiladi
50. Berilgan so'zlarning qaysi birida qo'shimchalar qo'shilishi natijasida fonetik o'zgarish yuz bergan? l.susaymoq 2.qiynamoq 3.bo'yoqodr 4.o'tqizmoq 5.chanqamoq 6.qaynoqroq
A) 3,4,5,6 B) 1,2,3,4
C) 1,2,3,6 D) 1,3,6
51. Qaysi so'z talaffuz qilinganda, keyingi tovush oldingi tovushni o'ziga moslashtiradi?
A) yozsin B) aytdi
C) yurakka D) zarur
52.Qaysi so'z talaffuz qilinganda oldingi tovush keyingi tovushni o'ziga moslashtiradi?
A) yozsin B) tuzsin
C) yigitcha D) otdan
53. Qaysi qatoradgi so'zlarning undoshlari faqat til orqa undoshlaridan iborat?
A) kukun, katak, grek
B) egik, go'ng, kakao
C) kakku, kek, keyin
D) ko'k, gala, geolg
54. Qaysi qatordagi so'zlarning undoshlari burun sonorlaridan iborat?
A) namayon, nenes, nomus
B) paxta, mo'may, mo'min
C) mung, no'noq, mamont
D) namuna, mangu, manman
55. Qaysi qatordagi so'zlarning undoshlari faqat til oldi jarangsizlardan iborat?
A) sas, sitam, tatar B) sasi, soat, tutuq C) soz, sust, tussiz D) soat, sutchi, tutash
