5. Shariat bo`yicha fuqarolik huquqi masalalarining
tartibga solinishi
Shariat bo`yicha fuqarolik huquqi munosabatlari (muomalot) batafsil tartibga solinadi. Fuqarolik huquqiy munosabatlarining sub`yekti jismoniy shaxslar bo`lishi mumkin. Shariat yuridik shaxslarning huquqiy holatini alohida tarzda ko`rib chiqmaydi. Jismoniy shaxslar tomonidan qilingan fuqarolik-huquqiy harakat qonuniy (halol) va yo`l qo`yilgan (joiz) yoki qonunsiz, yo`l qo`yilmagan (harom) bo`lishi mumkin. Harakat, shuning-dek, shariat nuqtai nazaridan maqtovga loyiq (mustahib) va tanbehli (makruh), majburiy va majburiy bo`lmagan kabi turlarga bo`linadi.
Jismoniy shaxslarning layoqatligiga jinsi, tabaqasi, mulkiy ahvoli, ayniqsa e`tiqodi ta`sir etadi. To`liq darajadagi huquq layoqatiga va muo-mala layoqatiga mulkdor musulmon erkak kishilar, hukmron tabaqa vakil-lari ega bo`lgan. Huquqiy layoqat tug`ilishdan boshlab, meros masalalarida esa tug`ilmasdan ham avval vujudga kelgan va o`lim bilan yoki bedarak yo`qolish bilan tugagan. Yosh bolalar, 15 yoshga to`lmagan voyaga yet-maganlar, shuningdek, ruhiy kasallar va aqli zaiflar muomala layoqatiga ega emas deb hisoblangan.
Fuqarolik huquqining ob`yektini ashyolar, mulkiy, shuningdek, mul-kiy xarakterga ega bo`lmagan shaxsiy huquq (masalan, ismga ega bo`lish huquqi) tashkil etgan. Ashyolar harakatda va harakatsiz (ko`chmas), almashtiriladigan va almashtirilmaydigan, nasliy va nasliy bo`lmagan, bo`linadigan va bo`linmaydigan, iste`molga yo`l qo`yilgan va iste`molga yo`l qo`yilmaydigan, muomaladan olingan va muomaladan olinmagan bo`lishi mumkin.
Musulmon huquqida mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi nor-malar muhim o`rin tutadi. Unda avvalo mulkka ashyoviy huquq ob`yekti sifatida qarash mustahkamlangan. Musulmonlarning xususiy mulki hisob-lanmaydigan ashyolar-havo, dengiz, cho`l-dashtlar, machitlar, suv yo`llari va boshqalar alohida turkumdagi ashyolarni tashkil etgan. Shuningdek, «harom ashyolar» - vino, cho`chqa go`shti, islomga zid kitoblar va hoka-zolar ham musulmonning mulki emas deb hisoblanadi. Shu sababli arab-larning bosqinchilik yurishlari davomida ko`pincha bunday mulklar yo`q qilingan. Lekin bu yerda shuni aytib o`tish kerakki, nomusulmonlarga tegishli mol-mulklarni nobud qilish masalasida islomdagi mazhablar o`rtasida turlicha qarashlar mavjud.
Musulmon huquqshunoslari yer mulkini tasniflashtirishga katta e`ti-bor beradilar. Yer mulkchiligining quyidagi shakllari ajratib ko`rsatiladi: davlat yerlari, xususiy egalikdagi yerlar, jamoa yerlari va vaqf yerlar. Bu-lardan tashqari muqaddas yerlar ham mavjud bo`lib, ular hijoz deb atalgan. Bunga Muhammad (SAV)ning oyoqlari tekkan yerlar, ya`ni u yashagan joylar kiradi. Bunday yerlarga boshqa dindagilarning kirishi man etilgan. Bu yerlarda faqat musulmonlar yashashlari mumkin bo`lib, daraxtlarni ke-sish, ovchilik qilish mumkin emas edi va hokazo. Tarixiy va yuridik man-balarda ko`rsatilishicha, arab va boshqa musulmon mamlakatlarida ma`-lum xizmatni bajarish evaziga feodallarga beriladigan yerlar ham mavjud bo`lib, bu shartli yer egaligi hisoblangan va iqto yerlari deb yuritilgan. Bunday yerlar egasi (iqtador) o`z hokimiyati ostidagi aholidan o`z hisobi-ga o`lpon va soliqlar yig`ish huquqini olgan. Iqto vaqt o`tishi bilan meros tariqasida o`tkazila boshlangan va xususiy egalikdagi mulk bo`lib qolgan. Dastlab ichiladigan suvlar, havo singari umumiy foydalaniladigan mulk hi-soblangan. Lekin quduqlar, hovuzlar va mayda ko`llar asta-sekin yirik yer egalariga o`tib borgan. Faqat katta daryolar va ko`llar ilgarigidek jamoa va davlat mulkchilik tizimiga kirgan. Chunki buni mansabdor shaxslar nazo-rati ostida amalga oshiriladigan birgalikdagi irrigatsiya ishlarini o`tkazish zaruriyati taqazo qilardi.
Shariatda mulk huquqining vujudga kelish usullari batafsil belgilan-gan. Bunda turli mazhab vakillari turli fikrlar bildirganlar. Masalan, arab-larning ko`pdan-ko`p bosqinchilik yurishlari harbiy o`ljalarning huquqiyli-gi yoki huquqiy emasligi masalasini kun tartibiga qo`ygan va bu shariatda umumiy mulk huquqining kelib chiqish usullaridan biri sifatida tan olin-gan. Bosib olingan yerlar umumiy qoida bo`yicha davlat mulki hisoblan-gan va xalifa hamda amirlarning tasarrufiga kelib tushgan. Dushmandan o`lja qilib olingan boshqa mulklarning miqdori alohida mazhablarda turli-cha belgilangan. Bunday mulklarning bir qismi uni egallab olgan shaxsga, ikkinchi qismi davlatga, uchinchi qismi-machitlarga o`tkazilgan va hoka-zo. Shariat bo`yicha mulk huquqi meros olish, shartnoma tuzish, ashyolar-ni topib olish yo`li bilan ham kelib chiqishi mumkin. Masalan, o`z yer uchastkasidan begona ashyoni topib olgan shaxs unga nisbatan mulk huqu-qiga ega bo`lgan.