56. Qaysi qatordagi so'zlarning undoshlari jarangli lab tovushlaridan iborat?
A) beibo, beva, vabo
B) ibo, bambuk, bevafo
C) ivi, bibi, vafo
D) A va C
57. Qaysi qatordagi so'zlarning jarangli undoshlari jarangsiz juftiga aylantirilsa, boshqa so'zlar kelib chiqadi?
A) zo'r, zambil, beva
B) go'ja, jag'jag',dud
C) did, jo'ja, bibi
D) dod, go'zgoz, goziy
58. Qaysi qatordagi barcha so'zlarda jo'ja so'zidagi j jaranglisining jarangsiz jufti qo'llangan?
A) chalg'i, kuch, shosh
B) tosh, bosh, kuch
C) archa, ko'cha, xipcha
D) osha, qo'sha, shish
59. Qaysi qatordagi barcha so'zlarda jurnal so'zidagi j jaranglisining jarangsiz jufti qo'llangan?
A) chalg'i, kuch, shosh
B) tosh, bosh, kuch
C) acha, ko'cha, xipcha
D) osha, qo'sha, shish
60. Qaysi qatordagi so'zlar urg'usi aksar hollarda birinchi bo'g'inda bo'ladi?
A) zo'rg'a, issiq, proza
B) ilgich, luqma, ildiz
C) madad, maket, malax
D) navbat, mo'g'il, nasha
61. Qaysi qatordagi so'zda ochiq bo'g'in qo'llangan?
A) bellashmoq
B) vazminlik
C) barzangi D) kamqatnov
62. Qaysi undoshlar til undoshlari hisoblanadi?
A) b,n,m B) v,f,l
C) v,m,f D) y,g,q
63. Qaysi qatoragi so'zlarda tovush tushishi sodir bo'lgan?
A) qo'shni, chinni, shinni
B) jinni, ayni, ma'ni
C) sarg'ay, yarmi, bumi
D) chayla, qayla, sag'ri
64. Qaysi qatordagi so'zlarda tovush o'zgarishi sodir bo'lmagan?
A) shahri, o'g'ri, bo'yin
B) o'shanga, bunga, unga
C) o'roqqa, terakka, ko'kka
D) qoshida, poyaki, xo'raki
65. Qaysi qatordagi so'zlarda tovush ortishi sodir bo'lgan?
A) shahri, o'g'li, bo'yin
B) nashida, poyaki, xo'raki
C) o'roqqa, terakka, ko'kka
D) O’shanga, anga, unga
66. Qaysi qatordagi so'zlarda tovushlarning o'zaro moslashuvi sodir bo'lgan?
A) ko'kka, qishloqqa, bitta
B) xo'raki, chillaki, jirtaki
C) barmog'i, sog'ay, sarg'ay
D) toshloq, qumloq, bo'rdoqi
67. Qaysi qatordagi so'zlarning portlovchi tovushi jonli tilda sirg'aluvchi kabi talaffuz etiladi?
A) maqol, siqiq, uqa,
B) maqsad, naqd, vaqt
C) chaqa, yoqa, boqa
D) takt, fakt, kut,
68. Qaysi qatordagi yasama so'z unli va jarangli undoshlardan iborat?
A) ko'makdosh B) ulg'ay C) gaplash D) bolalarda
69. Urg'u ma'no farqlash vazifasini bajargan so'zlarni belgilang,
1 .olma 2.kelma S.o'quvchimiz 4.temirchi 5.yigitcha 6.ko'zlar
A) 1,2,3,4,5
B) 1,3,5,6
C) 1,2,3,6
D) barcha so'zlarda urg'u ma'no farqlash vazifasini bajaradi.
70. Yopiq bo'g'inlaridan biri faqat lab undoshlardan tashkil topgan so'zni belgilang.
A) konduktor B) bolg'a
C) mavsum D) maktab
71. Qaysi qatordagi so'zlarda urg'u ikkinchi bo'g'inga tushadi?
A) hatto, matematika, hunar
B) respublika, albatta, gazeta
C) ruchka, katta, kimdir
D) hamma, gazeta, sanatoriy
72. Qo'shimcha qo'shilishi natijasida asosda tovush almashishi bo'lgan so'zlarni belgilang.
A) bog'ga, etikka B) sovuq, o'toq C) sarg'ay, burni D) ikkov, pasay
73. So'z oxiridagi jarangsiz undoshlarga unli bilan boshlangan qo'shimcha qo'shilsa, qaysi jarangsiz tovushlar jarangliga aylanadi?
A)k,q
B)k,q,g'
C)t,k,q
D) barcha jarangsiz tovushlar
74. Qaysi yasama so'z asosida jarangsiz undoshlar mavjud emas?
A) ranjimoq B) ko'zlamoq
C) to' shak D) balandroq
"75. Axloq, o'q, to'piq, tok so'zlariga qo'shimcha qo'shilganda, o'zakda vujudga keladigan fonetik o'zgarish qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan?
A) —ga qo'shimchasi qo'shilsa, jarangli jarangsizga aylanadi
B) unli bilan boshlanadigan qo'shimcha qo'shilsa berilgan so'zlardan jarangli – jarangsizga aylanadi.
C) unli bilan boshlanadigan qo'shimcha qo'shilsa, berilgan so'zlarda jarangsiz tovush jarangliga aylanadi.
D) unli bilan boshlanadigan qo'shimcha qo'shilsa, tok,to'piq so'zidagi jarangsiz jarangliga aylanadi.
76. Qaysi qatordagi so'zlar asosida tovush tushishi hodisasi ro'y bergan?
A) shahri, qomi, bag'ri
B) burchagi, bo'yog'i, qo'shig'i
C) sarg'ish, ko'ngli, qormog'i
D) oyog'i, tayog'i, oltovi
77. Qaysi qatordagi berilgan yasama so'zdagi yopiq bo'g'in jarangli undoshlardan iborat?
A) gulchilik, yig'ilish
B) qahqaha, kuchay
C) mehnatkash, bodom
D) noto'g'ri, lolalar
78. Qaysi qatorda qo'shimchalar qo'shilganda, asosda ro'y beradigan tovush o'zgarishlari noto'g'ri ko'rsatilgan?
A) q-qo'shimchasi bilan fe'llardan ot yasalganda, o’zak negizi oxiridagi a unlisi o tovushiga almashadi
B) -q qo'shimchasi bilan fe'llardan sifat yasalganda, o'zak-negiz oxirdagi a unli o tovushga almashadi. C) -a qo'shimchasi bilan otdan fe'l yasalganda, o'zak-negizdagi o unlisi a tovushiga alamshadi.
D) -a qo'shimchasi bilan fe'l yasalganda, o'zak-negizdagi a tovushi o tovushiga almashadi.
79. Sanab-sanog'imga yetolmadim, Ushbu gapdagi sanog'imga soz'i asliga ko'ra qanday fonetik o'zgarishlar natijasida hosil bo'ladi?
A) 3 ta tovush almashinishi
B) 2 ta tovush alamshinishi 1 ta tovush fi tushishi
C) 1 ta tovush almashinishi, Ita tovush tushishi
D) 2 ta tovush almashinishi
80. Qaysi qatordagi so'zlarda urg'u ikkinchi bo'g'inga tushadi?
A) hatto, matematika, hunar
B) respublika, albatta, gazeta
C) ruchka, katta, kimdir
D) hamma, gazeta, sanatoriy
81. Bo'yoq so'zining hosil bo'lishida qanday fonetik o'zgarish vujudga kelgan?
A) bo'ya fe'lidan ot yasalib, a tovushi tushib qolgan
B) o'zak-negiz oxiridagi a tovushi o tovushiga almashgan
C) o'zak-negiz oxirdagi o tovushi a tovushiga almashgan
D) bo'ya fe'lidan ot yasalib, a tovushi orttirilgan.
82. Qaysi so'zda urg'u oxirgi bo'g'inga tushadi?
A) shamolday B) o'quvchiman
C) bahordagi D) BvaC
83. Qaysi so'z talaffuz qilinganda, keyingi tovush oldingi tovushni o'ziga moslashtiradi?
A) zarur B) yurakka
C) aytdi D) yozsin
84. Matematikami? Ushbu so'zda urg'u qaysi bo'g'inga tushadi?
A)to'rtinchi B) uchinchi
C) ikkinchi D) oltinchi
85. Qaysi undoshlar lab tovushlari hisoblanadi?
A) b,p,m,d B) b,p,v,m,f
C) b,p,v,f,l D) b,p,v,n,m
86. Qaysi yasama so'zda jarangli undosh ishtirok etmagan?
1 .to'shak 2.qochoq 3.ko'zla 4.paxtakor 5.shashka 6.teshik 7.chopish
A) 1,4,5,7 B) 1,2,4,5
C) 2,36 C) 1,2,6
87. Qaysi so'zda ikki o'xshash tovush bir joyda yoki bir so'zda kelganda, ulardan biri noo'xshash tovushga almashish mumkin?
A) yurakka B) tuproq
C) birorta D) uch so'm
88. Etik, to'piq so'zlariga qanday qo'shimcha qo'shilsa, jarangsiz undosh jarangliga aylanadi?
A) kelishik qo'shimchalari
B) faqat jo'nalish kelishigi qo'shimchasi
C) unli bilan boshlanadigan qo'shimchalar
D) A va B
89. Qaysi qatordagi xususiyat so'z urg'usiga xos?
A) gapda biror so'zning ta'kidlab aytilishi
B) gapda so'zdagi biror bo'g'inning ta'kidlab aytilishi
C) ma'lum so'zning gapda mantiqiy urg'u olish
D) nutqda so'zni mazmun jihatdan ajratib ko'rsatish
90. p.m undoshlari undoshlar tasnifida qaysi xususiyatlarga ko'ra bir guruhga mansub bo'ladi?
A) labda hosil bo'lish o'rniga ko'ra
B) Ovoz va shovqunning ishtirokiga ko’ra
C) tilning qayerida hosil bo'lishiga ko'ra
D) jarangli va jarangsizligiga ko'ra
91. So'zlar oxiridagi jarangli undoshlarni talaffuzda jarangsizlashuvi qaysi qatorda berilgan?
A) bayram, dohiy, vakil
B) bahor, shirin, dog'
C) janob, avlod, girdob
D) gavjum, anhor, birov
92. Qaysi so'zni talaffuz qilganda oldingi tovush keyingi tovushni moslab keladi?
A) qochdi B) to'qson
C) tuzsiz D) zarar
93. Yopiq bo'g'inlardan biri faqat lab undoshlardan tashkil topgan so'zni belgilang?
A) bodomzor
B) mafkura
C) bolg'la D) konduktor
94. Qaysi qatordagi so'zlarda urg'u oxirgi bo'g'inga tushgan ?
A) bodomzor, qanday
B) bo'lma(fe'l), yangi(ravish)
C) romandan, katta
D) mardlarcha, oydek
95. Qaysi so'z tarkibida jarangsiz undoshni jarangli jufti bilan almashtirish orqali ma'noli so'z hosil qilish mumkin?
1.tamba 2.tovon 3.tarz 4.rasm 5.sharm 6.tilla
A) 1,2,3,4,6 B) 1,2,3,4
C) 2,3,4,5 D)2,3,4,5,6
Aralash teslar
1.Sinonimlar ichida asl turkiy so`zni toping.
A. Ko`k B. osmon C. samo D. falak
2.Qaysi so`z turkumlarida antonimlik munosabati umuman yo`q?
A. Ot, son, sifat B. ravish, fe`l, olmosh
C. son, olmosh, modal so`z D. yordamchi, ravish, son
3. Quyidagi qaysi o`xshatishlardan qaysi birida metafora usulida ma`no hosil qilingan?
A. yong`oq (daraxt ma`nosida)
B. xazon bo`lmoq (o`lmoq ma`nosa ma`nosida)
C. oqsoqol ( katta ma`nosida)
D. besh qo`l (barmoq ma`nosida)
4. Quyidagi frazeologik birliklardan qaysi biri omonimik xususiyatga ega?
A. bosh chayqamoq B. og`zi qulog`ida bo`lmoq
C. ko`z yummoq D. bosh egmoq
5. Qaysi qatordagi so`zlar o`zaro omonim emas?
A. dara-darra B. ma`tal – matal
C. hosiyat – xosiyat D. ma`tal – mahtal
6. Quyidagi ko`p ma`noli so`zlardan qaysi biri tez so`zi bilan antonym bo`la oladi?
A. achchiq B. shirin
C. og`ir D. hech biri antonim bo`lmaydi.
7. Ma`noviy sinonimlar berilgan qatorni toping.
A. doston, poema B. respublika, jumhuriyat
C. ho`l, shalobbo D. tilshunoslik, lingvistika
8. So`zning o`z ma`nosining ko`chishi qaysi uslublarda uchraydi?
A. rasmiy, ilmiy B. publisistik, badiiy
C. badiiy, so`zlashuv D. so`zlashuv, publisistik
9. O`zaro sinonim bo`lgan quyidagi so`zlardan qaysi biri yaqin so`zi bilan sinonim bo`la oladi?
A. darrov B. tez
C. jadal D. sinonim bo`lolmaydi.
10. yoz( dasturxon yozmoq), yoz ( yoz fasli), yoz
( qalamda yozmoq). Uchala o`rinda qo`llangan yoz so`zining xususiyati qaysi o`rinda berilgan?
A. bir xil shakldagi yagona so`z
B. bir xil shakldagi uchta so`z
C. bir xil shaklga ega ko`p ma`noli so`z
D. birgina so`zning uch o`rinda qo`llanishi.
11. Quyidagi bir sinonimik guruhga mansub so`zlarning qaysi biri so`zlashuv uslubiga xos?
A. tulki B. tayyor
C. ayyor D. shayton
12. Quyidagi so`zlardan qaysi birini paronim jufti yo`q?
A. urush, adib, azim B. ahil, dars, ganj
C. avlod, dahriy, lanj D.burch, o`qish, nufuz
13. Bir turkum doirasida shakldosh so`zlar berilgan qatorni toping.
A. yoz, palla, rasta B. palata, soch, nor
C. oq, savdo, oqibat D. savag`ich, sandal, palla
14. Ot, sifat, fe`l so`z turkumi vazifasida qo`llanishi mumkin bo`lgan shakldosh so`zni toping.
A. terma B. tor C. qaynatma D. soch
15. Qo`yi mingga yetdi iborasining ma`nosini toping.
A. boyib ketdi B. behad sevindi
C. maqsadiga erishdi D. o`zligini unutdi
16. Yumshoq non, yumshoq gapirmoq, yumshoq ovoz birikuvlarini izohlang.
A. bir so`zning turli ma`nolari
B. bir xil shakldagi uchta so`z
C. bir xil ma`nodagi uchta so`z
D. o`zaro paronim so`zlar
17.Quyidagi so`zlarning qaysi biri shakldosh so`z hisoblanadi? 1. Bas 2. Band 3. Banda 4.Bal 5. Bog`
A. 1,2,5 B. 1,2,3,5
C.1,2,3,4,5 D. 2,5
18. Sinekdoxa yo`li bilan ma`no ko`chgan qatorni toping.
A. Dunyoda tashvishlarni ko`p chekdi boshim.
B. Umrini ilmga bag`ishlagan odam abadiy hayot topadi.
C. El og`ziga elak tutib bo`lmaydi.
D. Mehmonlar uchun meva-cheva, quyuq-suyuq keltirldi.
19. Quyidagi so`zlardan ham omonimlik, ham ko`p ma`nolilik xususiyatiga ega so`zlarni toping.
1. yosh 2. tom 3. bel 4. tor 5. gul 6. quloq 7. to`la
8. nafis
A. 1,4,5,7 B. 1,2,3,4,5,6,7
C. 1,2,4,7 D. 1,3,5,6,7,8
20. Metafora usuli bilan qo`yilgan ismlarni belgilang.
A. Bo`riboy, Qoplonbek
B. Gulnora, Feruza
C. Charos, Asalxon
D. barchasi metafora usulida ko`chgan.
21. Shuur so`zining ma`nosi nima?
A. faxr B. shuhrat
C. idrok D. she`riyat
22. Qaysi qatorda zid ma`noli so`zlar birgalikda yangi so`z hosil qilgan?
A. yosh-u qari, achchiq-chuchuk, uzoq-yaqindan
B. yaxshi-yomon, yangi-eski, oq-qora
C. uzun-qisqa, kecha-kunduz, ozg`in-semiz
D. katta-kichik, urush-tinchlik, baland-past
23.Doniyor shanba kuni bo`ladigan to`yga ko`mir, o`tin kabi yoqilg`ilarni tayyorlab qo`ydi. Uchbu gap haqidagi to`g`ri hukmni aniqlang.
1. gapda ishtirok etgan so`zlarning biridan sinonimik qator hosil qilish mumkin.
2. gapdagi so`zlardan biri bilan antomin so`z hosil qilish mumkin.
3. bu gapda uslubiy xatolik mavjud.
4. gapdagi so`zlardan birida paronimik xato so`z mavjud 5. ushbu gapda ko`p manoli so`z bor.
A. 1,2,4,5 B.1,2,3,4
C. 2,3,4 C.3,5
24. Leksik omonimlar berilgan qatorni toping.
A. chang, zang B. bezak, ziynat
C. qosh bel D. patefon, nurxona
25. «Manglaying oq bo`lsin, yarqiroq bo`lsin» gapida manglay so`zini izohlang.
A. toleing B. peshonang
C. yo`llaring D. iqboling