Shariatda rim huquqidan farqli o`laroq, majburiyatlarning umumiy kontsepsiyasi ishlab chiqilmagan edi. Lekin shartnoma huquqining amaliy masalalari tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida har tomonla-ma ishlab chiqilgan edi. Majburiyatlar haq to`lanadigan va haq to`lanmay-digan, ikki tomonlama va bir tomonlama, muddatli va muddatsiz turlarga bo`linadi. Islom dunyosida o`ziga xos bir tomonlama majburiyatlarning - ahdlashuvlarning tarqalganligi tez-tez uchrab turadigan hodisadir.
Umuman shariatda majburiyatlarning ancha rivojlangan tizimi mav-jud bo`lgan. Majburiyatlarning kelib chiqishiga ko`ra shartnomalardan kelib chiqadigan va zarar yetkazishdan kelib chiqadigan turlari bir-biridan ajratilgan. Shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar keng tarqalgan.
Shartnoma munosabatlarining sub`yekti jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar bo`lishi mumkin edi. Yosh bolalarning harakati homiylar tomoni-dan tan olinsa, qullarning harakati esa ularning egalari tomonidan ma`qul-lansa, qonuniy bo`lishi mumkin edi. Aqli zaiflar fuqarolik huquqiy muno-sabatlarining sub`yekti bo`lolmagan.
Shartnoma munosabatlarida vakillikka ham yo`l qo`yilgan. Yosh bolalarning, ayollarning, aqli zaiflarning qonuniy vakillari ularning otalari, akalari, tog`alari, erlari, homiylari bo`lganlar. Shariat, shuningdek, shaxs-larning majburiyatda almashtirishga yo`l qo`ygan. Kreditor roziligi bilan qarzdor almashtirilishi mumkin edi. Shariat bo`yicha tan olingan va hi-moya qilinadigan bitimlar shartnoma hisoblanardi.
Shariatda shartnomaga tomonlarning o`zaro bitimidan kelib chiqadi-gan aloqa sifatida qaralardi. Biroq bu tomonlarning mulkiy notengligi sha-roitlarida sof rasmiy xarakterga ega edi. Shartnoma shartlari har qanday ko`rinishda: hujjatda, norasmiy xatda, og`zaki tarzda ifoda etilishi mumkin edi. Tuzilgan shartnomalar mustahkam va o`zgarmas hisoblanardi. Qur`-onda «shartnomalarga» rioya qilish majburiyatiga muqaddas burch sifatida qaralgan: «Ular (mo`minlar) (odamlarning bergan) omonatlariga va (o`za-ro) ahdlariga rioya etuvchi zotdirlar»104 (23-Mo``minun surasi, 8-oyat).
Shartnomaning haqiqiyligi shartlari: uning qonuniyligi, ya`ni shart-nomalarning huquqqa xilof bo`lmasligi, tomonlarning o`zaro roziligi va huqiqiy layoqatliligi bo`lib hisoblangan. Amalda o`zaro aldashlar, tomon-lar irodasi ustidan kuch ishlatib shartnomalar tuzish hollari tez-tez uchrab turardi. Bu ayniqsa tutqinlik, qarz shartnomalari tuzilishida namoyon bo`lgan.
Shartnoma predmeti bo`lib shariat bo`yicha yo`l qo`yilmagan deb e`lon qilinmagan ashyolar va harakatlar bo`lishi mumkin. Masalan, oldi-sotdi shartnomasining predmeti daryolarda suzib yuradigan baliqlar, havo-da uchib yuradigan qushlar, hayvonlardagi junlar, jamoat dalalaridagi o`tlar, ayollarning suti, cho`chqa go`shti va boshqalar bo`lsa haqiqiy emas deb topilgan. Shariatda zakalat, kafolat, garov va aybona (va`dasizlik shartnomasi) majburiyatlarni ta`minlash usullari edi.
Shartnomalar, odatda og`zaki shaklda tuzilgan. Agar tomonlar uchun qimmati katta summali shartnoma bo`lsa, yozma shaklda ham tuzilishi mumkin edi. Shariatda shartnomalarning bir qancha turlari tartibga solina-di. Oldi-sotdi, qarz, hadya, ijara, ssuda, saqlash, shirkat va boshqa shartno-malar keng tarqalgan.
Savdo rivojlanishi bilan oldi-sotdi shartnomasi eng ko`p tarqalgan shartnomalardan biri bo`lib qolgan. U yozma tuzilishi, shuningdek guvoh-lar ishtirokida yoki ularning ishtirokisiz og`zaki tuzilishi mumkin edi. Oldi-sotdi shartnomasining ob`yekti bo`lib muomaladan olinmagan har qanday ashyo bo`lishi mumkin. Shariatda shafoat (shuf`at) instituti, ya`ni sotib oluvchilardan bittasining boshqalari oldida ashyolar sotib olishda imtiyozga ega bo`lishi mavjud.
Shariatda oldi-sotdi va boshqa shartnomalar haqida akademik H.Rah-monqulov qiziqarli ma`lumotlar keltiradi. Quyida shulardan parchalar keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |